Biologik faol moddalar texnologiyasi



Download 7,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/292
Sana01.06.2022
Hajmi7,22 Mb.
#626408
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   292
Bog'liq
biologik faol moddalar texnologiyasi oquv-uslubiy majmua

MASHG‗ULOT № 6 
Mavzu: O‗simlik xom ashyosidagi karotinoidlarni 
Rachinskiy usulida aniqlash 
Mashg'ulot shakli:
«Sanoat farmatsiyasi» va «Biotexnologiya» yo‗nalishi talabalari uchun laboratoriya 
mashg‗uloti. 
Mashg'ulot uslubi:
«FSMU » texnologiyasi . 
Mashg‗ulot maqsadi:
O‗simlik xom ashyolari tarkibidai biologik faol moddalarni, hususan 
karotinoidlarni ajratib olish haqida bilimga ega bo‗lish. 
Mavzuning ahamiyati:
O‗simlik xom ashyolari tarkibilagi karotinoidlarni tavsifi haqida tushuncha 
berish.Ajratib olingan karotinoidni miqdorini formula orqali aniqlashni o‗rgatish. 
Ishning nazariy qismi 
Karotinoidlar – bu izoprenoid birikmalar bo‗lib,
Aleuria, Blakeslea, Corynebacterium, 
Flexibacter, 
Fusarium, 
Halobacterium, 
Phycomyces, 
Pseudomonas, 
Rhodotorula, 
Sarcina, 
Sporobolomyces 
va b. turkumidagi ko‗pgina pigment mikroorganizmlari tomonidan sintezlanadi. 
Hammasi bo‗lib 500ga yaqin karotinoidlar tavsiflangan.Karotinoidlar mikroorganizmlarning hujayra 
membranasida murakkab efirlar xamda glikozidlar shaklida yoki sitoplazmaning lipid granulalarida 
erkin holatda bo‗ladi.
Galofil turidagi - 
Halobacterium halobium
ning «retinal» karotinoidi lizin qoldig‗i orqali oqsil 
molekulasiga birikkan bo‗ladi, u trans-membran potensialni to‗planishi hisobiga ATF sinezida ishtirok 
etadi. Karotinoidlar tabiiy pigmentlar turkumiga kiradi. Ular o‗simlik, suv osti o‗simliklari, fototrof 
bakteriyalar va turli xil xemotrof bakteriyalar hosil qiladi. Bundan tashqari karotinoidlar ba‘zi bir 
mog‗or zamburug‗i va achitqilarni sintez qiladi. Shuningdek,karotinoidlar ba‘zi baliq, parranda 
organizmlarida uchraydi, organizmni vitamin A bilan boyitish manbai sifatida xizmat qiladi. 
Karotinoidlar o‗simlik va mikroorganizmlarda erkin formada bo‗lib, glikozidlar va karotin – oqsil 
kompleksi hosil qilishi mumkin, lekin ko‗p holda uzun zanjirli yog‗ 
kislotali efir ko‗rinishida uchraydi. Fototrof mikroorganizmlarda karotinoidlar sintezi asosan yorug‗lik 
oqimi, ba‘zi organik birikmalar soniga (atsetat) va tarkibidagi kislorodga bog‗liq. Xemotrof 
mikroorganizmlar fototrofdan farqi shundaki karotinoidlar ikkilamchi metabolizm mahsuloti 
hisoblanadi. Yorug‗lik karotinoidlarni hosil bo‗lishida nafaqat fototrofda ,balki xemotrofda ham 
pigmentlar tarkibiga ham ta‘sir ko‗rsatadi. Ba‘zi mog‗or zamburug‗i va xemotrof bakteriyalarda 
karotinoidlar hosil bo‗lishi yorug‗likka bog‗liq. Qorong‗ida karotinoidlar faqat rangsiz 
sintezlanadi.Ko‗pchilik mikroorganizmlar karotinoidlarni hosil qilishi uchun molekulyar kislorod kerak 
bo‗ladi. U karotin sintezi hosil bo‗lish uchun qatnashadi. Karotinoidlar kimyoviy sintez yordamida va 
tabiiy manba - o‗simlik va mikroorganizmlar yo‗li bilan ajratib olinadi. Kimyoviy yo‗l bilan β -karotin, 
vitamin A va boshqa karotinoidlar olinadi. Kimyoviy yo‗l bilan β– karotinoidlar olishning oddiy 
manbasi bo‗lib, sabzi, qovoq, na‘matak, chakanda va boshqa ko‗katlar xizmat qiladi. SHu maqsadda 
keng ko‗lamda mog‗or zamburug‗i va achitqilar ishlatiladi. Karotinoidlar qishloq xo‗jaligida, tibbiyotda 
va oziq-ovqat sanoatida keng ko‗lamda qo‗llaniladi. β– karotin oziq-ovqat sanoatida, tibbiyotda dori-
darmon tayyorlashda va kosmetologiyada ishlatiladi. Oziq-ovqatda pigment moddasi va bo‗yoq sifatida 
qandolat mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi. Tibbiyotda β - karotin teri saratonini davolashda 


141 
qo‗llaniladi. Qishloq ho‗jaligida karotinoidlar don o‗simliklarini o‗sishini yaxshilashda 
ishlatiladi.Gidroliz natijasida bir molekula karotindan ikki molekula vitamin A xosil buladi. Bu jarayon 
odam ichagida sodir buladi.
α-karotin 
β-karotin 
Karotinoidlarning produtsentlari sifatida bakteriyalardan, achitkilardan, mitselial zamburug‗lardan 
foydalanish mumkin. Ko‗pincha 
Blakeslea trispora
va 
Choanephora conjuncta
zigomitsetlaridan 
faydalaniladi. Ushbu zamburug‗larning (+) va (-) shtammlari chatishishi va ularni birgalikda 
kultivatsiyalash natijasida 1 l muhit suyukligiga nisbatan 3-4 g karotin hosil bo‗lishi mumkin. 
Vitaminlarni ishlab chiqarishda qo‗llaniladigan ozuqa muxitlari murakkab bulib, o‗z ichiga uglerod 
manbasi bo‗lgan uglerod, azot, vitaminlar, mikroelementlar, maxsus stimulyatorlarni (makkajuxori, 
soya uni, o‗simlik moylari, kerosin, izopren dimerlari) tutadi. 
Jarayon avvalida shtammlarni alohida, so‗ng 26 C da birgalikda o‗stirilib va keyingi kuchli aeratsiya 
bilan asosiy fermentyorga o‗tkaziladi.Fermentsiya davomiyligi 6-7 kunni tashkil etadi. Karotinoidlar 
atseton bilan (yoki boshqa qutbli erituvchi bilan), kutbsiz erituvchiga o‗tkaziladi. Oqsil-karotinoid 
birikmalarini ajratish uchun 1-2 % li sirt faol modalardan foydalaniladi. Ularni tozalash va yanada aniq 
ajratish uchun xromatografiya usullariga murojaat etish mumkin yoki erituvchini o‗zgartirish kerak 
bo‗ladi. Vitamin A ni β-karotindan gidroliz yordamida osongina ajratib olish mumkin. Qishloq xo‗jaligi 
xayvonlarini va parrandalarini oziqlantirish uchun karotin tutuvchi biomassani tayyorlashda vitamin A 
qo‗llash mumkin. Tibbiyotda esa vitamin A og‗iz orqali yuboriladigan kapsulalar ko‗rinishida ishlab 
chikariladi. Umuman olganda karotinoidlarning asosiy vazifasi bu himoyadir. Ularni hujayradagi sintezi 
uchun quyosh nuri sabab buladi. 
Karotinning aniqlanishi. O‗simlik xom ashyosidagi karotinni aniqlanishi GOST 8756.22—80. 
bo‗yicha fizik-kimyoviy usul yordamida aniqlanadi. Ushbu usul mahsulotlardan organik erituvchilar 
yordamida ekstraktlash jarayonida olingan eritmadagi karotinni massa ulushini fotometrik yo‗l bilan 
aniqlashga asoslangan. Eritma avval bo‗yoq moddalardan ustunli xromatografiya usuli yordamida 
tozalanadi. Karotin organik erituvchilarda (efir, benzin va b. ) yaxshi erib ularga sariq rang beradi. 
Karotinni miqdoriy aniqlash uchun xromatografik ustundagi adsorbsion xromatografiya usuli 
qo‗llaniladi. Bunda ustun alyuminiy va magniy oksidlari bilan to‗ldiriladi. Pigmentlarni bunday aniqlash 
turi ajraluvchi aralashmadagi sorbent faolligiga, pigmentlar miqdoriga, hamda boshqa komponentlarga 
bog‗lik bo‗ladi. Alyuminiy oksidining quruq aralashmasi karotinni tutib qoladi, suvli qismi esa eritmaga 
boshqa bo‗yovchi moddalarni o‗tkazib yuboradi . 

Download 7,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish