Kombantrin
(pirantel)
10 mg/kg hisobidan bir marta, ovqatlanish paytida
beriladi.
Profilaktikasi. Askaridozga qarshi olib boriladigan choralar bir vaqtda, kompleks
ravishda olib borilgan taqdirdagina samara barishi mumkin. Ular kasallik manbaini
zararlantirish (bemorni davolash) va yuqish yullarini qirqishga (tuproqqa, suvga va
ulardan sabzavot, ho'l mevalar va qo'lga askarida tuxumlari tushmasligiga)
qaratalmog'i kerak. Umuman olganda aholining sanitariya madaniyatini hamda ichak
138
kasalliklari (ayniqsa ularning yuqish yo'llari) haqidaga ma'lumotini oshirish juda
mug'im axamiyatga ega.
Trihotsefalyoz — asosan oshqozon-ichak tizimi a'zolarining faoliyatini buzilishi
bilan kechadigan, surunkali gelmintozdir.Qilbosh odamlar orasida ekg keng
tarqalgan gijjalar jumlasiga kiradi. Uning tarqalishi ham ko'pincha askaridozning
tarqalishi xududlariga mos keladi. O'rta Osiyoda, jumladan O'zbekistonda,
trixotsefalyoz o'choqlari asosan tog'li va tog'oldi tumanlarida topiladi. Kasallik
Farg'ona, Namangan, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida keng tarqalgan.
Etiologiyasi. Kasallikni qo'zg'atuvchisi — qilbosh (Trichocephalus trichiurus).
Erkagining uzunliga 3-4.5 sm, urg'ochining uzunligi — 3.5-5.5 sm bo'ladi. Odam
ichagida qilbosh 4-5 yil yashaydi.
Qilbosh asosan ichakning ko'richak qismida, ko'p bo'lganida yo'g'on ichakning
boshqa qismlarida, faqat ayrim hollarda ingachka ichakda ham istiqomat
qiladi ichakka chuqur kirib oladi, tanasi esa ichak bo'shlig'ida osilib qolada. U odam
qoni bilan oziqlanadi. Ichakda qilboshning soni bittadan tortib o'nlab, yuzlab va
hatto minglab bo'lishi mumkin. Urg'ochi gijjalar ichakda qo'ygan tuxumi (bir sutkada
1000 dan 3500 gacha) tashqi muhitga najas orqali ajraladi. Tashqi muhitda (asosan
tuproqda) tuxumdan lichinkalar (1-17 kun davomida) rivojlanadi. Og'iz orqali
tushgan lichinkalar o'n ikki barmoqli ichakning so'rg'ichlari orasiga joylashib olib, 3-
10 kun davomida shu yerda saqlanadi. So'ngra ichak bo'shlig'iga qayta tushib
ko'richakka keladi va shu yerda rivojlanib balog'atga yetadi. Qilbosh yuqori kundan
boshlab, to balog'atga yetguncha bo'lgan rivojlanish jarayon 30-40 kun davom etadi.
Epidemiologiyasi. Kasallik manbai, najasi bilan gijja tuxumini ajratuvchi odam.
Trixotsefalyoz — najas-og'iz yo'li bilan yuquvchi geogelmintoz hisoblanadi.
Kasallikning yuqish yo'llari xuddi askaridozga o'xshash. Tashqi muhit sharoiti qulay
bo'lgan taqdirda qilbosh tuxumlari tuproqda bir yilgacha va undan ortiq yashashi
mumkin.O'rta Osiyo, jumladan O'zbekistonda, trixotsefalyoz bilan ko'proq bog'cha
yoshidagi yoki boshlang'ich maktab yoshidagi bolalar kasallanadi.
Klinikasi. Kasallikning birlamchi klinik belgilari parazit yuqqanidan 1-1.5 kun
o'tgach ko'rina boshlaydi. Bemorni ko'proq ko'ngil aynashi, ishtag'aning pasayishi,
so'lak oqishi, qorinda ko'proq o'ng pastki qismda, og'riq bezovta qiladi. Agarda
qilbosh ichakning chuvalchangsimon o'simtasi ichiga kirib qolsa, unda sanchishish
og'riq, agarda unga infeksiya qo'shilsa appenditsit huruji kuzatiladi. Biroq iqlimiy
sharoiti mo'tadil bo'lgan hududlarda trixotsefalyoz subklinik turda kechadi.Invaziya
darajasi yuqori bo'lgan taqdirda og'ir va asoratli kechadi. Bunda ko'pincha diareya
surunkali tus oladi va ahlatda shilliq va qon aralashmasi, ichakda og'riq, tenezm
(og'riqli kuchaniq) kuzatiladi hamda bemor kundan-kunga ozib ketadi. Kasallik
bakterial infeksiya bilan birga kechganda, ayniqsa bolalarda, tug'ri ichagi tushishi
(chiqib qolishi) ko'riladi. Invaziya uzoq davom etganida gipoxromli yoki normaxromli
kamqonlik rivojlanadi va biroz eozinofiliya (10-20%), hamda S, V, V2 vitaminlap
muvozanati buzilganini ko'rish mumkin.Najasni ko'rilganda, unda yopishqoq quyuq
shilliq va qon aralashmasi ko'rinadi. Mikroskop ostida qaraganda qilbosh
tuxumlaridan tashqari, Sharko-Leyden kristallari, eozinofillap va boshqa ekssudativ
139
va epitelial xujayralar bo'ladi.Trixotsefalyoz tashxisi najasda qilbosh tuxumini
aniqlashga asoslanadi. Bunda koprogelmintoskopiya usulidan foydalanish ko'proq
ijobiy natija beradi.
Davolash. Gijja xaydovchi dorilardan naftamon, difezid, mebendazol,
tiabendazol keng qo'llanadi.Difezil va naftamonni - 5 yoshgacha bo'lgan bolalarga -
2.5 g, 5 yoshdan yuqori bolalar va kattalarga — 5 g dan 5 kun davomida beriladi.
Ko'rsatilgan miyedordagi dorini 30-50 g suvda (yoki iliq qandli sharbatda) yaxshilab
aralashtirib bir marta ichiladi. Tiabendazol — 1kg og'irlikka 35
mg xisobida bir kunda
bir marta 2 kun davomida beriladi.Mebendazol (vermoks) — kattalarga va 9 yoshdan
yuqori bolalarga 100 mg (1 tabletka) dan kunda 2 mahal, 3 kun davomida beriladi.
Xomilador ayollarga vermoks berish mumkin emas. Takroriy kurs faqat 2-3 oydan
so'ng o'tkazilishi mumkin.
Profilaktikasi. Profilaktik choralar huddi askaridozdagi singari o'tkaziladi.
Teniarinxoz — surunkali kechishga moyil, ko'proq oshqozoni ichak yo'lining
yuqori qismini jaroxatlash bilan kechadigan gijja kasalligidir.Teniarinxoz — og'iz
orqali yuquvchi (peroral), antroponoz biogelmintozdir.
Etiologiyasi. Kasallikni qo'zg'atuvchisi — Tseniarhynchus saginatus (sepen
bichiy) rivojlanib yetilgan davrida bu gijjaning uzunliga 7-10 metrgacha, eni 1.5-2.0
sm ga boradi. Gijjani tasmali (lentasimon) bosqichida — yirikkina boshi (skoleks),
bo'yni va bo'lakchalardan iborat uzun - tasmasimon tanasi bor. Tumshug'ida 4 ta
so'rg'ichi bor. Tanasi esa 1000 ga yaqin bo'lakchalardan (proglotid) iborat.Parazitni
tasmali bosqichi odamning (asosiy xo'jayini) ingichka ichagida parazitlik qiladi.
Ichakda rivojlashb yetilgan gijjadan uzilib chiqqan bo'lakchalar najas orqali
tashqariga chiqariladi. Barcha sestodlar singari T.Saginatus germafrodit bo'lib, har
bir bo'lakcha ichida ham erkak, ham urg'ochi a'zolar yetiladi, bitta gijja bo'lakchasida
— 145000-175000 tagacha tuxum bo'ladi. Tashqariga ajralgan bo'lakchalari xar xil
yo'llar bilan (ifloslangan hashak yem, suv va boshqalar) shoxli koramollar
organizmiga kiradi. Qoramol ichagida gajjaning lichinkalari parda ichidan chiqib,
qonga ,o'tadi va muskullar orasidagi biriktiruvchi to'qimalarga o'rnashib, yumaloq
pufakka o'xshash shaklga kiradi — ya'ni finnalar hosil buladi. Ana shunday tarkibida
finnalari bo'lgan qoramol go'shtini pishirmasdan iste'mol kilinganda bu finnalar
odam ichagiga tushadi ra rivojlanib balog'atga yetadi. Ba'zan odam ichagida bir
vaqtda birnecha gijja parazitlik qilishi mumkin.
Epidemiologiyasi. Teniarhinhozni birdan-bir manbai ichagida shu gijja bo'lgan
(yani invaziyalangan) odam hisoblanadi. Odam organizmida bu gijja 25 yil, va undan
ortiq parazitlik kilada. Paragitning lichinkali bosqichi, asosan oraliq xo'jayini 12 oy
davom etadi.O'zbekistonda gijjaning bu turi ko'proq Xorazm, Buxoro, Samarqand
viloyatlari, shuningdek, Qoraqalpog'istonda tarqalgan.
Klinikasi. Ko'pincha teniarinxoz juda kam belgilar bilan, faqat ichakdan gijja
bo'lakchalarini yoki, ayniqsa, gijja to'dasini ajralib chiqishi bilan namoyon bo'ladi.
Boshqa belgilar: biroz quvvatsizlik, bosh aylanishi, ochiqish, qorinda (ayniqsa,
ko'richak sohasida) og'riq kabi halokatlardan iborat bo'ladi. Ayrim bemorlarda tez
toliqish tinka qurishi, tajanglik, tez-tez ochiqish (keyinchalik esa aksincha
140
ishtahasizlik), o'htin-o'htin qorin og'riq, qorin kepchishi, ko'ngal aynash, ba'zan ich
ketishi kabi alomatlar kuzatiladi. Ayrim bemorlarda uyquning buzilishi, tez-tez bosh
aylanishi, ayrim hollarda hatto tutqanoq tutishi va boshqa nevrologik alomatlar
ko'rilishi kuzatiladi.
Asoratlari. Kamdan-kam holatlarda bu gijja ichak tutilib Qolishiga sabab bo'lishi
mumkin.
Tashxisi. Teniarinxoz diagnostikasi asosan — gijja bo'lakchalarini vaqti-vaqti
bilan ichakdan faol ravishda o'rmalab chiqib turishi yoki axlat bilan ajralib turishini
kuzatishga asoslanadi.
Davolash. Teniarinxozni davolashda oxirgi yilarda asosan yuqori samarali va
xam zaxarli bo'lgan fenosal (yomazan, niklozamid, sestotsid, vermutin va boshqalar)
keng qo'llanmoqda. Fenasal - bir berishda (sutkalik dozasi ham shu); 5 yoshgacha
bo'lgan bolalarga 0.54.0 g, 6-9 yoshdagadarga — 1-15 g, 10-12 yoshda — 1.5-2.0 g,
13 yosh va undan kattalarga — 2 g dan beriladi. Fenasalnn yotishdan oldin yoki
nahorga berilgani ma'qul. Uni berishdan oldin chorak stakan suvda 1-2 g, sodani
eritib ichiriladi.Fenasal bilan davolash uchun maxsus tayyorgarlik qilish shart amas,
Surga ham berilishda, xuqna ham qilinmaydi. Faqat yengil ham bo'luvchi taomlar
parhyezi tavsiya etiladi.Feyasal bilan davolash ko'pincha faqat 1 kun davomida
(ambulatoriya yoki unda) o'tkaziladi. O'tkazilgan davo natija bermagan taqdirda
preparatni yana 3 kundan keyin takroran berish mumkin. Xozirda fenasaldan
tashqari boshqa, tarkibida fenasal bo'lshan dixlosal yoki trixlosal singari dorilar dam
ishlatilmoqda. Bu preparatlar ovqatlanishdan 1-1,5 soat oldin shirin choy bilan
ichiriladi.
Profilaktikasi. Bu kasallik oldini olishda ayniqsa aholining sanitariya
madaniyatini ko'tarish (go'shtni faqat pishirilgan holda istemol qilish yaylovlarnn
ifloslantirmaslik, chorva ho'jaliklarini ozoda saqlash), bemorlarni aniqlab davolash,
go'shtlarni albatta veterinarlar ko'rigidan utkazish ahamiyatga egadir.
Tenioz — asosan oshkozon-ichak yo'lining yuqori qismini jarohatlash bilan
surunkali kechadigan gijja kasalligidir. O'zbekistonda ahyon-ahyonda uchrab turadi.
Etiologiyasi. Tenioz kasalligini quzg'atuvchi gijja Toenia solium, ya'ni cho'chqa
soliteridir. U o'zining tuzilishi jihatidan qoramol soliteriga o'xshab ketadi, biroq
tumshug'ida 4 ta so'rg'ichidan tashqari 22-32 ta ilmoqli hartumi ham bor. Shuning
uchun uni qurollangan soliter deb ham atashadi. Bu gijja ham tasmasimon, nisbatan
biroz kaltaroq (1.5-2.0 m) bo'lib, 1000 ga yaqin bo'lakchalardan tashkil topgan.
Yetilgan bo'lakchalarda tuxumga to'lgan bachadoni bo'ladi.Bo'lakchalar, odamning
axlati orqali asosan uzilib tushgan xolda ajraladi, faol ajralishi esa juda kam
kuzatiladi. Ajratadigan tuxumi morfologik jixatdan qoramol soliteri tuxumidan
deyarli farqlanmaydi. Bu gijjaning rivojlanishi ham asosiy (odam) va oraliq (asosan uy
cho'chqasi) xo'jayinlar a'zolarida almashinib o'tadi.
Epidemiologiyasi. Kasallik manbai invaziyalangan odam xisoblanadi. Balog'atga
yetgan gijja odam ichagida (asosan ingichka ichakda) yashaydi. Yetilgan
bo'lachaklarida gijja tuxumi (onkosfera) bilan to'lgan bachadoni bo'ladi. Gijja
bo'lakchalari vaqti-vaqti bilan tanasidan bo'linib (uzilib) axlat orqali tashqi muhitga
141
ajralib turadi. Ifloslangan suv va turli yem-xashak ozuqalar orqali oraliq xo'jayin
bo'lmish uy cho'chqalari (kamdan-kam hollarda — yovvoyi cho'chqalar, itlar,
mushuklar va hatto odam) organizmiga tushadi va ularning mushaklari orasidagi
biriktiruvchi to'qimalar tuxumlardan lichinkalar - sistitseralar paydo bo'ladi.Cho'chqa
soliteri odamga asosan yaxshi pishirilmagan cho'chqa go'shti iste'mol qilganda
yuqadi. Bundan tashqari g'ijja tuxumi sog'lom odamga boshqa bemor odamdan yoki
gajjali odamni o'zidan-o'ziga yuqishi mumkin. Bunda yuqish yo'llari — bemorning
najasi bilan ifloslangan qo'l, sabzavotlar, mevalar va turli oziq-ovqatlar orqali sodir
bo'ladi.
Klinikasi. Ko'pchilik holatlarda tenioz klinik belgilarsiz kechishi mumkin. Ba'zan
bemorlarda ko'ngil aynash, vaqti-vaqti bilan qusish, ich ketishi, qorinda og'riq, bosh
aylanishi, uyquning buzilishi, xushdan ketish, kamdan-kam hollarda tutqanoq huruji
kuzatiladi. Surunkali davrida kasallikning belgilari teniarinxoz belgalariga o'xshab
ketadi.
Sistitserkozning klinikasi esa uning joylashgan qismiga, ko'p-ozligiga va
rivojlanish bosqichiga bog'liq bo'ladi.Sistitserka ko'zda joylashganda — reaktiv
konyunktivit, retinit, uveit singari jarohatlanishlar bo'lib, ko'rish yomonlashishi yoki
ko'rlik yuzaga kelishi mumkin.Yurak sistitserkozi bo'lgan taqdirda ba'zan yurak ritmi
buziladi. Eng ko'p klinik belgilar va og'ir oqibatli kechishi bosh miya sistitserkozida
kuzatiladi. Bemorlarda vaqti-vaqti bilan tirishish, xotiraning yomonlashishi ko'riladi.
Hatto to'satdan o'lim bulishi ham mumkin.Sistitserkoz kasalligi umuman surunkali
(15 yilgacha va undan ortiq) kechishga moyil bo'lib, u xatarli kasallikdir.
Tashxisi. Xuddi teniarinxozdagi singari axlat bilan ajralib, chiqqan gijja
parchasini ko'rish yoki tuxumini aniqlashga asoslangan. Lekin, sisgitserkozni
aniqlashda ancha murakkab usullarni (biopsiya, rentgenologik, miyada bosh miyani
rentgenografiyasi, angaografiyasi, tomografiyasi, ultratovush va boshqalar)
qo'llashga to'g'ri keladi. Serologik usullardan — komplemes, biriktirish reaksiyasi va
gemagglutinatsiya reaksiyalari qo'llanadi.
Davolash. Teniozni davolashda, sistitserkoz rivojlanishi xavfini oldini olish
maqsadida, ichakka gijjani bevosita parchalovchi dorilarni (fenasol, dixlorofen,
trixlorofen) qo'llash maqsadga muvofiq xisoblanadi.Fenasol (dozasi xuddi
teniarinxozdagi singari) ertalab naxorda ichirilib, 2 soatdan keyin yengil nonushta va
yana 1 soatdan keyin — tuzli surgi beriladi. Yana 2 xaftadan keyin shu kursi,
takrorlash tavsiya etiladi.Teniozni davolashda, shuningdek, qirqqulokning efirli
ektrakti xam ishlatiladi.Sistitserkozni davolashda esa prazikvantel (biltritsid) - kuniga
16.6 mg/kg xisobidan 14 kun beriladi, yoki 50 mg/kg xisobidan 10 kun beriladi. Bu
dori qo'llanishi davrida allergik reaksiyaga yo'l qo'ymaslik maqsadida
glyukokortikoidlar ham berib boriladi.
Profilaktikasi. Tenioz tarqalishini oldini olishda ham xuddi teniarinxozdagi
singari. Ayniqsa, cho'chqachilik xo'jaliklarida veterinariya xizmati bilan xamkorlikda
veterinar-gigiyenik chora-tadbirlar o'tkaziladi.
Gimenolipedoz — asosan oshqozon-ichak sistemasi faoliyatini buzilishi bilan
namoyon bo'ladigan surunkali parazitar kasallikdir. Gimenolepidoz peroral
142
antroponoz kongigaoz gelmintozdir. U barcha (ayniqsa, issiq) o'lkalarda, shu
jumladan Markaziy Osiyoda keng tarqalgan gijja turlaridandir.
Egiologayasi. Gimenolepidozni qo'zg'atuvchisi Hymenolepis nana (pakana gijja)
nisbatan kichkina (bo'yi 1.5-2.0 sm, ayrimlari 5 sm gacha, eni 0.55-0.7 mm) gijja
bo'lib, uning boshi (skoleks) da 4 ta so'rg'ichi, kichkina xartumi va 20-30 ta ilmoqlari
bor, tanasi strobila, 160-1000 tachaga germofradit bo'lakcha (proglotit) lardan
tashkil topgan.U rivojlanish jarayonini odam organizmini o'zida to'liq o'tkaza oladi,
shuning uchun ham odam shu gijjaga ham oraliq, ham asosiy xo'jayini hisoblanadi.
Gijja tanasida 200 ga yaqin bo'lakchalari bo'lib, bu bo'lakchalar (har birida 180
tagacha) tuxumlar bilan liq to'la, bachadondan iborat bo'ladi.Pakana gijjalar
odamning ingichka ichagida yashaydi va ularning soni har bir bemorda 200 va undan
ortiq bo'ladi. Boshqa tenidlardan farqli o'laroq, bu gijjaning tuxumlari faqat gijja
bo'laklari tashqariga chiqarilgandan keyingana amas, balki ichakni ichida ham
(bo'lakchaning yorilishi yoki undan siqib chiqarilishi yo'li bilan) ajraladi.
Bu holat bemor ichagida autoinvaziya hodasasi yuz berishiga olib keladi.
Epidemiologiyasi. Bemorning axlati bilan tashqariga ajratilgan gijja tuxumlari
atrofdagi har xil buyumlarni ifloslantiradi. Bu ifloslangan buyumlardan (ayniqsa
hojatxona eshigining bandlari, unitazlar, tuvaklar, o'yinchoqlar va boshqalar) kontakt
yo'li bilan og'izga tushadi. Bu gijja tuxumlarining tarqalishida pashshalar ham ma'lum
ahamiyatga ega. Klinikasi. Ayrim bemorlarda gimekolepidoz klinik belgilarsiz, yoki
subklinik tarzda o'tishi mumkin. Klinik namoyon kechganida esa, bemor ishtahaning
pasayganligi, bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi, goho qusish, kindik atrofida og'riq, ba'zan
kuchli hurujli bo'ladi, Qorin og'rig'i ovqat yeyilishi bilan bog'liq bo'lmay, najas
ko'pincha suyuq, ba'zan shilimshiq aralash bo'lishi mumkin. Ko'pchilik bemorlar
tajang bo'lib qoladi, ularni bosh og'rig'i, bosh aylanishn, tez toliqish bezovta qiladi.
Bolalarda vaqti-vaqti bilan mushaklar tortishishi, to'tqanoq singari tirishishlar, qisqa
muddatli xushini yo'qotishlar bo'lishi mumkin. Ayrim bemorlarda qichimali toshma,
vazomotor rinit, Kvinka shishi singari alomatlar, ba'zan jigar kattalashishi va uning
faoliyati buzilganligi kuzatiladi.Qonda biroz gapohrom anemiya, leykopeniya,
kamdan-kam hollarda eozinofidiya, ECHT ortganligini ko'rish mumkin.
Tashxisi. Asosan bemor najasidan gijja tuxumini, yoki gajjaning o'zini aniqlashga
asoslangan. Tekshiruvni uch marta takrorlash tavsiya etiladi.
Davolash. Gimenolepidozni davolashda fenasal yaxshi samara beradi. Uni 2
kundan, 5 kun oralab, 6-7 marta takror kundalik dozasi 5 yoshgacha bo'lgan
bolalarda — 1g, 6-9 yoshgacha — 1.5 g, 9 yoshdan yuqori bolalar va kattalarga 2 g
dan beriladi. Uni naxorda ovqatlanishidan 1.5-2 soat oldin, teng miqdorda shakar
qo'shib, ozgina suv bilan ichiriladi. Bunday davolash kursini o'tkazish uchun alohida
tayyorgarlik talab etilmaydi. Biroq parhyezi yengil hazm bo'ladigan taomlardan
iborat bo'lishi kerak. Surgi dori berish, yoki xuqna qilishga ham xojat yo'q.
Davolanish davrida va yana 3-4 kun keyin bemor xar kuni dushda yuvinishi va
kiyimini almashtirib turishi kerak. Bundan boshqa ham birqancha davolash sxemalari
xam mavjud.Spetsifik davolashdan tashqari bemorga vitaminlar berib turiladi.
Profilaktikasi. Axoli (ayniqsa, bolalar) sanitariya madaniyatini orttirish shaxsiy
143
gigayena qoidalariga rioya kilish, invaziya o'choqlarida sanitariya-gigiyena talablarini
olib borish, pashshalar va kemiruvchilarga qarshi kurashish, xojatxonalarni tez-tez
dezinfeksiya qilib turish singari choralar kasallik profilaktikasining asosini tashkil
qiladi. Biroq gimenolepidozda ichakni o'zidan qayta-qayta yuqish (autoinvaziya) va
organizmga moslashib olish (adaptatsiya) xodisasi bo'lganligi tufayli, yuqorida
aytilgan tadbirlar yetarli bo'lmaydi. Shuning uchun xam gamenolepidozni yo'qotish
uchun avvalo invaziya manbaini yo'qotmoq kerak. Ya'ni barcha invaziyali bemorlarni
aniqlab, ularni fenasal bilan to'liq davolangandagina kutilgan natijaga erishish
mumkin.
Exinokokkozlar - gijjalarning lichinkalari ko'zg'atadigan kasalliklar guruxiga
mansub. U barcha qit'alarda tarqalgan bo'lib, insonlar salomatligaga va ayniqsa
chorva xo'jaliklariga katta talofat yetkazadi.
Exinokokkozlar ikki xil bir-biriga o'xshash, ammo mustaqil (o'zlarning aloxida
qo'zg'atuvchisi) bo'lgan kasalliklarni o'zida birlashtiradi. Bular exinokokkoz va
alveolar exinokokkoz (alveokokkoz) lardir.
Exinokokkoz — jigarda, kamrok o'pka va boshqa a'zolarda, bir kamerali pufak
yoki pufaklar xosil qiluvchi surunkali parazitar kasallikdir.Etiologiyasi. Exinokokkoz
qo'zg'atuvchisi Echinococcus granulosus deb ataluvchi gijjaning lichinkalari
bosqichidir. Gijjalar o'zining jinsiy yetuk bosqichida it, mushuk, bo'ri, shaqol
,
yovvoyi
it va mushuklar, arslon singari xayvonlarning ingichka ichagida parazitlik qiladilar.
Exinokokkning kistasi — 1-50 mm kattaligida, bir kamarli pufak (kista) dan iborat
bo'lib, devori ikki kavat pardadan tashkil topadi. Pufakcha ichida sukmushk va 100 ga
yaqin gijja lichinkasi bo'ladi. Exinokokk uzunligi 2-7 mm keladigan mayda
tasmasimon gijjadir. Uning boshida (skoleks) 4 ta so'rg'ichi va ikki kator joylashgan
(38-40 ta) ilmoqlari bor. Tanasi 2-6 bo'lakchadan iborat bo'lib, oxirgi bo'lakcha ichi
tuxumchalar bilan to'la bachadondan tashkil topadi.
Epidemiologiyasi. Exinokokkoz og'iz orqali yuqadigan zoonoz biogelmintoz
xisoblanadi. Odam uchun asosiy invaziya manbai uy itlari, kamroq xollarda bo'ri,
shaqol va shu kabi xayvonlardir. Yetilgan tuxumlar va gajjaning tuxumlar bilan to'la
bo'lakchalari hayvonlarning axlati orqali ajralib, ularning junlari va atrof muxitni
ifloslantiradi.Odam va boshqa oraliq xo'jayinlarga gijja tuxumi og'iz orqali gijjali
xayvonlar bilan muloqotda bo'lganda, ifloslangan mevalar, yoki suv iste'mol
qilinganda yuqadi. Exinokokkoz O'rta Osiyo Respublikalarida ko'proq tarqalgan.
Klinikasi. Exinokokkoz 5
yoshgacha bo'lgan bolalarda va asosan o'rta yoshdagi
odamlarda kuzatiladi. Kasallik asta-sekin rivojlanadi. Eng ko'p (50-80% bemorlarda)
kuzatiladigan jigar exinokokkozi kechishida uchta bosqich farqlanadi: 1-bosqich —
latent davri — gijja yuqqandan, to birinchi klinik simptomlar paydo bo'lganga qadar,
2-bosqich - kasallikning klinik belgilari namoyon bo'lishi bilan boshlanadi. Bemorlar
odatda ishtaxaning pasayishi (yo'qoliish), darmonsizlik, ozish, bosh og'rig'i, vaqti-
vaqti bilan tana xarorati bir oz ko'tarilishi kabi alomatlarga shikoyat kiladilar.
Ko'pchilik bemorlar o'ng qobirga ostida og'irlik va qorinda og'riq his etadalar,
ko'ngillari aynab, ba'zan quusadilar va ichlari buziladi. Ayrim bemorlar terisida
qichimali allergik toshmalar ko'riladi. Jigar (asosan o'ng bo'lagi) kattalashgan va
144
qattiqlashgan bo'ladi. 3-bosqichda turli asoratlar namoyon bo'ladi. Bunda turli
darajadagi (hatto anafilaktik shok) allergik belgilar, exinokokkning boshqa
a'zolarga tarqalishi, pufak yiringlagan taqdirda a'zoda abssess belgilari yuzaga keladi.
Agar kista yorilib, yiring qorin bo'shlig'iga tushsa — peritonit, plevralar oralig'i
bo'shlig'iga tushsa chiopnevmotoraks ravojlanadi.Periferik qonda — eozinofiliya va
ECHT ortishi.O'pka exinokokkozi 15-20% bemorlarda kuzatiladi. Boshlang'ich davrda
— o'pka abssessi rivojlanadi. Unda bemor avvaliga ko'kragida og'riq xis etadi, nafasi
tezlashadi, yo'tal paydo bo'ladi, shilimshiq, keyinchalik yiring va ozgina qon aralash
balg'am chiqaradi. Tana harorati ko'tarilib, bemorning ahvoli kundan-kunga
og'irlashib boradi. Keyinchalik exinokokk pufagining yorilishi bemor axvolining keskin
o'zgariishga olib keladi. Exinokokk pufagi bronxga yorilganda qattiq yo'tal paydo
bo'lib, bemorning nafasi qisib, yuzi ko'karadi, ko'p-ko'p, ba'zan qon aralash, balg'am
ajraladi. Balg'amda bunday xolat bir necha kun, ba'zan bir necha xafta davom etib,
so'ngra aspiratsion pnevmoniya alomatlari rivojlanadi. Pufak plevra bo'shlig'iga
yorilganda ekssudativ plevrit hamda pnevmo- va piopnevmotoraks alomatlari yuzaga
kelishi mumkin. Pufak perikarda yorilganda esa shok yuzaga kelishi va bemor
to'satdan o'lishi mumkin. Buyrak, bosh miya va boshqa a'zolarning exinokokkozida
shu a'zolarning kasallik alomatlari kuzatilada. Bunday xolda albatta jigar
exinokokkozini xam axtarmoq kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |