1. “Klaster” metodidan foydalanib, tikuvchilik ustaxonasidagi texnika xavsizligi va sanitariya-gigiyena qoidalarini yoriting. 2. Tikuvchilikda ishlatiladigan gazlamalarning xususiyatlarini izohlang. 3. Tikuvchilik ustaxonalarida ish o’rnini tashkil etish qoidalarini yozing Texnika xavfsizligi
Texnika xavfsizligi mehnat qilish uchun xavfsiz sharoit yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar sistemasidan iborat. Sexlarda qo’lga igna kirib ketishi, qo’lni nimadir kesib olishi, mashinalarning kiyim yoki sochni o’rab ketishi, dazmol yoki presslarda biron joy ko’yib qolishi, tugma yoki igna parchalari uchib yuzga tegishi natijasida ishlovchilar jarohatlanib qolishi mumkin. Texnika xavfsizligi qoidalari noxushlik va baxtsiz hodisalarning oldini olishga xizmat qiladi.
Qo’l va mashina operatsiyalarida ishlovchilar quyidagi qoidalarga rioya qilishlari lozim:
Ish bajarayotganda ziyrak bo’lish kerak.
Mashina asbob va moslamalarning ishga yaroqligini tekshirib turish lozim.
Simlarga ip, latta, simchalar osmaslik kerak.
Tugma qadash mashinasida ishlaganda saqlash ekranidan foydalanish zarur.
Elektr dvigatelni o’chirmasdan mashinaga moy surtish, uni tozalash, mashina shkiviga tasma kiydirish man etiladi.
O’z ish o’rnini toza tutish lozim. Asboblar sochilib yotmasligi, qaychi va iplar mashinaning aylanayotgan qismlari yoniga qo’yilmasligi kerak;
Ish o’rinlari orasidagi yo’lni to’smaslik lozim.
Elektr dazmolda ish boshlashdan oldin shnur izolyatsiyasini tekshirish lozim.
Dazmolning, rubilnikning, shtepsel rozetkasining, vilkaning tok o’tkazuvchi qismlariga qo’l tekkizmaslik kerak.
Ishlayotganda shnur dazmolga tegib turmasligi kerak.
Pressda ishlashda uning yaroqligini, to’siq borligini, korpusning yerga ulanganligini, elektr qismida izolyatsiya borligini tekshirish kerak. Buzuq pressda ishlash man etiladi.
Qo’lni yostiqlari orasida qolishidan ehtiyot bo’lish lozim.
Ishlayotgan pressni nazoratsiz qoldirish mumkin emas.
Buyumni namlayotganda suvni apparatlarga va termorostlagichga tushirmaslik kerak.
Ish tugagach pressni to’xtatib, ish o’rnini yig’ishtirish kerak.
+
Gazlama — arkok va tanda iplarining oʻrilishidan hosil boʻladigan, pardozlangan va ishlatishga tayyor mato. Oʻlchab — gazlab (qarang Gaz) sotilganligi uchun shunday nomlangan. G. qadimda daraxt poʻstloqlaridan qoʻlda, keyinchalik tolalardan yogʻoch dastgoxlar, doʻkonlar, toʻquv stanoklarida toʻqilgan. Hozir asosan avtomat stanoklarda toʻqiladi.
Oqartirilgan, sidirgʻa yoki gulli, oʻng tomoni tukli va tuksiz G.lar boʻladi. G.dan kiyim-kechak tikiladi, roʻzgʻor buyumlari tayyorlanadi, u texnikaning turli sohalarida ishlatiladi. G.lar tanda (oʻrish, boʻylama) va arqoq (enlama) iplarning oʻrilishi, ularning materiali, eni, pardoz turlari, ishlatilishi bilan bir-biridan ajraladi (ip gazlama, jun gazlama, ipak gazlama va h. k.). G.ning pishiqlik, kirishuvchanlik, choʻziluvchanlik, qalinlik xossalari bor. Pishiqlik — tanda va arqoq iplarining pishitilishi va oʻrilishiga bogʻliq, u maxsus dinamometr yordamida anikdanadi. Choʻziluvchanlik — tanda va arqoq iplari yoʻnalishida tortilganda yirtilguncha uzayishi. Dinamometrda pishiqlikni oʻlchash vaqtida aniqlanadi. Kirishuvchanlik — saqlash, hoʻllash, yuvish va b. hollarda oʻlchamining qisqarishi. U tanda va arqoq iplarining materiali va xossalari, toʻqimaning tuzilishi hamda pardozlash xillariga bogʻliq; G. 3—10% kirishishi mumkin. Qalinligi tanda va arqoq iplarining yoʻgʻonligiga, zichligi va pardoz turlariga bogliq. Kiyimlik G. larning qalinligi 0,1—5,0 mm, texnikada ishlatiladiganlariniki bundan qalin boʻladi. Qalinlik maxsus asboblar bilan oʻlchanadi. G.larni pardozlashda tukini yoʻqotish, ohorini toʻkish, oqartirish, boʻyash, gul bosish, tarash va b. ishlar bajariladi. Tukini yoʻqotish — G. yuziga chiqib qolgan ip va tolalarni olib tashlash; kuydirish yoki qirqish yoʻli bilan bajariladi. Kuydirish uchun G.lar qizitilgan metall yuzasidan yoki gaz alangasi ustidan tez oʻtkaziladi. Qirqish esa maxsus mashinalarda tez aylanuvchi pichoqlar yordamida bajariladi. Bunda G. tekis va chiroyli boʻlib chiqadi. Ohorini toʻkish — tanda iplaridagi ohorni yuvish, bunda G. maxsus eritmali hovuzda ivitiladi, soʻngra yuvib ohordan tozalanadi. Ohori toʻkilgan G. boʻyaladi, gul bosishda boʻyovchi moddalar iplarga yaxshi oʻrnashadi va yuvilganda aynimaydi. Oqartirish — toʻqimadagi tabiiy sargʻish rangni yoʻqotib, gazlamaga oq tus berish. G.lar toʻliq oqartirilgandan soʻng boʻyaladi yoki gul bosiladi. Sidirgʻa boʻyash — G.larni turli ranglar bilan bir xil qilib boʻyash. Gul bosish — G.ning oʻng tomoniga turli ranglardan maxsus mashinalarda bezaklar tushirish. Tarash — toʻqimadagi arqoq iplarini titib, tolalarini yuzaga chiqarish jarayoni. Bu jarayon ninalik tasma (kardolenta) yordamida tarashlash mashinalarida bajariladi. Bunda G.lar (movut, paxmoq va b.) issiq saqlaydigan va mayin boʻladi. Xonalarni bezash, mebellarga qoplash, eshik va derazalarga tutish uchun ishlatiladigan G. bezak mato deb ataladi. Bundam matolar toʻqiladi yoki pardozlash vaqtida gul bosib tayyorlanadi. Ular pishitilgan har xil rangli iplardan (paxta, jun, ipak va kimyoviy tolalar hamda metall iplardan) toʻqiladi. Bezak G.lar jakkard mashinasi yordamida yirik gulli oʻrilishda toʻquv dastgoxlarida yoki qoʻlda toʻqiladi. Oʻngi tekis, gʻadirbudur va tukli boʻladi. Bunday gazlamalar pishiq, yorugʻbardosh boʻlishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |