Biologiya (2). cdr


O'lat (toun, chuma)da himoya kiyimlari



Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/58
Sana10.04.2023
Hajmi5,73 Mb.
#926520
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   58
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

O'lat (toun, chuma)da himoya kiyimlari. 
Davolash. Toun bilan og'rigan, xatto unga shubha qilingan har bir bemor albatta 
aloxida shifoxona (gospital) ga yotqiziladi. Bunday binoda boshqa kasallik bilan 
og'rigan bemorlarning bo'lishi mumkin emas.Tounni davolashda antibiotklardan 
streatomitsin yaxshi natija beradi. Uni bemorning ahvoliga va kasallik turiga qarab 
kuniga 3-4 mln TB gacha muskul orasiga yuboriladi. Uni teng dozalar ga bulib, har 6 
soatda yuborib turiladi. Tetrasiklin, sulfanilamid preparatlar ham tayinlanadi. 
Davolash kursi 7-10 kun. Davolash tugagach, 3 marta qayta taxlil qilib 
tekshiriladi.Bemorning umumiy axvolini e'tiborga olgan holda, patogenetik va 
simptomatik davolash tam olib boriladi. Intoksikatsiyani kamaytirish maksadida 
gemodiz, peliglyukin, Ringer eritmasi, 5% glukoza. Eritmalaridan kuniga 2-2,5 litr 
tomir orkaga tomchilab quyib turiladi. Yurak-tomir faoliyatin yaxshilash uchun 
kordiamin, strofantin, korglyukok, efedrik, sulfokamfokain kabi preparatlar 
buyuriladi. S vitamin eritmasi tomchi dorilarga qo'shib yuboriladi. Bubon 
yiringlaganida jarroxlik yo'l bilan davolanadi.Bemorni davolovchi shifokorlar gospital 
yopilguniga o'sha shifoxonaning o'zida alohida binoda yashaydilar. Ular avvalo 
o'zlariga kasallik yuqmaslik chorasini ko'rishlari kerak. Bu maqsadda bemor oldiga 
kiradigan har bir shifokor maxsus tounga qarshi kiyim (kalta paypoq, rezina etik, 


122 
pijama yoki kombenizon, peshonabop, uzun tibbiy xalat, konserv-ko'zoynak, maxsus 
qalin doka-paxtali niqob, rezina ko'lkop va sochiq) kiyib olishi lozim. 
Bemor yotgan xonada dezinfeksiyalovchi eritmalar oldindan ko'p miqdorda 
tayyorlab qo'yilishi kerak. Bemordan ajralayotgan barcha chiqindilar darxol 
zararsizlantiriladi. Qilingan har bir muolaja, olingan taxlildan so'ng qo'l 
dezinfeksiyalab turiladi. Ishlatilgan tibbiy ashyolar ham zararsizlantiriladi. 
Bog'lam materiallari, qimmatbaho bo'lmagan anjomlar dezinfeksiyadan so'ng yoqib 
yuboriladi. Barcha harakat infeksiyani chetka chiqarib yubormaslikka qaratilgan 
bo'ladi. 
Oldini olish. Tounining profilaktikasi mamlakatimizda yaxshi yo'lga qo'yilgan. 
Toshkent, Buxoro, Uchquduq, Nukus shaharlarida maxsus toun (o'latga) qarshi 
kurashish stansiyalari va ularning bo'limlari mavjud. Bu tashkilotlarning epidemiolog, 
parazitolog, bakteriolog kabi mutaxassislar har yili bir necha oylab tounning tibbiy 
o'chog'i xisoblangan xududlarda yashab, mexnat qiladilar. Ular kemiruvchilar orasida 
tounning tarqalishi darajasini muttasil o'rganib boradilar. Kuzatuv natijalari haqida 
sog'liqni saqlat organlari xabardor qilib turiladi. Ushbu tadbirlar majmuasi tufayli, 
tounning xayvonlardan odamga yuqishining oldi olinadi.Maxsus profilaktika 
maqsadida tounning tibbiy o'chog'i va uning atrofida yashaydiganlar tounga qarshi 
vaksina bilan emlanadi. Ular orasida tushuntirish ishlari olib boriladi.Kasallik 
aniqlangan hollarda, bemor bilan muloqotda bo'lgan barcha kishilar darhol maxsus 
shifoxonaga yotqiziladi. Ular 7 kun mobaynida tibbiy kuzatuvda bo'ladilar. Shu 
vaqtda shoshilinch profilektika maqsadida 7 kun davomida antibiotiklar (tetrasiklin, 
streptomitsin) berilada. 
Brutselloz (qora oqsoq). Brutselloz - surunkali kechishga moyil, tayanch-harakat 
apparati, periferik nervlarni ko'proq jarohatlaydigan, uzoq davom etuvchi isitma 
bilan kechadigan kasallik. U uy hayvonlari orasida uchrab turadi. Sut soruvchilar, 
molboqarlar, cho'ponlar, veterinarlar, qushxona xizmatchilari va teri oshlash sohasi 
ishchilari uchun brutselloz kasb kasalligi xisoblanadi. 
Etiologiyasi. Kasallik 
qo'zg'atuvchilari 
brutsellalar 
deb 
ataladi. 
Odamda 
kasallikni keltirib chiqaradigan brutsellalar 3
 
turga bo'linadi. 
1. Brutsella melitenzis — mayda shoxli hayvon (qo'y, echki) larda kasallik 
qo'zg'atuvchi brutsellalar. 
2. Brutsella abortus bovis 

Download 5,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish