"bank ishi" kafedrasi


Tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlar



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/141
Sana15.06.2022
Hajmi3,89 Mb.
#675130
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   141
Bog'liq
Bank ishi ma\'ruzalar tòplami

Tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlar


133 
Balans aktivlari tavakkalchilik darajasi bo‘yicha 0, 20, 50, 100 va 150 foizli besh 
guruhga bo‘linadi. Har xil toifali aktivlar nisbiy tavakkalchiligi o‘z zimmasiga 
majburiyatlarni qabul qilgan shaxs turi va garov yoki kafolat tavsifiga bog‘liq. Masalan, 
naqd pul 0 foizli tavakkalchilik darajasiga ega bo‘lsa, tijorat kreditlari 100 foizli 
tavakkalchilik toifasiga kiradi. Bu tijorat kreditlari kapitalning muayyan summasi bilan 
to‘liq ta’minlangan bo‘lishi kerakligini anglatadi.
Tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlar summasi har bir aktiv balans 
summasini unga tegishli tavakkalchilik miqdoriga ko‘paytirish va tavakkalchilik bo‘yicha 
aniqlangan aktivlar yig‘indisi orqali topiladi.
Tavakkalchilikdan xolis bo‘lgan aktivlar (tavakkalchilik kozffitsienti – 0 foiz) 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) bankda va uning filiallarida nakd pul ko‘rinishida saqlanayotgan milliy va chet el 
valyutasi (jumladan, yo‘ldagi naqd pullar va bank omborlarida yoki Markaziy bank 
omborlarida saqlanayotgan oltin quymalar);
b) Markaziy bankda vakillik va zaxira hisobvaraqlaridagi mablag‘lar;
v) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy bankiga to‘g‘ridan–to‘g‘ri 
talablar va bu emitentlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar;
g) tavakkalchiligi past bo‘lgan mamlakatlar hukumatlari va Markaziy banklari 
tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar, shuningdek, bu mamlakatlar hukumatlari va 
Markaziy banklariga qo‘yiladigan boshqa talablar;
d) aktivlar yoki ularning O‘zbekiston Respublikasi va tavakkalchiligi past bo‘lgan 
mamlakatlar milliy valyutalariga denominatsiya qilinib, naqd pul bilan ta’minlangan 
hamda bankka alohida cheklab qo‘yilgan depozit hisob raqamda saqlanayotgan qismi;
e) nomoddiy aktivlar, shu jumladan gudvill, shuningdek 14–bandda keltirilgan 
birlashmagan korxonalar kapitaliga investitsiyalar.
Minimal tavakkalchilik darajasiga ega aktivlar (tavakkalchilik koeffitsienti – 20 foiz) 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) Tavakkalchiligi past bo‘lgan mamlakatlar banklariga talablar, shu jumladan, 
qarzlar va pul bozori vositalari;
b) tavakkalchiligi past bo‘lgan mamlakatlarda ro‘yxatga olingan banklar tomonidan 
chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bilan ta’minlangan boshqa barcha aktivlar. Tavakkalchiligi 
past bo‘lgan mamlakatlarining depozitar institutlarining kapitaliga qilingan qimmatli 
qog‘ozlar yuqori tavakkalchilik darajasiga (100 foiz) ega aktivlar qatoriga kiradi;
v) bankning Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Evropa tiklanish va taraqqiyot 
banki, Osiyo taraqqiyot banki kabi xalqaro kredit tashkilotlariga nisbatan talablari, 
shuningdek, bu tashkilotlar tomonidan kafolatlangan bank aktivlari;
g) joriy bozor qiymatida baholangan va Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Evropa 
tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki kabi xalqaro kredit tashkilotlari 
tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bilan ta’minlangan aktivlar va 
ularning qismlari;
d) bankning tavakkalchiligi past bo‘lgan mamlakatlarga kirmagan mamlakatlarning 
milliy valyutalariga denominatsiya qilingan va milliy valyutadagi majburiyatlar bilan 
qoplangan, ushbu mamlakatlar Markaziy Hukumatlari va Markaziy banklariga nisbatan 


134 
talablari. Milliy valyutaga denominatsiya qilinmagan va milliy valyutada moliyalashtirish 
summasidan oshib ketgan aktivlar qismi tavakkalchilik darajasi yuqori (100 foiz) bo‘lgan 
aktivlar qatoriga kiritiladi;
e) joriy bozor qiymatida baholangan va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki tavakkalchiligi past mamlakatlar bo‘lgan 
Markaziy Hukumatlari tomonidan emissiya qilingan yoki kafolatlangan qimmatli 
qog‘ozlar ko‘rinishidagi garov bilan ta’minlangan yoki kafolatlangan aktivlar, ularning 
qismlari va balansdan tashqari majburiyatlar. Qimmatli qog‘ozlar bank tasarrufida bo‘lishi 
va 
belgilangan 
tartibga 
muvofiq 
unga 
berilishi 
lozim. 
Kafolatlar
to‘g‘ridan–to‘g‘ri va hech qanday shartlarsiz, ya’ni ularni qo‘llashni cheklovchi biron–bir 
qo‘shimcha shartlarni o‘zida qamrab olmagan bo‘lishi kerak;
yo) o‘tkazish jarayonidagi pul hujjatlari (yo‘ldagi naqd pullar hisobga kirmaydi).
O‘rtacha tavakkalchilik darajasiga ega aktivlar (tavakkalchilik
koeffitsienti – 50 foiz) o‘z ichiga jismoniy shaxslarga bir oilaga uy–joy (xonadon) 
sotib olish yoki qurish uchun berilgan va dastlabki garov (garov predmetiga egalik 
qilishning imtiyozli huquqi) sifatida sotib olinayottan yoki qurilayotgan uy–joy (xonadon) 
bilan ta’minlangan kreditlarni oladi. Bunda kredit miqdorining garov qiymatiga nisbati 60 
foizdan oshmasligi kerak. “O‘stirmaslik” maqomi berilgan yoki restrukturizatsiya qilingan 
kreditlar tavakkalchilik darajasi yuqori (100 foiz) bo‘lgan aktivlar toifasiga kiradi. Bank 
dastlabki garov huquqiga ega bo‘lmasa, bunday kreditlar tavakkalchiligi yuqori (100 foiz) 
bo‘lgan aktivlar hisoblanadi;
Yuqori tavakkalchilik darajasiga ega aktivlar (tavakkalchilik
koeffitsienti – 100 foiz) quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) bank tomonidan berilgan barcha kreditlar, jumladan, tadbirkorlik tuzilmalari, 
qishloq xo‘jalik, ishlab chiqarish korxonalariga berilgan kreditlar, shuningdek, iste’mol va 
ipoteka kreditlari, 18–20–bandlarida ko‘rsatilgan kreditlar bundan mustasno;
b) bankning asosiy vositalari, inshootlari, jihozlari va shaxsiy ko‘chmas mulklari;
v) boshqa barcha aktivlar.
Quyidagi aktivlarga o‘ta yuqori (150%) tavakkalchilik darajasi qo‘llaniladi:
a) sud jarayonidagi aktivlar va (yoki) belgilangan muddatlarda undirilmagan 
aktivlarga;
b) bank tomonidan qarzdorning qarzini to‘liq yoki qisman undirish uchun bank 
balansiga olingan ko‘chmas mulk;
v) bank tomonidan ikki yildan ko‘p bo‘lgan muddatda foydalanilmayotgan ko‘chmas 
mulk;
g) qarzdorning moliyaviy ahvoli og‘irlashganligi sababli shartlari qayta ko‘rib 
chiqilgan yoki muddati bir marotabadan ortiq uzaytirilgan kreditlar.

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish