2— jadval
Smola turlari
Smola nomlari
Kuchsiz kislotali
Seokarb 226,amberlit IRC 50,bioreks 70,
Kuchli kislotali
Daueks 50,Seokrb 225, amberlit IR 120, biorad AG 50
Kuchsiz asosli
Amberlit IR 45,deatsidit N,deatsidit G, biorad AG 3
Kuchli asosli
Daueks 1, daueks 2, biorad AG 1, biorad AG 2
Nazorat uchun savollar
1.Gel xromatografiyasining mohiyatini tushuntiring.
2.Gel xromatografiyasida qo‗llaniladigan adsorbentlar haqida ma‘lumot bering.
3. Ion almashinish xromatografiyasining mohiyati nimadan iborat?
4. Ion almashinuvchi adsorbent turlari haqida ma‘lumot bering.
5. Kation almashinish smolalarining fizik-kimyoviy xossalarini izoxlang.
6. Anion almashinish smolalarining fizik-kimyoviy xossalarini izoxlang.
«BUMERANG TEXNOLOGIYASI»
Mazkur texnologiya bir mashg‗ulot davomida o‗quv materialini chuqur va yaxlit holatda o‗rganish,
ijodiy tushunib etish, erkin egallashga yo‗naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga (muammoli,
munozarali, turli mazmunli) ega bo‗lgan mavzularni o‗rganishga yaroqli bo‗lib, o‗z ichiga og‗zaki va
yozma ish shakllarni qamrab oladi hamda bir mashg‗ulot davomida har bir ishtirokchining turli
topshiriqlarini bajarilishi, navbat bilan o‗quvchi va o‗qituvchi rolida chiqishi mumkin. «Bumerang»
texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imqoniyat yaratadi; xotirani, g‗oyalarni,
fikrlarni, dalillarni yozma va og‗zaki shakllarda bayon qilishda ko‗nikmalarni rivojlantiradi. Ta‘lim
bilan bir qatorda mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imqonini
beradi:
Jamoa bilan ishlash mahorati; muammolik, hushfe‘llik, ko‗nikuvchanlik, o‗zga fikrga hurmat,
faolllik, rahbarlik sifatlarini shakllantirish, ishga ijodiy yondoshish, o‗z faoliyatining samarlik bo‗lishiga
qiziqish, o‗zini xolis baholash.
Asosiy tushunchalar quyidagilar:
Ochiq savollar – bu savollar muomala, so‗zlashuvini davom ettirishga imqon beradi. Ularga
qisqa,bir xil javob berish mumkin emas.
Yopiq savollar - bu savollar oldindan «ha» yoki «yo‗q» tipidagi to‗g‗ri, ochiq, javoblarni berishini
ko‗zda to‗tadi.
Ko‗ndalang so‗roq – bir - biriga guruhlar beriluvchi qisqa savollar qatori bo‗lib, bu o‗ziga xos
axborotlar izlash hamda dalillarni, opponentlar pozitsiyasini aniqlash va muayyan qarorlar qabul qilish
uchun ajoyib imqoniyatdir.
Ko‗ndalang so‗roq paytida munozaraga kirishish mumkin emas. Bu vaqtda faqat savollar beriladi,
munozaraga kirishilmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |