107
─
davlat bojxona qo‘mitasiga, agar bank xorijiy valyutadagi hisob raqamga ega
bo‘lsa, litsenziya chaqirib olingani to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etishi shart.
Qaror qabul qilingan kunning o‘zida tugatilayotgan bank joylashgan Rossiya
bankining hududiy boshqarmasi qarorni bankka taqdim
etadi va bankning balans va
balansdan tashqari hisoblari orqali pul mablag‘lari harakatini to‘xtatishini nazoratga
oladi.Agarda bank kassasida naqd pul mavjud bo‘lsa likvid bankning korrespondlik hisob
raqami mavjud bo‘lgan bankning hisob-kassa markaziga jo‘natiladi.
Banklarni
ihtiyoriy
tugatish
ta’sischilarning
qaroriga
asosan
Rossiya
Federatsiyasining Fuqarolik kodeksining 92 va 104 moddalaring talablarini bajargan holda
amalga oshiriladi. Tijorat bankini ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishi bilan
bank kreditorlari oldtdag barcha majburiyatlarini bajarishi shart. Agar bank to‘lovga
layoqatsiz bo‘lsa bankni ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilish ta’qiqlanadi.
Qaror qabul qilingandan so‘ng likvid komissiya o‘z ishini boshlaydi. Tijorat bankini
ihtiyoriy tugatishda likvid komissiya tarkibi ta’sischilar tomonidan tasdiqlanadi. Bank
majburiy tarzda o‘z faoliyatini tugatayotgan bo‘lsa, likvid komissiya tarkibi Rossiya
banknining hududiy boshqarmasi bilan kelishgan holda sud tomonidan tayinlanadi.
Likvid komissiya Hisob-kassa markaziga o‘z hisob raqamini ochish bo‘yicha
ariza
bilan murojaat etadi. Hisob raqam ochilgandan so‘ng tugatilayotgan bankning barcha pul
mablag‘lari va kreditorlik mablag‘lari ushbu hisob raqamga o‘tkaziladi. Likvid komissich
harajatlari tasdiqlangan smeta hujjatlari asosida tijorat banki tomonidan qoplanadi.
SHuningdek likvid komissiya quyidagi tadbirlarni amalga oshirishi majburiy hisoblanadi:
─
Ommaviy ahborot vositlarida likvid komissiyaning manzilini, e’tirozlarni qabul
qilish muddatini e’lon qilishi,
─
Bankda mavjud mol-mulkni saqlash chora-tadbirlarini ishlab chiqishi,
─
Muddat o‘tgan kreditlar bo‘yicha mavjud garov mulklarini sotish
chora-tadbirlarini ishlab chiqishi
─
Bankning mol-mulki va aktiv-passivlarini baholash ishlarini amalga oshirishi
─
Bank majburiyatlarini bajara olmagan taqdirda bank mol-mulkini o‘rnatilgan
tartibda
sotishi
─
Bank majburiyatlarini qoplagan taqirda qolgan mol-mulkni ta’sischilar o‘rtasida
taqsimlashi
─
Hisobotlarni Rossiya bankining hududiy boshqarmalariga tavdim etishi shart.
Barcha tadbirlar amalga oshiriligandan so‘ng likvid komissiya Rossiya bankining hududiy
boshqarmasiga amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalari to‘g‘risida o‘z xulosasini
rasmiy ravishda taqdim etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: