Savollar
Ich terlama kasallik haqida tushuncha. Epidemiologik anamnez
yig`ish.
Yuqish mehanizmi. Klinik hususiyatlari, asoratlari.
Bakteriologik va serologik tekshirish usullarining ahamiyati.
Ich terlama va paratif A va V kasalliklarini farqlash.
47
6-Mavzu: VIRUSLI GEPATITLAR
REJA:
Virusli gepatitlar O’rta Osiy mintaqasi uchun dolzarb muammo
hisoblanadi.
Virusli gepatit A,V, S, D, E turlari haqida tushuncha.
Virusli gepatit etiologiyasi, epidemiologiyasi, rivojlanish mehanizmi.
Virusli gepatitlar tasnifi. Prodromal davrlar turlari. Tashhisot.
Homiladorlik davrida gepatitning kechish hususiyatlari, uning
homilaga ta’siri. Bemorlarni ko’zdan kechirish. Bemorlarni parvarishlash,
davolash.
Parhez ovqatlantirish bilan davolash. Infekstiya o’chog`ida joriy va
yakuniy zararsizlantirish o’tkazish. Sog`ayganlarni shifohonadan chiqarish
qoidalari.
Aholi o’rtasida sanitariya–maorif ishlarini o’tkazish.
O’zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining amaldagi
buyruqlari.
Virusli gepatitlar - turli viruslar tomonidan ko'zg'otilib, organizmning umumiy
intoksikatsiyasi, asosan jigar jaroxatlanishi va ko'pincha og'riqlik paydo bo'lishi bilan
kechadigan yuqumli kasalliklar. Qadimdan mahalliy xalq uni "sariq kasalligi" deb
ataydi. Ibn Sino "Tib qonunlari" kitobida uni "tiqilmalardan bo'lgan sariq kasalligi"
deb atagan va belgalarini bayon qilgan. Yuqumli sariq kasalligni o'rganishda rus olimi
S.P.Botkinning xizmatlari katta, shuni inobatga olib, yaqin yillargacha bu kasallik
"Botkin kasalliga" deb xam nomlanib kelgan. Keyingi yillarda virusologiya fani
taraqqiyoti tufayli "yuqumli gepatitlar" ning sababchisi viruslar ekani tasdiqlandi.
Etiologiyasi. Hozirgi vaqtda virusli gepatitlarning 7 ta qo'zg'atuvchisi aniqlangan. Ular
lotincha xarflar bilan A, V, S, O, YE. R, S deb nomlanadi. Shulardan 5 tasi, A, V, S, O,
YE gepatilarining viruslari yaxshi o'rganilgan. Gepatit viruslari bir-biridan antigen
tuzilishi va biologak hususiyatlariga qarab farq qiladi. Ularni faqat elektron
mikroskopda ko'rish mumkin.
A gepatitning virusi.
Bu virus dastlab immunelektron mikroskopiya vositasida A
gepatiti bilan og'rigan bemorning najasida kasallikning o'tkir davrida topilgan.
Virusning diametri 27 NM (nanna metr mikronning millisidan bir ulushi). Virus
kasallikning asosiy alomati - sarg'ayish paydo bo'lishidan oldin, bemor qonida va
najasida bo'ladi. Sarg'ayish paydo bo'lganidan 8 kun o'tgach virusniig najas bilan
ajralishi to'xtaydi, deb xisoblanadi. Lekin, O'zbekistonlik olimlarning olgan
natijalariga ko'ra sariqlikning 15-kunigacha xam virus ajralib turishi mumkin. Ba'zi
olimlarning fikricha, A gepatiti virusining bir-biridan kimyoviy va biofizik xususiyatlari
bo'yicha farq qiladigan 3 xil shtammi bor. Bemor organizmida kasallikning o'tkir
davridayoq A virusiga qarshi IgM antitelolari paydo bo'ladi. Ular 3 oydan so'ng
yo'qolib ketadi va o'rniga IgG antitelolari paydo bo'ladi. Ular uzoq yillar saqlanadi va
bemor A gepatitini boshidan kechirgani darakchisi hisoblanadi. A gepatiti virusi
48
to'qima kulturasida o'smaydi. Virusni sun'iy ravishda faqat shimpanze va marmozet
maymunlariga yuqtirish mumkin. Virusga kislotali muhit deyarli ta'sir ko'rsatmaydi.
Muzlatganda yaxshi saqlanadi. 56°S da isitilganda 30 daqiqagacha o'lmaydi. 1000S
da qaynatilganida bir minutda nobud bo'ladi. Avtoklavda 121°S 60 minutda faoliyati
yo'qoladi.
V gepatitning (VG) virusi.
Bu virusning 3 ta antigeni borligi ma'lum. Dastlab
yuzaki — NVSAg. Amerikada avstraliyalik muxojir qonida topalgan. Shu sababli uni
ma'lum vaqtgacha Avstraliya antigeni deb atalgan. Hatto ''Avstraliya antigeni" qonda
topilishi, zardob (V) gepatitining tashxisini tasdiqlovchi omil deb xisoblangan.
Keyinchalik V gepatiti virusining o'zak (soR-yadro, o'zak) antigeni NVsAg va yana ye
— antigeni — NVeAg borligi kashf etildi. Shu davrdan boshlab "avstraliya antigeni"
iborasi "V" gepatiti virusining yuzaki anigeni — "NVsAg" nomi bilan almashtirildi.
NVsAg virus yuzasida diametri 42 NM parda yoki alohida, diametri 18-22 NM qavariq
bo'lakcha holida uchraydi. Odamda uzoq vaqt NVsAg tashuvchilik holati bo'lishi
mumkin. NVsAg - o'zak antigen va yuzaki antigen oraligada joylashgan. Uning bemor
qonida topilishi, kasallikni boshqalarga yuqtirish extimoli yuqoriligi va oqibati yaxshi
bo'lmasligidan darak berada. V gepatitining virusi 100°S da 10 minut
qizdirilganidagina nobud bo'ladi. 1% xlorli vositalar bir soatdan so'nggina shunday
ta'sir ko'rsatadi. DG - delta gepatiti virusi mustaqil ravishda kasallsh qo'zg'atmaydi. U
faqat NVsAg bor qon zardobida rivojlana oladi. DG virusi bemor organizmiga VG
virusi bilan bir vaqtda yoki VG kasalligi boshlanganidan so'ng tushishi mumkin.
Shuningdek, DG virusi NVsAg tashuvchilarga ham yuqishi mumkin. SG — S
gepatitmiya ilgari "parenteral" yo'l bilan yuqadigan, "A ham, V ham bo'lmagan
gepatit" deb atalar edi. Keyingi yillardagi tekshirishlar asosada u mustaqil S gepatiti
deb ataladigan bo'ldi. Uning virusi odamga faqat parenteral yo'l bilan — asosan virus
tutgan qon va uning preparatlarini quyish vositasida yuqadi. YEG — YE gepatiti virusi
AG qo'zg'atuvchisiga o'xshab fekalorad mexanizm vositasida tarqalsa ham o'z
tuzilishiga ko'ra, tez va keng tarqalishga moyilligi bilan AG virusidan farqlanadi.
Epidemiologiyasi. Virusli gepatitlar dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida
uchraydi. Rivojlangan davlatlarda asosan parentral yo'l bilan tarqaladigan V, S, O
gepatitlari qayd qilinadi. Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika qityalarida joylashgan
mamlakatdarda A va YE gepatitlari ko'p uchraydi. Umuman olganda, virusli gepatitlar
soni butun jahonda yildan-yilga ko'payib bormoqda. O'zbekistonda A gepatiti keng
49
tarqalgan kasalliklardan hisoblanadi. Uning o'ziga xos xususiyatlari ko'yidagilardan
iborat. Kasallik barcha viloyatlarda deyarli bir xil ko'rsatkichlarda qayd atiladi. Har 6-
8 yilda kasallikning sezilarli darajada ko'tarilib avj olishi kuzatiladi. A gepatigga uchun
mavsumiylik xos. Bemorlar soni avgust oylaridan boshlab ko'tarila boradi va dekabr
oylarida avjiga chiqadi. Keyin kasallanish kamaya boshlaydi va may oyiga kelib, eng
kam ko'rsatkich kuzatiladi. Demak, yurtimizda A gepatiti Uchun kuzgi-qishki va
qishki-bahorgi mavsumiylik xos. Kasallik ko'pincha 2-3
yosh bolalar orasida
ko'payadi. Yoshi jihatidan eng ko'p kasallanadiganlar 2-7 yoshdagilar hisoblanadi.
Maktab yoshidagilar ularga nisbatan kamroq kasallanadi. Katta yoshdagi odamlar
orasida A gepatiti juda kam uchraydi.
YE gepatiti ham kuz-qish oylarida qayd qilinadi. U ko'pincha suv vositasida
tarqlada. Shu suv manbaidan foydalanadigan kattayu-kichik ma'lum bir vaqt
oralig'ida baravar kasallanadi.
B gepatiti uchun mavsumiylik xos emas. U yilning barcha fasllarida deyarli bir hil
ko'rsatkichlarda qayd etiladi. Bu kasallik asosan bir yoshgacha bo'lgan bolalar
orasida va katta yoshdagilarda uchraydi.
S gepagati asosan turli kasalliklar sababli ko'p qon kuyilgan bemorlarda qayd
qilinadi. Katta jarrohlik operatsiyalari vaqtida ko'p qon qo'yilgan, surunkali buyrak
yetishmovchiliga, gemofiliya kabi kasalliklari vajidan ko'p qon va plazma olgan
bemorlarda S gapatiti aksariyat uchrab turadi. Barcha virusli gepatitlarda infeksiya
manbai odam hisoblanadi. Kasallikni yuqtirishda ayniqsa xastalik yengil, sariq paydo
bo'lmay, subklinik va atipik shaklda kechayotgan bemorlarning roli katta. Bemor
atrofida virus tashuvchilar ham bo'lishi mumkin. Ayrim olimlarning fikricha, kasallik
alomatlari yaqqol namoyon bo'lgan har bir bemor atrofida 3-5
ta kasallik yashirii
kechayotgan odamlar yoki Virus tashuvchilar bo'lishi mumkin. Ular ayniqsa bolalar
yaslisi, botchasi va ko'p bolali xonadonlarda gepatit viruslarini atrofidagilarga tez
tarqatadilar. Kasallikning yashrin davri oxiri va boshlanishi kunlarida virus bemor
organizmidan judaa ko'plab ajraladi. Virusli gepatitlarning surunkali turi bilan
og'rigan bemorlarning ham ayniqsa kasallik zo'raygan vaqtda, epidemiodogik
ahamiyati katta.
A va YE gepatitlari fekal -oral mexanizmi vositasida yuqadi. Virus sog'lom kishi
ortanizmiga og'iz orqali to'lib najas va siydik bilan ajralib chiqadi. Oziq-ovqat
maxsulotlari va suv muhim tarqatuvchi omil hisoblanadi. Aholi oqar suvdan
foydalanadigan joylarida ba'zan virus bilan zararlangan suvni iste'mol qilish
oqibatida avj olishlar kelib chiqadi. Kasallik, shuningdek, oila, yasli, bog'chalarda
maishiy muloqot yo'li bilan turli o'yinchoq va anjomlar vositasida ham yuqib qolishi
mumkin. Bu hol ayniqsa bolalar zich bo'lgan muassasalarda va sanitariya madaniyati
past bo'lgan hollarda ko'p uchraydi.
V, S, O gepatitlari asosan parenteral yo'l bilan tarqaladi. Bu kasalliklarda virus
qonda bo'lgani tufayli u sog'lom odamga turli tibbiy muolajalar vaqtida shpris, tish
shifokori, jarrohlik yoki ginekologik anjomlar vositasida yuqib qoladi. Keyingi yillarda
V gapatiti viruslari so'lak, ko'z yoshlari, sperma, ayollar jinsiy a'zolari suyuqligida ham
50
barligi isbotlandi. Shuni nazarda tutsak, V gepatiti oilada bevosita muloqot vositasida
va jinsiy yo'l bilan ham tarqalishi mumkinliga tasdiqlanadi.
S gepatiti odamga asosan virus tutgan qon va uning preparatlarini quyish
oqibatida kelib chiqadi. Donorlar, ayniqsa, plazmodonorlar orasida, gemodializ
markazlarida davolanuvchi surunkali buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar
orasida S gepatiti virusini tashuvchilar borligi aniqlangan. Kasallikdan so'ng huddi shu
virusga nisbatan turg'un immunitet hosil bo'ladi. Aynan shu virusli gepatit bilan
qaytadan og'rish hollari deyarli kuzatilmaydi. Lekin, A gepatiti bilan ilgari og'rigan
odam keyinchalik V, S, O va YE gepatitlari bilan ham kasallanishi mumkin.
Klinikasi. Virusli gepatilarning umumiy klinik belgilari asosan virusning jigar
to'qimasiga tanlab tasir etishi va bu muhim organning jarohatlanishi bilan bog'liq.
Organizmning umumiy intoksikatsiyasi bilan bog'liq alomatlar: darmonsizlik
ishtahaning yo'qolishi, ko'ngil aynishi va teri sarg'ayishi deyarli barcha virusli
gepatitlarda uchraydi. Shu bilan bir qatorda kasallikning har bir turiga hos bo'lgan
klinik alomatlarga asoslanib virusli gepatitlarni bir-biridan farqlash imkonini beradi.A
virusli geptitda kasallikning yashirin davri 2
haftadan 6 xaftagacha. Kasallik asosan
maktab yoshngacha bo'lgan bolalarda uchraydi. Uning ketishi shartli ravishda bir
necha davrga bo'linada: dastlabki prodroma yoki sarg'ayishdan oldingi davr,
sarg'ayish davri va tuzalish davri. Prodroma davri 7-10 kun davom atishi mumkin. U
asosan asta-sekin paydo bo'ladigan alomatlar bilan kechadi. Bola injiq bo'lib qoladi,
ishtahasi yo'qoladi. O'yinqaroqlik yo'qoladi, yotgisi kelaveradi. Ayrim hollarda tumov
alomatlari burun bitib qolishi, yo'tal, tomoq og'rishi, ko'z yoshlanishi kabi alomatlar
kuzatiladi. Ba'zan tana harorati 2-3 kun 38-38,5°S gacha ko'tariladi. Ba'zi bemorlarda
ko'ngil aynishi, to'sh ostida og'irlik yoki kuchli bo'lmagan og'riq seziladi. Qorinni
paypaslab ko'rilganida jigar biroz kattadashgan bo'lib, paypaslaganda og'rishi
mumkin. Bu davrning oxirlariga kelib siydik ranga to'q sarida aylanadi najas,
aksincha, oqishroq rangda bo'ladi. Xuddi shu davrda bemor najasi va siydik bilan
virus Tashqariga ko'plab ajarala boshlaydi. Shuning uchun xastalikning aynan shu
davrida aniqlab bemorni alohida yotqizish zarur. Teri sarg'aya boshlashi kasallik avj
olish davri boshlanganidan darak beradi. Sariqlik dastlab ko'z oqi va tanglayda paydo
bo'ladi. So'ngra teri sarg'aya boshlaydi. Sarg'ayish kun sayin orta boradi. U avjiga
chiqqan davrda teri limon rangada, bug'doyrang odamlarda teri hatto zarg'aldoq
rangini eslatishi mumkin. Ba'zan teri qichiydi. Avj olish davrida umumiy
intoksikatsiya alomatlari avjiga chiqadi. Darmonsizlik kuchayadi. Ayrim bemorlarda
qusish kuzatiladi. Qorinning yuqori qismida og'riq bezovta qiladi. Jigar kattalashgan
bo'ladi. Ba'zan taloq ham kattalashadi. Najas oq raki bo'lib qoladi. Siydik rangi
achchiq, damlangan choyni eslatada. Bu davr ko'pincha 1-2 haftadan ortiq davom
etmaydi. Sarg'ayish kamaya boshlab, bemor o'zini durustroq his qila boshlaganidan
tuzalish davri boshlanadi. Ko'p hollarda bir hafta ichida teridagi sariq rang kamaya
borib, butunlay yo'qoladi. Unga mutanosib ravishda bemorda asta-sekin quvvat
paydo bo'ladi, ishtahasi yaxishlanadi. Shu davrda ko'pchilik bemorlarda kattalashgan
jigar va taloq ham o'z holiga qaytadi. Umuman olganda, A gepatnti ko'p hollarda
yengil o'tib, asoratlar qoldirmaydi. Surunkali turi uchramaydi. Ba'zi bemorlarda
51
kasallik g'oyat yengil o'tadi. A gepatitning sariqsiz, subklinik turda kechadigan hollari
shunday kechada. Bunday bemorlarda odatda shikoyat bo'lmaydi. Teri va shilliq
qavatlarda sariq paydo bo'lmaydi yoki sinchkovlik bilan tekshirilganda seroz
sarg'aygani aniqlanishi mumkin. Odatda, bunday bemorlar shifokorga murojaat
qilmaydilar. Lekin infeksiya manbai sifatida ular kasallik tez tarqalishiga sababchi
bo'ladilar. Shu toifa bemorlar, ko'pincha, kasallik yaqqol namoyon bo'lgan bemor
atrofidagilarni tekshirib ko'rish vositasida aniqlanadi. Avvalo, ular qornini paypaslab
ko'rganda ko'p hollarda jigari kattalashgani aniqlanadi. Bemordan qon olib, gepatit
uchun xos fermentlarga tekshirib ko'rilganida, ularning miqdori ortib ketgani ma'lum
bo'ladi. Bunday bemorlarni ham albatta alohidalash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |