Biologiya (2). cdr



Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/58
Sana10.04.2023
Hajmi5,73 Mb.
#926520
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Savollar
Qizamiq. Suvchechak. Skarlatina.Kasallik haqida tushuncha,
etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinikasi, tashhisi.
Qizamiq. Suvchechak. Skarlatina. Toshmalar hususiyati.
Qizamiq. Suvchechak. Skarlatina. Bemorlarning parvarishi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


66 
8 Mavzu: DIFTERIYA (BO’G`MA) 
 
REJA: 

Kasallik haqida tushuncha, etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinikasi. 
 

Bemorlarni ko’zdan kechirish, parvarish qilish, davolash.
 

Difteriyada bakteriologik tekshirish uchun bemorlardan material
olish.
 

Mahsus profilaktika shemasi - AKDS vakstina, oldini olish choralari.
 

Epidemiyaga qarshi ishlari, aholi o’rtasida sanitariya–maorif ishlarini
olib borish.
 

O’zbekiston Respublikasi hududida kasallikni oldini olish to’g`risida 
amaldagi buyruqlar.
 
Difteriya - Leffler tayoqchalarining toksigen shtammi quzg'atadigan, kuchli 
umumiy intoksikatsiya va jarohatlangan joyda Fibrinli parda hosil bo'lishi bilan 
kechadigan kasallik.Difteriya insoniyatga qadim zamonlardan ma'lum. XVII-XVIII 
asrlarda Yevropada bu kasallikning katta epidemiyalari kuzatilgan. Hozirgi vaqtda 
difteriya barcha qityalarda onda-sonda uchrab turadi. Difteriyaga qarshi keng 
qamrovli vaksinatsiya yo'lga ko'yilgani tufayli kasallik kamayib bormoqda. 
Etiologayasi. Kasallik qo'zratuvchisi Leffler tomonidan 1887 yilda kashf etilgan, U 
korinebakteriyalar 
avlodiga 
mansub 
(Corinebacterium 
diphteriae), 
Korinebakteriyalar sharsimon, tayoqchasimon, ponasimon, tarvaqaylagan shaklda 
bo'lishi mumkin. Difteriya tayyoqchasi uchlarida yoki o'rtasida kolbasimon 
kengaygan joy bo'lib, ularda to'g'nog'ichga o'xshash volyutin zarrarchalari bor. 
Grammusbat mikrob. Difteriya qo'zg'atuvchisi aerob mikrob bo'lib, qon yoki unnng 
zardobi qo'shilgan muhitda yaxshi o'sadi. Difteriya mikroblarini aniqlash uchun 
ishlatiladigan ozuqa mudatlariga kaliy telluriti qo'shiladi (Tinsdal, Buchin 
murg'glari).Ozuqa muhitlarida o'sish xususiyatlariga qarab difteriya tayoqchalarining 
3 hil ko'rinishi mavjud: gravis, mitis, intermedius. Sporadik kasallanish vaqtida 
topilgan difteriya mikroblari asosan gravis variantiga mansub. 
Difteriya mikroblarining toksin hosil qiluvchi va uni hosil qilmaydigan 
shtammlari mavjud. Difteriya kasalligini faqat toksin xosil qiluvchn shtammlar 
qo'zg'otadi. Difteriya mikroblarining toksini kuchli bo'lib, bemorning nerv va yurak-
tomir sistemasiga katta ta'sir ko'rsatadi. Laboratoriya sharoitida topilgan difteriya 
mikroblarining albatta toksigenligi aniqlanadi.Difteriya mikroblari tashqi muhitda 
ancha turg'un. Ayniqsa past haroratda yahshi saqlanadi. Quritishga ham chidamla 
ich kiyimlar, turli o'yinchoq va boshqa ashyolarda haftalab-saqlanishi mumkin. Sutda 
bir oygacha, suvda — 12 kungacha saqlanadi. Xlor tutgan dezinfeksiyalovchi vositalar 
ta'sirida tez nobud bo'ladi. 
Epidemiologayasi. Kasallik manbai bo'lib difteriya bilan og'rigan bemor yoki 
mikrobning toksigen shtammi mavjud sog'lom bakteriya tashuvchi hisoblanadi. 
Mikrob tomoq va yuqori nafas yo'llarida joylashadi. Epidemiologik nuqtai nazardan 
kasallikning yashirin davri, kasallik yengil kechayotgan hollar atrofdagilar uchun 


67 
xavflidir.Difteriyaning tarqalishida sog'lom bakteriya tashuvchilarning o'rni katta. 
Ularda kasallik alomatlari bo'lmaydi. Tomog'ida turli surunkali yallig'lanish hollari 
mavjud kishilarda difteriya bakteriyalarini tashuvchilik holati ko'rpoq uchraydi. 
Kasallik o'chog'ida mikrob tashuvchilar soni sog'lom kishilar orasida 10 % gacha 
borishi mumkin. Toksigen bo'lmagan shtammlarni tashib yuruvchilar epidemiologik 
ahamiyatga ega emas.Mikrob bemor va bakteriya tashuvchi organizmdan 
gapirganda, yo'talganda, atrofga ko'plab ajraladi. Sog'lom kishi organizmiga nafas 
yo'llari orqali tushadi. Difteriya qo'zg'atuvchilari tashqi muhitda turg'un bo'lgani 
tufayli mikrob havo-chang yo'li bilan, shuningdek o'yinchoq, uy ashyolari vositasida 
ham tarqalishi mumkin. Ba'zan mikrob organizmga ko'z shilliq qavati va teri orqali 
tushadi.Difteriya bilan asosan bolalar kasallanadi. Difteriyaga qarshi yoppasiga 
bolalar emlana boshlaganidan beri, bu kasallik o'smirlar va katta yoshdagilar orasida 
ko'proq uchramoqda.O'zbekiston sharoitida bolalarni emlash o'z vaqtida muntazam 
ravishda amalga oshiriladi.Difteriya uchun ma'lum darajada mavsumiylik xos. 
Kasallanish sentabr-noyabr oylarida sezilarli darajada ko'tariladi. Aprel-avgust 
oylarida kasallik kam qayd etiladi.Kasallikdan so'ng turg'un immunitet hosil bo'ladi. 
Klinikasi. Kasallikning yashirin davri 3-10 kun. Bu xastalikda mahalliy va umumiy 
o'zgarishlar kuzatiladi. Mikrobniig organizmga qayerdan tushishi va bemor 
organizmning holatiga qarab, kasallik turli ko'rinishda va og'irlikda namoyon bo'lishi 
mumkin.Joylashishiga qarab burun, tomoq, kekirdak, ko'z, teri difteriyasi farqlanadi. 
Ko'proq tomoq difteriyasi uchraydi. Jarohatlangan soha shilliq qavati yaxlit fibrinli 
parda bilan qoplanadi (9-rasm) U parda qattiq bo'lib ostidagi to'qimaga mustahkam 
yopishgan bo'ladi. Shu sababdan uni shpatel yordamida ko'chirib olish ancha qiyin. 
Parda atrofidagi sog'lom to'qimalardan ko'tarilib turadi, rangi kul rang, yaltiroq 
bo'ladi. Kuch bilan pardani ko'chirilsa, ostidagi to'qimalar yuzasi qonaydi.

Download 5,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish