"bank ishi" kafedrasi


Kapitalning eng kam darajasiga qo‘yiladigan talablar



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/141
Sana15.06.2022
Hajmi3,89 Mb.
#675130
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   141
Bog'liq
Bank ishi ma\'ruzalar tòplami

Kapitalning eng kam darajasiga qo‘yiladigan talablar
Banklar ustav kapitalining miqdori:
xususiy banklar uchun – 5 mln. evro ekvivalentidan;
boshqa tijorat banklari uchun – 10 mln. evro ekvivalientidan kam bo‘lmasligi kerak.
Bank I darajali kapitalining eng kam miqdori bank ustav kapitalidan kam bo‘lmasligi 
lozim. Bunda bank I darajali kapitalining miqdorini aniqlash uchun bank ustav kapitali eng 
kam miqdorining milliy valyutadagi ekvivalenti valyuta operatsiyalari bo‘yicha 
buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish maqsadida O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki tomonidan hisobot oyining oxirgi kuniga belgilangan 
valyutalar kursi bo‘yicha aniqlanadi.
Markaziy bank faoliyatida xavfsiz va ishonchli bo‘lmagan bank faoliyatini yuzaga 
kelishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan qoniqarsiz moliyaviy holat, foydalilik prognozi, 
yuqori darajadagi moliyalash tavakkalchiligi va balansdan tashqari moddalar, shuningdek 
boshqa omillar mavjudligi aniqlangan tijorat banklariga nisbatan regulyativ kapital 
miqdorini oshirish to‘g‘risida talablar qo‘yishga haqli.
Har bir bankning regulyativ kapitali uning etarliligini aniqlash maqsadida mazkur 
Nizom talablariga muvofiq hisoblab chiqishi kerak.
Kapital tarkibi
Regulyativ kapital I darajali kapital va II darajali kapitaldan tashkil topadi.
Regulyativ kapital tarkibiga xavfsiz bo‘lmagan va nosog‘lom bank faoliyatini yuzaga 
kelishiga 
olib 
kelishi 
mumkin 
bo‘lgan 
shartlarni 
(tashkil 
qilinadigan 
jamg‘armalar/zaxiralardan 
belgilangan 
maqsadga 
muvofiq 
foydalanish, 
qarz 
majburiyatlarini chiqarish shartlari va boshqalar) bilan cheklangan kapital elementlari 
kiritilishi mumkin emas.
I darajali kapital regulyativ kapitalning 75 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.
II darajali kapital miqdori I darajali kapital miqdorining uchdan bir qismidan oshib ketsa, 
kapitalning oshib ketgan summasi regulyativ kapital hisob–kitobiga kiritilmaydi.
I darajali kapital asosiy kapital va qo‘shimcha kapitalni o‘z ichiga oladi.
I darajali asosiy kapital regulyativ kapitalning 60 foizidan kam bo‘lmagan qismini 
tashkil etishi lozim va u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
to‘liq to‘langan va muomalaga kiritilgan oddiy aksiyalar;
qo‘shilgan kapital– joylashtirishda bank aksiyadorlari tomonidan aksiyaning nominal 
narxidan yuqori to‘langan summa;
taqsimlanmagan foyda:
25
Ш.З.Абдуллаева, А.А.Омонов. Тижорат банклари капитали ва уни бошқариш. –Т.:,«IQTISOD-MOLIYA»,2006. 122 б.


131 
a) bank balansidagi avvalgi yillarning taqsimlanmagan foydasi hisobidan shakllangan 
kapital zaxiralar va boshqa zaxiralar (tekinga olingan mulklar va boshlang‘ich qiymatiga 
nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi bundan mustasno);
b) to‘lanmagan dividend summalari chiqarib tashlangan o‘tgan yillardan qolgan 
taqsimlanmagan foyda;
v) joriy yil zararlari chegirib tashlanadi.
aksiya egalari kamchiligining birlashgan korxonalar aksiyadorlik hisobvaraqlaridagi 
ulushi. Bu ulush shu’ba korxonalari hisobvaraqlari bank moliyaviy hisobotlarida 
birlashtirilganda 
va 
bank 
ulushi 
bunday 
korxonalar 
kapitalining
100 foizdan kam qismini tashkil qilganda vujudga keladi;
devalvatsiya zaxirasi.
I darajali qo‘shimcha kapital o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
nokumulyativ muddatsiz imtiyozli aksiyalar. Bu aksiyalar:
a) muayyan sotib olish sanasi va shartlariga ega emas;
b) egasining xohishiga ko‘ra sotib olinishi mumkin emas;
v) bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq ularga doir dividendlar 
to‘lanmasligi mumkin;
g) ular bo‘yicha o‘tgan davrdagi olinmagan dividendlar to‘lanmaydi;
d) chiqarilganiga 10 yildan kam bo‘lmagan va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankining dastlabki ruxsati bilan sotib olinadi, bunda bank sotib olinadigan summani 
kapitalning o‘sha turi yoki boshqa undan yuqoriroq turiga almashtiradi, yoxud bank 
kapitalining etarliligi, kapitalning etarliligiga qo‘yilgan minimal talabidan yuqori bo‘lishi 
lozim.
birinchi marotaba yozilgan aksiyadorlardan olingan, imtiyozli aksiyalarning nominal 
qiymatidan yuqori bo‘lgan bozor narxidagi summa;
I darajali qo‘shimcha kapitalga qo‘shilish me’zonlariga javob beruvchi sho‘‘ba 
korxonalarning ulushi (sho‘‘ba korxonalari tomonidan chiqarilgan va uchinchi shaxslar 
ixtiyorida bo‘lgan kapitalga tenglashtirilgan vositalar).
Dividend stavkalari o‘zgarib turuvchi imtiyozli aksiyalar 10 va 11–bandlardagi 
shartlar bajarilishidan qat’i nazar I darajali kapital hisob–kitobiga kiritilmaydi.
II darajali kapital quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
joriy yildagi sof foyda, bunda bankning oraliq moliyaviy hisoboti auditorlik 
tekshiruvidan o‘tishi kerak, aks holda bankning joriy yil sof foydasining 50 foizi;
chegirmalardan so‘ng tavakkalchilikni hisobga olgan holda hisoblab chiqarilgan 
aktivlar summasining 1,25 foizi miqdordagi umumiy zaxiralar;
chegirmalardan so‘ng I darajali 100 foizli kapitalning uchdan bir qismidan oshmagan 
miqdorda aralash turdagi majburiyatlar (aksiyadorlik va qarz kapitali tavsiflarini o‘z ichiga 
olgan vositalar). I darajali kapitalga kiritilmagan aralash turdagi majburiyatlar, jumladan 
imtiyozli aksiyalar, agarda ular quyidagi shartlarga javob bersalar, II darajali kapitalga 
kiritilishi mumkin:
a) to‘liq to‘langanligi;
b) garov bilan ta’minlanmaganligi;


132 
v) bank tugatilganda ularga doir talablar bank depozitorlari va bank boshqa 
kreditorlari talablari qondirilgandan so‘ng qondirilishi;
g) aksiya egasining tashabbusi bilan to‘lanmasligi;
d) bankning barcha zaxiralarini qoplashi va bankni to‘lovga qobiliyatsiz deb e’lon 
qilish huquqini bermasligi;
e) agar bank oxirgi 3 chorak mobaynida foyda olmagan bo‘lsa, emitent xohishiga 
ko‘ra oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar (foizlar) to‘lash to‘g‘risidagi qaror 
qabul qilishda ushbu majburiyatlarga doir dividendlar (foizlar)ni to‘lash muddati 
kechiktirilishi mumkinligi.
subordinar qarz, bu bankning qarz majburiyatlari shakli bo‘lib, bank kapitalini 
aniqlash maqsadida hisob–kitoblardan so‘ng I darajali kapitalning uchdan bir qismidan 
oshmasligi kerak. II darajali kapitalga kiruvchi subordinar qarz to‘lash muddati etib 
kelgunga qadar oxirgi 5 yil davomida yiliga 20 foizga kamayib borishi shart.
II darajali kapital tarkibiga kiruvchi subordinar qarz quyidagi talablarga javob berishi 
lozim:
a) garov ta’minotiga ega bo‘lmaslik;
b) bank tugatilayotganda ushbu majburiyatlar bo‘yicha talablar depozitorlar va bank 
boshqa kreditorlari talablari qondirilganidan so‘ng amalga oshirilishi;
v) boshlang‘ich to‘lov muddati 5 yildan ortiq bo‘lishi;
g) subordinar qarz Markaziy bankning ruxsati bilan muddatidan avval qaytariladi.
aktivlarning boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan 
summasining 45 foizi miqdori.
Kapitaldan chegirmalar kapital etarliligi koeffitsientlari hisoblangunga qadar I 
darajali kapitaldan chegirilishi lozim.
I darajali kapitaldan chegirmalar o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
nomoddiy aktivlar;
birlashmagan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar kapitaliga barcha investitsiyalar summasi, 
shu jumladan, bunday xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar kapitalini tashkil qiluvchi qarz 
majburiyatlari;
boshqa banklarning kapitaliga qilingan investitsiyalar.
Bunda I darajali kapitaldan chegirmalar tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2008 yil 18 noyabrdagi “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy 
barqarorligini yanada oshirish chora–tadbirlari to‘g‘risida” PF–4053–son Farmoniga 
muvofiq auksion va tanlov savdolarida banklarga realizatsiya qilingan ishlab chiqaruvchi 
bankrot korxonalar mol–mulki negizida tashkil qilingan korxonalarga, shuningdek 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2008 
yil
19 noyabrdagi F–4010–son Farmoyishi bilan tasdiqlangan Iqtisodiy nochor korxonalarni 
auksion va tanlov savdolarida tijorat banklariga realizatsiya qilish tartibiga muvofiq 
xo‘jalik sudlarining qarorlariga binoan kreditor banklar balansiga tugatish qiymati 
bo‘yicha qabul qilingan ishlab chiqaruvchi bankrot korxonalar mol–mulki negizida tashkil 
etilgan korxonalarga banklarning investitsiyalari kiritilmaydi.

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish