Savollar
Gripp, O’RVI kasalliklarini etiologiyasi, epidemiologiyasi,rivojlanish
mehanizmi.
Gripp, O’RVI kasallikning klinik manzarasi, asoratlari, tashhisoti,
epidemik va klinik anamnez yigish, laboratoriya usullari, davosi, mahsus
profilaktikasi.
Gripp, O’RVI epidemiyada joriy zararsizlantirish ishlarini olib borish.
Gripp, O’RVI sanitariya–maorif ishlarini qay tartibda olib boriadi.
2019- nCoV kasallikning klinik manzarasi, asoratlari, tashhisoti,
epidemik va klinik anamnez yigish, laboratoriya usullari, davosi, mahsus
profilaktikasi.
2019- nCoV epidemiyada joriy zararsizlantirish ishlarini olib borish.
85
11-Mavzu: MENINGOKOKK INFEKSTIYASI
REJA:
Meningokokkli infekstiyaning etiologiyasi, epidemiologiyasi.
Bakteriya tashib yuruvchilarning infekstiya tarqalishidagi ahamiyati.
Meningokokkli infekstiyaning klinik turlari. Klinikasi, infekstion toksik
shok hakida tushuncha.
Laborator
tashhisoti.
Mahsus
(spestifik),
dezintoksikastion,
degidratastion, simptomatik davo.
Meningokokkli infekstiya o’chog`ida epidemiyaga qarshi chora-
tadbirlarni olib borish .
Meningokokkli infeksiyalar — turli ko'rinishda namoyon bo'ladigan o'tkir
yuqumli kasallik. U bakteriya tashuvchilikdan tortib, g'oyat shiddatli kechadigan,
ko'pincha o'lim bilan tugaydigan, meningokokk sepsisigacha bo'lgan ko'rinishlarda
namoyon bo'ladi. Har 10-15 yilda meningokokkli infeksiyalar epidemiyasi ro'y berib
turadi va juda ko'p mamlakatlarga tarqaladi.Etiologiyasi. Kasallik qo'zg'atuvchisi
meningokokk hisoblanadi. U 1887 yilda ilk bor aniqlanagan. Mikroskop ostida
menigokokk juft holdagi loviya yoki kofe doni ko'rinishini eslatadi. Shu boisdan u
gonokokk singari diplokokklardan xisoblanadi. Kattaliga 6-8 mikron. Meningokokk
uchun 37° s juda qulay xarorat xisoblanadi, RN esa, 7.4-7.6, quritilgan tez nobud
bo'ladi.Meningokokklarning 7 ta serologik guruxi mavjud. Ular A, V, S, D, X, U, 2
xaflari bilan belgalanadi. Davriy ravishda ro'y beradagan epidemiyalar asosan A turi
bilan bog'liq. Tashqi muxitda meningokokklar tez nobud bo'ladi.
Epidemiologiyasi. Kasallik manbai odam xisoblanadi. havo-tomchi yo'llari bilan
tarqaladi. Mikrobni tarqatuvchi asosiy manbai bakteriya tashuvchilar. Ularda kasallik
alomatlari bo'shagani tufayli juda ko'pchilik odam bilan muloqotda bo'ladilar va
mikrobni yuqtiradilar. Meningokokkli nazofaringit bilan og'rigan bemorlar xam
kasallik tarqalishida muxim o'rin tutadilar. Ularga nisbatan meniigokokkli meningit
bilan og'rigan bemorlardan atrofga meningokokklar juda ko'plab tarqaladi. Lekin bu
toifa bemorlarda kasallik og'ir o'tgani sababli shifoxonaga erta yotqiziladi va
epidemiologak ahamiyati keskin kamayadi.Kasallik qish va bahor fasllarida kuproq
uchraydi.Aholi zich yashaydigan va xavo namligi yuqori bo'lgan sharoiti
meningokokkli infeksiyalar tarqalishi uchun qulay xisoblanadi. Yosh jihatidan ko'proq
bolalar orasida ko'p qayd etilada. Epidemiya davrida usmirlar va yoshlar orasida ko'p
uchraydi.
Klinikasi. Kasallikning yashirin davri ko'pincha 2-3 kun, Meningokokkli
meningitning maxalliy va tarqoq turlari mavjud.Mahalliy turlariga
meningokokk
tashuvchilik
xolati va
meningokokkni nazofaringit
kiradi. Birinchisida hyech qanday
klinik alomatlar bo'lmaydi. Bunday kishilar, bemor atrofidagi muloqotda bo'lgan
kishilarni bakteriologik tekshirin vositasida aniqlanadi.
Meningokokkli nazofaringit
asosan yengil kechadi va ko'proq epidamiya davrida
uchraydi. Bemor bosh og'rishi, quruq yo'tal, burun bitib qolishidan va tomoq
86
qirilishidan shikoyat qiladi. Bazi xolarda burundan yiring yoki qon aralash shilimshiq
ajraladi. Odatda isitma kuzatiladi. Og'irroq hollrda tana xarorati 38-39 S gacha
ko'tarilishi mumkin Tomoqni ko'zdan kechirganda shilliq qavatlar qizargani va
yallig'langani, bodomcha bezlari kattalashgani kuzatiladi.Bemorlardan qon olib
tekshirganda leykotsitlar soni ko'pincha biroz ko'paygani aniqlanada.Meningokokkli
nazofaringit asosan tuzalish bilan yakunlanadi. Ayrim xollarda infeksiya avj olib,
tarqalib ketishi ya'ni meningokokksemiya yoki meningitga o'tib ketishi
mumkin.Meningokokk infeksiyasining tarqoq turlariga meningokokksemiya va
meningokokkli meningit kiradi.
Meningokokksemiya —
g'oyat og'ir kechadigan kasallik. Unda organizmda
meningokokk sepsisi ro'y beradi. Kasallik to'satdan va shiddatli boshlanadi. Qisqa
vaqt ichida et uvishib, isitma 40-41°S gacha ko'tariladi. Intoksikatsiya kuchli bo'ladi.
Teri quruqlashadi, qo'kimtir tus oladi. Nafas olish va tomir urishi tezlashadi. Qon
bosimi pasayadi.Meningokokksemiyaning o'ziga xos belgilaridan biri terida toshma
paydo bo'lishidir. Toshmalar kasallik boshlanganidan so'ng birinchi kun davomida
yuzaga keladi.
Toshmalar o'z tabiatiga ko'ra gemorragik toshma xisoblanadi, shakli xar xil.
Ko'pincha noto'g'ri shaklli yulduzchani, ba'zan rozeola, papulani eslatadi. Kattaligi
mayda, nuqtasimondan tortib, 10-15 sm2 gacha boradi. Toshma teri yuzasidan
bo'rtib turadi, paypaslab ko'rganda qattiq bo'ladi. Dumba, son, tizza, qo'l va qovoq
soxalarida toshmalar ko'p uchraydi. Meningokokksemiyada gemorragik toshmalar
ko'z oqi, konyunktivasi, burun, og'iz va xalqum shilliq qavatlari va nchki a'zolarga
toshishi mumkin. Shuning uchun burun qonashi, qon qusish, siydik qon aralash
(gematuriya) bo'lishi mumkin. Ko'zning muguz pardasi jarohatlanishi ham ba'zan
uchrab turadi.Meningokokksemiyada qonda leykotsitlar va neytrofillar soni keskin
ortib ketadi. Bir mm3 qondagi leykotsitlar 16-18-20 minggacha borishi
87
mumkin.Kasallik erta aniqlanib, davolash to'la tashkil etilgan hollarda bemorning
ahvoli 8-10 kundan so'ng yahshilana boshlaydi. Rozeolo petixiya toshmalar izsiz
yo'qolib ketadi. Yirik gemorragiyalar bo'lgan joyda to'qima nekrozga uchraydi.
Ularning o'rni chandiq bo'lib qoladi.Ayrim holarda meningokokksemiya yashin
tezligida boshlanib, bir necha soat ichida bemorning holi tang bo'lib qoladi. Qon
bosimi butunlay tushub ketadi. Davolash kechiksa, 1-2 kun davomida o'lim bilan
tugaydi.
Meningokokkli meningit
o'tkir boshlanadi. Qisqa vaqt ichida isitma yuqori
ko'rsatkichlarga yetadi, bemor sovqotadi.
Qusish xarakterli hisoblanadi. U ovqat iste'mol
qilish bilan bog'liq bo'lmaydi. Bir necha soat
ichida
meningit
(miya
pardasining
shamollaniish) alomatlari paydo bo'ladi. Bemor
betoqat, jonsarak bo'ladi, alahlaydi. Boshi
qattiq og'riyotganidan shikoyat qiladi. Og'irroq
xollarda
u
xushidan
ketadi,
tirishishlar
kuzatiladi. Bemor shu kasallikka xos majburiy
holatni egallaydi. Uning boshi orqasiga tortib
ketgan, oyoqlari buklanib, tizzasi qorniga
tiralgan, ko'pincha ko'zlari yumuq bo'ladi.
Meningitga xos bo'lgan ensa mushaklarining
tarangligi, Kernig va Brudzinskiy alomatlari
yaqqol ifodalangan bo'ladi. Teri sezuvchanligi
keskin ortadi. Hatto terini paypaslash ham og'riq qo'zg'otadi.Og'irroq hollarda kalla-
miya nervlari jarohatlanishi tufayli ko'zda g'ilaylik, yuz nervi falajiga xos alomatlar
(og'iz qiyshayishi bir tomonlama pastki qovoq osilib turishi va x.k.) kuzatiladi.
Laboratoriya diagnostikasi
maqsadida bakteriya tashuvchilik va nazofaringitni
aniqlash uchun burun va tomoqdan sterillangan pilik bilan aloxida ravishda surtma
olinadi. Uni qurib qolmasidan tezda laboratoriyaga yotqizishadi.Meningitda
laboratoriya diagnostikasi maqsadida orqa miyadan suyuqlik oqib tekshiriladi. Bu
kasallikda orqa miya suyuqligi ignadan bosim orqali otilib yoki tez tomchilab chiqadi.
Chiqayotgan suyuqlik tiniq bo'lmaydi, bazan
yiringli bo'ladi. Shu suyuqlikdan sterillangan
probirkaga olib, laboratoriyaga jo'natiladi.
Laboratoriyada undan surtma tayyorlab
mikroskop ostida meningokokklarni topishi
mumkin.Meningitda orqa miya suyuqligi
tarkibida globulinlar miqdori ortib ketadi. Uni
Pandi va Nonne-Apelt reaksiyalari vositasida
aniqlanadi. Reaksiya natijasi, tekshirilayotgan
suyuqlik qo'shilgan eritma rangi qanchalik
loyqalashiga qarab 4 darajaga bo'linadi. Ular +
belgisi bilan aniqlanadi. ++++ belgisi orqa miya
88
suyuqligida globulinlar g'oyat ko'pligidan darak beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |