22-amaliy mashg’ulot.
Sifat menejmenti tizimini tahlil qilish va yaxshilashda ichki aydit.
Ishdan maqsad: Sifat menejmenti tizimini tahlil qilish va yaxshilashda ichki audit haqida tushunchalar bilan tanishish. Nazariy bilimlarni amaliy qo’llash ko’nikmalarini shakllantirish
Nazariy ma’lumotlar
Sertifikatlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatda faol qatnashuvchi shaxs bu ekspert - auditordir. U odatda Sifat tizimlarini, ishlab chiqarishni va mahsulotni sertifikatlashtirishda sinov laboratoriyalarini akkreditlashda va boshqa ishlarda qatnashishi mumkin.
Ekspert - auditor deb, sertifikatlashtirish sohasida muassasa va korxonalar faoliyatini baholash va nazorat qilish huquqiga ega bo‘lgan attestatlangan shaxsga aytiladi.
Ekspert-auditor sifatida “O’zstandart” agentligi tomonidan belgilangan tartibda attestatlangan fan, sanoat, maishiy xizmat, institutlar va boshqa tashkilotlaming vakillari hamda belgilangan hujjatlar bilan ishlashda yetarli chuqur bilimga ega boigan hususiy shaxs ham bo‘lishi mumkin.
Ekspert-auditor quyidagi vazifalami bajaradi:
- mahsulot, jarayon, xizmatlami, Sifat tizimlarini va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish;
- sertifikatlashtirilgan mahsulot, jarayon va xizmatlarning tavsiflarini hamda sertifikatlashtirilgan Sifat tizimlarini va ishlab chiqarishning turg‘imligini nazorat qilish;
- sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditlash idoralari, sinov laboratoriyalarini (markazlarini) va ularning faoliyatini nazorat qilish;
- sertifikatlashtirishda tavsiyalar berish.
Ekspert-auditor o‘z faoliyatini sertifikatlashtirish miliiy idorasi, bir turdagi mahsulotni sertifikatlashtirish idoralari, Sifat tizimlarini va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish doirasida amalga oshiradi.
Ekspert-auditor muayyan talablarga javob berishi lozim:
- to‘liq oliy ma’lumotli va sertifikatlashtirish sohasida yetarli bilimga ega bo‘lib, faoliyati sertifikatlashtirishning ma’lum turi bo‘yicha attestatlangan bo‘lishi kerak;
- oliy o‘quv yurtini tamomlagandan so‘ng kamida 5 yillik amaliy stajga ega bo‘lishi, shundan kamida 3 yili standartlashtirish, metrologiya, sinovlar, sifatni boshqarish va ta’minlash sohalarida ishlagan boiishi kerak.
Ekspert-auditor chuqur bilimli, tadbirkor bo‘lmog‘i lozim. U quyidagi sohalar bo‘yicha bilimlami mukammal egallagan bo‘lishi shart:
- Respublika sertifikatlashtirish milliy tizimining qoida va tartiblar;
- sertifikatlashtirish o‘tkazish bo‘yicha bilimlar va me’yoriy hujjatlami tushunish;
- sertifikatlashtirish va akkreditlash bo‘yicha asosiy ishlar mazmuni;
- sertifikatlashtirish va akkreditlash bo'jächa iqtisodiy va huquqiy asoslari;
- mamlakat ichidagi va chet ellardagi sertifikatlashtirish va akkreditlash tajribasi;
- standartlashtirish, metrologiya va Sifat tizimlarining asoslari;
- tekshiruv o‘tkazish va sifatni boshqarishining statistik usullari;
Ekspert-auditor tahlil qilish, mantiqiy asoslash, o‘zining fikrini qattiq va asoslangan holda himoya qilishlik; ijodiy qobiliyatga va murakkab vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilish hususiyatlariga ega bo‘lishi; haqqoniy, ma’suliyatli, prinsipial ravishda hayrihoh, hushmuomalali, odobli va o‘zini tutabilishlik kabi shaxsiy sifatlarga ega bo‘lishi kerak. Ekspert-auditor tekshirilayotgan obyektning xodimlari bilan aloqada bo‘lish va kerakli hujjatlar bilan tanishish; ma’Iumot uchun har qanday qo‘shimcha ma’lumotlar talab qilish (sertifikatlashtirish maqsadlari uchun); tizimda amaldagi me’yoriy-uslubiy hujjatlami takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklifini berish; sertifikatlashtiriluvchi mahsulot, jarayon, xizmatlar, Sifat tizimi va ishlab chiqarish bo‘yicha rejalami tuzatish yuzasidan o‘z mulohazalarini kirgazish huquqiga egadir.
Korxonalarda sertifikatlashtirish sohasidagi ishlami inobatga olib, sertifikatlashtirish milliy idorasi “0 ‘zstandart” agentligi tomonidan ekspert-auditorlar taj^orlash mahsus kurslari tashkil etilib, bu sohadagi o‘qishning tashkiliy tomonlari SMSITIning asosiy faoliyatlaridan biri deb qaralmoqda. Ekspert-auditorlarini tayyorlash odatda ikki bosqichda olib boriladi: nazariy bilimlami olish va attestatlash natijasida ularga tegishli rasmiy hujjatlar topshirish.
Ishni bajarish tartibi
Amaliy mashg’ulotga oid atama va tushunchalar bilan tanishib chiqish.
Nazorat savollariga yozma tarzda javob keltirish
Nazorat savollari
Ekspert - auditor deb kimlar tushuniladi?
Ekspert-auditor qanday vazifalami bajaradi?
Ekspert-auditor qanday shaxsiy sifatlarga ega bo‘lishi kerak?
Ekspert-auditor chuqur bilimli, tadbirkor bo‘lmog‘i lozim. U quyidagi sohalar bo‘yicha bilimlarni mukammal egallagan bo‘lishi shart:
Ekspert-auditorlar qanday sohalar bo‘yicha bilimlarni mukammal egallagan bo‘lishi shart?
Do'stlaringiz bilan baham: |