Biologiya (2). cdr


Laboratoriya diagnsstikasi uchun bemor tomog'idan va burundan alohida



Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/58
Sana10.04.2023
Hajmi5,73 Mb.
#926520
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   58
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Laboratoriya diagnsstikasi uchun bemor tomog'idan va burundan alohida 
holda surtma olinadi va zardobli muhitga solinadi.
Davolash. Difteriya bilan og'rigan bemor albatta shifoxonaga yotqiziladi. 
Difteriyaning toksik turlarida bemor yotish rejimiga qat'iy rioya qilishi lozim. Spetsifik 
davolash maqsadida levomitsetin yoki tetrasiklin kabi antibiotiklar beriladi. Davolash 
kursi 2 hafta davom etadi.Toksik difteriyada maxsus ta'sir ko'rsatuvchi preparat 
sifatida difteriyaga qarshi zardob qo'llanadi. U mikrob toksinini neytrallash 
xususiyatiga ega. Zardob tarkibida inson organizmi uchun begona oqsil bor. Shuning 
uchun zardobni birinchi marta bo'lib-bo'lib Bezredka usulida yuboriladi. Har bir 
ampulada 10.000 XB zardob bo'ladi. Kasallikning qanday og'irlikda kechishiga qarab, 
xar kuni va davolash kursi uchun yuboriladigan zardorb dozasi turlichadir. JSST 
tavsiyasiga ko'ra, xar bir bemorni davolash uchun ishlatiladigan zardob miqdori 
100000 XB dan oshmasligi kerak. Zardob bilan davolash kasallikning dastlabki 
kunlarida boshlansa, yaxshi naf beradi.Xiqildoq difteriyasi — chin krupda nafas olish 
butunlay to'xtab qolishi, ya'ni asfiksiya ro'y berishi mumkin. Uning oldini olish uchun 
traxeotomiya qilinadi. 
Yurak va tomirlar faoliyatini yaxshilash maqsadida glukozaning 5,10, 40 % li 
eritmalarn, efedrin, kordiamin, strixnin kabi preparatlar keng qo'llanadi. 
Barokamerada kislorod bilan davolash xam yaxshi natija beradi.Bemorni davolashda 
askorbin kislotasi, V g'uruxiga mansub vitaminlar keng qo'llanadi. Periferik 
falajlanishning oldini olish va davolashda V vitamin va prozerin yaxshi samara 
beradi.Kasal odamni to'g'ri parvarishlash ham muxim ahamiyatga ega. Miokardit ro'y 
bergan xollarda bemor uzoq vaqt yotish rejimiga rioya qilishi, keskin xarakatlar 
qilmasligi lozim. Har xaftada EKG qaytadan olinib tekshirib turiladi. Bemorga oson 
xazm bo'ladigan, ko'proq suyuq taomlar buyuriladi. Servitamin meva sharbatlari 
foydali xisoblanadi.Davolash o'z vaqtida va to'g'ri tashkil etilsa, bemorniig ehvoli 
asta-sekin yaxshilanadi. Intoksikatsiya alomatlari kamaya boshlaydi, maxalliy 
o'zgarishlar xam asta yo'qoladi. EKG da aks etgan yurakdagi o'zgarishlar xam deyarli 


70 
tiklanadi. Bemor shifoxonadai chiqib ketishidan oldin tomoq va burundan 2 marta 
bakteriologik tekshirish uchun olingan tahlilda difteriya mikroblari topilmasliga 
kerak. Kasallikdan so'ng paydo bo'ladigan immunitetni mustaxkamlash maqsadida 
bemor shifoxonadan ketishi oldidan bir marta difteriya va qoqsholga qarshi 
adsorbirlakgan vaksina bilan emlanadi. 
Kasallikning oldini olish. Difteretyaning oldini olishda bemorlarni o'z vaqtida 
aniqlab, shifoxonaga yuborish muhim axamiyatga ega. Dastlabki tibbiy yordam 
ko'rsatish 
bosqichi 
feldsher-doyalik 
punktlari, 
shifokor 
ambulatoriyalari, 
poliklinikalarda ishlaydigan mutaxassislar difteriyaning asosiy alomatlarini yaxshi 
bilishi kerak. Tomoq, quloq, burun shifokorlari xam bu kasallikni to'g'ri aniqlashi 
lozim. Amaliyotda bu soxa shifokorlari difteriya bilan og'rigan bemorlarni 
"peritonzillyar yiringlash" tashxisi bilan operatsiya qilgan hollari uchrab turadi.Bemor 
bilan muloqotda bo'lgan oila a'zolari (bog'chalarda shu guruxga qatnovchi bolalar 
xam) 7 kun davomida tibbiy kuzatuv ostida bo'ladilar. Kasallik o'chog'ida yakunlovchi 
dezinfeksiya o'tkaziladi. JSST ning tavsiyasiga ko'ra, bemor bilan muloqotda bo'lgan 
oila a'zolari tomog'i va burnidan bir marta difteriyaga tekshirish uchun surtma 
olinadi. So'ngra 7 kun davomida antibiotik bilan profilaktik davolash kursi 
o'tkaziladi.Difteriyani vaqtida annqlash uchun murtakda narsa toshishi bilan 
kechadigan follikulyar, lakunar, flegmonoz angina qayd etilgan har bir bermodan 
surtma olib difteriyaga tekshirish shart.Defteriyaning spetsifik profilaktikasi puxga 
ishlab chiqilgan, O'zbekistonda qabul |qilingan emlash taqvimiga binoan 2,3.4 
oyligida, bir oy oralatib 3 marta AKDS (adsorbilangan ko'k yo'tal, difteriya, qoqshol 
vaksinasi) bilan emlanishi kerak. Oradan bir yil o'tgach, yaxshi bola 16 oylik 
bo'lganida, 4-marta AKDS vaksinasi bilan emlangan bo'lishi shart. Bu assosiy - bazis 
emlash xisoblanadi.Bolalar maktabga borishi oldidan (7yoshida) bir marta 
adsorbirlangan difteriya qoqshol vaksinasi ADS bilan emlanadi.Navbatdagi emlash 
maktabni bitirish oldini- 15-16 yoshda miqdori kamaytirilgan preparat-ADS-M (maliy) 
bilan o'tkaziladi. Katta yoshdagilar 26 va 46 yoshligida huddi shunday DDS-M 
preparati bilan qayta emlanadi.Emlashlar natijasida jamoa immuniteti talab 
darajasida xosil bo'lishi uchun rejalashtirilgan guruhlarinig kmida 90 foizi o'z vaqtida 
emlangan bo'lishi kerak. 

Download 5,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish