1-BILET
1. Bakteriyalar va ko‘k-yashil suv o‘tlarning tuzilishi, ahamiyati va xilmaxilligi haqida ma’lumot bering.
2. Postembrional rivojlanish xillarini va assidiya metamorfozini tushuntiring.
3. Katta yoshdagi odam organizmi tomirlarida 5 litr qon bo‘ladi. Erkaklarda qonning 14%i, ayollarda
13%i gemoglobinga to‘g‘ri keladi. Agar 1 gramm gemoglobin 1,3
ml kislorodni tutsa, erkaklar va ayollar
qonida
qanchadan kislorod bo‘ladi?
3-savolga javob
:
Yechilishi: Erkakda ham ayolda ham 5 l qon bor. Shunga ko‘ra oddiy proporsiya tuzish orqali
gemoglobin miqdorini aniqlaymiz.
Erkak Ayol
5000 ml ——— 100 % 5000 ml ——— 100 %
x ——— 14 % x ——— 13 %
𝑥
= 700
𝑔
𝑥
=650
𝑔
So‘ngra, erkaklar va ayollar qonida qanchadan kislorod mavjudligini aniqlaymiz.
1 gr ——— 1,3 ml O2 1 gr ——— 1,3 ml O2
700 gr ——— x 650 gr ——— x
𝑥
= 910
𝑚𝑙
𝑥
= 845
𝑚𝑙
Javob: erkaklar qonida 910 ml kislorod va ayollar qonida esa 845 ml kislorod bor bo‘ladi.
1-savol javobi
.
Bakteriyalar. Yer sharidagi sodda tuzilgan eng qadimgi va ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan
sodda
organizmlar hisoblanib, hu jayrasida yadro rosmana shakllanmaganligi va oddiy ko‘payishi (bo‘linish
yo‘li) bilan xarakterlidir, jinsiy ko‘payish uchra maydi. Ba’-zi avtotrof
bakteriyalarni hisobga
olmaganda, ularning ko‘p chiligida plastidalar ham bo‘lmaydi, shuning uchun ular geterotrof oziqlana
di. Hujayra po‘sti ham murein degan moddadan tashkil topgan. Bak te riyalar bir hujayrali, ba’zan
ipsimon
yoki shoxlangan, koloniyali organizmlar bo‘lib, ular shakl jihatidan 3 guruhga ajratilgan: 1.
Sharsimon-kokklar; 2. Tayoqsimon-batsillalar; 3. Buralgan-vibrionlar, spirillalar. Bakteriyalarning ko‘pchiligi
suv va boshqa oziq moddalar yetish maganda yoki boshqa noqulay sharoitda spora hosil qilish xususiyatiga
ega. Sporalar tashqi omillar ta’siriga ancha chidamli bo‘lib, bir necha yilgacha o‘z hayotini saqlab qoladi. Ular
asosan shamol va suv yordamida tarqaladi. Shuning uchun ham suv, tuproq,
ozuqa mahsulotlarida va
turar joylarda bakteriyalar ko‘p uchraydi. Shuningdek, bakteriyalarning erkin kislorodli muhitda yashovchi
aerobva kislorodsiz muhitda yashovchi anaerobhamda kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriya turlari ham mavjud.
Bakteriyalar tabiatda va inson hayotida muhim rol o‘ynaydi. Ularning foydali va zararli tomonlari bor.
Foydali jihatlari — organik
moddalarning parchalanishi, chirishi va achishini amalga oshiradi. Turli
achish jarayonlaridan amalda sut mahsulotlarini tayyorlashda, bod ring va karamlarni konservalashda, yem-
xashakdan silos bostirishda foyda laniladi. Shuningdek,
spirt va sirkalar olishda, tolalarni ajratishda ham
bakteriyalarning turlari qo‘llaniladi. Avtotrof bakteriyalar organik moddalar to‘plash xususiyatiga ega. Buning
uchun quyosh energiyasi yoki kimyoviy energiyadan foydalaniladi. Ba’zi turlari tuproqda yashagan holda
erkin azotni o‘zlashtira oladi. Tugunak bakteriyalar yiliga bir gektar maydonda 200
kg gacha azot
to‘playdi. Bakte-
riyalar faoliyati natijasida tabiatda azotning aylanishi amalga oshiriladi. Markaziy osiyo cho‘llarida ko‘k-
yashil
suv o‘tlar tuproq hosil bo‘lishi jarayonlarida qatnashadi. Ular atmosferadagi erkin azotni o‘zlashtirish
xususiyatiga ega va tuproqni azotga boyitadi. Yaponiya va Xitoyda nostokning ba’zi turlari ozuqa
sifatida ishlatiladi.