Mavzu: Viruslarni yuqtirish usullari



Download 92,99 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.02.2022
Hajmi92,99 Kb.
#430711
Bog'liq
11 viruslarni yuqish yo\'llari



21 - LABORATORIYA ISHI. 
Mavzu: Viruslarni yuqtirish usullari 
Mashg’ulotning maqsadi: Virus namunasini sog’ o’simlikka yuqtirish malakasini hosil qilish.
Kerakli jihozlar: viruslar, o’simliklar.
1. Indikator o’simliklar: Nicotiana gitinosa N. Sylvestris 
2. Virus namunasi: TMV ni tomat shtammi bilan kasallangan tomat yoki tamaki bargalari (5-10 
gramm). 
3. Korund (300-600 mesh) yoki “selit”(diotom tuprog’i).
4. Shisha tayoqcha, shpatel 
5. Chinni havoncha (25-50ml) 
6. Eksikator (hajmi 20 litr) 
7. Ip 
8. Plastilin 
Umumiy ma’lumot: Viruslar juda ham mayda bo’lib, oddiy mikroskopda ko’rinmaydi, ularni faqat 
1000 va 10000 marta katta qilib ko’rsatadigan elektron mikroskopda ko’rish mumkin. Shuning 
uchun ularning kattaligi millimikron yoki nanomikron bilan o’lchanadi. Virus – lotincha “zahar” 
degan ma’noni bildiradi. Chunki viruslar o’zidan zahar chiqarib ko’pgina o’simliklar, hayvonlarda 
va odamda turli: masalan, gripp, qizamiq, chechak, suvchechak, quturish kabi kasalliklarni keltirib 
chiqaradi. 
Viruslarni o’simlikka yuqishiga bir qancha faktorlar ta’sir qiladi va ular virusni dastlabki 
hujayraga kirishida, kasallikni rivojlanishida va keyingi jarayonlarda muhim rolь o’ynaydi. Tarr 
(1975) bu omillarni 4 guruhga bo’ldi: birinchi guruhga o’simlikni xususiyatlari, ikkinchisiga 
patogenlik xususiyatlari, uchinchisi ekologiya va to’rtinchisi biotik faktorlardir.
a) O’simlikni xususiyatlarga uni irsiy chidamliligi kiradi. Chidamlilik darajasi esa o’simlik 
to’qimasining yoshiga va oziqlanishiga (m: mikroelementlarni yetishmasligi o’simlikni virusga 
chidamliligini pasaytiradi) qarab o’zgaradi. Chidamllilik haroratga qarab ham o’zgaradi. Virus 
hujayraga kirgandan so’ng yuqori temperaturaga to’g’ri kelib qolsa, o’simlik barglari va boshqa 
organlirini o’zgarishsiz, simptomlar yashirin holatda o’tishi mumkin.
Nimjon va kuchsiz o’simliklar kasallikga sezgiroq (chidamsizroq)bo’lsa, baquvvat, yaxshi 
rivojlanayotgan o’simliklar virusga ancha chidamli bo’ladi, ularni to’qimalari ancha qattiq dag’al 
bo’ladi. Ularga virus yuqishi o’simlikda yengil simptomlar hosil bo’lishiga olib keladi va 
o’simlikni butunlay nobud bo’lmay qolishi mumkin.
O’simlikni virusga sezgirligi yoki chidamliligi o’g’itlar bilan uni ta’minlanishiga ham bog’liq, 
masalan azotli o’g’itlarni ko’pligi o’simlik chidamliligini pasaytiradi. 
O’simlikni virus balan kasallanishiga o’simlikni virusga bo’lgan “moyilligi” ham yordam beradi. 
Uoker (1950) “moyillik” degan tushunchaga o’simlikni bir yoki bir necha faktorlar ta’siri 
natijasida virus bilan oson kasallanishini ko’zda tutadi. Chester bu tushunchani boyitib ”moyillik” 
qatoriga sezgirlik va “kasallanish tendensiyasi borligi”tushunchalarini kiritadi.
O’silikni virus bilan kasalanishiga yana o’simlikni yoshi bir sutka davomidagi, fasl mobaynidagi 
chidamliligi, mexanik bosim, o’g’it (K, P, H) fungisit va pestidlar ham ta’sir qiladi. 
b) Patogenlik xususiyatlari (patogen organizmda parazitlik bilan hayot kechiruvchi organizm) uni 
agressivligiga (o’simlikni kasallantirib uni qarshiligini yengib, unda yashashi, ko’payishi) 
bog’liqdir. Virusni oz miqdori (zarralar soni) tez va qisqa muddatda (kasallanishga ketgan vaqt) 
o’simlikni kasallantirishga yetarli bo’lsa, uni agressivligi yuqori hisolinadi.
Patogenni yana bir xususiyati uni virulentligi-patogenni (virusni) kasallik qo’zg’atish 
xususiyatidir. Bu xususiyat barqaror xususiyat bo’lib, u genotip o’zgargandagina o’zgaradi. 
v) Ekologik omillar. O’simlikka virus zarralari kirib, ularni simptomlar hosil bo’lishda ekologiya 
omillari -yorug’lik, namlik temperatura rN inokulyumni ion kuchi va hokazaolar ham rol o’ynaydi.
g) Biotik omillar. Bunga interferinsiya hodisasi misol bo’lishi mumkin, ya’ni bir turni rivoji 
ikkinchi turni yoki bir xil viruslarni noinfeksion zarralari o’silik retseptorlarini band qilishi sababli 
virus hujayraga kira olmaydi yoki kam miqdordagi virus zarralari kiradi va yuqumlilik darajasi 
pasayadi.


S. V. Kustni (1981) fikricha o’simlik virus yuqishiga to’rt xil reaksiya bilan javob beradi: 1) 
Immunlik o’simlikga virus yuqmaydi; 2) o’ta sezgirlik o’simlikni virus kirgan joyidagi to’qimalar 
nobud bo’lib nekroz kabi simptomlar hosil bo’ladi; 3) tolerantlilik –virus o’simlik to’qimalari 
bo’ylab tarqaladi. Ammo simptomlar kuchsiz ko’rinadi; 4) tizimli kasallanish ( zararlangan 
sistemasi) organizmni hamma to’qimalari kasallanadi, virus o’simllikni hamma to’qimalari 
bo’ylab tarqaladi va kasallik simptomlar yaqqol ko’ringan bo’ladi. Simptomlar har xil bo’lishi 
mumkin-mozaika, barg shaklini o’zgarishi, tomirlarini rangsizlanishi, xloritik dog’larni hosil 
bo’lishi va hokazo.
Ishning borishi: Viruslar bilan ishlaganda har bir qilinadigan amallardan avval qo’llarni, ish joyini, 
ish asboblarini yaxshilab yuvish, tozalash, ba’zilarini sterillash zarur. Ish filtr qog’ozi ustida 
bajariladi. 
Virusli namunadan virusli shira ajratish: TMI bilan kasallantirilgan tomat yoki tamaki bargini (5-
10gr) chinni havonchada 0,1 M fasfot buferi (1gr namunaga 1ml bufer miqdorida ) (Rh-7,8)
ishtirokida ezib maydalaniladi. Yanada yaxshiroq maydalash uchun gomogenizatordan (1-2 
minut) foydalansa ham bo’ladi. Gomogentni 2-3 qavatla dokadan o’tkaziladi, so’ngra 1 minutda 
6-8 ming aylanish tezligida 10 minut davomida sentrifuga qilinadi. CHo’kmaga yaxshi ezilmagan 
o’simlik qoldiqlari, hujayrani yirik birikmalari tushadi, virus esa cho’kmaning ustida bo’ladi. 
Virus yuqtirish. Kasal o’simlikdan ajratib olingan shirani 2-3 tomchisini sog’ o’simlik bargiga 
tomiziladi va igna bilan barg sathi tirnaladi. Ammo bu usullar kam natija beradi. Hozirgi vaqtda 
esa bu usul sal o’zgartirilgan, barg sathiga ozgina namuna sepiladi. 2-3 tomchi shirani tomiziladi 
va toza barmoq yoki shisha tayoqcha yoki shpatel yordamida ohistalik bilan surtiladi. Surtishning 
kuchi bargning holatiga, yoshiga o’simlikni, namuna sifatiga bog’liq bo’ladi, 10-15 minutdan 
so’ng virus preparati va namunalarni ortiqchalari distillangan suv bilan yuvib tashlanadi. Virus 
barg tuklari va epidermisidagi mikrojarohatlari orqali kiradi. 
Virus yuqtirilgan barglarga virus nomi, sana va xokazolar yozilgan etiketkalar bog’lanadi. So’ngra 
ularni nam holda solingan katta eksikator yoki shishadan yasalgan 15-20 l hajmli usti zich 
yopiladigan idishlarda saqlanadi. Buning uchun eksikatorni ustki qismiga 3-4 qator ip tortiladi va 
ipning ikki uchi eksikatorga devorlariga plastilin yoki yopishqoq lentalar yordamida yopishtiriladi. 
Virus yuqtirilgan barglar ana Shu iplarga bog’lanib, osib qo’yiladi. Virusning yuqish kuchini 
oshirish uchun virus yuqtirilgan barglar qorong’iroq va nam joyga qo’yiladi. 
Virus yuqtirilgan barglarda kasallik alomatlari paydo bo’lishi ishlatiladigan indikator o’simlikning 
turiga (Nicotiana glutinosa da 48 soat, N. sylvestris da 76-80 soatda nekroz hosil bo’ladi), 
virusning turiga, haroratga va Shu kabi faktorlarga bo’ladi. 

Download 92,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish