Biologiya (2). cdr


 mavzu: GRIPP. O’RVI. KORONAVIRUSLI INFEKSTIYA (COVID-19)



Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/58
Sana10.04.2023
Hajmi5,73 Mb.
#926520
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   58
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

10 mavzu: GRIPP. O’RVI. KORONAVIRUSLI INFEKSTIYA (COVID-19) 
 
REJA: 

Gripp, O’RVI kasalliklarini etiologiyasi, epidemiologiyasi,rivojlanish
mehanizmi.

Kasallikning klinik manzarasi, asoratlari, tashhisoti, epidemik va klinik
anamnez yigish, laboratoriya usullari, davosi, mahsus profilaktikasi. 

Epidemiyada joriy zararsizlantirish ishlarini olib borish.

Sanitariya–maorif ishlarini olib borish.

Sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan chiqarilgan “O’zbekiston
Respublikasi hududida Gripp, kasalligini oldini olish to’g`risi”da amaldagi 
buyruqlar. 
Bu guruhga mansub kasalliklarda qo'zg'otuvchi mikrob bemor organizmidan 
nafas yo'llari orqali chiqib, havo-tomchi yo'li bilan tarqaladi. Sog'lom odam 
organizmiga mikrob nafas yo'llari orqali tushadi. Gripp, qizamiq, qoramiq, 
suvchechak va boshqa kasalliklar it guruhga kiradi.Gripp - keng tarqalgan xastalik 
bo'lib, o'tkir kechishi, yaqqol ifodalangan intoksikatsiya, asab hamda yurak-tomir 
sistemasi faoliyatining buzilishi bilan kechadi. U yukumli kasalliklar ichida eng ko'p 
uchraydigan xastalik hisoblanadi. 
Etiologayasi. Kasallik qo'zg'otuvchisi — virus. Uning A, A1 A2, V, S deb 
nomlanadigan turlari ma'lum. Ular bir-biridan antigen tuzilishiga ko'ra farq qiladi. 
Ayniqsa A turiga mansub viruslar vaqti-vaqti bilan tuzilishini o'zgartirib turadi. Unga 
xos ravishda virusning xususiyatlari ham o'zgaradi. Yangi xususiyatli virus paydo 
bo'lishi katta epidemiyalar va pandemiyaga sabab bo'ladi.V va S turidagi viruslar kam 
uchraydi. Gripp viruslari tashqi muhitda unchalik turg'un emas. Kuyosh nurlari 
ta'sirida tez nobud bo'ladi. Xona sharoitida bir necha soatdan so'ng yuqish ehtimoli 
yo'koladi. Past harorat, ayniqsa 0°S dan past bo'lgan xaroratda virus uzoq saqlanadn. 
Keng qo'llanadigan dezinfeksiya vositalari: xloramin, xlorli ohak, formalin, kislota va 
ishqorlar ta'sirida gripp virusi tez nobud bo'ladi. 
Epidemiologiyasi. Gripp barcha mamlakatlarda uchraydigan kasalliklar. Har 2-3 
yilda gripp epidemiyalari takrorlanib turadi. Infeksiya manbai bemor hisoblanadi. 
Kasallikni "oyoqda o'tkazayotgan" — yengil turi bilan og'rigan bemorlar ham, yaqqol 


75 
ifodalangan kasallik alomatlari mavjud bemorlar ham infeksiya manbai sifatida 
muhim o'rin tutadi. Ayniqsa kasallikning dastlabki kunlarida virus organizmdan juda 
ko'p ajraladi. Bemor aksirganida, to'talganida, gaplashganida virus havo zarrarchalari 
va so'lak tomchilari bilan atrof-muhitga tarqaladi. Yaqin atrofdagi odamlarga virus 
nafas yo'llari orqali tushadi. Axolining zich bo'lishi gripp tarqalishini osonlashtiradi. 
Yuqish mexanizmi oson bo'lgani uchun gripp qisqa vaqt ichida bir mamlakatlardan 
boshqa yurtlarga, hatto bir necha kityaga tarqaladi. Shu yo'l bilan gripp 
epidemiyalari va pandemiyalari kelib chiqadi. Pandemiyalar, davrida o'n millionlab 
odamlar u bilan kasallanadi va ma'lum qismi grippdan nobud bo'ladi.Aholining 
barcha tabaqalari bu kasallikka moyil. Gripp bolalar va keksa yoshdagilarda og'irroq 
kechadi. Nimjon, turli hastaliklarga chalingan odamlar grippga oson chalinadilar va 
kasallik ularda og'ir kechadi. Jismonan baquvvat, chiniqqan odamlarga kasallik kam 
yuqadi.Gripp bilan kasallanish shahar aholisi orasida kishloqdagilarga nisbatan 
ko'proq qayd qiladi. Kasallik epidemiyalari asosan qish oylarida ro'y beradi.Grippdan 
so'ng hosil bo'ladigan immunitet unchalik turg'un emas. U 3 yildan uzoq saqlanadi. 
Ikkinchidan, virusning bir turiga qarshi hosil bo'lgan immunitet boshqa xususiyatli 
virus yuqishidan saqlamaydi. 
Klinikasi. Grippning yashirin davri juda qisqa, U bir necha soatdan 1-2 kungacha. 
Kasallik turli og'irlikda kechishi mumkin

Ko'pincha o'rta og'irlikda kechgan hollari 
qayd etiladi. Odatda qisqa muddatli boshlang'ich — prodroma davri bo'ladi. Sog'lom 
yurgan odamning to'satdan mazasi qochadi: eti uvishadi, lohas bo'ladi, isitmasi 
ko'tarila boshlaydi. Oradan 1-2 soat o'tgach, kasallikning asosiy alomatlari namoyon 
bo'ladi. Isitma qisqa muddat ichida 39-400S gacha ko'tariladi. Bu davrda bemor 
junjikib, sovqotadi. O'ralib yotsa ham tanasi isimaydi. Harorat ko'tarilib bo'lgach, 
bemor tanasi qiziydi, betoqat bo'ladi. Qo'l-oyoq muskullari, suyaklar qaqshab 
og'riydi. Bel sohasida ham og'riq bo'ladi. Bosh qattiq og'riydi. Ayniqsa boshning 
peshona va chakka qismlarida og'riq, kuchli bo'ladi. Va'zan bosh aylanib, ko'z tinishi 
kuzatiladi Uyqu buziladi. Ko'z soqqalari ham og'riydi, qizarib ketadi. Ko'zni 
harakatlantirganda og'riq kuchayadi.Kasallik og'ir kechgan hollarda kungil aynashi, 
qusish holatlari kuzatiladi. Ba'zan burun qonaydi, tufuk va siydik qon aralash 
bo'ladi.Grippning dastlabki soatlarida tomoq quriydi, bir narsa tiqilayotgandek 
seziladi, nafas olish tezlashadi. Kasallikning 2-kunidan boshlab burun bitib qoladi. 
Sillani quritadigan quruq yo'tal paydo bo'ladi. U tez takrorlanib turadi.Bemorni 
ko'zdan kechirganda yuz-ko'zlari qizargan bo'ladi. Yuz biroz kerikadi. Kasallikning 3-4 
kunidan so'ng lab va burun atroflarida uchuq toshgan bo'lishi mumkin. Qo'l va tana 
terisi ko'pincha qizargan bo'ladi. Og'ir holatdagi bemorlarda esa aksiicha, teri 
oqaradi, ba'zan ko'kimtir tusga kiradi. Tomoqni ko'rganda u tekiz qizargan bo'ladi. 
Og'iz shilliq qavati biroz qavaradi. Yumshoq tanglayda, ba'zan mayda kon quyilishlar 
paydo bo'ladi.Burun shilliq qavatida giperemiya kuzatiladi, qavargan bo'ladi. 
Burundan tez-tez tiniq suyuqlik ajralib turadi. O'pkani eshitib ko'rganda ba'zan quruq 
xirillashlar eshitiladi. Rentgenologik tekshirilganda o'pkada bronxit alomatdari borligi 
ko'rinadi.Tomir urishi tezlashada. Yurak tonlari eshitilishi sust bo'ladi. EKG da 
intoksikatsiya ta'sirida ro'y beradigan o'zgarishlar aniqlanadi. Qonni tekshirganda 


76 
leykopemiya, ECHT pasayishi xarakterli.Gripp asoratsiz kechganda 3-5
 
kun ichida 
tana harorati pasayadi. Bemorning axvoli yaxshilana boshlayda. Ishtaxa paydo 
bo'ladi. 4-5 kundan so'ng yo'tal qamayib, balg'am ajraladi. Quvvati asta-sekin 
tiklanadi. 8-10 kundan so'ng bemor butunlay sog'ayib ketadi.Keksalarda kasallik 
cho'zilib ketada. Ilgari mavjud hastaliklar: yurak, jigar, buyrak kasalliklari va 
boshqalar grippdan so'ng zo'rayadi. Grippdan o'lim ham asosan keksalar va 
bolalarda uchraydi.Grippning o'zidan ham asoratlari og'ir. Meniktoensefalit 
grippning xavfli asoratlaridan hisoblanadi. Pnevmoniya esa eng ko'p asorati 
hisoblanadi. Periferik nervlariing shamollashi (nevrit, pleksit, radikulitlar), miokardit, 
piyelonefrit sh gaymorit kaba asoratlar ham uchrab turadi. Gripp asoratlari 
kasallikning o'tkir davrida yotish rejimiga rioya qilmagan, uni yurib "oyoq ustida" 
o'tkazgan bemorlarda ko'proq kuzatiladi.Gripp boshqa resperator kasalliklardan 
shiddatli boshlanishi, intoketkatsiyaning kuchliliga, xaroratning qisqa muddatda 
ko'tarilib ketishi kabi klinik alomatlar bilan farq qiladi. 
Tashhisi. Epidemiya davrida gripp diagnozini kasallikning klinik alomatlariga 
qarab qo'yish mumkin emas.Laborator diagaostika maqsadida kasallikning dastlabki 
davrida bemor burni va tomog'idan surtma olib fiziologik eritmada laboratoriyaga 
yuboriladi. U yerda sinama olib, tovuq; tuqumiga ekish va ma'lum sharoitda o'stirib 
virusni topish mumkin. Erta tashxis qo'yish maqsadida lyuministent diagnostika 
usulidan foydalaniladi. Buning uchun tomoqdan olingan surtma maxsus jilo berilgan 
(fluoressirlangan) antitelo bilan aralashtiriladi. Uni lyuministent ostida ko'rilsa, 
antigen antitelo bilan qushilib, yadrosi yorqin rang beradi.Gripp diagnostikasida 
serologik reaksiyalardan ham foydalaniladi. Gemagglutinatsiyani to'xtatish reaksiyasi 
(RTGA -reaksiya tormojeniya gemaglyutinatsii) va komplementni bog'lash reaksiyasi 
(KBR) shular jumlasidan. Bu reaksiyalarni qo'yish uchun bemorlardan 2 marta 
(kasallikning o'tkir davrida va oradan 10-14 kun o'tkazib) qon olinadi. Bunda keyingi 
olingan qonda reaksiya titra avvalgisidan kamida 4 marta ortishi kerak. 
Davolash. Gripp bilan og'rigan har bir bemorni shifoxonaga yotqizib davolash 
shart emas. Gripp epidemiyasi davrida faqat kasallik og'ir holda kechayotgan 
bemorlar shifoxonaga yotqiziladi. Boshqa hollarda bemorlar uyida davolanadi. 
Bemor alohida xonaga yotqizib qo'yiladi. Kasallik avj olgan davrda bemor kamida 4-5 
kun yotishi kerak. Bemor yetgan xona issiq xamda havosi tez-tez yangilatib turilishi 
zarur. Bemorga alohiada idish-tovoq, piyola ajratiladi. Ular har safar bemor 
foydalangandan so'ng yuvib, qaynoq suv bilan chayib yuboriladi. Bemorni parvarish 
qilayotganlar o'zlarini ehtiyot qilishlari uchun 4 qavatli dokadan tikilgan niqob tutib 
olishlari lozim. Uni xar 4 soatda almashtirib turiladi.Grippni davolashda dastlabki 
kunlarda leykotsitar interferon foyda berishi mumkin. Gammaglobulin (3.0 ml dan) 
profilaktika maqsadida xam, og'ir hollarni davolashda ham ko'llanadi. Antibiotiklar 
asoratsiz kechayotgan grippni davolashda xech qanday naf bermaydi va 
tayinlanmaydi.Davolash uchun simptomatik dorilar keng qo'llanadi. Og'riqni 
kamaytirish va isitmani tushirish maqsadida analgin, sitramon, amidopirin, aspirin, 
pentalgin kabi preparatlar buyuriladi. Ularni ovqatdan so'ng berish tavsiya etiladi. 
Zarur bo'lganda isitmani tushurish uchun peshonaga qisqa vaqt muz solingan 


77 
xaltacha quyiladi. Yo'talni kamaytirishga terpingidrat, kodterpin, tusupreks kabi 
tabletkalar yoki altey damlamasiga eufillin qo'shib beriladi. Ko'krak qafasining orqa 
tomoniga xantal surtilgan qog'oz qo'yib turish yoki oyoqni xantal eritilgan issiq suvga 
5-10 
daqiqa 
solib 
o'tirish nafasni 
yengillashtarib, 
yo'talni 
xam 
biroz 
kamaytiradi.Bemorga maxsus parhyez tayinlanmaydi. Lekin ishtaha pasayishini 
a'tiborga olib, ko'proq suyuq taomlar yeyishi tavsiya etiladi. Qaynatma va qovurma 
sho'rva, mastava, shirqovoq, ugra oshi, shirguruch, Shavla va boshqalar ham oson 
xazm bo'ladi. Bemor ko'proq suyuqliklar ichib turishi lozim. Shirchoy, limonli yoki 
murabbali choylar (aynqsa, malina va smorodina murabbolaridan) asal choy, 
xonadonda tayyorlangan kompotlarni iliq va issiq xolda tez-tez ichirib turish 
maqsadga muvofiq. Na'matak damlamasi xam yaxshi naf beradi. Uyqu oldidan 
qatiqqa qaynoq suv, biroz piyoz va muruch aralashgirib tayyorlangan qoqurum ichish 
yaxshi terlatadi, uykuni yaxshilaydi.Bemor bor xonadonda vaqti-vaqti bilan isiriq, 
tutatib turish, oilada gripp tarqalishining oldani oladi.Gripp asoratlari ro'y berganda, 
ularning' o'ziga xos davolash olib boriladi. Keksalar davolanganida yurak va o'pka 
faoliyatini yaxshilovchi dorilar (kordiamin, sulfokamfokain, korglyukon va boshqalar) 
qo'llanadi. 
Oldini olish. Maxsus profilaktika maqsadida gripp mavsumi boshlanishidan oldin 
gripp vaksinasi bilan keng miqyosda emlash o'tkaziladi. Birinchi navbatda bolalar va 
keksa yoshdagilar emlanadi. Vaksina maxsus sukmushkda eritilib, buringa tomiziladi. 
Grippning oldini olishda, grippga qarshi gammaglobulin (3.0 ml m/o) 
qo'llash, burunga interferon tomizish, oksolin moyidan surtish, remantadin ichish 
xam yordam beradi.Gripp epidemiyasi vaqtida maktabgacha bolalar muassasalari, 
internatlar, shifoxonalarda karantin e'lon qilinadi. Tibbiyot xodimlari, savdo va 
boshqa axoliga xizmat ko'rsatuvchi soxa xodimlari doka niqob tutib ishlashlari 
kerak.Kasallik alomatlari bo'lgan bemor shifokorni uyga chaqirtirishi va yotib 
davolanishi kerak. Gripp epidemiyasida bemorga bir yo'la 7 kunga mexnatga 
layoqatsizlik varaqasi beriladi.Qish faslida ochiq joyda ishlaydigan xizmatchilar uchun 
vaqti-vaqti bilan isinib turadigan xonalar bo'lishi kerak.Shaxsiy profilaktika sifatida 
badanni muntazam chiniqtirish lozim.Kоrоnаvirus infеksiyasi2019 yilning dеkаbr 
оyidа yangi kоrоnаvirus (2019-nCoV) tufаyli kеlib chikkаn kаsаllikning yuzаgа kеlishi 
оkibаtidа sоglikni sаklаsh mutахаssilаri хdmdа shifоkоrlаri kаsаllikkа chаlingаn 
bеmоrlаrni tаshхislаsh vа klinik jiхаtlаrini aniqlаshdа bir kаnchа muаmmоlаr duch 
kеlishdi. Hоzirgi kundа ushbu virusning epidеmiоlоgiyasi, klinik kurinishlаri
prоfilаktikаsi vа dаvо muоlаjаlаri chеklаngаn. Mа’lumki, yangi kоrоnаvirus 
infеktsiyasining kеng tаrkаlgаn klinik kurinishi zоtiljаm bo’lib, bеmоrlаrning 
аksаriyatidа o’tkir rеspirаtоr distrеss- sindrоmi (URDS) rivоjlаnishi kаyd etilgаn.Klinik 
prоtоkоldа kursаtib utilgаn tаvsiyalаr, аsоsаn JSST, Хitоy, Аmеrikа vа Еvrоpа 
kаsаlliklаrni nаzоrаt qilish mаrkаzi mutахаssislаri, tоmоnidаn ushbu infеktsiyani 
dаvоlаsh vа оldini оlish bo`yicha e’lоn kilingаn dаlillаrgа аsоslаnmоkdа. 
Klinik prоtоkоldаgi tаvsiyalаr DPM ning yuqumli kаsаlliklаr shifохоnа 
shifоkоrlаri хamdа yuqumli kаsаlliklаr shifохоnаlаriningjаdаllаshtirish bulimi 
rеаnimаtоr shifоkоrlаrigа muljаllаngаn. 


78 
Etiоlоgiya vа pаtоgеnеz. Kоrоnаvirus (

Download 5,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish