Biologiya (2). cdr



Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/58
Sana10.04.2023
Hajmi5,73 Mb.
#926520
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Passiv gemagglutinatsiya reaksiyasi (PGAR). 
Vidal reaksiyasiga nisbatan 
sezgirroq hisoblanadi. U kasallikning 3-4 kunlaridan so'ng ijobiy natija bera 
boshlaydi. Reaksiya qo'yish uchun bemor bormog'idan olingan qon ham yetarli 
bo'lishi mumkin. PGAR Vi -antigen bilan yuqori titrda natija berishi bakteriya 
tashuvchilikdan darak beradi.
Davolash. Ich terlama bilan og'rigan bemorlarni davolash jarayoni puxta tashkil 
etilishi lozim. Bemorning to'la sog'ayib ketishida faqat dori-darmon emas, 
shuningdek, parxez va rejimning axamiyati katta. Bemor yotgan xona ozoda va 
shinam, tez-tez xavosi yangilanib turadigan, 1-2 bemorga mo'ljallangan bo'lishi 
lozim. Tana xarorati ko'tarilgan butun muddat davomida va me'yorigacha 
tushganidan so'ng bir xaftagacha; bemor yotib davolanish rejimiga rioya qilishi 
kerak. Shu muddat tugagach, 2-3 kun bemorga krovatda o'tirishga ruxsat etiladi. 
So'ngra asta-sekin palatada yura boshlaydi. Ushbu rejimga rioya qilinganida 
bemorning tuzalishi osonlashadi, asoratlar, ayniqsa, ichakdan qon ketishi va ichak 
yarasi teshilib ketishi, kasallikni zo'rayishi va qaytalanishining oldi olinadi.Bemor 
uzoq vaqt yotishga majbur bo'lganida, uning parvarishiga e'tiborni kuchaytirish 
kerak. Tez-tez turli suyuqliklar (gazi va shirasi yo'qlaiya) ichirib turiladi. Umumiy 
qismda bayon qilingan usullarni qo'llab, yotoq, yaralarning oldini olish tadbirlari 
ko'riladi. Og'iz, burun shilliq qavatlari yuvib turiladi. bilan bemorni yonboshiga 
yotqizib, orqasi asta silab turiladi. Ich qabziyati kuzatilganida xar kuni tozalovchi 
xuqna qilinadi. Qorin dam bo'lib, yel to'plansa orqa teshikka gazni xaydovchi naycha 
kuyiladi. Harorat baland bo'lib, bosh qattiq og'riganda, peshonaga dam-badam (xar 
15-20 daqiqa) muz solingan rezina xaltacha qo'yib turiladi. Bemor badani xar kuni ilik 
suvda ho'llangan sochiq bilan artiladi. Ichterlama bilan og'rigan bemorlar, antibiotik 
bilan davolangan bo'lsa, xarorat ma'yoriga tushganidan so'ng 21 kun o'tgach, o'zini 
yaxshi his qilsa shifoxonadan chiqib ketishiga ruxsat atiladi. Antibiotik olmasdan 
davolangan bemorlar, umumiy axvoli yaxshilanganidan so'ng, normal haroratning 


43 
14-kunidan keyin uyiga ketishlari mumkin.Bemorning xarorati me'yoriga 
tushganidan so'ng, shifoxonadan chiqib ketishi oldidan, najas va peshobdan 3 marta 
(4-5 kun oralatib) sinama olib, kaufman yoki Myuller muxitiga ekiladi. Diagnos gik 
ekmalardan farqli o'laroq, bu davrda olingan ekmalar nazorat (kontrol) ekmalar deb 
ataladi. Shuningdek, bemor uyiga ketishiga 4-5 kun qolganida bir marta duodenal 
zond orqali olingan safro ekmasini xam tekshirib ko'riladi. Kasallikdan tezroq tuzalish 
ma'lum parhyezga rioya qilishga ham bog'liq. Bemorga tayin qilinadigan taom oson 
xazm bo'ladigan, vitaminlarga boy, kaloriyali, yumshoq holda bo'lishi kerak. Bir kun 
davomida bemor qabul qiladigan taomning kuchi 2500-3000 kaloriyani tashkil qilishi 
lozim. Ovqatga shilliq qavatlarni qitiqlovchi qalampir, piyoz, sarimsoq piyoz kabi 
maxsulotlar qo'shilmasliga kerak. Ovqatning o'zi xam issiq yoki sovuq bo'lmasligi, iliq 
holda iste'mol qilingani ma'qul. Kuniga 4-5 maxal ovqatlantirish maqsadga 
muvofiqdar. Taom tayyorlash uchun ishlatiladigan maxsulotlar maydalanib (ezib, 
kukun qilib), keyin pishirilishi talab etiladi. Go'sht faqat qiyma holida, dumaloqlab 
(frikadel'ka), guruch aralashtirib (tefteli) qaynatib yoki bug'latib pishiriladi. Eziltirib 
pishirilgan shirguruch, manniy bo'tqasi, qaynatib ezilgan kartoshka, ilitilgan tuxum 
parhyezga to'g'ri keladi. Qaynatib pishirilgan baliq uning tuxumi (ikra) tayinlanishi 
mumkin. Sutli ovqatlardan shirxo'rda, qatiq, suzma (chakka), qaymoq, sariyog' bersa 
bo'ladi. Yaxna choy, olma, olxo'ri, pomidor sharbatlaridan ichib turishi mumkin. 
Ayniqsa na'matak damlamasi juda foydali. Bemor kuniga, umumiy xisoblaganda, 1,5-
2 litr suyuqlik ichishi lozim. Kasallik avj olgan davrda bemorga yumshoq non o'rniga 
suvi qochgan yoki qotirilgan non beriladi. Dori-darmon bilan davolash. Ichterlamani 
spetsifik davolash maqsadida antibiotiklardan levomitsetin yoki ampitsillin 
qo'llanadi. Levomitsetin katta yoshdagilarga 0,5 g dan kuniga 4, ba'zan 6 maxal (2-3 
g) beriladi. Uni imkoni boricha kasallikning dastlabki kunlaridan qo'llanadi. 
Ko'rsatilgan dozada levomitsetin bemorning isitmasi ma'yoriga tushguncha va undan 
so'ng 3 kun davomida beriladi. Normal xaroratning 4-8 kunlari 0,5 g dan kuniga 3 
mahal, 9-12 kunlari 0,5 g dan kuniga 2 maxal beriladi va to'xtatiladi. Dori 
ovqatlanishdan 30 minut oldin ichiriladi. Levomitsetin ichirilganidan so'ng bemor 
qayt qilsa yoki ichakda disbakterioz alomatlari kuchayib ketsa, dorini inyeksiya yo'li 
bilan yuboriladi. Bu maqsadda levomitsetin suksinat qo'llanadi. Uni novokain 
eritmasida suyultirib, 1 g dan kuniga 2-3 marta muskul orasiga yuboriladi. Ampitsillin 
bilan davolaganda uni 1 g dan kuniga 4 marta (4 g) ichiriladi yoki inyeksiya qilinadi. 
Davolash kursi 14 kun. Antibiotiklar bilan davolaganda intoksikatsiya alomatlari 
ertaroq yo'qoladi. Isitma 5-6 kunda tushadi, asoratlar kam uchraydi. Lekin 
kasallikning zo'rayishi yoki qaytalanishi (retsidiv) va bakteriya tashuvchilik 
shakllanishi antibiotiklar bilan davolashga xar doim xam bog'liq emas. Shuning uchun 
kasallik tashxisi aniq bo'lsa xam, yengilroq kechgan xollarda antibiotik qullash shart 
emas. Ba'zi olimlarning fikricha antabiotik olmasdan, simptomatik davollangan 
bemorlarda kasallikdan so'ng xosil bo'ladigan immunitet kuchliroq xisoblanadi. 


44 
Organizmning ximoya kuchlarini oshirish va kasallikdan so'ng yuzaga kelishi mumkin 
bo'lgan bakteriya tashuvchilik xollarini kamaytirish maqsadida antibiotiklarga 
qo'shimcha ravishda vaksina xam yuborish mumkin. Bu maqsadda ko'proq divaksina 
qo'llanadi. U ichterlama va B paratifi vaksinalari aralashmasidan iborat. Vaksina 
yelka sohasida teri ostiga 0,1 ml dozada kasallik avj olgan davrida yuborish bilan 
boshlanadi. Kun oralatib uning dozasi 0,1 ml dan oshirib boriladi. Jami 6-8 marta 
yuboriladi. Ichterlamani davolashda vitamin preparatlaridan askorbin kislotasi, "V" 
guruxiga mansub vitaminlar va rutin keng ko'llaniladi. Intoksikatsiyani kamaytirish 
maqsadida vena tomiriga tomchilab gemodez, poliglyukin, glukozaning 5% li 
eritmasi, Ringer eritmasi (jami kuniga 1-1,5 litr) yuboriladi. 10% li albumin, 
muzlatilgan qon zardobidan kuniga 100 ml dan quyib turish bemor quvvatini tez 
tiklashga yordam beradi. Yuraq va qon tomirlari faoliyatini yahshilash uchun vena 
tomiriga 20-40% glukoza eritmasidan 20 ml (yaxshisi, 5-10 ml 5% li askorbin kislotasi 
qushib) yuboriladi. Kordiamin, kofein, sulfokamfokain kabi preparatlar ham shu 
maqsadda qo'llanadi. Uyqusizlikda uxlatuvchi dorilar tavsiya etiladi. Ichakdan qon 
ketganida bemor qimirlamay yotishi kerak, 12-24 soat davomida unga ovqat 
berilmaydi. Qorin ustiga muz solingan xaltacha qo'yiladi (u og'ir bo'lmasligi kerak). 
Qon ketishini tuxtatish maqsadida aminokapron kislotasiniig 5% li eritmasidan 10 ml 
vena tomiriga yuboridadi. Vikasol (vitamin K) ning 1% eritmasidan 1-2 ml teri ostiga 
yuboriladi. Agar bu muolajalar yaxshi naf bermasa yoki qon ko'p ketayotgan bo'lsa, 
gemostatik dozada (100-125) ml qon quyiladi. Imkoni boricha, donorning qon guruhi 
bemorniki bilan bir hil va qon yangi tayyorlangan bo'lishi zarur. Oradan 1-1,5 kun 
o'tgach bemorga oz-ozdan, iliq holda ovqat yeyishga ruxsat etiladi. Suyuqliklar sovuq 
holda ichiriladi. Ichak yarasi teshilgan hollarda faqat jarrohlik yo'li bilan davolanadi. 
Kasallik zo'raygan yoki qaytalagan hollarda davolash muolajalari ichterlamaning 
o'tkir davrida olib boriladigan davolashdan farq qilmaydi. 
Profilaktikasi. Ichterlamaning oldini olishda kasallikni erta aniqlash muhim 
ahamiyatga ega. Shu maqsadda 3
 
kundan ortiq isitmalangan bemorlardan 
ambulatoriya sharoitida qon olib gemokulturaga tekshirib ko'riladi. Kasallik qanday 
og'irlikda kechishidan qat'iy nazar, barcha bemorlar shifoxonaga yotqizib davolanadi. 
Bemorning uyida yakunlovchi dezinfeksiya o'tkaziladi. Bemor foydalangan ko'rpa-
to'shak, 
kiyim-kechaklari 
dezokamerada 
zararsizlantiriladi. 
Idish-tovoqlar 
qaynatiladi. Hojatxonaga xlorli oxak yoki lizol eritmasi sepiladi. Kasallik o'chog'ida 
yana qo'yidaga tadbirlar amalga oshiriladi.
1. Bemor bilan muloqotda bo'lganlar ro'yxati tuzilib, 21 kun davomida ertalab 
va kechqurun ularnint isitmasi o'lchab turiladi.
2. Isitasi ko'tarilgan bemorlar extiyotdan (provizor maqsadda) shifoxonaga 
yuborilib shifokor kuzatuvida bo'ladilar.
3

Bemor bilan muloqotda bo'lganlardan 2 marta najas ekmasi olib, 
laboratoriyada koprokultura olish uchun tekshiriladi.


45 
4. Biror joyda kasallik avj olishi ro'y bersa, tibbiyot xodimlari xavlima-xovli yurib, 
bemorlarni aniqlab shifoxonaga jo'natiladi. Kasallikning oldini olishda shaxsiy 
gigiyenaning axamiyati katta. Pokiza odamlarga ich terlamasi kam yuqadi. Ochiq suv 
havzalaridan olingan suvni faqat qaynatib ichish kerak. Spetsifik profilaktika 
maqsadida ichterlama vaksinasi bilan emlash o'tkaziladi. Vaksina kurak terisi ostiga 
yuboriladi. Ko'p yillar davomida kasallik uchrab turgan xududda yashovchi axoli 
orasida aprel-may oylarida emlash o'tkaziladi. Ana shunda kasallik keng tarqaladigan 
muddat (iyun-sentabr oylari) gacha emlangan odamlarda sun'iy immunitet 
shakllanib bo'ladi. Ichterlamaning tarqalishida surunkali bakteriya tashuvchilar 
muxim o'rin tutadi. Shuning uchun ushbu toifa odamlar tumaa SES lari ro'yxatida 
bo'ladilar va xar 3 oyda laboratoriya tekshirshshdan o'tkazib turiladilar. Uning 
atrofidagilar xar yili emlab turiladi. Shuningdek, kasallik uchrab turadigan, epidemik 
jixatdan nosog'lom maxalla, qishloqlarda yoz mavsumi davomida salmonellyoz 
bakteriofagi vositasida profilaktika olib borivd mumkin. Bakteriofag tabletka yoki 
suyuq xolda bo'ladi. Tabletka 1 donadan 3 kun oralatib xaftasiga 2 marta butun yoz 
oylari davomida berib boriladi. Ro'yxatga olingan surunkali bakteriya tashuvchilar 
oziq-ovqat umumiy ovqatlanish korxonalari, do'konlari, bolalar muassasalari va 
vodoprovod inshootlarida ishlashiga ruxsat berilmaydi. Jamoa profilaktikasida 
aholining sifatli ichimlik suv bilan ta'minlash katta axamiyatga ega. Axoli vodoprovod 
suvi bilan to'la ta'minlangan joylarda ichterlama juda kam uchraydi. Turar joylarning 
sanitariya xolati yaxshi bo'lishi, maishiy chiqindilar maxsus joylarda to'planib vaqtida 
olib 
ketilishi 
xam, 
kasallik 
oldini 
olishda 
muxim 
axamiyatga 
ega.
Paratif A va B kasalliklarilari

bu kasalliklar ham o'tkir kechadigan yuqumli 
kasalliklardan xisoblanadi. Respublikamizda asosan ichterlama qayd etiladigai 
xududlarda uchraydi. Kasallik soni ichterlamadan kamroq qayd etiladi. 
Etiologiyasi. Bu ikkala kasallik mikroblari xujayrasidagi antigen tuzilishi, ba'zi 
fermentativ va biokimyoviy faoliyati bo'yicha ichterlama mikrobidan farq qiladi. A 
paratifi qo'zgatuvchisi parativ A mikrobi — Salmonella paratyphi, A, B paratifiniki — 
parataf B (Shotmyuller) mikrobi - Salmonella paratyphi V. Ularning turli sharoitlarda 
yashash 
xususiyatlari 
ichterlama 
mikroblaridan 
farq 
qilmaydi. 
Epidemiologiyasi. Bemor tanasidan chiqish, tashqi muhitda tarqalish, sog'lom odam 
organizmiga tushish yo'llari ichterlamadagiga o'xshash. Tarqatuvchi omillar, 
mavsumiyligi, profilaktikask bo'yicha ham bu uchala kasallik bir-biridan kam farq 
qiladi. B paratifi ba'zi hollarda ovqatdan zaharlanish alomatlari (qusish, ich ketishi va 
h,k.) bilan o'tadi. 
Klinikasi bo'yicha ham bu xastaliklarni farqlash qiyinroq. Ayniqsa kasallik yengil 
kechgan hollarda bu ancha mushkul ish. Odatda paratiflarda xastalikning yashirish 
davri 3-4 kun qisqaroq. Boshlanishi ichterlamaga nisbatan o'tkirroq: tumov yoki 
o'tkir gastroenterit ko'rinishnda boshlanadigan hollar ko'proq uchraydi. Og'ir 
kechadigan turlari ichterlamaga nisbatan kamroq qayd qilinadi. V paratifida 


46 
qorindagi rozeola toshmalar ko'proq bo'lishi mumkin. Og'ir asoratlar paratiflarda 
kamroq uchraydi. Ba'zi olimlar fikricha A paratifida retsedivlar ko'proq uchraydi. 
Paratiflardan keyin ham bakteriya tashuvchilik holati shakllanishi mumkin. Lekin u 
ichterlamaga nisbatan kam uchraydi. 
Diagnostikasi xuddi ichterlamadagidek. Qon, najas yoki siydikdan topilgan 
mikrob kulturasining xususiyatiga qarab, kasallikning haqiqiy qo'zg'otuvchisi 
aniqlanadi. A paratifi mikroblari xususiyati salmonella Yava mikroblaridan kam q 
qiladi. Ularni farqlash uchun D-tartrat reaksiyasi qo'yilada. A va B paratiflarida qonda 
leykopeniyaga 
nisbatan 
leykotsitoz 
ko'proq 
uchraydi.
Davolash parxez, parvarish qilish tadbirlari ichterlamaga o'xshash. 

Download 5,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish