141
qo‗llaniladi. Qishloq ho‗jaligida karotinoidlar don o‗simliklarini o‗sishini
yaxshilashda
ishlatiladi.Gidroliz natijasida bir molekula karotindan ikki molekula vitamin A xosil buladi. Bu jarayon
odam ichagida sodir buladi.
α-karotin
β-karotin
Karotinoidlarning produtsentlari sifatida bakteriyalardan, achitkilardan, mitselial zamburug‗lardan
foydalanish mumkin. Ko‗pincha
Blakeslea trispora
va
Choanephora conjuncta
zigomitsetlaridan
faydalaniladi. Ushbu zamburug‗larning (+) va (-) shtammlari chatishishi
va ularni birgalikda
kultivatsiyalash natijasida 1 l muhit suyukligiga nisbatan 3-4 g karotin hosil bo‗lishi mumkin.
Vitaminlarni ishlab chiqarishda qo‗llaniladigan ozuqa muxitlari murakkab bulib, o‗z ichiga uglerod
manbasi bo‗lgan uglerod, azot, vitaminlar, mikroelementlar, maxsus stimulyatorlarni (makkajuxori,
soya uni, o‗simlik moylari, kerosin, izopren dimerlari) tutadi.
Jarayon
avvalida shtammlarni alohida, so‗ng 26 C da birgalikda o‗stirilib va keyingi kuchli aeratsiya
bilan asosiy fermentyorga o‗tkaziladi.Fermentsiya davomiyligi 6-7 kunni tashkil etadi. Karotinoidlar
atseton bilan (yoki boshqa qutbli erituvchi bilan), kutbsiz erituvchiga o‗tkaziladi. Oqsil-karotinoid
birikmalarini ajratish uchun 1-2 % li sirt faol modalardan foydalaniladi. Ularni tozalash va yanada aniq
ajratish uchun xromatografiya usullariga murojaat etish mumkin yoki erituvchini o‗zgartirish kerak
bo‗ladi. Vitamin A ni β-karotindan gidroliz yordamida osongina ajratib olish mumkin. Qishloq xo‗jaligi
xayvonlarini va parrandalarini oziqlantirish uchun karotin tutuvchi biomassani tayyorlashda vitamin A
qo‗llash mumkin. Tibbiyotda esa vitamin A og‗iz orqali yuboriladigan kapsulalar ko‗rinishida
ishlab
chikariladi. Umuman olganda karotinoidlarning asosiy vazifasi bu himoyadir. Ularni hujayradagi sintezi
uchun quyosh nuri sabab buladi.
Karotinning aniqlanishi. O‗simlik xom ashyosidagi karotinni aniqlanishi GOST 8756.22—80.
bo‗yicha fizik-kimyoviy usul yordamida aniqlanadi. Ushbu usul mahsulotlardan organik erituvchilar
yordamida ekstraktlash jarayonida olingan eritmadagi karotinni massa ulushini fotometrik yo‗l bilan
aniqlashga asoslangan. Eritma avval bo‗yoq moddalardan ustunli xromatografiya usuli yordamida
tozalanadi. Karotin organik erituvchilarda (efir, benzin va b. ) yaxshi erib ularga sariq rang beradi.
Karotinni miqdoriy aniqlash uchun xromatografik ustundagi adsorbsion xromatografiya usuli
qo‗llaniladi. Bunda ustun alyuminiy va magniy oksidlari bilan to‗ldiriladi. Pigmentlarni bunday aniqlash
turi ajraluvchi aralashmadagi
sorbent faolligiga, pigmentlar miqdoriga, hamda boshqa komponentlarga
bog‗lik bo‗ladi. Alyuminiy oksidining quruq aralashmasi karotinni tutib qoladi, suvli qismi esa eritmaga
boshqa bo‗yovchi moddalarni o‗tkazib yuboradi .
Do'stlaringiz bilan baham: