123
Epidemiologiyasi. Kasallik manbai brutselloz bilan og'rigan va hayvonlar
xisoblanadi. Kasal hayvon yaxshi semirmaydi, ko'pincha chala tug'ib qo'yadi.
Brutsellalar
kasal
hayvon
siydigi va go'ngi bilan ajralib,
hayvon juni,
terisida uzoq
saqlanadi.
Shuningdek
yaylovdagi o't-o'lan, suvga ham
tushadi, ostidagi poxol ham
zararlanadi.
Shu
tariqa
brutselloz hayvonlar orasida
tarqaladi. Brutsellelar kasal
hayvon
suti
bilan
ham
ajraladi.Odamga
kasallik
asosan
kasal hayvonlarni
parvarish qilish, so'yish va nimtalash vaqtida hamda terisini oshlaganda yuqadi.
Bunda infeksiya odamga teri orqali tushadi. Ba'zi olimlarning fikricha, nafas yo'llari
va konyuktividan ham kirishi mumkin.Chorvadorlarga kasallik ko'pincha qo'zilatish
davrida yuqadi. Chunki, brutselloz hayvonlarning homilasi yuzasida, atrofidagi
suyuqlikda, yo'ldoshda brutsellalar juda ko'p bo'ladi.Kasal hayvon go'shtini
yaxshi
pishirmay iste'mol qilganda yoki sutini qaynatilmasdan ichganda, brutsellalar
organizmga og'iz orqali tushadi.Brutselloz ko'proq qishloq aholisi orasida uchraydi,
Bahor oylarida kasallik ko'proq qayd etiladi. Shahar aholisi orasida brutselloz asosan
kasal hayvon sutini qaynatmay ichishi tufayli kelib chiqadi.Bemor odamdan
brutselloz
boshqa
sog'lom
kishilarga
va
hayvonlarga
yuqmaydi.
Klinikasi. Kasallikning yashirin davri 1-2 hafta. Klinik kechishga qarab brutsellozning
o'tkir (3 oygacha), cho'ziluvchan (6 oygacha) va surunkali (6 oydan ortiq) turlari
farqlanadi. Brutselloz organizmning umumiy kasalligi hisoblansa ham, unda tayanch-
harakat, yurak-tomir va nerv sistemalari jarohatlanishi yaqqol ifodalanadi.O'tkir
brutselloz
qisqa muddatli
prodroma davri
bilan boshlanadi. Bu davr bir haftagacha
davom etadi. Shu vaqtda bemor lohas bo'ladi, tez charchayda, kayfiyati buziladi,
ishtahasi pasayadi. Ba'zan biroz bosh og'rishi kuzatiladi.Bu alomatlar o'sa borib,
kasallikning
avj olish
davri boshlanadi. Uning o'ziga xos belgalari mavjud. Junjikish,
qaltirash bilan isitma 38-39°S gacha ko'tariladi, keyin kuchli terlash kuzatiladi. Bu
xolat uzoq muddat, ba'zan kuniga 1-2 marta takrorlanib turadi. Kundalik isitma o'tkir
brutsellozda remittirlovchi xususiyatiga ega. Isitma egri chizig'i esa to'lqinsimon
bo'ladi. Harorat uzoq vaqt yuqori bo'lishiga qaramay bemorda ich terlamaga
o'hshash quchli intoksikatsiya kuzatilmaydi. Isitma pasaygan soatlarda bemor o'zini
durust xis qiladi.Bemorni ko'zdan kechirganda, dastlabki kunlarda yuzi biroz qizargai
bo'lsa xam, keyinchalik oqish bo'ladi, biroz kerikadi. Teri oqargan, nam bo'ladi. Ayrim
hollarda, izsiz yo'qoladigan, qisqa muddatli toshmalar toshadi. Periferik limfa
tugunlarining kattalashishi o'ziga xos xisoblanadi. Bo'yin, qo'ltiq osti,
chov bezlari
kattaligi loviyadek bo'lishi mumkin, paypaslanganda og'rimaydi. Ba'zan teri ostida
(ayniqsa orqada) qattiq paypaslaganda og'riydigan tuguncha -fibrozitlar paydo
124
bo'ladi.Tomir urishi tezlashadi. Qon bosimi pasayadi. Yurak tonlari sust eishitiladi.
Jigar va taloq kattalashishi brutsellozga xos alomatlardan hisoblanadi. Bu davrda
bo'g'imlarda biroz og'riq bo'lsa xam, tayanch-xarakat apparati sezilarli
jarohatlanmaydi.Kasallik to'g'ri davolansa, 2-3 haftadan so'ng alomatlari yo'qolib,
bemor tuzalishi mumkin. Lekin, bu kasallikdan to'liq forig' bo'linganini anglatmaydi.
Vaqt o'tib, turli stress omillar ta'sirida kasallik qaytalanishi yoki uning surunkali turi
alomatlari paydo bo'lishi mumkin. O'z vaqtida davolanmagan yoki noto'g'ri
davolangan o'tkir brutselloz doimo surunkali turga o'tadi.Ko'p xollarda
brutsellozning dastlabki namoyon bo'lishi surunkali turi alomatlari bilan boshlanadi.
Brutsellozning bu turida turli sistema va a'zolarning
jaroxatlanishi yaqqol
ifodalanadi.
Surunkali brutsellozda tayanch-harakat apparati jaroxatlanishi birinchi o'rinda
turadi. Bo'g'imlar, bo'g'im xaltachasi va muskullar shikastlanishi (artrit, bursit,
tendovaginit, miozit) tufayli bemor kuchli og'riq sezadi, bo'g'im shishadi, harakat
cheklanadi.
Ko'proq yonbosh-dumgaza,
son
va
tizza
bo'g'imlari
jaroxatlanadi.Periferik nervlar jarohatlanishi radikulit, ishioradikulit, pleksit
alomatlari bilan namoyon bo'ladi.Surunkali brutsellozda jinsiy a'zolarning
jaroxatlanishi xam ko'p uchraydi. Erkaklarda orxit, epididimit oqibatida jinsiy
faoliyati
susayadi. Ayollarda tuxumdon, bachadon va uning naychasi yallig'lanishi uchrab
turadi. Oqibatda chala tug'ish kuzatiladi.Ayrim hollarda olib borilgan davolash
muolajalariga qaramay, kasallik mutlaqo yo'qolmaydi. Tayanch-harakat apparati
jaroxatlanishi
va
nevritlar
oqibatida
bemor
nogiron
bo'lib
qoladi.
Tashxisi. Brutsellozning laboratoriya diagnostikasida bakteriologik, sfologik va
allergologik usullardan foydalaniladi. Kasallikning o'tkir davrida venadan olingan 10
ml
qonni ekib, gemokultura olish mumkin. Natija deyarli bir oydan so'ng
olinadi.Kasallikning surunkali turlariga tashxis ko'yishda asosan serologak
reaksiyalardan foydalaniladi. Amaliyotda qon zardobi bilan Rayt reaksiyasi keng
qo'llanadi. Uning diagnostik titri 1:200. Unga nisbatan sust gemagglutinatsiya
reaksiyasi sezgirroq xisoblanadi. Serologik reaksiyalardan bo'lmish Xeddlson
reaksiyasi
hususiyati
pastroq
bo'lgani
uchun
keyingi
vaqtlarda
kam
ko'llanilmoqda.Allergik reaksiyalardan Byurne sinovi ilgari keng qo'llanardi. U bilan
terisi orasiga 0.1 ml brutsallin yuborib, 24 soat o'tgach paydo bo'ladigan qizarish va
bo'rtish hajmiga qarab natijasi belgilanadi. Hozir bu reaksiyadan 35am kam
foydalanadi.
125
Davolash. Brutselloz bilan og'rigan bemor kasallikning o'tkir davrida va
surunkali turi zo'rayganida shifoxonaga yotqizib davolanadi.
Bemor uchun ijobiy
davolash-ximoya rejimi yaratish muxim. Spetsifik davolash maqsadida levomitsetin,
streptomitsin, tetrasiklin, doksatsillin kabi antibiotiklar qo'llanadi. Ko'p hollarda
surunkali brutsellozni davolashda 2 xil antibiotik bir vaqtda tayinlanadi. Davolash
kursi 7-10 kun. Zarurat bo'lganida bir xafta oralatib, antibiotik bilan 2-davolash kursi
olib boriladi.Keyingi yillarda 2-davolash kursini geliy-neonli yoki magnitli lazer nurlari
bilan olib borish yaxshi samara bermoqda.Brutsellozning surunkali davolashda
brutselloz vaksinasi xam qo'llanadi. Vaksinani teri ostiga, muskul orasiga, xatto vena
tomiriga yuborish mumkin. Oxirgi yillarda brutsellozni davolashda vaksina qo'llash
keskin kamayib bormoqda.Kasallikni davolashda bemorning himoya xususiyatlarini
oshirishga qaratilgan dori-darmonlar keng qo'llanadi. Bu maqsadda oqsil tutgan
preparatlar (albumin, aminopeptid), platsekta, aloe ekstraktlari, V guruhiga mansub
vitaminlar buyuriladi. Og'irlikni
qoldirish maqsadida rumolon, indometatsin, brufen
kabi preparatlar qo'llanadi.Kasallik avj olmagan (remissiya) davrida fizioterapevtik
muolajalar bemor ahvolini yengillashtiradi.
Oldini olish. Brutselloz profilaktikasi borasida veterinar saniatriya va sanitariya-
epidemiologiya xizmatlari hamkorlikda ishlashi kerak. Jamoat chorvachiligida
mollarni saqlash va boqish mavjud talablarga rioya qilgan holda bajariladi. Brutselloz
hayvonlar sog'lomlaridan ajratilib, alohida joyda boqilishi lozim. Imkon bo'lmasa,
brutselloz hayvonlarning barchasini maxsus talabga rioya qilgan holda so'yib
yuborish kerak.
Kasbi chorvachilik bilan bog'liq xizmatchilar ish vaqtida shaxsiy gigayena qat'iy
rioya qilishlari lozim. Ular brutsellozga qarshi emlanadi. Davlat yo'li bilan sotilgan sut
80°S da pasterizatsiya qilinib keyin sotiladi. Yakka xo'jalikdan sotib olingan sutka
qaynatib ichish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: