4- Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalarni zavod sharoitida tayyorlash texnologiyasi (2-soat)
Temirbeton konstruksiyalarida taranglash ikki xil usul bilan amalga oshiriladi:
1-usul. Armaturani tirgaklarga tirab taranglash (betonlashgacha);
2-usul. Armaturani betonga qadab taranglash (betonlangandan keyin).
Birinchi usul bo‘yicha konstruksiyani tayyorlashda armatura tortiladi va uning uchlarini tayanch yoki forma chetlariga mustahkamlanadi, so‘ngra element betonlanadi. Beton kerakli mustahkamlikni olgandan so‘ng armatura tayanchlardan bo‘shatiladi, ya’ni taranglangan armaturadagi kuch betonga o‘tib uni siqadi. Kuchni betonga o‘tishi armatura bilan beton orasidagi yopishish (ssepleniya) oqibatida ro‘y beradi.
Ikkinchi usul bilan dastlab betondan yoki kam armaturalangan element tayyorlanadi, unda zo‘riqtiriladigan armaturani joylashtirish uchun betonda oldindan kanallar hosil qilinadi (masalan, gaz trubasi yordamida). So‘ngra armaturani tegishli taranglikkacha tortiladi va uchlari ankerlar yordamida konstruksiya chetiga mahkamlanadi. Armaturani tortish jarayonida betonda siqilish ro‘y beradi. Shundan so‘ng armatura bilan beton orasidagi yopishuvni ta’minlash maqsadida tuynukka 0.5-0.6 MPa bosim ostida sement qorishmasi xaydaladi.
Armaturani tayanchlarga tortish mexanik, elektrotermik va elektrotermomexanik usullari bilan betonga tortish esa odatda mexanik usul bilan amalga oshiriladi.
Mexanik usulda armaturani gidravlik va vintli domkrat yoki o‘rash mashinasi yordamida tortiladi. Armaturani mexanik usul bilan taranglashda ko‘pincha gidravlik domkratlardan foydalaniladi. Bu usulda armaturada katta zo‘riqish hosil bo‘lishiga qaramay, taranglash kuchini aniq o‘lchash imkoni bo‘ladi. Shu bilan birga aylanma stol yordamida o‘ta mustahkam simdan uzluksiz armaturalash usuli ham samarali hisoblanadi. Mazkur usul yordamida bir yoki ikki o‘qli kuchlanish xolatida, bosim ostida ishlaydigan quvur, rezervuar devorlari singari turli konstruksiyalarni oldindan zo‘riqtirish mumkin. Tarang tortilgan sim bilan uzluksiz armaturalash usuli oldindan zo‘riqtirilgan rezervuarlarni qurishda keng qo‘llaniladi. Bunda maxsus qo‘zg‘alma mashinalardan foydalaniladi. Bu usulni tarang tortilgan ipni g‘altakka o‘rashga o‘xshatish mumkin. Armaturani elektrotermik taranglash usuli keyingi yillarda keng tarqaldi. Xozirgi kunda oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalarning 3/4 qismi shu usul bilan tayyorlanmoqda. Elektrotermik usulda armaturaning elektr toki yordamida 300-400 S gacha qizdiriladi, so‘ngra uni formaga solinadi va uchi tayanchlarga mahkamlanadi. Armatura sovuganda qisqaradi, natijada oldindan taranglashish kuchi paydo bo‘ladi. Usulning afzalligi uning o‘ta soddaligi va istalgan korxonada qo‘llash imkoniyati mavjudligidadir. Ishlatiladigan uskunalar 5-10 martta arzon, konstruksiya tayyorlash uchun sariflanadigan mehnat ham 2-3 marotaba kam. Biroq taranglash aniqligi mexanik usuldagi taranglashga qaraganda ancha past. Ayrim hollarda o‘ta mustahkam simlarni taranglashda ikki usulning birgalikda qo‘shib ishlatish xollari ham uchraydi. Qo‘shma usulga ko‘ra qizdirilgan sim aylanma stol yordamida uzluksiz ravishda taranglanadi. Ya’ni elektrotermomexanik usuli elektrotermik va mexanik usullarni bir vaqtning o‘zida qo‘llanish natijasida hosil bo‘ladi.
Shu bilan birga tortishni yana bir fizik-kimyoviy usuli bilan ham amalga oshirish mumkin. Bunga maxsus kengayuvchi sementdan tayyorlangan betonni kengayishi oqibatida armaturada kuchlanish paydo bo‘ladi. Betonga joylashgan armatura uning hajmini kengayishiga yo‘l qo‘ymaydi va o‘zi cho‘ziladi, betonda esa siqish kuchlanishi vujudga keladi. Shu tariqa konstruksiya oldindan zo‘riqadi. Bunday konstruksiyalar o‘zining o‘zi taranglashishi (samonapryajenie) deb yuritiladi.
Oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton elementlardagi kuchlanishlarni yo‘qotilishi
Armaturani taranglash chog‘ida unda oldindan uyg‘otilgan kuchlanishlar vaqt o‘tishi bilan qaytmas yo‘qotishlar evaziga kamayib boradi. Ushbu yo‘qotishlar betonning kirishishi va tob tashlashi, armaturadagi kuchlanishlarning relaksatsiyasi (kamayishi), ankerlar deformatsiyasi, armaturaning tuynuk devorlariga ishqalanishi va boshqa har xil sabablar natijasida sodir bo‘ladi. Hammasi bo‘lib yo‘qotilishlarning 11 ta turi mavjud 9.
Oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalarni hisoblashda ana shu yo‘qotishlarni e’tiborga olish lozim, chunki ular zo‘riqtirilgan armaturadagi kuchlanishning kamayishiga olib keladi.
Yo‘qotishlar ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi yo‘qotishlar los 1 element tayyorlanayotgan va beton siqilayotgan davrda sodir bo‘ladi. Ikkinchi yo‘qotishlar los 2 esa beton siqilgandan keyin hosil bo‘ladi.
Agar armaturalar tayanchlarga tortib taranglangan bo‘lsa, u holda birinchi gurux yo‘qotishlar quyidagicha aniqlanadi:
slos 1=s1+ s2+ s3+ s4+ s5+s6
ikkinchi gurux yo‘qotishlar
slos 2=s8+ s9
Agar armaturalar betonga tortib taranglangan bo‘lsa, u holda
slos 1=s3+ s4
slos 2=s1+ s8+ s9+ s10+ s11 teng bo‘ladi
yo‘qotishlar miqdori 9-ilovaga asosan aniqlanadi, bunda umumiy miqdori
slos =slos 1+slos 2
bo‘ladi, lekin konstruksiyani loyihalashda yo‘qotishlarning umumiy me’yor bo‘yicha miqdori 100 MPa dan kam bo‘lmasligi kerak.
1- jadval
Temir-beton mahsulotlar nomenklaturasi
a№
|
Mahsulot
|
Ishlab chiqarish hajmi, umumiy ishlab chiqarishning yig‘ma temir-beton %i
|
1
|
Poydevorlar
|
4,2
|
2
|
Qoziqlar, shpuntlar
|
4,2
|
3
|
Poydevor bloklari
|
1
|
4
|
Kolonnalar
|
3,9
|
5
|
Rigellar
|
2,4
|
6
|
To‘sin va yopish fermalari
|
5,4
|
7
|
Yopish plitalari
|
7,8
|
8
|
Qavatlar aro yopma plitalari
|
26
|
9
|
Devor panellari
|
16,5
|
10
|
Ventilyasiya bloklari va sanitar-texnik kabinalari
|
3,2
|
11
|
Zinapoya marshi, supachasi balkon plitalari
|
1,6
|
12
|
Deraza yoki eshik o‘rinlari ustudagi to‘sin
|
1,7
|
13
|
Er osti yo‘llari va kanallar elementlari
|
4,1
|
14
|
Rezervuar, silos, vodoprovod va kanalizatsiya inshootlari uchun konstruksiyalar
|
2,6
|
15
|
Trubalar
|
1,4
|
16
|
LEP-tayanchi, aloqa tizimi
|
1,8
|
17
|
Ko‘prik elementlari, estakadalar
|
1,2
|
18
|
Boshqalar
|
10
|
|
Jami:
|
100
|
Do'stlaringiz bilan baham: |