O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi
Toshkent to‘qimachilik va Yengil sanoat instituti
«kimyoviy texnologiya» kafedrasi
«Tolali materiallarni
pardozlash korxonalari jihozlari»
fanidan
kurs ishi
Mavzu: 852 kg paxta-nitron asosli kalava iplarini oqartirish uchun jihoz tanlash, izohlash va tahlil qilish
Guruh: 9_16
Bajardi: Abdukarimov Abdubosit
Kurs ish rahbari: Ahmedova Muqaddam
Toshkent – 2020
MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………………………….2
Nazariy qism ……………………………………………………………….6
Jihoz hisobi....................................................................................................11
4. Xulosa………………………………………………………………. …...…16
5. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………17
Kirish
Mustaqil Respublikamizda ko‘pgina ishlab chiqarish sohalarida rivojlanish bosqichlari odimlab bormoqda. Iqtisodiy sohada mustaqillikni mustahkamlash ham katta ahamiyat kasb etadi. Maxalliy xom ashyo paxta tolasini o‘zimizda qayta ishlab, jahonga tayyor mahsulot chiqarish, aholini to‘qimachilik mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘la qondirish uchun yangi-yangi korxonalar barpo etish ularni zamonaviy texnologiya va asbob-uskunalar bilan ta'minlash, mavjud korxonalarni esa qayta rekonstruksiyalash, mahsulot sifatini dunyo standartlariga уetkazish hozirgi davr talabiga aylandi.
To‘qimachilik sanoati O‘zbekiston uchun muhim ahamiyatga ega. Hozirda mamlakatimiz eksportining 30% ga yaqinini tolali xom-ashyo va to‘qimachilik mahsulotlari tashkil qiladi. Paxta tolasini Respublikamiz to‘qimachilik sanoatida qayta ishlashni kengaytirish, yangi ishchi joylarini joriy etishga hissa qo‘shish bilan birga, korxonalarimizda tayyor mahsulot ishlab chiqarib jahon va ichki bozorga taqdim etish imkonini kengaytiradi. Bu vazifani hal qilish davomida yangi qo‘shma korxonalarning ko‘payishi, hozirgi zamon texnika va texnologiyalarining kirib kelishi esa Respublika sanoati salohiyatini oshiradi va aholini, ayniqsa yoshlarni ish bilan ta'minlabgina qolmay ularni texnik madaniyatini oshirishga ham xizmat qiladi.
Pardozlash korxonalari asosan sanoatda уetishtiriladigan ip-gazlamalarni, jun tabiy shoyi gazlamalarni pardozlash ularga ko‘rkamlik, maqsulot ko‘rinishi berish korxona vazifalaridan biri hisoblanadi.
To‘qimachilik korxonalarida kimyoviy-texnologik jarayonlarning asosiy vazifasi maxsulotlarga ma'lum xossalar berishdan iboratdir.
Pardozlashning kimyoviy texnologik jarayonlari asosan tolali materiallariga kimyoviy, fizik-kimyoviy yo‘llar bilan ta'sir etish orqali amalga oshiriladi. Bunday jarayonlarga oxorsizlantirish, qaynatish, oqartirish, merserlash, karbonlash, bo‘yash, gul bosish, appretlash, termo ishlov berish va boshqalar misol bo‘la oladi.
Respublika to‘qimachilik sanoatining jadal rivojlanishini ta’minlash, yuqori sifatli va raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yirik xorijiy bozorlarga yanada ilgari surish, shuningdek, 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida: O‘zbekiston Respublikasi to‘qimachilik sanoatini yanada isloh qilishning muhim yo‘nalishlari etib: to‘qimachilik sanoatining iqtisodiyotdagi ulushini oshirish, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik mahsulotlarining, eng avvalo, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh to‘qimachilik mahsulotlarini yuqori texnologik ishlab chiqarishga qayta yo‘naltirish orqali hajmi va sifatini oshirish;
to‘qimachilik sanoatining boshqaruv tizimini ilg‘or menejment texnologiyalari, tarmoq korxonalariga har tomonlama ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlashning, shu jumladan ularning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi muammolarni hal etishda samarali shakllarini joriy etgan holda tubdan qayta ko‘rib chiqish; tarmoqqa to‘qimachilik mahsulotlari mahalliy va xorijiy bozorlarining holati hamda rivojlanish tendensiyalari haqidagi ishonchli va o‘z vaqtida axborotlar olishni ta’minlash imkonini beruvchi ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, tarmoq rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash maqsadida uni tizimli va kompleks tahlil qilish; yuqori sifatli tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksportini kengaytirish, milliy brendlarni jahon bozorlariga ilgari surish maqsadida ishlab chiqarish jarayoniga ilg‘or innovatsion texnologiyalar, nou-xau, dizaynerlik ishlanmalarini keng joriy etish, furnitura va aksessuarlarning zamonaviy namunalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish belgilandi [2].
Respublika to‘qimachilik sanoatining jadal rivojlanishini ta’minlash, yuqori sifatli va raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yirik xorijiy bozorlarga yanada ilgari surish, shuningdek, 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida: birinchidan, to‘qimachilik sanoatining iqtisodiyotdagi ulushini oshirish, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik mahsulotlarining, eng avvalo, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh to‘qimachilik mahsulotlarini yuqori texnologik ishlab chiqarishga qayta yo‘naltirish orqali hajmi va sifatini oshirish; ikkinchidan, to‘qimachilik sanoatining boshqaruv tizimini ilg‘or menejment texnologiyalari, tarmoq korxonalariga har tomonlama ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlashning, shu jumladan ularning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi muammolarni hal etishda samarali shakllarini joriy etgan holda tubdan qayta ko‘rib chiqish; uchinchidan, to‘qimachilik sanoati sohasidagi standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini xalqaro talab va standartlarga uyg‘unlashtirish, shuningdek, mahsulotlar sinov laboratoriyalarini modernizatsiya qilish va akkreditatsiyadan o‘tkazish orqali yanada takomillashtirish; to‘rtinchidan, tarmoqqa to‘qimachilik mahsulotlari mahalliy va xorijiy bozorlarining holati hamda rivojlanish tendensiyalari haqidagi ishonchli va o‘z vaqtida axborotlar olishni ta’minlash imkonini beruvchi ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, tarmoq rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash maqsadida uni tizimli va kompleks tahlil qilish; beshinchidan, paxta xom ashyosini etishtirishdan boshlab, unga dastlabki ishlov berish, mahsulotni paxta tozalash korxonalarida keyingi qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor to‘qimachilik mahsuloti chiqarish bosqichigacha bo‘lgan ishlab chiqarishni integratsiya qilishni nazarda tutuvchi rivojlanishning klaster modelini amalga oshirish; oltinchidan, xom ashyo resurslari taqsimotining mutanosibligi va tashkil etilayotgan tarmoq korxonalarining logistika va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish bilan o‘zaro uzviy bog‘liqlikda, shu jumladan ko‘p funksiyali transport-logistika xablarini qurish, yuklarni etkazishning optimal yo‘nalishlari hamda yo‘laklarini tanlash, shuningdek, transportda yuk tashish tariflarini optimallashtirish orqali joylashuvini ta’minlash; ettinchidan, yuqori sifatli tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksportini kengaytirish, milliy brendlarni jahon bozorlariga ilgari surish maqsadida ishlab chiqarish jarayoniga ilg‘or innovatsion texnologiyalar, nou-xau, dizaynerlik ishlanmalarini keng joriy etish, furnitura va aksessuarlarning zamonaviy namunalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish; sakkizinchidan, talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha yo‘nalishlarni kengaytirgan holda to‘qimachilik sanoati uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish, ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarini tarmoqning zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini, shuningdek, ushbu sohada xalqaro hamkorlikni faollashtirish [3].
Kurs ishining asosiy maqsadi, «Kimyoviy texnologiya» yo`nalishi bo`yicha umum muxandislik bilimlarini mukammal egallashdir. Ular umumta`lim va mutaxassilik fanlaridan yetarlicha bilim olgan va shu olgan bilim va ko`nikmalarini kurs ishini bajarish jarayonida o`z o`rnida qo`llay bilishlari lozim.
Kurs ishini vazifalari: talaba berilgan mavzuga asosan tajribaviy ishlar natijasi yoki to’qimachilik materiallarini kimyoviy pardozlash soxasidagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bo`yicha yig`ilgan ma`lumotlar asosida bajaradi. Kurs ishini bajarishda talabadan internet tarmog`idan samarali foydalanish, adabiyotlardan kerakli ma`lumotlarni to`plash olingan tajribaviy natijalar va ma`lumotlar bo`yicha xulosa qilish va yangi takliflarni berish mas`uliyati talab qilinadi.
To‘qimachilik materiallarni oqartirish, bo‘yash, gul bosish va yakuniy pardoz berish kabi pardozlash texnologik jarayonlari kimyoviy moddalar xisobini bajarish va texnologik jihozlarni taxlil qilish uchun tegishli ma’lumotlar kurs ishining ob’ekti hisoblanadi.
Kurs ishini bajarish uslubi. Hisoblash texnikasidan foydalanilgan holda hisob-tushuntirish ishi bajarish, chizmachilik qoidalari bo‘yicha ip gazlamalarni qaynatish oqartirish jihozining texnologik sxema lar chizish.
Do'stlaringiz bilan baham: |