Xvii-xviii asr koreys adabiyotiy

Download 16,47 Kb.
Sana06.07.2022
Hajmi16,47 Kb.
#744022
Bog'liq
XVII-XVIII ASR-WPS Office

XVII-XVIII ASR KOREYS ADABIYOTIY

Asosiy tushunchalar:

Konfutsiychilik rasmiy mafkura sifatida

Sirxak - real fanlar uchun harakat

Sosol

Koreys "klassitsizm” – xitoycha andozalarga amal qilish

XVII asrning ikkinchi yarmida va XVIII asrda Koreyaning iqtisodiy, mafkuraviy va madaniy hayotida jiddiy o'zgarishlar yuz bera boshladi, lekin u avvalgidek qoloq, agrar-feodal mamlakat bo'lib qolaverdi. Natural xo'jalik avvalgidek feodal jamiyatning iqtisodiy asosini tashkil etardi. Davlat tuzumi XIV asr oxiridan boshlab qirol boshchiligidagi markazlashtirilgan sharqiy-feodal despotiyadan iborat edi. Mamlakatni murakkab iyerarxiyaviy tizimini tashkil etuvchi feodal amaldorlar tabaqasi boshqarardi.

Koreya feodal jamiyatining mafkuraviy hayotida Xitoyda Xitoydan kelgan konfutsiychilik yetakchilik qilardi. XV asrdan boshlab konfutsiychilik Koreyada rasmiy mafkura, falsafa va dinga, despotic hokimiyatning nazariy asosiga aylandi. Konfutsiychilik asrlar mobaynida xalqda qullikka toqat qilish, so'zsiz bo'ysunish va itoatkorlikni tarbiyalab keldi. Ammo, XVII-XVIII asrlardagi keskin kurash sharoitida konfutsiychilik asoslariga jiddiy putur yetdi, yanbanlar hukmron sinfi bilan xalq o'rtasidagi kurash kuchayib bordi. Umchjin urushidan keyin bu qarama-qarshilik ayniqsa kuchaydi. Chet elliklar bostirib kirishi eng avvalo xalq ommasining iqtisodiy holatiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Hukmron sinf olib qo'ygan yerlarni ekspropriasiya qilish siyosati oddiy odamlarning shusiz ham ayanchli ahvolini yanada og'irlashtirdi. Yirik pomeshchiklar va amaldorlar dehqonlar va jamoalarning yerlarini zo'ravonlik bilan tortib olishi Koreyada Imchjin urushidan ancha oldin boshlangan edi, lekin u ayniqsa XVII asrda kuchaydi va XIX asrgacha davom etdi.

XVII asrda asta-sekin kuchayib borgan xalq noroziligi va qahr g'azabi XVIII asrning boshlari va birinchi yarmida qurolli qo'zg'olonlarga aylandi. Ayniqsa 1741 yilda bo'lib o'tgan qurolli qo'zg'oloni keng ko'lam kasb etdi. Unda mamlakat turli provinsiyalarining dehqonlari va qashshoq shahar aholisi ishtirok etdi. Shu tariqa feodal tizim inqirozi yetildi.

Koreyada hukmron sinflarning jabr-zulmiga qarama-qarshi o'laroq, XVII asrda yangi g'oyaviy ma'rifatchilik harakari vujudga keldi va XVIII asrda u yanada rivojlandi. Xalq ommasining noroziligini aks ettirgan bu harakat asosan feodal tizim va mafkura inqirozining mahsuli-dvoryanlar muxolifati bilan bog'liq edi.

Yerlarning ekspropriatsiya qilinishi dehqonlarning yanada qashshoqlashuvigagina emas, balki mayda va o'rta dvoryanlikning kasodga uchrashiga ham olib keldi. Mazkur tabaqalarning vakillari o'rtasida norozilik kayfiyati kuchaydi va yangicha dunyoqarash ma'rifatchilik vujudga kelishiga sabab bo'ldi. XVII-XVIII asrlarda Koreyada yangi mafkura fan asoschilari, hamda taniqli va namoyondalari yanbanlarning yangi ilg'or vakillari edi. Dvoryanlar sinfiga mansubligiga qaramay, ular keng xalq ommasining, eng avvalo --dehqonlarning manfaatlarini ifoda etardilar. Koreya mafkurasi va fanidagi yangi yo'nalish "Sirxak" ("real fanlar uchun harakat") degan nom oldi.

Real fanlar uchun harakat dogmaga aylantirilgan konfutsiychilikni ham, tarkidunyochilikka asoslangan daosizmni ham rad etishni nazarda tutardi. "Rael fanlar maktabi" vakillari faoliyatsizlik va mushohadakorlikka qizg'in aqliy va amaliy faoliyatni qarshi qo'ydilar. Ular fan va mafkuraning turli sohalari – iqtisodiyot, siyosat, harbiy ish, texnika, adabiyotshunoslik, san'at va estetikada o'chmas iz qoldirdilar. Koreyada ma'rifatchilik harakati muayyan milliy-tarixiy zaminda, mamlakatda yuz bergan ijtimoiy va ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar hamda o'tgan asrlar ilg'or tafakkuri erishgan yutuqlar negizidagina emas, balki chet el-Xitoy va G'arbiy Yevropaning ilmiy-texnikaviy yutuqlari ta'sirida ham vujudga keldi.

115
San'at, shu jumladan tasviriy san'at rivojlandi, atoqli rassomlarning asarlarida realistik tendensiyalar tinimsiz kuchayib bordi. Realizm unsurlari sichjo va kasa shakllarida yozilgan she'riy asarlarida namoyon bo'la boshladi. Realistik unsurlarning faol rivojlanishi nasriy asarlarda ham (ayniqsa sosol' janrida va real fanlar maktabi tarafdorlarining asarlarida) kuzatiladi. Koreys klassik qissasining vujudga kelishi xalq ommasi kuchlarining o'sishi, quyi ijtimoiy tabaqalarning ozodlik kurashi bilan bog'liq. U xalq va imtiyozli tabaqasi davrining ma'rifatchilik g'oyalariga yaqin bo'lgan ilg'or vakillari ijodining mahsulidir.

Koreyada adabiyot rivojlanishining o'ziga xos sharoitlari tufayli xalq ijodi har doim madaniy hayotda ulkan rol o'ynagan. Feodal Koreya voqeligi tasvirlangan ayrim maishiy ertaklar diqqatga sazovor. Bu eng avvalo ijtimoiy antogonizmni aks ettiruvchi ertaklarga taalluqli. Bunga koreyslar orasida mashhur bo'lgan "Xin Bu va Nol Bu" ertagi misol bo'ladi. XVIII asrda uning negizida klassik qissa yaratildi.

Koreys fol'klorida ijobiy qahramonlar-kamsitilgan va xo'rlangan oddiy odamlarning butun bir galereyasi yaratilgan. Aynan ular koreys xalqining yuksak ma'naviy fazilatlari va eng yaxshi xossalari timsoli hisoblanadi. Ularning orasida koreys xalqining ayolga bo'lgan chuqur ehtiromidan dalolat beruvchi ayollar obrazlari ham anchagina. Chunonchi, umumxalq muhabbabitini qozongan Chxun Xyan va Sim Chxon keyinchalik adabiyotdan klassik qissalarning qahramonlari sifatida o'rin olgan.

Koreya va Xitoy madaniyati qadimdan uzviy rishtalar bilan bog'langan. Koreyaning o'z yaqin qo'shnisi-o'sha davrda nisbatan ilg'orroq mamlakat hisoblangan Xitoy bilan aloqalari Koreyada ma'rifatchilik harakatining rivojlanishida, hech shubhasiz, ulkan rol o'ynadi. Ko'pchilik koreyslar Xitoyga kelib, bu yerda mazkur mamlakat fani, qashshoq xo'jalik texnikasi va hunarmandchilik yutuqlari bilan tanishganlar. Koreys ma'rifatchilari G'arbdangina emas, balki Xitoydan ham o'rganish lozimligini ta'kidlaganlar.

116
Koreys "klassitsizmu" (xitoy adabiyotining yuksak andozalariga amal qilish koreys adabiyotshunosligida shunday deb ataladi) Qadimgi va o'rta asr Xitoy mumtoz san'atiga tayangan. Koreyada klassitsizm tamoyillariga konfutsiychi aristokrat yozuvchilargina emas, balki ilg'or adiblar ham amal qilganlar. Koreys adabiyotida klassitsizm dogmaga aylanib brogan, bu san'atda milliy va zamonaviy unsurlardan voz kechilishiga olib kelgan, konfiysiychi yozuvchilar o'z asarlarini asosan Xitoyning olis o'tmishiga bag'ishlaganlar. Ayni shu sababli XVIII asr ilg'or koreys yozuvchilari klassitsizmga qarshi kurash olib borganlar. Koreys adabiyotiga Xitoy ta'sirining boshlanishi Silla davriga to'g'ri keladi. Ammo keyingi asrlarda ham koreys shoirlari va yozuvchilari tan ustalari she'riyatini yuksak barkamollik andozasi deb hisoblaganlar.

Xitoy adabiyotida badiiy nasr janri koreys adabiyotidagidan oldinroq paydo bo'lgan. Chunonchi, XIV-XVI asrlardayoq Xitoyda mashhur tarixiy romanlar-Lo Guan-chjunning "Uch podsholigi" va Shi Nay-Anning "Daryo qo'ltiqlari" yaratilgan. Xitoy badiiy nasrining bu va boshqa asarlari XVII-XVIII asrlarda Koreyada yaxshi ma'lum bo'lgan. Shunday qilib, koreys demokratik nasrining tarixiy madaniy asoschilarini o'rganishda va unga xitoy adabiyotning ta'sirini ham hisobga olish lozim. Koreys klassik qissalariga o'ziga xos mavzular va shu bilan bir vaqtda xitoy klassik adabiyotidan olingan obraz va motivlar mavjudligi, til ba uslubdagi xitoizmlar xosdir. Bu mashhur koreys fol'kloriga adabiy ishlov berish bilan xitoy mumtoz adabiyotini yaxshi biladigan dvoryanlar tabaqasi vakillari shug'ullanganliklari bilan izohlanadi.

Ammo milliy zamin xalqdan uzoqlashgan koreys va konfutsiychi yozuvchilarining adabiy oliftagarchiligi va koreys konfutsiychi yozuvchilarining adabiy oliftagarchiligi va koreys nasridagi xitoizmlar turli hodisalardir. Koreys adabiyotidan o'rin olgan xitoycha motivlar, obrazlar va poetik iboralarni koreys xalqi asta-sekin o'z adabiy tafakkuri bilan bog'liq bo'lgan qadrdon unsurlar sifatida idrok eta boshlagan. Shunday qilib, bu taqlid emas,

117
11.2. Koreys tilidagi “chan-sichjo" she'riyati.

Xanmundagi she'riyat Vatanparvarlik - XVII asr koreys tilidagi she'riyatda muhim mavzulardan biri. Asrning o'rtalarida Xitoy manchjurlari bilan tinchlik muxoliflarining she'rlari alohida diqqat-e'tiborga sazovor bo'lgan. Xon Ikkan (1586-1637), Li Myonxan (1595-1645), Kim Sanxon (1570-1652) kabi shoirlar o'z she'rlarida taxtdan tushirilgan min sulolasiga sodiq bo'lib qolishga chaqirganlar.

Shouyan tog'laridan oqib kelayotgan suvlar

Bo-I va Shu-sining g'amgin ko'z yoshlari. Kechasi ham kunduzi ular tinimsiz

Davlatga sadoqat haqida shovullaydilar.

Xon Ikkanning bu she'ri XV asr shoiri Son Sammunning "Shouyan tog'lariga qarayman" sichjosiga o'xshash. So'nggi zikr etilgan she'rda ham mavzu XV-XVI asrlarda mashur bo'lgan umumiy obrazlar vositasida yoritilgan.

Mamlakatdagi vaziyatning o'ta beqarorligi (bosqinchilik urushiari natijasida xalqning xonavayron bo'lishi, manchjurlar talab qilgan misli ko'rilmagan miqdorda soliqlat saroy partiyalari o'rtasidagi kurashning kuchayishi va h.k) peyzaj she'riyatining rivojlanishini rag'batlantirgan. Bu turdagi she'rlar jamiyatda hukm surgan tartibdan norozilikni ifodalash shakllaridan biriga aylangan.

Tabiat tasviriga eng avvalo sichjo janrida ijod qilgan shoirlar murojaat etganlar. Tan olingan peyzaj ustalaridan biri taniqli davlat

arbobi va shoir Sin Xim (1566-1628) dir. Eshitdim-tunda kuchli sel yog'di.

Chiqdim-anorning barcha gullari ochilibdi.

Nilufarlar o'sgan ko'l uzra osilgan yaproqlarda

Billur tomchilar pardasi yaltirayapti.

Ga'mgin o'ylardan asar ham qolmadi.

124

G'am-hasrat tarqaldi, ko'ngil ochildi. "Daryolar va ko'llar" she'riyati mualliflari orasida Kim Gvanuk

(1579-1656) ham alohida ajralib turadi. Ammo sichjo janridagi peyzaj ustasi Yun Sondo (taxallusi Ko San) (1587-1671) koreys she'riyatida alohida o'rin egallaydi. Uning ijodida qadimgi koreys she'riyati xyanga va jonli xalq qo'shiqlari, xitoy klassik o'qimishligi va yangi davr ruhi o'zining uyg'un ifodasini topgan. Uning turkumlarga birlashtirgan sichjolari orasida eng sarasi qirq sichjodan
iborat "Baliqchining yil fasllari" turkumidir. Mana

she'rlaridan biri:

turkum

Quyosh o'zining choshgohdagi issiq nurlarini sochyapti, sd Daryodagi suv ham xuddi yog'dek erigan,

Hoy baliqchi, sen o'sha yoqqa qarab suz!

Bir joyda turganimdan nima foyda, Men hamma joyda baliq ovlayman.

Hoy, menga eshkakimni uzat!

Ammo "Sanlan suvi musaffo"

Esladim -va yana baliq haqida unutdim. Xalq qo'shig'i an'analariga murojaat etish (naqoratlar), o'sha davr koreys tilidagi she'riyat uchun kutilmagan o'xshatishlardan foydalanish ("xuddi yog'dek") va xitoy mumtoz adabiyotidan olingan reminissensiyalarni ishlatish ("Sanlan suvi musaffo") shoir yangi badiiy ifoda vositalarini topish yo'lida izlanganidan dalolat beradi.

Ko San she'riyati o'sha davr koreys adabiyotining realistik tendensiyalarini, o'zini qurshagan dunyoni haqqoniy va batafsil tasvirlashga intilishi aks ettiradi. Uning she'rlari koreys lirik

she'riyatida o'ziga xos hodisadir. XVI asr shoiralari kisen ijodida ko'tarilgan muhabbat

mavzusi XVII she'riyatida ham davom ettiriladi. Unga Chu lysik (1675-?) va Kim Samxyon (1675-1720) kabi shoirlar e'tiborini qaratadi. Sevgi lirikasi inson hayotining konfutsiychilik ahloqi e'tiboridan chetda qolgan intim tomoniga e'tiborni qaratadi. Mazkur

125

lirika tasviriy vositalarni an'anaviy adabiyotdan ham, xalq ijodidan ham o'zlashtiradi, lekin tasvir doirasidan chetga chiqmaydi.

XVII asrda koreys she'riyatida chan-sichjo – uzun sichjo janri rivojlanadi. Bu janrda yaratilgan asarlar mualliflarining dunyoni aniq tasvirlashga intilishi bilan tavsiflanadi. Koreys peyzaj lirikasidan farqli o'laroq, uzun sichjoda tabiat yaxlit va yagona hodisa sifatida tavsiflanmaydi. Umuman olganda, sof peyzaj lirikasiga bag'ishlangan uzun sichjolarga misollar juda kam. Olamning abadiyligi va cheksizligidan bahs etuvchi tog'lar, daryolar va ko'llarning keng tasviri yo'qoldi. Endilikda tabiat nafaqat go'zal, balki amaliy ahamiyatga ham ega. Inson o'ziga bevosita yaqin bo'lgan narsalarni tasvirlaydi. Turli hashoratlar, o'simliklar, baliqlar va hokazolar sanab o'tilgan she'rlar yaratiladi. Bir qarashda, she'rda
ortiqcha bo'lib tuyulgan mazkur tafsilotlar ko'pincha ijtimoiy tanqid

vazifasiga bo'ysundiriladi:

Ayting, do'stlar, bu dunyoda qanday yashayin, Axir hammayoqda qonho'rlar bosib yotibdi-ku?

Yirik bitlar - kattaligi arpa donidek, Mayday bitlar - kattaligi tariq donidek,

Jajji bitlar — ularni ko'z ham ko'rmaydi,

Yangi qonga to'ygan burgalar, Va qonsiz ozib qolgan burgalar,

Komungoga o'xshash taxtakanalar,

Chivinlar va so'nalar, kanalar va arilar,

Son-sanoqsiz suvaraklar – qora, sariq, qizg'ish, Har xil qo'ng'izlar, qo'ng'izchalar, zuluklar,

Va uzunoyoq iskabtoparlar,

Kaltaoyoq mayday chivinlar va moskitlar va moskitlar galalari, Ayrimlari - qonga to'ygan, ayrimlari - och!

Ular bir lahza tin olmaydi,

Kechasiyu kunduzi qiynaydi va qiynaydi! Biri chaqadi, biri nish sanchadi, biri qon so'radi Va har biri inson qoniga tashna!

126

I. Su bilan bir vaqtda she'riyatda inson tiplarining rang barangligini tavsiflashga intilish ham paydo bo'ladi: Ayollar naqadar bir-biriga o'xshamaydi!

Biri lochinni eslatadi,

Boshqa biri- tomda qaldirg'och kabi o'tiradi, Biri-gullar va giyohlar orasidagi turna,

Boshqa biri- lojuvard to'lqinda suzayotgan o'rdak, Biri-osmonda charx urayotgan burgut,

> Boshqa biri - chirigan to’nka ustida o'tirgan boyo'g'li kabi.

Har birining o'z sevikli yori bor,

Ularning har biri kim uchundir go'zal.

Shu vaqtgacha koreys she'riyatida ayol go'zalligi asosan xitoy adabiyotidan o'zlashtirilgan "nefrit qiyofa", "oppoq yuz", "podsholiklarni maxv etuvchi go'zallik" kabi she'riy obzarlar yordamida tasvirlanar edi. Individual go'zallik to'g'risidagi masala umuman ko'tarilmagan edi. Keltirilgan she'rda esa deyarli har bir ayol uchun o'z-o'zicha shartli bo'lgan an'anaviy adabiy o'xshatish topilgan. Ammo ularni solishtirish ayollar chindan ham bir-biriga

XVII asrda koreys she'riyatida chan-sichjo – uzun sichjo janri rivojlanadi. Bu janrda yaratilgan asarlar mualliflarining dunyoni aniq tasvirlashga intilishi bilan tavsiflanadi. Koreys peyzaj lirikasidan farqli o'laroq, uzun sichjoda tabiat yaxlit va yagona hodisa sifatida tavsiflanmaydi. Umuman olganda, sof peyzaj lirikasiga bag'ishlangan uzun sichjolarga misollar juda kam. Olamning abadiyligi va cheksizligidan bahs etuvchi tog'lar, daryolar va ko'llarning keng tasviri yo'qoldi. Endilikda tabiat nafaqat go'zal, balki amaliy ahamiyatga ham ega. Inson o'ziga bevosita yaqin bo'lgan narsalarni tasvirlaydi. Turli hashoratlar, o'simliklar, baliqlar va hokazolar sanab o'tilgan she'rlar yaratiladi. Bir qarashda, she'rda ortiqcha bo'lib tuyulgan mazkur tafsilotlar ko'pincha ijtimoiy tanqid

vazifasiga bo'ysundiriladi:

Ayting, do'stlar, bu dunyoda qanday yashayin, Axir hammayoqda qonho'rlar bosib yotibdi-ku?

Yirik bitlar - kattaligi arpa donidek, Mayday bitlar - kattaligi tariq donidek,

Jajji bitlar — ularni ko'z ham ko'rmaydi,

Yangi qonga to'ygan burgalar, Va qonsiz ozib qolgan burgalar,

Komungoga o'xshash taxtakanalar,

Chivinlar va so'nalar, kanalar va arilar,

Son-sanoqsiz suvaraklar – qora, sariq, qizg'ish, Har xil qo'ng'izlar, qo'ng'izchalar, zuluklar,

Va uzunoyoq iskabtoparlar,

Kaltaoyoq mayday chivinlar va moskitlar va moskitlar galalari, Ayrimlari - qonga to'ygan, ayrimlari - och!

Ular bir lahza tin olmaydi,

Kechasiyu kunduzi qiynaydi va qiynaydi! Biri chaqadi, biri nish sanchadi, biri qon so'radi Va har biri inson qoniga tashna!

126

I. Su bilan bir vaqtda she'riyatda inson tiplarining rang barangligini tavsiflashga intilish ham paydo bo'ladi: Ayollar naqadar bir-biriga o'xshamaydi!

Biri lochinni eslatadi,

Boshqa biri- tomda qaldirg'och kabi o'tiradi, Biri-gullar va giyohlar orasidagi turna,

Boshqa biri- lojuvard to'lqinda suzayotgan o'rdak, Biri-osmonda charx urayotgan burgut,

> Boshqa biri - chirigan to’nka ustida o'tirgan boyo'g'li kabi.

Har birining o'z sevikli yori bor,

Ularning har biri kim uchundir go'zal.

Shu vaqtgacha koreys she'riyatida ayol go'zalligi asosan xitoy adabiyotidan o'zlashtirilgan "nefrit qiyofa", "oppoq yuz", "podsholiklarni maxv etuvchi go'zallik" kabi she'riy obzarlar yordamida tasvirlanar edi. Individual go'zallik to'g'risidagi masala umuman ko'tarilmagan edi. Keltirilgan she'rda esa deyarli har bir ayol uchun o'z-o'zicha shartli bo'lgan an'anaviy adabiy o'xshatish topilgan. Ammo ularni solishtirish ayollar chindan ham bir-biriga

o'xshamasligi, ularning har biri o'zicha betakrorligi va ayni shu

jihatdan jozibali ekanligiga ishonch hosil qilish imkoniyatini beradi.

Uzun sichjolarda an'anaviy obzar o'zgacha mazmun kasb etadi. Umuman go'zal ayol timsoli "tomda o'tirgan qaldirg'och" bu yerda go'zallikning ma'lum tipinigina anglatadi. Shartlilik darajasi ham o'zgaradi: umumiy shartlilikdan xususiy shartlilikka o'tiladi. She'riyatning konkretlikka bo'lgan qiziqishi aniq namoyon bo'ladi, lekin bu qiziqish hali mutlaq va doim ham izchil emas.

Uzun sichjo paydo bo'lishi bilan dunyoning she'riy konsepsiyasi (inson va koinot o'zaro aloqasining xususiyati)gina emas, balki she'riyat sub'ekti ham o'zgaradi. Masalan, XV-XVI asrlar peysaj lirikasida odamzod insoniy munosabatlar sohasidan ajralib olingan va tabiat bilan birikishga burchli bo'lgan qandaydir mohiyat, ijtimoiy nomuayyan birlik sifatida tavsiflansa, uzun

127

sichjoda inson konkret ijtimoiy-maishiy muhit vakili sifatida amal qiladi.

Chan-sichjo markazida inson va uning boshqa odamlar bilan kundalik munosabatlari turadi. Shu tufayli ham dialog ulkan rol o'ynay boshlaydi, she'riyatga odatdagi so'zlashuv tili kirib keladi.

- Xo'jayin, qisqichbaqa sotib oling!

- Hoy savdogar, nima deb baqiryapsan?

- Sirtda-suyak, ichda - go'sht, ikki ko'z osmonga qarab turibdi.

Ikki katta qo'l ushlab olishi va qo'yib yuborishi mumkin,

Kichik qo 'llar uni oldinga va orqaga turtadi. Qizil soya qaylasi ostida,

yashil qayla ostida – qisqichbaqa sotib oling! Hoy, ba'qirishni bas qil, men ularni sotib olaman!

Ijtimoiy tengsizlik uzun sichjolarda muhim mavzuga aylanadi. U ba'zan satira vositalari yordamoda yoritiladi. Saroydagi guruhlar kurashi ham, buddaviy ruhoniylar ham satira tig'i ostiga olinadi; bunday hodisalarga ko'pincha mehnatkash odam muqtai nazaridan baho beriladi. Bu yerda hokimiyat egalari - tekinxo'r hashoratlar. Guruhlar kurashiga bag'ishlangan XVI asr she'rlarida urushayotgan quzg'unlar oliyjanob oq turnaga qarama-qarshi qo'yilgan bo'lsa, uzun sichjolarda hamma quzg'un. Ularning olishuvida kim yaxshi yu, kim yomonligini farqlash mumkin emas. Bunda she'riyatning "yerga tushishi", uning demokratlashish jarayoni yuz beradi. Uzun sichjo misolida koreys adabiyotida uslubiy tizimning vujudga kelishi kuzatiladi.

Chan-sichjo da so'ozlashuv elementining salmog'I oshadi.Ayni hol she'rlar kompozitsiyasida ham namoyon bo'ladi: ko'pgina she'rlar dialog shaklida tuzilgan. Holbuki, dialogice shakl sichjoda kamdan-kam uchraydigan bir hol sifatida idrok etiladi.

Milliy obrazlikka murojaat etish bilan bir qatorda, chan-sichjo da turmushni yuzaki tavsiflashga moyillik vs shu bilan bir qatorda she'rdagi obrazga bo'lgan munosabatni o'zgartiriish, unga teran kirish, uni ichdan yoritishga intilish ham kuzatiladi.

128

Chan-sichjo da umumiy tavsif o'z-o'zidan yo'q bo'lib ketadi, chunki chan-sichjoni predmet tavsifidagi "umumiylik" emas, balki "individuallik": predmetning xususiyatlari, uning xossalarining betakrorligi qiziqtiradi. Chan-sichjo da predmet serqirra va shu bois unga har safar predmetning mazkur betakror vaziyatda namoyon bo'lgan xususiyatlarini aks ettiruvchi tavsifi zarur. Shu tufayli ham klassik sichjo xitoy adabiyotidan o'zlashtirgan badiiy ifoda vositalari: xitoycha adabiy obrazlar, badiiy vositalar tizimi, xitoy she'riyati klassiklarining she'rlaridan iqtiboslar o'zining avvalgi ahamiyatini yo'qotib, o'rnini hayotda, turmushda kuzatilgan obrazlar egallaydi.

Chan-sichjo ning ikki turli xili mavjud: ossichjo va sosol sichjo. Koreys mualliflari ossichjo misralaridan biri sosol-sichjo uslubidan ijro etilishini qayd etadilar.

Klassik sichjo misrasi ikki yarim misradan iborat bo'lsa, chan sichjo misrasi yarim misralarning biron-bir muayyan miqdori bilan cheklanmaydi. Uch va ikki turoqli yarim misralar o'rni chan sichjoda oldindan belgilanmaydi. Yarim misralar chegarasi chan sichjoda ham sichjodagi kabi aniq belgilanadi. Turoqning klassik sichjoga berilgan tavsifi chan-sichjo uchun ham qabul qilinishi mumkin.

Xanmundagi she'riyatda "yomon amaldorlar" jabr-zulmi ostidagi xalqning ayanchli ahvoli asosiy mavzu hisoblangan. Davlat xizmatida bo'la turib o'zi egallagan lavozimga muvofiq kelmagan amaldorlar qoralangan. Lirik mazvu yetakchi mavzulardan biriga aylangan. Unga taniqli prozaiklar Xo Gyun (1569-1618), Lyu Monin (1559-1623), ilk koreys romanlari muallifi Kim Man Chjun (1637-1692) qo'l urgan. Lirik mazvu bilan bir qatorda o'tmishni – ilk koreys davlatlarining asoschilarini va qadimgi rivoyatlarning

qahramonlarini madh etishga ham katta e'tibor qaratilgan. Imchjin urushi tugaganiga qaramay, tashqi siyosiy vaziyat notinch bo'lib qolaverdi. Asr boshida yaratilgan she'rlarda vatan taqdiri uchun bezovtalik yangraydi. Bunga Kvon Pxil (1569

129
1612)ning xanmunda yozilgan "Ot ustida o'qiydi"she'ri misol

bo'lishi mumkin:

Hozir mamlakatimiz boshiga

Og'ir kunlar tushdi.

Mamlakatimizda amaldorlar ham,

Sarkardalar ham yetarli emas.

Yonnagamda, janubda,

Jang sira tugamayapti.

Kvanbukda, shimolda,

Har qanday qishloqda qayg'u.

Hayot og'irlashganidan

G'am chekaman,

Urush og'irligi

Hozir yelkamizga tushdi.

G'am-hasratga chidayolmay,

Ko'z yoshlarimni ko'ylagimga to'kyapman.

Harbiy ma'lumotni

She'r kabi qiroat bilan o'qiyapman.

Savollar va Topshiriqlar:

1. Koreys klassik qissasining yangi qissadan farqi nimada?

2. XVII asr koreys tilidagi she'riyatda qaysi mavzular ko'tarilgan?

3. O'tilgan mavzu bo'yicha sinkveyn tuzing.

J

130
Download 16,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha

yuklab olish