Savollar
Difteriyakasallik haqida tushuncha, etiologiyasi, epidemiologiyasi,
klinikasi.
Difteriyabemorlarni ko’zdan kechirish, parvarish qilish, davolash.
Difteriyada bakteriologik tekshirish uchun bemorlardan material
olish.
Mahsus profilaktika shemasi - AKDS vakstina, oldini olish choralari.
71
9-Mavzu: KO’KYUTAL. PARAKO’KYO’TAL
REJA:
Kasallik haqida tushuncha, etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinikasi.
Bemorlarni ko’zdan kechirish, parvarish qilish, davolash.
Mahsus profilaktika shemasi AKDS vakstina, oldini olish choralari.
Epidemiyaga qarshi ishlari, aholi o’rtasida sanitariya–maorif ishlarini
olib borish.
O’zbekiston Respublikasi hududida kasallikni oldini olish
to’g`risidaamaldagi buyruqlar.
Ko'k yo'tal
- bosqichli kechadigan, biroz intoksikatsiya hamda spazmatik yo'tal
hurujlari
bilan
namoyon
bo'luvchi
o'tkir
yuqimli
kasallik.
Etiolagiyasi. Kasallikni qo'zg'atuvchisi – Brdetella bertussis mayda grammanfiy,
harakatsiz, sport hosil qilmaydi, kapsulasi bor, yaxshi bo'yaladi. Borde-Jangu
ozuqasida yaxshi o'sadi. 12 xil antigin aniqlangan, faqat endotoksin ajratadi.
Bakteriya tashqi muxitda juda chidamsiz 56 S qizdirilganda 10-15 min, kuyosh nuri
tahsirida bir necha daqiqada nobud bo'ladi.
Epidemiologiyasi. Kasalik manbai bemor odam, u kasallikning 1 kunidan
boshlab, to 4-b-xaftasigacha atrofdagilar uchun xavflidir. Ayniqsa kasallikning yengil
va noaniq tularini o'tkazayotgan bemorlar, shuningdek, kam bo'lsada, bakteriya
tashib yuruvchi bolalar epidemiologik jixatdan xavflidirlar.Kasallik asosan havo-
tomchi yo'li bilan yuqadi. Sog'lom bola, yo'talayotgan bemor bilan yaqin muloqotda
bo'lgan taqdirdagina yuqish sodir bo'ladi. Ko'k yo'talga moyillik yuqori (kontagiozlik
indeksi 0.7-0.75).Ko'k yo'tal bilan asosan 1-5 yoshdagi bolalar kasallanish, 0.3-0.9 %
kattalarda ham kuzatilishi mumkin.Kasallikdan keyingi immunitet umrbod saqlanadi,
qayta kasallanish faqat 1% hollarda bo'lishi mumkin.Ko'k yo'talga qarshi aktiv
immunizatsiya qilish boshlangandan (1956-1959 y) keyin kassalanish keskin kamaydi.
Klinikasi. Yashirin davri 3-15 kun, o'rtacha 5-8 kun. Kasallikning kichishida: kataral,
spazmatik va tuzalish bosqichlari farqlanadi.
Kataral davri-
quruq yo'tal, ba'zan tana hroratining biroz ko'tarilishi hamda
yuqori nafas yo'llarida biroz kataral belgilar bilan namoyon bo'ladi. Keyinchalik yo'tal
kundan-kunga zo'rayib boradi va kasallikning 10-12-kunlariga kelib,
spazmatik
davri
boshlanadi. Bunda bola vaqti-vaqti bilan qisqa-qisqa biroq tez-tez va ustma-ust
yo'taladi va ohirida talvasanib chuqur shovqinli nafas oladi (repriz) yo'tal paytida
yopishqoq balg'am ajraladi va ba'zan bola qusadi.Kasallik og'ir kechganida bunday
spazmatik yo'tal xurujlari tez-tez takrorlanib turadi, bola qiynalib, tilini og'izdan
chiqarib yo'taladi, huruj ohirida nafasi ichiga tushib ketadi, ya'ni qisqa muddatga
nafas to'xtab qolib, bemor ko'karib ketadi. So'ngra xushtaksimon shovqin bilan
chuqur nafas oladi va nafasi tiklanadi. Hurujlar oralig'ida bolalar o'zlarini yaxshi his
qilsalarda, huruj takrorlanishidan juda qo'rqib qoladilar. Bemorning yuzi va qovoqlari
kerikkan, bazan terisiga vako'z sklerasiga qon quyilgan bo'ladi. Yo'talganda tilni
72
chiqaraverishi oqibatida tishi bor bolalarda til osti yaralanadi va bu yara oq karash
bilan qoplangan bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |