Biologiya (2). cdr



Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/58
Sana10.04.2023
Hajmi5,73 Mb.
#926520
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

 
xafta davom etashi mumkin.
 
O't pufagadan 
mikroblar safro bilan ichakka qaytadan tushadilar va bir qismi tashqariga chiqa 
boshlaydi. Kasallik mikrobi ichak shilliq qavatiga qaytadan ta'sir etishi natijasida 
kuchli allergik reaksiya rivojlanadi. Reaksiyaning to'la rivojlanishi 4-5 xaftagacha 
davom etadi. Dastlab, peyer blashkalari yallig'lanib bo'rtib chiqsa, 2-xaftada ularning 
yuzasi nobud bo'lgan (nekrotik) to'qima bilan qoplanadi. 3-4 xaftada bu parda 
yo'qolib, ostida yara paydo bo'ladi. 5-xaftada yara bitadi. Yara chuqur joylashgan 
hollarda ichakdan qon ketishi, hatto ichak teshilishi kabi og'ir asoratlar ro'y berishi 
mumkin (2-rasm). Ichakda ro'y beradigan o'zgarishlar asosan ingichka ichakning 
pastki, yo'g'on ichakka tutashadigan joyida rivojlanadi (u un yonbosh sohasiga to'g'ri 
keladi).
Klinikasi. Ichterlamada yashirin davr 7 kundan 21 kungacha bo'ladi, o'rta 
hisobda 14 kun. Bu davrda kasallik alomatlari bo'lmaydi. Bu xastalik o'ziga xos 
kechganida, alomatlarining asta-sekin paydo bo'lishi, cho'zilib avjiga chiqishi va yana 
asta so'nishi kuzatiladi. Avval kasallikning umumiy alomatlari paydo bo'ladi. Bemor 
o'zini noxush sezadi, quvvati kun sayin kamayib boradi, ko'ngli ovqat tusamaydi, 


38 
ishtaxasi yo'qola boradi. Ishda tez charchab qoladi. Ko'proq yotgisi keladi. Bu 
alomatlar ancha sekinlik bilan orta borgani tufayli, bemor kasallik boshlangan kunni 
aniq berishga xam qiynaladi. Kasallikning muxim alomatlaridan biri - bosh og'rishi. 
Bu og'riq xam kun sayin zo'raya boradi. Boshning xamma qismi tutash og'riydi. Tana 
harorati xam asta-sekin ko'tarila boradi. Odatda, kechqurungi xarorat ertalabkisidan 
yuqoriroq, tungisi - kechagidan ortiqroq bo'lib asta ko'tarila boradi. 
Har kuni xarorat 0,2-0,3 darajaga orta boradi. Birinchi xafta oxiriga kelib, bu 
alomatlar avjiga chiqadi. Ushbu davrda tana xarorati 39-40°S gacha yetadi. 
Intoksikatsiya alomatlari orta borgani sari darmonsizlik avjiga chiqadi, bemor yotib 
qoladi. Ishtaha butunlay yo'qoladi, ich yurishi qiyinlashib, qabziyat kuzatiladi. 
Bemorni atrofga xech qanday qiziqishi qolmaydi, o'z dardi bilan "ovora" bo'lib 
qoladi. Uyqisi buziladi. Ayrim bemorlarda kasallik o'tkir boshlanadi. Bunday holda 
yuqoridagi bayon etilgan alomatlar 2-3 kun davomida avjiga chiqadi. Ba'zan 
kasallikning dastlabki davrida ich ketishi kuzatiladi. Kasallik o'tkir boshlanganida qo'l-
oyoq bo'g'imlari, bel zirqirab og'rishi ham mumkin. Kasallik avjiga chiqqan davrda 
tana xarorati ba'zan 1-2 xafta 39-40°S da saqlanib turadi. Bunda ertalabki va kechki 
ko'rsatkichidagi farq 1°S dan ortmaydi (doimiy xarorat). Keyinchalik harorat asta-
sekin (ba'zan 2-3
 
kun ichida) pasayib, ma'yoriga yetadi. Shuning uchun kasallik tipik 
kechganida isitma egri chizig'i trapetsiyani eslatadi yoki to'lqinli bo'lishi mumkin. 
Bemorni ko'zdan kechirganda, kasallik avj olgan davrdagi xolati ancha xarakterli. 
Harorat yuqori bo'lishiga qaramay, teri oqargan bo'ladi. Bemorda bezovtalanish 
alomatlari bo'lmaydi. Aksincha, u xomush, parishonxotir bo'ladi. Kasallik og'ir 
kechganida bemor xushsiz xolatda bo'lishi mumkin. Kasallikning 7-8 kunidan boshlab 
qorin terisida pushti rang rozeolalar paydo bo'ladi. Ular kichkina (diametri odatda 
0,5 sm. dan ortmaydi), dumaloq shaklda bo'ladi. Rozeolalar soni unchalik qo'p 
bo'lmaydi (8-10 ta), atrofidagi teridan keskin ajralib turadi, bosib ko'rilganda yoki 
terini tarang qilinsa yo'qoladi. Odatda 4-5 kundan so'ng rozeolalar iz qoldirmay 
yo'qoladi. Ba'zan birinchi rozeolalar yo'qolgach, yonverida qaytadan toshma paydo 
bo'lishi mumkin. Ayrim xollarda rozeola ko'krak, biqin soxalariga xam toshadi. 


39 
Rozeola toshmalari tif-paratif kasalliklariga xos belgi hisoblanadi. Bemorning tomir 
urishi tezlashadi. Ammo, u xarorat ko'tarilishiga mos kelmaydi. Odatda tana harorati 
10S ko'tarilganida, tomir urishi bir daqiqada 10 taga tezlashadi. Ichterlamada esa 
undan kamroq tezlashadi. Masalan, boshqa kasalliklarda xarorat 40°S bo'lganida 
tomir urishi minutiga 120-130 marta bo'ladi. Ichterlamada esa, 100-110 ta bo'lishi 
mumkin. Bunday xolat tomir urishining xaroratdan orqada qolishi yoki nisbiy 
bradikardiya deyiladi. Tomir urish tarangligi ham pasayadi, ba'zan dikrotik (qush 
to'lqinli) puls aniqlanadi. Qon bosimi pasayadi. Yurakni eshitib ko'rganda, tonlari 
tumtoqlashadi, ba'zan sistolik shovqin xam eshitiladi. O'pkani eshitib ko'rganda, 
bronxlar yallig'lanishi yoki o'chog'li pnevmoniya alomatlari bo'lishi mumkin. Ovqat 
xazm qilish yo'llarini tekshirganda kasallikka xos ko'pgina belgilar aniqlanadi. 
Xastalikning birinchi haftasi oxiridan boshlab lablar va til quruq bo'ladi, kattalashadi 
va oq rangli karash bilan qoplanadi. Til chekkalarida tish izlari tushib qoladi. Ba'zan 
og'izdagi mikroblar faolligi oshib, tilning yaqqol yallng'lanish alomatlari ko'rinadi. 
Unda til kulrang karash bilan qoplanadi. Infeksiya jag' bezlariga tarqalsa, parotit 
rivojlanadi. Ayrim hollarda tildan mayda qon tomirlari yorilib, til ustida qo'ng'ir rangli 
karash paydo bo'ladi. Tomoqni ko'zdan kechirganda bodomcha bezlari 
kattalashganini ko'rish mumkin. Ba'zan kasallikning dastlabki kunlarida angina 
alomatlari bo'ladi. Uni Dyuge anginasi deyiladi. Qorin ko'p hollarda kupchigan 
bo'ladi. Paypaslab ko'rilganda, qorinda, ayniqsa, o'ng yonbosh sohsida quldirish va 
og'riq aniqlanadi. Kasallikning 2-haftasidan boshlab jigar va taloq kattalashadi. Ich 
kelishi kamayadi, ko'pincha qabziyat kuzatiladi. Ko'p xollarda kasallik boshlanganidan 
2-3 xafta o'tgach, asta-sekin tuzalish davri boshlanadi. Haroratning tusha boshlashi, 
bosh og'rig'i kamayishi, bemorda ishtaxa paydo bo'lishi tuzalishning dastlabki 
belgilari xisoblanadi. Yana bir muxim alomat - siydik ajralishining ko'paya boshlashi 
xam tuzalishdan darak beradi. 1-2 xafta ichida harorat pasaya borib, me'yorigacha 
tushadi. Shunga monand ravishda bemorning axvoli xam yaxshilanib boradi. Ishtaxa 
ochiladi, uyqu yaxshilanadi, bosh og'rishi butunlay yo'qoladi. Asta-sekin quvvat 
paydo bo'ladi. Tildagi karash yo'qoladi, jigar va taloq,
 
kichrayib, o'z xolatiga qaytadi. 
Kasallik avjiga chiqqan davrda (2-3 xaftada) og'ir sirbatlar: ichakdan qon ketishi va 
ichak teshilishi mumkin. Ichakda qon ketishi kamroq, qisqa muddatli yoki aksincha, 
ko'p va uzoq muddatli bo'ladi. Birdaniga ko'p qon ketganida bemorning ranga 
to'satdan keskin oqarada, tomir urishi g'ayat tezlashadi. Qon bosimi yana xam 
pasayib ketadi. Tana xarorati qisqa muddatga me'yorigacha tushib qolishi mumkin. 
Kondagi eritrotsitlar va gemoglobinlar miqdori kamayib ketadi. Og'ir hollarda kollaps 
— o'tkir yurak-tomir yetishmovchiligi kuzatiladi. Oradan 2-3 kun o'tgach, ich qora 
rangli bo'lib kelishi ichakdan qon ketganini bildaradi. Ichakdan yaraning teshilishi 
g'oyat og'ir asoratlardan hisoblanadi. U ko'proq kasallikning 3-4 haftalarida ro'y 
beradi. Yara ichakda chuqur joylashgan hollarda uning butun devoriga (shilliq 
qavatidan seroz pardasigacha) tarqalib, ozgina kuchanish, hatto ichak peristaltikasi 


40 
ta'sirida teshilib ketishi mumkin. Bu jarayon sodir bo'lganida. ichak ichidagi modda 
qorin bo'shlig'iga tushadi. Aynan o'sha daqiqada bemor qornida qandaydir yengillik 
sezgandek bo'ladi. Birozdan so'ng korinning o'ng yonbosh qismida og'riq yuzaga 
keladi. Qorinni paypaslab ko'rganda og'riq kuchayadi. Ichak tutqichi yallig'lanishga 
xos bo'lgan Shchyotkin-Blyumberg simptomi paydo bo'ladi. Qorin muskullari qisqa 
muddatga taranglashadi. Keyinchalik qorni ko'pchiydi, tomir urishi tezlashadi, bemor 
terlaydi. Qonni tekshirib ko'rilganida leykopeniya o'rniga leykotsitoz paydo bo'ladi. 
Ichterlamaning bulardan boshqa asoratlari ham uchrab turadi. Pnevmoniya, 
xoletsestit, otit, parotit, piyelonefrit, tromboflebitlar shular jumlasiga kiradi. 
Kasallikni antibiotiklar bilan davolash amaliyotga tadbiq etilganidan beri bu asoratlar 
kam uchramokda. Kasallik ko'p hollarda tuzalish bilan tugaydi. Ba'zan bemorlarda 
tuzalish davri boshlanganida zo'riqish (uzilish) kuzatiladi. Uning asosiy belgisi — 
pasaya boshlagan isitmaning yana qayta ko'tarilishi hisoblanadi. Shuningdek, 
bemorning umumiy ahvoli xam og'irlasha boshlaydi. Intoksikatsiya alomatlari ortadi. 
Bosh og'rishi kuchayadi. Uyqu buziladi. Yotish rejimiga rioya qilinmaganida, parxez 
buzilganida yoki turli spress omillar ta'sirida ichterlama bilan og'rigan bemorning 
uzilib qolishi ko'proq kuzatiladi. Bunda qaytadan ko'tarilgan isitma 2-3 kundan bir 
necha kungacha saqlanib turishi mumkin. Bemor bunday zo'riqishlarni og'ir 
o'tkazadi, chunki u dastlabki xastalikdan xali o'ziga kelib ulgurmagan, immunitet to'la 
tiklanmagan bo'ladi. Ichterlamaning zo'rayishi kasallikning og'ir oqibatlar bilan 
tugallanish extimolini oshiradi. Ba'zan bemor ichterlamadan tuzalganidan so'ng, 
oradan 1-2 hafta o'tgach, kasallik qaytalanishi kuzatiladi. Uni tibbiy iborada retsidiv 
deb ataladi. Retsidiv ro'y berishga, ko'pincha bemorning tezda ishga kirishib 
ketishi, toliqib qolishi, yetarli ovqatlanmasligi sabab bo'lada. Yoz kunlari oftobda 
uzoq yurish ham xastalik qaytalanishiga olib kelishi mumkin. Retsidivda kasallik 
alomatlari qaytadan paydo bo'ladi va avvalgidek, ma'lum qonuniyat bilan kechadi. 
Odatda, retsidivlar asosiy kasallikka nisbatan yengilroq o'tadi, isitmalash davri 
qisqaroq bo'ladi. Retsidivlar 2-3 marta takrorlanishi ham mumkin. Kasallikning bayon 
qilingan alomatlar bilan kechishi ko'proq uchrab tursa ham, uning yengil, sezilar-
sezilmas alomatlar bilan, ba'zan "oyoq uchida" yurib o'tkazadigan hollari xam uchrab 
turada. Lekin, og'ir asoratlarni ro'y bershii kasallikning qanday og'irlikda kechishi 
bilan to'liq bog'liq emas. Jumladan, ba'zan 1-2 kun isitmalab, "tuzalib" ketgan 
bemorlarda oradan 2-3 xafta o'tgach, to'satdan ichak teshilishi ro'y bergan hollar 
xam uchrab turadi. Ichterlamaning g'oyat yengal — zarorat biroz ko'tarilishi, 
intoksikatsiya deyarli ro'y bermaydigan atipik (ambulator) shakllari yoki 2-3
 
kunlik 
isitma, yengal intoksikatsiya bilan cheklanib o'tib ketadigan abortiv turlarini vaqtida 
aniqlash qiyin. Bunday hollarda, ham epidemiologik nuqtai nazardan (kasallikni 
atrofdagilarga tarqatish jihatidan), xam asoratlar kuzatilishi mumkinligadan, xavfli 
xisoblanadi. 


41 
Diagaostikasi. Ichterlamada, yuqorida eslatib o'tilganidek, o'ziga xos alomatlar: 
yaqqol ifodalangan intoksikatsiya, harorat, asta-sekin ko'tarilib, uzoq saqlanib 
turishi, terida rozeola toshmalari, tomir urishining haroratdan orqada qolishi (nisbiy 
bradikardiya) bo'lgan xollarda klinikasiga asoslanib tashxis qo'yish qiyin emas. 
Ko'shimcha ravishda epidemiologik ma'lumotlar bo'lsa tashxis qo'yish yana ham 
osonlashadi. Lekin har doim kasallik tipik ko'rinishda kechmaydi. Ularning haqiqiy 
mohiyatini aniqlashda laboratoriyada tekshirish usullaridan foydalanishga to'g'ri 
keladi. Ichterlama tashxisini qo'yishda quyidagi laboratoriya usullardan foydalaniladi. 

Download 5,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish