Biologiya (2). cdr



Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/58
Sana10.04.2023
Hajmi5,73 Mb.
#926520
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   58
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

 
Savollar
O’lat kasalligining qo’zg`atuvchisi haqida ma’lumotlar.
O’latning tarqalishi sabablari va mehanizmi.
O’lat epidemiyalarining aholi o’rtasida va hayvonlar o’rtasida
tarqalishining o’zaro bog`liqligi.
O’lat kasalligida epidemiologik jarayonning namoyon bo’lishidagi 
omillarning o’ziga hosligi. 
Brustellyoz kasalligining tarqalish sabablari va epidemik jarayoni. 
Kasalliklarni klinik belgilari va tashhis usullari. 
 
 
 
 


126 
7 BOB.PARAZITAR KASALLIKLAR 
16- Mavzu: GELMINTOZLAR. PROTOZOY KASALLIGI, AMYOBIAZ, LYAMBLIOZ, 
TOKSOPLAZMOZ, ASKARIDOZ, ENTEROBIOZ, EXINOKOKKOZ 
 
REJA: 

Sodda jonivorlar haqida ma’lumotlar. Ularning tarqalishi sabablari va 
mehanizmi. 

Protozoy kasalliklarning etiologiyasi, tarqalish yo’llari.

Klinik belgilari. Aholi o’rtasida sanitariya-maorif ishlarini olib borish. 

Gelmintoz kasalliklari haqida ma’lumotlar.

Ularning tarqalishi sabablari va mehanizmi.

Klinik belgilari, davolash usullari va vositalari.

Aholi o’rtasida sanitariya-maorif ishlarini olib borish. Kasallik 
o’chog`ida o’tkaziladigan chora–tadbirlar. 

O’zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining “O’zbekiston
Respublikasi hududida gelmintozlarnioldini olish to’g`risida”gi amaldagi buyruqlari. 
Amyobiaz — ko'proq yo'g'on ichakni yarali jarohatlovchi, ba'zan boshqa 
a'zolarda abssesslarni yuzaga keltiruvchi, davomli yoki surunkali kechishga moyil 
parazitar kasallikdir- Amyobiaz ko'proq ilik iqlimli o'lkalarda keng tarqalgan bo'lib, 
emdemik o'choqlari mavjud. Mu'tadil iqlimli o'lkalarda xam uchrab turadi. 
Etiologiyasi. Kasallik qo'zg'atuvchisi —Entamoeba hystlitica oddiy mikrob guruhiga 
mansub bo'lib, odam organizimida uch hil shaklda uchraydi: 
1. Katta vegetativ shakli (forma magna) - yirik (30 dan to 80 mkm gacha), juda 
harakatchan bo'ladi. Uni kasallikning o'tkir yoki zo'riqqan davrida bemor najasidan 
topish mumkin. Parazit ichida fagotsitlangan eritrotsitalar ko'rinadi. 
2. Kichik vegetativ shakli (forma minuta) — kichikroq (15-20 mkm), kam 
harakatchan bo'lib, bemorlarni kasallikdan tuzalish davrida, shuningdek, sista tashib 
yuruvchi shahslarni najasida topiladi. Bu parazitning sistaoldi shakli bo'lib, sista hosil 
bo'lishini quvvatlab turadi. 
3. Sista bosqichidaga amyoba 
— 
dumaloq 
shaklda 
bo'lib, 
kattaliga 9-14 mkm dan oshmaydi, 
Bo'yalgan holda ko'rilganda uning 
1-4 ta yadrosi va ikki qatlamli 
qobig'i yaqqol ko'rinadi.
Tashqi 
muhitda 
parazitning vegegativ 
shakllari 
chidamsiz, sistalari esa ancha 
chidamli: axligda 4 xaftagacha, 
suvda — 8 oygacha saqlana olada. 


127 
Quritilganda va qizdirilganda tez nobud bo'ladi. 
Epidemiologiyasi. Amyobiaz manbai bemor yoki sista tashuvchi odamdir. 
Kasallikni surunkali o'tkazayotgan shaxslar, ayniqsa, sista tashuvchilar manba sifatida 
xavfli hisoblanadilar. Sista tashuvchilik davomli, hatto bir necha yil bo'lishi 
mumkin.Amebiaz ham boshqa ichak parazitlari singari — ovqat, suv va maishiy 
muloqot yo'llari bilan og'iz orqali yuqadi. Tashqi muhitga tushgan sistalar bilan 
ifloslangan qo'l va ayniqsa sabzavotlar, mevalar, suv kamroq hollarda — uy jihozlari, 
idish tovoq va shu kabilar kasallikni yuqtiruvchi omillar bo'ladi. Surunkali amyobiaz 
bemorlar yoki sista tashuvchilarning umumiy ovqatlanish qorxonalari yoki bolalar 
muassasalarida ishlagan hollarda kasallikning tarqalish xavfi yuqori. Parazitning 
tarqalishida pashsha va suvaraklarning ahamiyati ham katta. Kasallik sporadik holda 
yil bo'yi, ko'proq issiq fasllarida uchraydi. 
Patogenezi. Og'iz orqali tushgan sistalar me'da-ichak yo'lida, pankreatin shira 
ta'siri ostida qobig'idan ozot bo'lib, vegetativ shaklga o'tadi va yo'g'on ichak 
devoriga, asosan uning ko'richak va yuqoriga ko'tariladigan qismiga joylashib oladi 
va yaralar paydo qiladi. Ba'zan, kasallikning keyingi bosqichlarida, sig'masimon va 
to'g'ri ichak devorlarida ham yaralar kuzataladi. Rektoskop orqali ko'yilganda yaralar 
chetlari o'yilgan, chuqur, ko'pincha seroz qoplamgacha chuqurlikda bo'ladi.Ayrim 
bemorlarda amyobalar qon orqali tarqalib, jigarda, kamdan-kam hollarda, o'pka, teri 
va bosh miyada abssesslar paydo qilishi mumkin. 
Klinikasi. Yashirin davri 20-60 kun bo'lib, 95
 
kungacha ham cho'zilishi mumkin. 
Kasallik belgilari asta-sekin rivojlanadi. Faqat ayrim hollarda o'tkir boshlanishi 
mumkin. Bemor avvaliga lohaslik xis etib, ishtahasi pasayib boradi. qorni biroz og'rib 
bir kunda 3-4
 
marta suyuq ichi ketadi. Ba'zan ko'ngli ham ayniydi. So'ngra ich ketishi 
ko'payadi (sutkasiga 7-10 marta), axlati tiniq shilimshiq va qon aralashgan bo'ladi. 
Keyinchalik axlatda shilimshiq va qon aralashmasi ko'payib borib u maymunjon 
murabbosiga (malina jelesiga) o'rab qoladi. Ich ketishi qorinning tutib-tutib og'rishi, 
ba'zan tenezm (kuchaniq) lar bilan kuzatiladi.
Qorinni paypaslab ko'rilganda yo'g'on ichak sohasida, ko'proq qorinning o'ng 
yonboshi, kamroq hollarda sig'masimon ichak sohasida ham og'riq seziladn. 
Bemorning 
ishtahasi 
yo'qolib 
darmoni 
kurib 
borsada, 
tana 
harorati 


128 
ko'tarilmaydi.Kasallikning o'tkir davri, asoratsiz kechganda, 4-6 hafta davom etadi, 
so'ngra, ko'pchilik hollarda, xastalik belgalari o'z-o'zidan kamayib bemorning ahvoli 
ancha yaxshilanadi va kasallik surunkali shakliga o'tadi.Amyobiaz surunkali 
kechganida kasallik turli muddat oralab zo'riqish va qaytalanishlar bilan oylab, ba'zan 
esa yillab davom etadi. Zo'riqish, ko'shimcha ovqatlanish, rejimi va parhyez 
buzilganda, ba'zan esa sababsiz ham ro'y barishi mumkin. Surunkali amyobiaz 
ko'pincha yengal kechsada, ayrim hollarda og'ir kechib, bemorda kamqonlik va 
kaxeksiya (keskin ozib ketish) rivojlanadi.Amyobiazda ba'zan ichakdan tashqari 
boshqa a'zolarda, jumladan; jigarda (gepatit, gepatoholetsastit, jigar absseyesi), 
o'pkada va miyada turli jarohatlanishlar (abssesslar), shuningdek, chot oralig'i 
terisida yaralar kuzatilishi mumkin. 
Amyobiazda bo'ladigan asoratlar ko'proq ichakdagi chuqur yaralar bilan bog'liq 
bo'lib, bu yaraning (ba'zak jigar abssessining) teshilishi oqibatida peritonit 
rivojlanishi mumkin. 
Tashhisi. Ichak amyobiazning klinik belgilari bakterial dizenteriya kasalliga bilan 
kup jihatdan o'xshash bo'lganligi tufayli bu ikki kasallikni, ayniqsa boshlang'ich 
davrida bir-biridan farqlash ancha qiyin bo'ladi. Bularni farqlashda epidemiologik 
ma'lumotlarga va avvalo amebiazning klinik kechishida isitma va intoksikatsiya 
alomatlarini deyarli yo'qliga, asosan yo'g'on ichakning o'ng tomoni zararlanishi, 
ahlatning malina murabbosi ko'rinishida bo'lishligini hisobga olish kerak.Rektoskop 
yordamida ko'rilganda - sig'masimon va to'g'ri ichak devorida shu kasallikka xos 
bo'lgan chetlari o'yiq chuqur yaralar ko'riladi. Diatoz asosan, bemor ahlatida yoki 
yo'g'on ichakdan (rektoskop yordamida) olingan qirmada amyobaning vegetativ 
shakllarini topilishiga asoslanib kuyilada. Bemor ahlatida amyoba sistasining topilishi 
amyobiaz diagnozi uchun asos bo'lolmaydi. Bemor ahlatini mikroskop ostida 
tekshirilganda ko'p miqdorda (70 foizgacha) eozinofillarning va Sharko-Leyden 
kristallarining topilishi hatto amyoba topilmagan hollarda ham amyobiaz diagnozini 
qo'yish uchun kifoya qiladi. 
Davolash. Kasallikni o'tkir shakli hamda surunkali shakli zo'riqqan yoki 
qaytalangan davorlarida bemor albatta kasalxonaga yotqizilib, tegishli davo kursi 
o'tkazilishi kerak.Amyobiazni davolashda asosan parazitga qarshi dorilar; yatren va 
diyodaxin (amyobaning oraliq shaklini xalok qiladigan), emetin, degidroemetan, 
ambilgar (to'qimalarda joylashgan amyobalarga ta'sir qiladigan), hamda universal 
ta'sir etuvchi: metronidazol, fazijin 80 furamid qo'llaniladi.Yatren — 0,5 g.dan 
(Diyodoxin 0,3 g.dan) 3 mahal 10 kun davomida beriladi. Bu dorilar surunkali ichak 
amyobiazining remissiya vaqtida va sista tashib yuruvchi shaxslarni davolashda 
qo'llanadi.Emetin gidroxloridi — 2% li eritmasi 1,5 ml dan kuniga 2 marta mushaklar 
orasiga 4-6 kun mobaynida yuboriladi. Zarurat bo'lganida 45 kun o'tgach davolash 
kursini takrorlash mumkin. 
Degadroemetin (1,5 mg/kg dan mushak orasiga 10 kun) emetinga nisbatan 6 
marta kuchli ta'sir qiladi. 
Ambilgar — 7-10 kun davomida og'iz orqali (25 mg/kg dan) beriladi. U 
degadroemetindan ham kuchlidir. Ambilgar faqat vrach nazoratida qo'llaniladi. 


129 
Jigar amyobiazida xingamin (delagel, xlorohin) yarim samara beradi. Uni 3 hafta 
davomida: 1-chi haftada — xar kuni 0,75 g.dan, 2-chi haftada — 0,5 g.dan, 3-chi 
xaftada - 0,25 g.dan beriladi. 
Metronidazol, furamid singari dorilar ichak amyobiazi va ichakdan tashqari 
joylashgan amyobiazni davolashda qabul kilingan sxemalar bo'yicha keng qo'llanadi. 
Amyobiazni davolashda keng spektrda ta'sir qiladigan antibiotiklar xam 
qullanada. 
A'zolarda bo'ladigan amyobali abssesslarni davolashda, yuqorida aytilgan 
dorilar naf bermaganda operatsiya qilinadi. Teri amyobiazini davolashda yatrendan 
tayyorlangan malham ishlatiladi.Bemorga beriladigan ovqat oqsil va vitaminlarga (S, 
V1, V2, V6) boy va yuqori kaloriyali bo'lishi kerak.Bemorni parvarishlash va parxean 
huddi bakterial dizenteriyadagi kabidir. 
Profilaktikasi. Amyobiazning profilaktikasi boshqa ichak yuqumli kasalliklari, 
jumladan, bakterial dizenteriyadagiga o'xshash bo'lib, umumiy va shaxsiy gigiyena 
qoidalariga qatyiy rioya qilishga qaratilgan. Ayniqsa suv ta'minoti, oziq-ovqat 
tayyorlash qorxonalari va bolalar muassasalarida ishni sanitariya-gigiyena talablariga 
qatyiy rioya qilgan holda tashkil etish, hamda aholini sanitariya madaniyatini ortirish 
juda katga ahamiyatga egadir. Amyobiaz rekonvalessemtlari hastalik belgilari to'liq 
yo'qolgan, 1-2 kun oralatib 6 marta o'tkaziladigan parazitologik tekshiruvlar manfiy 
natija bergandan so'nggina kasalxonadan chiqariladilar va 12 oy davomida dispanser 
ko'zatuvida bo'ladilar. 
Ichak iyersiniozi — asosan ichaklar va oshqozoning zararlanishi, intoksikatsiya 
va allergik o'zgarishlar bilan namoyon bo'luvchi o'tkir yuqumli kasallikdir.Bizning 
respublikamizda bu kasallik dastlab 1979, 1980 yillarda (B.D.Matkarimov va b.) 
aniqlandi. 
Etiologiyasi. Ichak iyersiniozning kuzg'atuvchisi —Yersinia entereocolitica kalta 
tayoqcha shakldagi, grammanfiy mikrob bo'lib, kapsula va sporalar hosil qilmaydi. 
Uning 1-6 ta xivchinlari bo'lganligi uchun xarakatchandir. Fakultativ aerob, oddiy 
ozuqa-muhitida yaxshi o'sadi. Uning 5
 
xil biokimyoviy turi mavjud bo'lib odamlarda 
kasallikni asosan II. III va IV biovarlari qo'zg'atadi. Iyersinioz qo'zg'atuvchisida ikki hil 
— "O" va "N" antigenlar mavjud. O-antigeni bo'yicha — 34 serovari ma'lum.Ichak 
iyersiniyalari asosan endotoksin, ayrim shtammlari ekzotoksin ham ishlab chiqaradi. 
Shuni alohida takidlash kerak-ki — soxta sil va iyersiniozning qo'zg'atuvchilari past 
harorat ta'siriga chidamli bo'lib, -4+8°S (muzlatkich sharoiti) da xatto ko'payish 
qobiliyatiga egadirlar. Qaynatilganda esa 10 sek nobut bo'ladi. Odatdagi 
dezinfeksiyalovchi moddalar hamda ko'pchilik antibiotiklar ta'siriga chidamsizdir. 
Epidemiologiyasi. Iyersiniozning qo'zgatuvchisi tabiatda keng tarqalgan. Uni 
tuproqda, suvda va ko'pchilik xayvonlar organizmida topish mumkin. Tabiatda 
iyersiniozning asosiy manbai mayda kemiruvchi hayvonlar bo'lib, ular tashqi muhitni 
(tuproq, suv, ozuqalarni) ifloslantirishi tufayli kasallik boshqa turli hayvonlarga va 
odamlarga tarqaladi. Odamlarga kasallik asosan uy hayvonlari (sigar, qo'y, echki, 
cho'chqa, ot va itlar) hamda mayda kemiruvchilardan (sichqon, kalamush va b.) 
orqali yuqadi, odamdan-odamga yuqishi juda kam kuzatiladi.Kasallik asosan og'iz 


130 
orqali, termik ishlov berilmaydigan zararlangan sabzavotlar (karam, sabzi, piyoz, 
ko'katlar), shuningdek, sut, go'sht maxsulotlari, baliq iste'mol kilish orqali sodir 
bo'ladi.Kasallik suv vositasida ham yuqishi mumkin.Kasallanish hamma yoshdagi 
odamlarda, ko'proq, kichik yoshdagi bolalarda kuzatiladi. U yilning sovuq mavsumida 
(kuz, qish, bahor ayniqsa, noyabr oyida ko'p uchraydi. 
Klinikasi. Yashirin davri 6 soatdan 6 kungacha, o'rtacha 2,4 kun. Kasallikni 
cheklangan (lokalizatsiyalashgan) va tarqoq (generalizatsiyalashgan) turlari 
farqlanadi. Ichak iyersiniozi bemorlarning 65-70 % da cheklangan turda kechadi. 
Bunda asosiy oshqozon, ichak va mezenterial limfa bezlari jarohatlanadi 
(gasgroenterit, gastroenterokolit, enterokolit, enterit, mezenteriad limfadenit, 
o'tkir terminal ileit, o'tkir appenditsit). Generalizatsiyalashgan turi — 30-35 % 
bemorlarda toshmali, bo'g'imli sariqli, meningial, kataral va boshqa klinik 
ko'rinishlarda kechadi.Bakteriya tashuvchilik o'tkir va surunkali bo'lishi, shuningdeq 
zo'riqish va qaytalanishlar kuzatilishi mumkin.Iyersiniozning cheklangan turi barcha 
yoshdaga odamlarda uchrasada, ko'proq 10 yoshgacha bo'lgan bolalarda kuzatiladi 
xastalik ko'pincha to'satdan boshlanadi. Bemorning eti uvishib qaltiraydi, tana 
harorati 38-390S gacha ko'tariladi, boshi, muskullari, bo'g'imlari qaqshab og'riydi va 
u o'zini juda behol sezadi. Ushbu belgalar bilan bir vaqtda bemorni qorni og'riydi, 
ko'ngli aynib, ba'zan qusadi, ichi ketadi, jigari kattalashadi va badaniga toshma 
toshishi mumkin (6-rash). Ayrim bemorlarda aksirish, yo'tal, tomoq, og'rig'i 
kuzatiladi. Isitma bir necha soatdan 5-7 kungacha ayrim hollarda 2-3
 
hafta va undan 
ortiq davom etishi mumkin. Og'riq doimiy yoki vaqti-vaqti bilan g'ijimlab tutadi, 
ba'zan juda kuchli — "ichak sanchig'i" shaklida bo'ladi. Ichi suyuq, najasi yopishqoq, 
qo'lansa hidli bo'lib, bir sutkada 2-3 martadai to 15 martagacha keladi. Ayrim 
bemorlar najasida shilliq, ba'zan qon ham aralash bo'ladi. Ichak iyersiniozning 
cheklangan turida isitma, qorin og'rig'i va enterokolit alomatlari yetakchi simptomlar 
sifatida namoyon bo'ladi. Bulardan tashqari bug'imlarda, mushaklarda og'riq, ko'z 
sklerasi va konyunktivasi qon tomirlarining burtishi, yumshoq tanglaining qizarishi, 
tilning "malina" ko'rinishida bo'lishi va badanga toshma toshishi singari. toksik-
allergik belgalar ham kuzatilishi mumkin.Iyersiniozni bu turining davomiyligi 2-15 
sutka bo'lib ko'pincha o'rta og'irlikda kechadi va tuzalish bilan yakunlanadi kasallikni 
kuchli intoksikatsiya va organizmni suvsizlaniish alomatlari bilan kuzatiladigan og'ir 
turlari kam uchraydi-Periferik qonda leykotsitoz, neytrofilez, ECHT ortishi, ba'zan 
eozinofiliya kuzatiladi.Ichak iyersiniozi ayrim bemorlarda o'tkir terminal iyelit 
(ingichka ichak pastki qismi jarohatlanishi) yoki mezadenit, yoki appenditsit shaklida 
namoyon bo'ladi.Kasallikning bu turlarida kuzatiladigan og'ir asoratlaridan biri 
ichakning teshilishi va qorin pardasining yallig'lanishi (peritonit) dir, Shuning uchun 
ham bunday bemorlar jarroh va yuqumli kasalliklar shifokori hamkorligidaga 
kuzatuvda bo'lishlari lozim.Ichak iyersiniozning generalizatsiyalashgan turi ko'pincha 
o'tkir oldiniga tananing junjikishi, keyin qizishi, et qaqshashi, bo'g'imlarda va 
mushaklarda og'riq, bosh og'rig'i bilan boshlanadi, Tana harorati 37-380S gacha 
ko'tarilib remittik tipda 5-7 kun, og'ir kechganida, uzoqroq davom etada. Bemorning 
ko'pincha kungli aynib qusadi, ichi suyuq keladi va qorni og'riydi. Ayrim 


131 
bemorlarning tanasi yoki oyoq-qo'llarining terisida simmetrik joylangan mayda 
donali yokn mayda dog'li toshmalar bo'lib, ular bir necha soatdan 3-4 kungacha 
saqlanadi. Ko'zning va tomoqning tarqoq qizariish ham ko'pchilik bemorlarda 
kuzatiladi. Periferik limfa bezlarn kattalashgan va og'riqli bo'ladi. Tomir urushi 
beqaror, arterial qon bosimi pasayishga moyil bo'ladi. 
Kasallikni generalizatsiyalashgan turida ham barcha bemorlarda oshqozon-
ichak tizimi a'zolarining zararlanishi kuzatiladi. Bu o'zgarishlar ishtahaning pasayishi, 
ko'ngil aynish, qusish, qorin og'rig'i va ich ketishi bilan namoyon bo'ladi. Kasallikning 
birinchi kunlarida oq karash bilan qoplangan til 5-7 kunlarda tozalanadi va qizarib 
xuddi "malina" ga o'xshab qoladi. Bemorning qorni biroz kepchigan, ileotsekal 
sohada og'riq va g'uldarish anniqlanadi. Jigarning jarohatlanishi barcha bemorlarda 
kuzatiladi. Ayrim bemorlarda taloq ham kattalashadi. Ba'zan bemorlarda seroz 
meningit alomatlari, ayrim hollarda "infeksion-toksik" buyrak simptomlari kuzatilishi 
mumkin. Qonda neytrofilli leykotsitoz, ba'zan eozinofiliya, ECHT ortishi 
kuzatiladi.Iyersiniozning septik shakli

kasallikning eng og'ir turi bo'lib, ko'pincha 
qariyalar va go'dak bolalarda uchraydi. Kasallikning bu turi jigarning yiringlashi 
(abssess) yoki surunkali sepsis holida o'tishi ham mumkin.Kasallikning 2-3-haftasida 
ayrim bemorlarda tanada va ko'proq yirik bo'g'imlar atrofida turli hil toshmalar, 
tugunchali eritema yoki poliartrit, shuningdek, yurak mushagining, buyrak va siydik 
yo'llarining, ko'zning va boshqa ichki a'zolarning yallig'lanish kuzatiladi. Iyersinioz 
artriti, meda-ichak sistemasi zararlangach, odatda 2 hafta o'tgadan so'ng boshlanib, 
bir necha xaftadan to bir necha oygacha davom etishi mumkin. Ayrim hollarda 
iyersinioz artriti bod kasalligiga, bo'g'im yallig'lanishiga o'xshash va surunkali 
01shaklida kechishi mumkin.30 % hollarda kasallik zo'riqish va qaytalanishlar bilan 
asoratlanib turadi. Tuzalish davrida ayrim bemorlarda 2-3 -haftalar davomida yuz va 
tana terisida kepaksimon, oyoq va qo'l kaftlarida esa po'stloqli teri ko'chishi 
kuzatiladi.Kasallikni bunday yaqqol ifodalangan shakllari bilan birga, noaniq bilinar-
bilinmas belgalar bilan o'tadigan subklinik shakli, shuningdek, sog'lom bakteriya 
tashib yuruvchilik holatlari ham mushkul ekanliga aniqlangan. Ko'pincha iyersinioz 
yengil va o'rtacha og'irlikda ketadi va bemorlar sog'ayib ketadilar.Umuman kasallikni 
davomiyliga 1,5 oydan oshmaydi. Biroq ayrim xollarda kasallkk cho'zilgan (1,5 oydan 
3

Download 5,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish