Epidemiologiyasi.
Ovqat toksikoinfeksiyalari respublikamizda yoz oylarida ko'p
uchrab turadi. Bemorlarning asosiy (70 /o) qismini 14 yoshgacha bo'lgai bolalar
tashkil etadi. Ularning orasida eng ko'p xastalanganlari - 3
oylikdan 2 yoshgacha
bo'lgan bolalar hisoblanadi. Kasallik mikrob bilan ifloslangan ovqat mahsulotlarini
iste'mol qilish tufayli kelib chiqadi. Xastalik qo'zg'atuvchisi organizmga og'iz orqali
tushadi. Go'sht va uning mahsulotlari, sut maxsulotlari (ayniqsa, tort va pirojnoy),
baliq, hatto sabzavotlar kasallik tarqatuvchi omillardandir.Stafilokokklar sababchi
bo'lgan ovqatdan zaharlanishda infeksiya manbai odam hisoblanadi. Angina yoki
turli yiringli hasalliklar: sachratqi, chipqon, xasmol va terisida boshqa yiringli yaralari
bo'lgan kishilar tort, pirojnoye, muzqaymoq, smetana, suzma tayyorlashda ishtirok
etganida ushbu mahsulotlar stafilokokk yoki streptokokk bilan ifloslanib qoladi.
Bunday mahsulot sovutgichda saqlanmasa, mikrob juda tez ko'payadi va iste'mol
qilgan odamlar kasallanadi.Ovqat toksikoinfeksiyalari bilan baravariga bir necha
23
odam kasallanganida ularni aniqlash qiyin emas. Amalda avj odishlarga nisbatan
sporadik kasallanish hollari ko'proq uchraydi. Bunday hollar sababi ko'nincha
bakteriologik jihatdan anqlanmay qoladi.
Klinikasi. Ovqat toksikoinfeksiyalarida yashirin davr odatda qisqa bo'ladi.
Ayniqsa, stafiloqokklar sababchi bo'lgan hollarda shubha qilingan ovqatni iste'mol
kilingandan so'ng 2-3 soat o'tishi bilanoq, kasallik alomatlari paydo bo'ladi. Boshqa
mikroblar sababchi bo'lgan hollarda yashirin davr bir necha soatdan uch kungacha
davom etishi mumkin.Kasallik to'satdan boshlanadi. Dastlab ko'ngil aynib, qayt
qilinadi, Stafilokokk qo'zg'atgan kasalliklarda ba'zi bemorlarda xastalik alomatlarn
shu bilan cheklanishi mumkin. Qorindaga og'riq kindikdan yuqorida his
qilinadi.
Boshqa hollarda 2-3 marta qusish takrorlanganidan so'ng ich surishi ham
ko'shiladi. Ich sharillab, suvdek ketadi. Qorinda tutash og'riq bo'ladi. Tana harorati
har doim ham ko'tarilavermaydi.Klostridiyalar paydo qilinadigan ovqat
toksikoinfeksiyalari ko'pincha og'ir o'tadi. Isitma ko'tariladi. Qorindaga og'riq kuchli
bulada, Qusish va ich surish juda ko'p takrorlanib, terda degadratatsiya alomatlari
yuzaga keladi. Uning oqibatida yurak-tomir sistemasi faoliyati buziladi. Ovqat
toksikoinfeksiyasi alomatlari bor bemorlarning xammasi ishfoxonaga yotqizilishi
shart emas. Odatda Degidratagrsh yaqqol ifodalangan hollarda bemor yuqumli
kasalhonaga yetqizib davolanada.
Tashxisi. Bemorning qusuq massasi, medani chayilgan suv sterillangan bankaga
yig'ilib, laboratoriyaga junatiladi. Zaharlanishga sababchi deb gumon qilingan ovqat
mahsulotlari ham sterillangan idishda laboratoriyaga yuborilada. Najasdan Myuller
muxiti va tuzli suyuqlika ekma olinadi. Ularning hammasidan laboratoriyada bir xil
mikrob topilishi, uning kasallik sababchisi ekanini ko'rsatadi. Topilgan mikrob
kulturasi laboratoriada biroz muddat saqlab turiladi. Kasallikning 5-6 kunidan
boshlab, bemor qoni zardobi bilan o'sha kultura o'rtasida serologik (agglutinatsiya)
reaksiya qo'yilsa, 1:40 va undan yuqori titrda ijobiy natija olinishi tashxisini
tasdiqlaydi.
Davolanishi. Salmonellyozga o'xshab, ovqat toksikoinfeksiyalarida xam dastlabki
tibbiy yordamni o'zi vaqtida ko'rsatish zarur. Dastlabki soatlarda me'dani yaxshilab
chayib, ichakni tozalansa, ko'p xollarda kasallik alomatlari yo'qoladi. Boshqa xollarda
esa kasallikning og'irlashib qolishiga yo'l qo'yilmaydi. Me'da-ichakdarni tozalagandan
so'ng regidron eritmasi ichirib turish yaxshi naf beradi. III-IV darajali degidratatsiya
alomatlari bo'lganida, tomir orqali xam tuzli eritmalar quyiladi.Ovqat
toksikoinfeksiyalarini
davolashda
antibiotiklar
ko'llanmaydi. Bemor
axvoli
yaxshilanib, ichi qotganidan so'ng shifoxonadan chiqarib yuboriladi. Ko'pincha 4-5
kun ichida tuzalish ro'y beradi. Kasallikoldiniolish. Ovqat toksikoinfeksiyalarining
profilakgakasi salmonellyozlardagiga o'xshash. Kasallik oldini olishda shaxsiy
gigiyenaga rioya qilish katta axamiyatga ega. Xamshiralik bu aqidani ayniqsa yosh
bolali onalarga uqtirishi kerak. Ovqatdan zaxarlanish xodisasi ma'lum jamoada qayd
etilgan bo'lsa, shubxa qilinayotgan ovqat muxsulotini iste'mol qilgan barcha jamoa
a'zolarida kasallik alomati bor-yo'qligi surishtiriladi va 1-2 kun tibbiy kuzatuvga
olinadi. Ovqat tayyorlash bilan bog'liq xizmatchilar ichak guruxi mikroblariga
24
tekshiruvdan o'tkaziladi va ularda kasallik alomatlari qidiriladi. To'y, ma'raka va
boshqa katta yig'inlarda tayyorlanadigan taom tez iste'mol qilinishi kerak. Oshpazlar
esa tibbiy ko'rik va ichak guruxi mikroblariga tekshiruvdan o'tgan bo'lishi kerak.
Botulizm — ovqat toksikoinfeksiyalari ichida og'ir kechadigan kasallik
xisoblanib, botulizm tayoqchasi va uning zaxari tushib qolgan ovqat maxsulotlarini
istemol qilish natijasida kelib chiqadi. Botulus — lotincha so'z bo'lib, kolbasa
deganidir. Kasallik asosan zararlanib kolgan konserva mahsulotlarini iste'mol
qilinganda ro'y beradi.
Etiologiyasi. Kasallik qo'zg'atuvchisi Clostridium botulinum. U spora xosil
qiluvchi mikroblar turiga kiradi. Botulizm tayoqchalari kuchli zaxar — botulotoksin
xosil qiladi. Shu ekzotoksinning antigen tuzilishiga ko'ra, botulizm tayoqchalari 6
turga bo'linadi: D V, S, O, YE va G’. Mikrobning bo'yi 4-8 mikron, eni 0.6-0.8 mikron.
Sirtida 3 tadan 20 tagacha xivchini bor. Ular vositasida xarakat qiladi. Shu joyda
mikrob tanasi biroz kengaygan buladi va mikrobning umumiy ko'rinishi tennis
raketkasini eslatadi.Botulizm mikrobi xaqiqiy anaerob. U faqat xavo yo'q joyda
rivojlanadi. Shu sababdan xam konserva qilingan, tuzlangan, dudlangan maxsulotlar
va kolbasaga tushib qolgan sporalar xavosiz sharoitda o'sib, bakteriyalarga aylanadi.
Bakteriyalar esa bunday sharoitda ekzotoksin xosil qiladi. Ushbu maxsulotni iste'mol
qilgan odam kasal bo'ladi.Botulizm mikrobining toksini juda kuchli xisoblanadi.
Toksin 1 grammning 100 mln dan bir qismi miadorida dengiz cho'chqasini o'ldiradi.
Ayniqsa, mikrobning A va V turlari toksini g'oyat kuchli. Toksin neyrotoksik — nerv
xujayralarini jaroxatlash hususiyatiga ega. Botulizm toksini turli ta'sirlarga chidamli
58°S gacha isitilganda 3 soatdan so'ng, 80°S - 30 daqiqadan so'ng parchalanadi.
Kislotali muxitda turg'un, ishqoriy muxitda esa parchalanadi. Namakob toksinga
ta'sir etmaydi.Noqulay sharoitda botulizm mikroblari spora hosil qiladi. Sporalar
tashqi muxitda juda turg'un, o'n yillab saqlanadi. Issiq va sovuq xarorat sporalarga
ta'sir ko'rsatmaydi. 100°S da qaynatilganida 6-8 soatdan keyingina nobud
bo'ladi.O'zbekistonda odamlarda uchraydigan botulizm ko'proq mikrobning A, V va
YE turlari bnlan bog'liq.
Epidemiologiyasn. Botulizm jaxondagi deyarli barcha mamlakatlarda uchrab
turadi aholisi konservalangan maxsulotni kup iste'mol qiladigan mamlakatlarda
kasallik xollari ko'proq qayd atiladi. O'zbekistonda axoli qishgi maxsulotlarni
yoppasiga konservadashga o'tgan vaqt (60 yillar) dan boshlab, botulizm kasalligi
kupaya boshladi.Botulizm sporalari tuproqda doimo mavjud. Sporalar tuproqdan
suv, o'simlik, sabzavotga tushadi va tarqaladi. Ovqat mahsulotlari vositasida sporalar
odam va xayvon organizmiga tushadi va najasi bilan tashqariga ajralib chiqadi.
Bunda kasallik alomatlari bo'lmaydi, chunki organizmga mikrob zaxari - ekzotoksin
tushmagan bo'ladi. Shu asnoda tashqi muxit sporalar bilan yana ifloslanadi.Sporalar
bilan ifloslangan mahsulot anaerob (havosiz) sharoitda tayyorlanadigan yoki
saqlanadigan mahsulotga tushib qolsagina, botulotoksin hosil bo'ladi. Bunday
sharoit asosan konserva tayyorlaganda, baliqni tuzlab yoki dudlab saqlaganda
mavjud bo'ladi. Odam botulotoksin tutgan mahsulotni istemol qilish natijasida
kasallanadi. Katta yaralar spora tutgan tuproq bilan ifloslanganida yara botulizmi
25
kelib chiqadi. U g'oyat og'ir o'tadi va ko'pincha o'lim bilan tugaydi.Botulotoksin juda
kuchli zahar bo'lgani uchun ilgari bakteriologik qurol sifatida ham tayyorlanar edi.
Quritilgan toksinni sochilsa, botulotoksin odam organizmiga aerogen yo'l — nafas
yo'llari orqali ham tushishi mumkin.
Patogenezi. Botulizm kasalligi kelib chiqishida 3 ta omil ahamiyatga ega: toksin,
mikrob va organizmning toksin ta'siriga sezgarliga. Eng asosiy ta'sir ko'rsatuvchi omil
toksin hisoblanadi. Toksin odam organizmiga og'iz va nafas yo'llari orqali tushadi.
Toksin asosan meda ichakning boshlang'ich qismlarida so'riladi. Zahar dastlab ovqat
hazm qilish yo'llarining nerv-tomir tizilmasiga ta'sir etadi va me'da-ichaklarda parez
ro'y beradi (peristaltika yo'qoladi). So'ngra zahar qonga so'riladi va unda 68
soatgacha saqlanib, barcha organizmni jarohatlaydi. Ayniqsa, bosh miyaning asosiy
qismi kuchli shikastlanadi. Kalla—miya nervlarining jarohatlanish alomatlari shu
bilan bog'liq. Yurakda toksik miokardit rivojlanadi.Botulizm odatda kichik avj olishlar
holida uchraydi, ya'ni zararlangan bir xil mahsulotni iste'mol qilgan odamlar
kasallanadi.
Klinikasi. Kasallikning yashirin davri 2-3 soatdan 2 haftagacha. Bu davrning
uzun-qisqaligi iste'mol qilingan mahsulotdagi toksin miqdoriga va odam
organizmining reaktiv holatiga bog'liq. Toksin qancha ko'p to'plangan bo'lsa, yashirin
davr shuncha kisqa bo'ladi va kasallik g'oyat og'ir o'tadi. Bir xil mahsulot iste'mol
qilib bir necha kishi kasallansa, ularning har birida yashirin davr muddati har xil va
kasallik turli og'irlikda kechishi mumkin.Botulizmda xastalik alomatlari toksinning
me'da-ichak yo'llari va nerv sistemasiga ta'siri bilan bog'liq. Kasallik to'satdan
boshlanadi.
Yengilroq kechganida ovqat hazm qilish yo'llarining jarohatlanishi yaqqol
ifodalansa, og'ir hollarda nerv sistemasining zaharlanish alomatlari birinchi o'rinda
turadi. Dastlab korinda og'riq yoki to'sh ostida og'irlik paydo bo'lshii mumkin. Ba'zan
qorin kepchiydi va qayt qilish kuzatilada. Qusish 1-2
martadan so'ng to'xtab qoladi.
Ayrim bemorlarda qusish umuman bo'lmasligi ham mumkin. Boteliamda ich surishi
deyarli kuzatilmaydi (ba'zan 1-2 marta ich suyuq kelishi kuzatiladi). Najas odatda
o'zgarmaydi. Ba'zan qabziyat kuzatiladi. Ayrim hollarda subfebril (38
0
S) isitma
26
bo'lishi mumkin. U qisqa muddatli bo'ladi. Og'iz quridsh va chanqash xarakterli
hisoblanadi.Kasallik alomatlari boshlangandan bir necha soat yoki biror kun o'tgach,
nerv
sistemasining
jarohatlanish
alomatlari
kuzatilada.
Bemor
ko'rishi
xiralashganidan shikoyat qiladi. Turli narsalar yaqqol ko'rinmaydi, ko'ziga parda
tushib qolgandek tuyuladi, o'qshiga qiynaladi. Ba'zan galayliu rivojlanishi oqibatida
bitta narsa ikkita bo'lib ko'rinadi. Ko'z qorachig'lari har xil kattalikda bo'lishi mumkin.
Qovoqlar ko'pincha osilgan (otoz) bo'ladi.Bemor yutish qiyinlashganidan ham
shikoyat qiladi. Tomog'iga narsa tiqilib turganidek tuyuladi. Ovqat yutayotganida
qalqib ketadi. Tili og'ziga sig'mayotgandek bo'lada. Ba'zan yumshoq tanglay parezi
kuzatiladi. Bunda bemor ichgan suyuq ovqati burnidan chiqadi, pichirlab gapiradi.
Ba'zan manqalanib gapiradi. Ayrim xollarda esa ovozi butunlay chiqmay qolishi
mumkin.Muskullar bo'shashishi miasteniya botulizning o'ziga xos belgilaridan
xisoblanadi. Yaqqol ifodalangan horg'inlik, tez charchash kuzatiladi. Qo'l-oyoqlarni
qimirlatish qiyinlashadi. Darmonsizlikdan bemor oyog'ida tik tura olmaydi. Boshini
ko'tarib turish ham malol qilib qolishi mumkin.Nafas olish qiyinlashadi. Bemor tez-
tez va yuzaki nafas olada. Og'ir hollarda nafas olish falaji oqibatida o'lim sodir
bo'ladi.Toksin yurak-tomir sistemasiga ham kuchli ta'sir qo'rsatadi. Tomir urishi
ko'pincha sekinlashadi. Yurak tonlari to'mtoqlashadi, chegarasi kengayadi. Yurakdan
toksin ta'sirqda miokardat ro'y berada, EKG da aniq ma'lum bo'ladi.Botulizmda
tuzalish sekinlik bilan ro'y beradi. O'rta hisobda 20-30 kunda bemor -tuzaladi. Og'ir
hollarda tuzalish 3-4 oygacha cho'ziladi. Yurakdagi o'zgarishlar va kuvvat tiklanishi
ham uzoq vaqt talab etadi.Tashxis qo'yish uchun bemor bilagidan qon olib
sichqonlar qorniga yuboriladi. Qonda toksin bo'lsa, uning ta'sirada sichqon uladi.
Sichqon organizmlarida toksinni topib, uning turini turini ham aniqlanadi.Kasallik
alomatlari yaqqol ifodalangan hollarda laboratoriya tekshirishlari natijasini
kutmasdan botulizm tashxisini aniq qo'yish mumkin.
Davolash. Bemor
shifoxonada
davolanishn
lozim.
Toksin
miokardit
qo'zg'otishini yodda tutib hamda miasteniya mavjudligini a'tiborga olib, bemorga
yurishga ruxsat berilmaydi. Kasallik qachon boshlanganidan qatyiy nazar, botulizmga
shubha bo'lganida me'dani yaxshilab yuvilado va huqna qilib ichak tozalanadi.
Botulizmni davolashda asosiy qo'llanadigan vosita -botulizmga qarshi zardob
yuborish, Bu zardob 2 hil bo'ladi: polivalent (A, B, YE turlari) aralashmasi va
monovalent (aloerida A yoki V, yoki YE turlari). Dastlabki kunlarda polivalent zardob
qo'llaniladi. Laboratoriya tekshirishlari natijasida toksining turi aniqlanganidan so'ng
ana shu turdagi monovalent zardob ishlatilgani ma'qul. Polivalent zardob tarkibida
10000 XB (xalqaro birlik) da A va YE turlari hamda 5000 XB V turidan aralashtirib
lingan bo'ladi. Zardob muskul orasiga yoki vena tomiriga fiziologik eritma bilan
tomchilab yuboriladi. U 36-37°S gacha ilitilgan bo'lishi kerak. Zardob Bezredka
usulida (bo'lib-bo'lib) yuboriladi.Kasallik og'ir kechgan hollarda birinchi kuni
zardobning 2 davolash dozasi vena tomiriga yuboriladi. U tugashi bilan bir doza
muskul orasiga, 12 soatdan so'ng yana bir doza muskul orasiga yuboriladi.Ikknnchi
kuni 12 soat oralatib 2 doza, zarurat bo'lganida 3-4 kunlari bir dozadan muskul
orasiga yuboriladi.O'rta og'irlikda kechgan botulizmda 2 doza zardobni bir dozadan
27
12 soat oralatib muskul orasiga yuboriladi, Yengil kechgan kasallikda bir doza zardob
yuborish yetarli hisoblanadi.Faol immunitet qo'zg'otish maqsadida zardob bilan bir
vaqtda anatoksin ham qo'llanadi. Bu maqsadda A, V va YE turdagi anatoksinning har
biridan 0,5 ml dan olib, teri ostiga yuboriladi.Oradan 5-7 kun o'tgach, anatoksin shu
dozada qayta yuboriladi.Anatoksin uchun alohida shprris ishlatilishi va uni zardob
yelimlanmagan joyga yuborish lozim.Intoksikatsiyani kamaytirish maqsadida
gemodez, poliglyukin, 5 % li glukoza, Ringer aritmalari vena tomlriga tomchilab
quyiladi.V, S guruhi vitamiklari tutgan preparatlar tayinlanadi. Yurak faoliyatiga
ko'maklanuvchi dorilar qo'llanadi (kordiamin, kofein).Tuzalish davrida strixnik
buyurish mumkin.Bemor nafas olishi mushkul bo'lgan yoki mustaqil nafas to'xtab
qolgan hollarda sun'iy nafas olish apparati ulanadi.Og'ir holdagi bemor zond orqali
ovqatlantiriladi.Tuzalish davrida bemor keskii harakatlar qilmasligi kerak.
EKG ni
takroran olib, undagi natijalarga qarab asta-sekin o'tirishga, keyinroq yurishga ruxsat
etiladi.
Profilaktikasi. Go'sht va sabzavot konservalari tayyorlashda sanitariya
talablariga qat'iy rioya qilish lozim. Uy sharoitida qishda iste'mol qilish uchun
tayyorlanadigai mahsulotlar yaxshilab yuvilishi shart. Bankalar yopilganida havo
qolmasligi kerak. Sterilizatsiya puhta o'tkazilishi zarur. Tayyor mahsulotni salqin
joyda saqlash lozim. Suyuqlik tiniq bo'lmagan bankalardagi mahsulotni to'kib
yuborish kerak. Konservalar qopqog'i qavarib chiqishi (bombaj) uning buzilganidan
darak beradi. Bunday konserva yo'q qilinadi.Aholi orasida tushuntirish ishlari olib
borish muhim ahamiyatga ega, zaharlangan mahsulotni iste'mol qilganlar orasida
kasallanmay qolganlar bo'lsa, ularga prfilaktika maqsadida me'da va ichagini tozalab,
bir doza polivalent vaksina yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |