34
ekmasi olinadi. Shundan so'ng 5 kun tetrasiklin beriladi. Kasallik adomatlariga karab
boshqa dori-darmonlar xam qullanadi.Kasallik alomatlari bo'lmagan, lekin chet elda
safar vaqtida vabo kasalligi yuqish extimoli yuqori bo'lgan (ayniqsa, tijoratchi-
sayyox.) lar SNP da ro'yxatga olinadi va ular xaqida SENM ga telefon orqali xabar
kilinadi. Bunday fuqaro turar joyidagi poliklinika xizmatchilari tomonidan 5 kungacha
uyida tibbiy kuzatuv ostida bo'lada. SNP larda o'rnatilgan shunday nazorat vositasida
chetdan kirib kelgan vaboning mamlakat ichida tarqalishiga yo'l ko'yilmaydi.
Respublikada xar bir viloyat, tuman (shaxar) vaboning oldini olish va u qayd qilingan
taqdirda o'tkaziladigan tadbirlar majmuasini oldindan belgilab qo'yadi. U
epidemiyaga qarshi Favqulodda komissiya (EKFK) yig'ilishida muhokama qilib,
xokimiyatlar tomonidan tasdiqlanadi. Bu tadbirlarda aholini ichimlik suv bilan
ta'minlash, turar joylarning sanitariya holatini yaxshilash masalalariga katta e'tibor
beriladi. Ularni amalga oshirish uchun maxalliy ma'muriyat mas'ul xisoblanadi.
Shuningdek, tibbiy tadbirlar, aniqlangan bemor qayerga yotqizilishi, u bilan
muloqotda bo'lganlar qaysi bo'limda tibbiy kuzatuvga olinishi oldindan belgilanadi.
Bu bo'limdarda qaysi tibbiyot xodimlari ishlashi ham aniqlangan bo'ladi. Dori-
darmon, laboratoriya anjomlari, ozuqa muxiitlari zaxirasi tayyorlab qo'yiladi. Kasallik
yoki vaboga shubxa qilinish bemor aniqlanganida, u darxol aloxidalanadi. SENM
epidemiologa bemor bilan suxbatlashib, kasallik qaysi yo'sinda yuqqanligini
aniqlashga xarakat qiladi. Chet ellarga borib kelgani xam surishtiriladi. Bemor bilan
xonadonda va ish joyida bevosita muloqotda bo'lganlar ro'yxati tuziladi. Zarurat
bo'lsa, ular ham alohidalanadi. Boshqa hollarda 5 kun uyida tibbiy nazorat o'rnatish
mumkin. Bunda xar kuni bemorda kasallik alomatlari bor-yo'qligi aniqlab borilada.
Bir marta najasi vaboga tekshiriladi. Ularga 5 kun tetrasiklin beriladi.Biror joyda vabo
aniqlansa, darhol EKFK yig'ilishi chaqiriladi. U vabo chiqqan joyni kasallik o'chog'i deb
e'lon qiladi Ichi buzilgan bemorlarni erta aniqlab, tekshirish va davolash maqsadida
xovlima-xovli yurib, bemor 6or yuqligi surishtiriladi. Aniqlangan bemor darhol
shifoxonaga yuboriladi.Yoz oylarida ichketar kasalliga bilan shifoxonaga yotqizilgan
barcha bemorlar bir marta vaboga ham tekshiriladi.Xozirgi vaqtda vabo kasalligi
o'chog'ida karantin e'lon qilinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: