№10 mashg’ulot Назорат саволлари



Download 28,89 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi28,89 Kb.
#88171
Bog'liq
10-mavzu mikrobiologiya


№10 mashg’ulot





Назорат саволлари

Жавоблар

1

1- вазиятли масала. Участка шифокорини темпратураси кўтарилаѐтган, ичи кетаѐтган, қусаѐтган беморни кўриш учун чақиришди.

- Бу инфекцион касаллик келиб чиқишига нима сабаб бўлиши мумкин?

- Текшириш учун қандай материаллар олинади ва текширилади?


- Ushbu kasallik hazm trakti bilan bog’liq yuqumli kasallik.Bemorning ichi ketayotgani sababi dizenteriya bo’lishi mumkin. Qusish esa botulizm bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Infeksion kasallik qonga o’tganidan so’ng temperatura ko’tarilishi yuz beradi.

- Tekshirish uchun material najas va qondan olingan degan xulosaga kelish mumkin.



2

2 - вазиятли масала.

Бактериолог врачга, даволовчи врач маслахат билан мурожат қилди, яъни у даволаѐтган беморда юқори темпратура ва диарея борлигини айтди.

- Харорат кўтарилишига нима сабаб бўлиши мумкин?

- Текширилувчи материални кайси озука мухитларига экасиз?



- Bemorda yuqori temperatura va diareya kuzatilgan. Bu holatda ichburug’ qonga o’tgan. Bu esa temperatura ko’tarilishiga sabab bo’lgan.

- Shigella avlodiga kiruvchilarni ajratib olish uchun qiyshiq agarga ekiladi. Rangiga va antigenga javobiga qarab ajratiladi.



3

Юқумли касаллик даврларини сананг.

Quyidagi davrlar bor:

  1. Yashirin davr – mikrobning organizmga tushgan paytidan boshlab dastlabki belgilar paydo bo’lgunga qadar o’tgan davr.

  2. Prodramal davr – kasallik dastlabki belgilari paydo bo’lgan davr.

  3. Kasallik avj olish davri – kasallikka xos bo’lgan barcha belgilar yaqqol ko’zga tashlanadi.

4

Юқумли касаллик формаларини айтинг.

Infeksiyaning manbayiga qarab:

  1. Zoonoz – infeksiyalarga (tovuq va it o’latida) faqat hayvonlar chalinadi.

  2. Antropoz – infeksiyalar (qorin tifi, vabo, ichburug’, zahm) faqat odamlarga yuqadi. Bunda bemor yoki bakteriya tashuvchi kishi infeksiya manbayi bo’ladi.

  3. Sopronoz infeksiyalarda tashqi muhit kasallik qo’zg’atuvchi manba (suv, havo, tuproq) hisoblanadi. Masalan, qoqshol, botulizm, gazli gangrena(qorason), leptospiroz kasalliklari.

5

Инфекциянинг ўтиш йўллари қандай бўлади?

Infeksiyaning yuqish yo’llari:

  1. Vertikal yo’l – onadan bolaga o’tuvchi (OITS, zahm, so’zak, B va C gepatit).

  2. Parenteral yo’l – to’liq sterillanmagan tibbiyot asboblari orqali (OITS, B va C gepatit).

  3. Transmissiv yo’l – turli hasharotlar orqali odamga yuqadi (bezgak, leyshmaniyoz).

  4. Muloqot yo’li: bevosita va bilvosita.

  5. Me’da-ichak yo’li – kasallik qo’zg’atuvchisi og’iz orqali tushadi (ichburug’, A va B gepatit).

  6. Havo tomchi va havo chang yo’li (gripp, ko’kyo’tal, qizamiq, sil).

6

Патоген агрессив ферментларни сананг. Уларни аниклашга битта мисол келтиринг.

Bunday agressiv fermentlarni patogen va shartli patogen mikroorganizmlar ishlab chiqaradi. Misol uchun gialuron kislotasini parchalovchi gialuronidaza fermenti. Bu ferment to’qimadagi gialuron kislotasini parchalaydi va biriktiruvchi to’qima yopishqoqligini pasaytirib yuboradi.

Agressiv fermentlarga plazmokoagulaza fermenti ham misol bo’ladi. Organizmga tushgan mikroorganizm plazmokoagulaza fermentini ishlab chiqaradi. Bu esa organizmdagi qon plazmasining ivishiga olib keladi va plazmakapsula hosil bo’ladi. Mikrokapsula mikroorganizmni himoyalaydi.



7

Патогенлик ва вирулентлик нима?

Patogenlik - tur belgisi bo’lib, organizmga patogen qo’zg’atuvchilarning kirishi va to’qimalarda patologik o’zgarishlarni keltirib chiqarishi tushuniladi. Patogenlik xususiyati bakteriya genomida yoki uning tarkibidagi plazmidlar, transpozonlar tarkibida bo’lishi mumkin.

Virulentlik – shtamm belgisi bo’lib, bu xususiyati miqdoriy hisoblab chiqish mumkin. Virulentlik faktorlari quyidagilar:



  1. Kolonizatsiya;

  2. Adgezivlik;

  3. Penetratsiya;

  4. Invazivlik;

  5. Agressivlik.

8

Юқумли касалликларга қандай ташхис қўйилади?

Yuqumli kasalliklarga tashxis qo’yishda mikrobiologik, mikroskopik, immunoflyuoretsentsiya, serologik, immunologik, biologic, teri-allergik sinamalari, polimeraza zanjirli reaksiya(PZR), klinik va biokimyoviy tekshirish tashxis apparatli va bsoshqalar foydalaniladi. Tashxis qo’yish usullari ko’p bo’lishiga qaramay eng aniq usul mikrobiologik ya’ni mikroorganizmlar undirmasini olish va uni turli yo’llar bilan idenfikatsiya qilish bo’lib qolmoqda.

9

Бактерия хужайрасида неча хил ўзгарувчанлик кузатилади?

Mikroorganizmdagi o’zgaruvchanlik 2 ga bo’linadi:

  1. Nasliy o’zgaruvchanlik – bu mutatsiya va genlarning irsiy rekombinatsiyasi hisobiga yuzaga keladi.

  2. Nasliy bo’lmagan (modifikatsion) o’zagaruvchanlik – bu genotipga xos populyatsiyalarning turli sharoitda rivojlanishi natijasida hosil bo’ladi.

10

Экзотоксин кимѐвий табиати ва бошка хусусиятлари билан эндотоксиндан фарқ қилади?

Ekzotoksinlar kimyoviy tarkibiga ko’ra oqsil tabiatli moddalar.

Endotoksinlar esa lipopolisaxarid tabiatli toksindir.

Ekzotoksinlar:


  1. Termolabil;

  2. Spetsifik;

  3. Zaharlilik;

  4. Antigenlilik.

Endotoksinlar:

  1. Termostabil;

  2. Tanlab ta’sir qiladi;

  3. Kam zararli;

  4. Kam spetsifik.

11

Эпидемик жараѐн нима ва унинг қандай кўринишларини биласиз?

Yuqumli kasaliklarning qo’zg’atuvchilari kishilar jamoasi orasida tarqalishi epidemik jarayon deyiladi. Epidemik jarayon quyidagi 3 ta zaruriy sharoit (harakatlantiruvchi kuch) mabjud:

  1. Infeksiya manbayi;

  2. Infeksiyaning yuqish mexanizmi;

  3. Aholining kasalliklarga moyilligi.

12

Бактериялар мутацияси неча хил бўлади?

Mutatsiya DNK tuzilishidagi turg’un nasliy o’zgarishdir. Kelib chiqishiga ko’ra:

  1. Spontan(tabiiy);

  2. Induksiya qilingan.

Mutatsiyaga uchragan genlar soni va birlamchi DNK tuzilishidagi o’zgarishlarning tavsifiga ko’ra gen, xromosoma darajasidagi mutatsiyalar farqalanadi.

Gendagi mutatsiyada birgina, xromosomadagi mutatsiyada esa bir nechta gen jarohatlanadi.



Download 28,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish