Oqsil, lipid va uglevodlar almashinuvining umumiy yo`llari.
Oqsil, lipid va uglevodlar almashinuvining umumiy yo`llari.
Tirik sistemalarning muhim struktura monomerlari – aminokislotalar, monosaxaridlar, yog` kislotalari, mononukleotidlar o`zaro uzviy bog`langan. Bu bog`liqlik monomerlarning parchalanishi va sintezlanish yo`llarida umumiy bo`g`in vazifasini bajaradigan kalit metabolitlar orqali amalga oshadi. Bunday metabolitlarga piruvat, atsetil-KoA, α-glitserolfosfat va Krebs siklining oraliq mahsulotlari (oksaloatsetat, malat, fumarat, suktsinil-KoA, 2-oksoglutarat, izositrat va sitrat) kiradi. Piruvat glyukoza va boshqa monosaxaridlar hamda ayrim aminokislotalar parchalanishi va sintezining kesishish nuqtasi hisoblanadi.
. Atsetil-KoA ning esa metabolik bog`lari ko`proq tarmoqlangan. U orqali monosaxaridlar va aminokislotalardan lipidlarga ko`prik quriladi, ya’ni aminokislotalar (oqsillar) va glyukoza (umuman uglevodlar) ning lipidlarga almashinuv yo`llari ochiladi. Uglevodlar va lipidlar orasida yordamchi bog`lovchi bo`g`in vazifasini α-glitserolfosfat bajaradi. U orqali uglevodlarning ayrim lipidlarga (triatsilglitserinlar, fosfoglitseridlar) va aksincha, glitserin saqlovchi lipidlarning uglevodlarga o`tishi amalga oshadi. Bir monomerning ikkinchisiga aylanishi uchun keng imkoniyatlar Krebs siklining oraliq mahsulotlari uchun xosdir.

Aminokislotalar azotsiz qoldig`ining almashinuvi.
Aminokislotalar azotsiz qoldig`ining almashinuvi.
Modda almashinuvi integratsiyasida aminokislotalar dezaminlanish natijasida hosil bo`ladigan azotsiz qoldig`i alohida o`rin tutadi.
Aminokislota va glitserindan glyukoza sintezi.
Aminokislotalardan glyukoneogenezning mumkinligi qandli diabetni o`rganishda ko`rsatilgan. Eksperimental qandli diabet hayvonlarda 50% (ba’zida 80% gacha) kiritilgan oqsilning glyukozaga aylanishi ko`rsatilgan. Bu jarayonda glikogen aminokislotalar eng muhim o`rinni egallaydi, ularning parchalanishidagi azotsiz qoldig`idan pirouzum kislota hosil bo`ladi, u esa glyukoza parchalanishi va sintezining oraliq metabolitidir.
Aminokislotalarning uglevodlardan biosintezi.
Aminokislotalarning uglevodlardan biosintezi.
To`qimalarda glyukoza parchalanishi jarayonida pirouzum kislotadan sirka kislota hosil bo`ladi. Krebs siklida u shavel sirka kislotasi va α-ketokislota aminlanish natijasida aminokislotaga aylanadi.
Uglevodlardan yog`larning biosintezi.
Triatsilglitserinlar molekulasi glitserin va 3 ta yog` kislotasi qoldig`idan hosil bo`lgan. Glikoliz metabolitlari: fosfodioksiatseton yoki fosfoglitserinaldegiddan glitserin sintezlanadi. Yog` kislotalari sintezi uchun asosiy modda bo`lib atsetil-KoA hisoblanadi. U piruvatning oksidlanib, dekarboksillanishidan hosil bo`ladi.