bilet bakteriyalar va ko‘k-yashil suv o‘tlarning tuzilishi, ahamiyati va xilmaxilligi haqida ma’lumot bering. Postembrional rivojlanish xillarini va assidiya metamorfozini tushuntiring. Katta yoshdagi odam organizmi tomirlarida litr qon



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/46
Sana02.07.2022
Hajmi1,66 Mb.
#729148
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   46
Bog'liq
9-sinf imtihon javoblari biologiya

3-savolga javob

Kerakli jihozlar. Probirka, suv, yod, don maysasi. Amilaza fermenti kraxmalni shakargacha parchalaydi. 
Amilaza fermenti unayotgan donlarning tarkibida va odam so‘lagida ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ferment 
shirasini unayotgan don maysalaridan (sumalakni eslang) yoki so‘lakdan tayyorlash mumkin. Buning uchun 
og‘izni bir-ikki ho‘plam suv bilan yaxshilab chayqaymiz, so‘ng bir ho‘plam suvni 2–3 daqiqa davomida 
og‘izda ushlab turiladi va bo‘sh stakanga solinadi. Shu yo‘l bilan tayyorlangan so‘lak eritmasi amilaza 
fermenti shirasi hisoblanadi. Тajriba uchun yana yodning 1 % li va kraxmalning 0,5 % li eritmasi 
tayyorlanadi. 
Ishning borishi. 1. Ikkita quruq probirka olamiz. 2. Birinchi probir kaga 1–2 ml suv va 1–2 ml kraxmal 
eritmasi quyi ladi va yaxshilab aralashtiriladi. uning ustiga 1 tomchi yod tomiziladi. ko‘k rang hosil bo‘ladi. 3. 
Ikkinchi probirkaga 1–2 ml amilaza fermenti shirasidan va 1–2 ml kraxmal eritmasidan quyamiz va 5 daqiqa 
o‘tgandan keyin 1 tomchi yod tomiziladi. Bunda probirkada ko‘k rang emas, balki qizg‘ish yoki sariq rang 
paydo bo‘ladi. Bu kraxmalni ferment ta’sirida parchalanganidan darak beradi. 
24-BILET 
1. Genotipik va fenotipik o‘zgaruvchanlik nima? Misollar orqali tushuntiring. 
2. Embrional rivojlanishning gastrulatsiya bosqichi quyidagi rasmda qaysi organizmlarga tegishli 
ekanligini izohlab tushuntiring. A-? B-? D-? 
3. Lansetnik embrionidagi blastomerlar 4096 taga yetishi uchun hujayralar necha marta meridian va 
ekvator tekisligida bo‘linishi kerak? 
3-savolga javob

meredianal meridianal ekvatorial m 











16 
32 64 
128 256 512 1024 2048 4096 
Demak, blastomerlar soni 4096 ga yetishi uchun 7 marta meridianal, 5 marta ekvatorial bo`linishi kerak. 
1-savolga javob: 


Organizm genotipining o‘zgarishi bilan boradigan va bir nechta avlodlarda saqlanadigan o‘zgaruvchanlik 
irsiy o‘zgaruvchanlik deyiladi. Ba’zan bular aniq ko‘zga tashlanadigan o‘zgarishlar bo‘lib, ularga: kalta
oyoqli
qo‘y larning paydo bo‘lishi, tovuqlarda patning bo‘lmasligi mushuk barmoqlarining ayri bo‘lishi,
pigmentlarning bo‘lmasligi (albinizm), odamlarda barmoqlarning kalta bo‘lishi va ko‘p barmoqlilik 
(polidaktiliya) kabilarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Har bir organizm tashqi muhitning ma’lum
sharoitlariga mos ravishda yashaydi va rivojlanadi. Ularga tashqi muhit omillari — harorat, namlik,
ozuqa miqdori va sifati o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shu bilan birga u o‘z turidagi boshqa organizm va
turlarga mansub bo‘lgan organizmlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Bu omillar organizmning
fiziologik, morfologik xususiyatlarini hamda fenotipini o‘zgartirishi mumkin. Tashqi muhit ta’sirida
vujudga kelgan yana bir o‘zgaruvchanlikka to‘xtalib o‘tamiz. Nilufar gul va suv yong‘og‘ida suv osti
va ustidagi barglari har xil shaklga ega: nilufarning suv ostidagi bargi ingichka lansetsimon, suv
ustidagi barglari voronkasimon, suv yong‘og‘ida esa suv osti barglari patsimon qirqilgan, suv usti barglari 
esa yaxlit bo‘ladi. 
Barcha odamlarda (agar ular albinos bo‘lmasa) ultrabinafsha nurlar ta’sirida melanin pigmenti to‘planishi 
tufayli terisi qoramtir tusga o‘tadi. Shunday qilib, tashqi muhitning ma’lum ta’sirida organizmlarning har
bir turi o‘ziga xos o‘zgarishlarga duch keladi va bunday o‘zgarishlar shu tur vakillarining barchasi
uchun bir xilda bo‘ladi. 

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish