56
3BOB. NAFAS YO’LLARI INFEKSTIYALARI
7-Mavzu: QIZAMIQ. SUVCHECHAK. SKARLATINA
REJA:
Kasallik haqida tushuncha, etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinikasi,
tashhisi.
Toshmalar hususiyati.
Bemorlarning parvarishi.
Mahsus profilaktikashemasiva oldini olish choralari.Kasallik o’chog`ida
epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar o’tkazish.
O’zbekiston Respublikasi hududida qizamiq, suvchechak,
skarlatinakasalliklarini oldini olish to’g`risidagi amaldagi buyruqlar.
Qizamiq — umumiy intoksikatsiya, nafas yo'llari, ko'z, og'iz shilliq qavatlarining
yallig'lanishi va terida dog'li toshma toshishi bilan kechadigan g'oyat yuqumli
kasallik.Qizamiq insoniyatga uzoq davrlardan ma'lum.
U kichik yoshdagi bolalar
orasida ko'p uchraydigan, og'ir kechadigan va o'lim hollarini yuqori bo'lgan kasallik
hisoblanardi. Jumladan, Ovrupoda 1900-1910 yillar davomida qizamiqdan bir million
bola nobud bo'lgani to'g'risida malumotlar bor. Yoshi, irqi, yashash joyi va ijtimoiy
ahvolidan
qatiy
nazar,
barcha
kishilar
qizamiqqa
moyil
hisblanadi.
Etiologiyasi. Kasallik qo'zg'atuvchisi - virus. U qavariq shaklda bo'lib, diametri 120-
250 nm. Virus antigenlari to'qima hujayralarini jarohatlash (sitopatik tasir)
hususiyatiga ega. Tibbiy sharoitda qizamiq virusi faqat odamlarda kasallik paydo
kiladi. Laboratoriya sharoitida sun'iy ravishda faqat maymunlarga yuqtirish mumkin.
Tashqi muhitda qizamiq virusi ultrabinafsha nurlar ta'sirida tez nobud bo'ladi.
Past labaroratda, ayniqsa muzlatilganda uzoq saqlanadi.
Antibiotiklar qizamiq
virusiga
tasir
qilmaydi.
Interferon
tasirida
virus
nobud
bo'ladi.
Epidemiologayasi. Infeksiya manbai bemor odam hisoblanadi. Bemor kasallik
yashirin davrining oxiridan boshlab, butun orodroma davri mobaynida va terida
toshma paydo bo'lganida so'ng 1-2 kungacha virusni atrofidagalarga ko'p tarqatadi.
Keyinchalik bemorning infeksiya manbai sifatidagi ahamiyati kamayadi. Bemor
kasallikning dastlabki
davrlarida gaplashganida, yo'talganida va aksirganda so'lak
zarrarchalari bilan atrofga ko'plab virus tarqatadi. Virus 10 metr masofagacha
tarqalib, sog'lom odamlarga yuqishi mumkin.Sog'lom kishi organizmiga virus nafas
yo'llarn orqali tushadi, yani havotomchi yo'li bilan tarqaladi. Kupchiliq qizamiq bilan
yoshligida kasallanishi sababli, katta yoshdagalarda u kam uchraydi. Bolalarni
qizamiqqa qarshi yoppasiga emlash yo'lga qo'yilganidan beri,
qizamiq emlanmay
holgan katta yoshdagilar orasida ham uchrab turadi. Kasallikdan so'ng turg'un
(butun umr saqlanadigan) immunitet hosil bo'ldi.1967 yildan boshlab kichik yoshdagi
bolalar respublikamizda qizamiqda qarshi yoppasiga emlana boshladi. Buning
natijasida bolalar orasida qizamiq kasalligi keskin kamaydi.Klinikasi. Qizamiq kasalligi
kechishida davriylik yaqqol seziladi. Xastalik kechishi 4 davrga bo'linadi: yashirin
davr, prodroma (katar) davri, toshma toshishi va toshish yo'qolishi
57
davrlari.Kasallikning yashirin davri o'rta hisobda 9-11 kun, ba'zan 3-4 haftagacha
boradi. Gammaglobulin olgan bolalarda yashirin davr uzoqroq bo'ladi. Bu davrda
ba'zan qisqa muddatli xarorat ko'tarilishi, tumov alomatlari, qovoq kerikishi, ishtaha
yo'qolishi, serxarxashalik kabi alomatlar bo'lishi mumukin.Prodroma
davrida
kasallikka xos bo'lgan alomatlar paydo bo'ladi. U odatda 3-4 kungacha davom etadi.
Bu davr umuman intoksikatsiya va nafas yo'llarining yallig'lanish alomatlari bilan
boshlanadi. Tana xarorati 38-39S gacha ko'tariladi. Bola lanj bo'ladi, ko'p yig'laydi.
Ishtaxasi yo'qoladi, ko'z va og'iz shilliq qavatida kataral yallig'lanishi ro'y beradi.
Burun bitib qoladi, ko'plab ba'zan tinimsiz ravishda suyuqlik oqib turadi. Bola ko'p
aksiradi. Hiqildoq kekirdak va bronxlar yallig'lanishi tufayli quruq, qisqa yo'tal paydo
bo'ladi. U tez takrorlanib turadi (xalq iborasida quv-quv yo'talish). Ovozi bo'g'ilib
qoladi.Ko'z konyunktivasi yallig'lanadi. U qizarib ketadi, qavaradi,
tomirlari
kengayadi. Ko'zdan yosh oqib turadi. Bemor yorug'likka karay olmayda. 1-2 kundan
so'ng ko'z va burundan oqayotgan suyukdik yiring aralash bo'ladi.Bemorning yuz-
ko'zi, burun va lablari kerikadi. Prodromaning 2-3 kunida og'izda lunj shilliq qavatida
mayda, oq rangli, nuqtasimon, biroz turtib turadigan toshmalar paydo bo'ladi.
Bunday toshmalar qizamiqqa xos belgi hisoblanadi. Ularni
Do'stlaringiz bilan baham: