Boshlang'ich davri.
Kasallik odatda o'tkir, to'satdan boshlanadi. Faqat ayrim
hollarda qisqa muddatli, injiqlik, behollik, kam harakatlik sinagan prodromal
(dastlabki) belgilar bo'lishi mumkin. Tana harorati tezda 39-40° S gacha
ko'tarilab, bola holsizlandi, boshi va tomog'i og'riydi, qo'pincha qusadi, bazan ichi
suyuq keladi.Kasallikning birinchi-ikkinchi kunlari (bazan 3-kuni) terisida qizil, mayda
donachali, bazan kuchli qichimali toshma paydo bo'ladi. Toshma asosan bo'yin,
ko'krak, qorin, qo'llarning bukiluvchi yuzasi va sonlarning ichki tomonida qalin
joylashib, burun va og'iz atrofida bo'lmaydi. Toshmaning zichligidan teri umuman
qizargan yuzda oqish, toshmasiz burun-og'iz uchburchaga yaqqol ajralib
turadi.Tomoqda skarlatinaga xos angina alomati (bodom bezlari vo yushmoq tanglay
62
shilliq qavati yaqqol qizarib «alangali tomoq»), qattiq tanglayning oqish shilliq
qavatidan aniq chegaralanib turadi. Ba'zan shilliq qavatda toshma (enantema) lar,
bodom bezi ustida qoplamalar ko'riladi. Til qalin karash bilan qoplangan bo'ladi. Jag'
ostidagi
joyda
bezlar
kattalashgan
bo'ladi
va
paypaslaganda
biroz
og'riydi.Kasallkkning
avj olgan davri
4-5 kun davom etadi. Bu davrda kasallik
belgilari: angina, limfodenit, toshma va boshqalar dastlab ortib, og'irlashib boradi.
Isitma yuqori bo'lib, taxikardiya, A/B ortishi, bemorda jumbush, alahlash, es-xush
xiralashishi kabi alomatlar bo'lishi mumkin. 4-5-kundan boshlab, tana harorati
pasayadi, til uchidan boshlab karashdan tozalana boshlaydi, so'rg'ichlari bo'rtib, 4-5
kunda xuddi malinaga o'xshab qoladi ("malinali til").
Sog'ayish davri.
Kasallikning og'ir-yengilligiga qarab 5
-
6-kunlardan boshlanadi.
Tana harorati asta-sekin (ba'zan kritik tarzda) pasayadi, 5-10-kunlarga kelib
kasallikning barcha simptomlari yo'qoladi.Kasallikning ikkinchi haftasidan boshlab
terida po'st tashlash kuzatiladi. Tana terisida mayda kepaksimon, qo'l va oyoq kafti,
panjalarida esa yirik palahsa bo'lib ko'chadi. Bu davrda turli asoratlar yuzaga kelishi
mumkin.Periferik qonda kasallikning birinchi kunlaridan boshlab, leykotsitoz (16-
30000 mm3), neytrofilez (60-70% va undan ortiq), eozinofiliya (10-20%) va ECHT
ortishi (30-50 mm/soat) kuzatiladi.So'ngga yillarda kasallikning ko'proq yengil, yoki
o'rta og'irlikda kechishi qayd etilmoqda. Biroq, xastalik keskin boshlanib, qayta-qayta
qusish
,
alahlash, tirishish va meningeal simptomlar bilan kechadigan
toksik shakli,
og'ir
nekrotik angina, limfa bezlarining yiringli yallig'lanishi (adenoflegmona) va
ko'plab yiringli asoratlar bilan kechuvchi
septik shakllari
ham uchrashi mumkin.
Shuningdek, skarlatananing
atipik
(noaniq, gipertoksik, ekstrabukkal) shakllari ham
kuzatiladi.Skarlatinaning barcha turlarida ham turli asoratlar (otit, linfadenit, sinusli,
nefrit, yurak-tomir sistemasining jarohatlanishi va boshqalar) yuzaga kelishi mumkin.
Kasallikning qaytalanishi (retsidiv) 3-4 % bemorlarda kuzatiladi.
Tashxisoti. Kasallikni aniqlash asosan klinik va epidemiologik ma'lumotlarga
asoslanadi. Skarlatinani qizamiq, qoramiq, soxta sil, turli dori va muhsulotlarga
allergik topshalar, boshqa xil anginalar va tomoq difteriyasidan farqlash
lozim.Laboratoriya tekshiruvlaridan — qonning umumiy taxlili, tomoqdan olingan
surtmada streptokokklarning toksigen shtammni aniqlash, toshmani so'ndirish
sinamalaridan foydalanish mumkin. Dik reaksiyasi hozir qo'yilmaydi.
Davolash. Skarlatinani davolashda bemorlar parvarishini va bo'limdagi gigiyenik
63
sharoitni to'g'ri tashkil etish juda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa infeksiyaning
qayta yuqishi va asoratlarni oldini olishga erishish lozim.Kasallikning kechishi og'ir
bo'lmagan taqdirda, agar xonadon sharoiti yaxshi bo'lsa, bemorni o'z uyida davolash
mumkin. Zarurat bo'lganda ular kichik
Do'stlaringiz bilan baham: |