"bank ishi" kafedrasi


-jadval  O‘zbekiston Respublikasi xududida tugatilgan yoki qo‘shib yuborilgan banklar



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/141
Sana15.06.2022
Hajmi3,89 Mb.
#675130
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   141
Bog'liq
Bank ishi ma\'ruzalar tòplami

5-jadval 
O‘zbekiston Respublikasi xududida tugatilgan yoki qo‘shib yuborilgan banklar 
ro‘yxati
12
 
t/r 
Banklar nomi 
Izox 
1. 
Parvina bank 
YOpilgan 
2. 
Alp-Jamol bank 
YOpilgan 
3. 
Karvon bank 
YOpilgan 
4. 
Nur-Anvar bank 
YOpilgan 
5.
Meva-sabzavot bank 
Qo‘shilgan 
6. 
Avtodorbank 
Qo‘shilgan 
7. 
Aviabank 
Qo‘shilgan 
8. 
O‘ktam bank 
YOpilgan 
9. 
Samarqand bank 
YOpilgan 
10. 
Kredit-standart bank 
YOpilgan 
11. 
Amir bank 
YOpilgan 
 
1990 yillarning oxiri 2000 yillarning boshida respublikamizda tijorat banklarining soni 
40 tadan oshgan. Lekin Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarga javob bermaslik 
holatlari natijasida bir necha banklarning litsenziyasi Markaziy bank tomonidan chaqirib 
olindi. Bu banklar butunlay yopildi. Meva Sabzavot bank, Avtodorbank, Avia banklar 
boshqa banklar tomonidan qo‘shib olindi, jumladan, Avia bank Kapital bankka, 
Avtodorbank Asaka bankka qo‘shib olindi. YOpilgan banklarga Nur-Anvar bank, Karvon 
bank, Parvina bank, Alp-Jamol banklarni kiritish mumkin. Oxirgi 3- yil davomida yana 4 
ta bank yopildi, bular: O‘ktam bank, Samarqand bank, Kredit-standart bank va Amir bank.
Amir bankning litsenziyasi 2014 yilning iyun oyi boshida chaqirib olindi. Bu banklar 
litsenziyasining chaqirib olinishi O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank 
faoliyati” to‘g‘risidagi qonunining 14-moddasiga hamda “O‘zbekiston Respublikasining 
Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonunining 53-moddasiga binoan amalga oshirildi. 
 
4. Tijorat banklarini qayta tashkil etish va qo‘shib olish asoslari 
 
Bank boshqa tijorat bankiga qo‘shib yuborish yo‘li bilan qayta tashkil etilganida davlat 
ro‘yxatga olish organi qo‘shilib yuborilgan bank o‘z faoliyatini to‘xtatgani haqidagi 
yozuvni yuridik shaxslarning yagona davlat reestriga kiritgan paytdan e’tiboran qo‘shib 
yuborilgan bank qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi. 
12
Муаллиф томонидан мустақил тайёрланди.


99 
Qayta tashkil etish natijasida yangidan vujudga kelgan bankni davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazish hamda qayta tashkil etilgan bankning faoliyati to‘xtatilgani to‘g‘risidagi yozuvni 
kiritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Qayta tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bank 30 kundan 
kechiktirmay o‘z kreditorlarini bu haqda yozma ravishda xabardor etadi. Kreditor bankdan 
majburiyatlarni to‘xtatish yoki muddatidan ilgari bajarishni hamda zararning o‘rnini 
qoplashni quyidagi muddatlarda yozma ravishda xabar berish yo‘li bilan talab qilishga 
haqlidir: 
-qo‘shib yuborish, birlashtirish yoki qayta tuzish tarzida qayta tashkil etish haqidagi 
xabarni bank kreditorga yuborgan sanadan boshlab uzog‘i bilan 30 kun ichida; 
-bo‘lish yoki ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etish to‘g‘risidagixabarni Bank 
kreditorga yuborgan sanadan boshlab uzog‘i bilan 60 kun ichida. 
Agar bo‘linish balansi qayta tashkil etilayotgan bankning huquqiy vorisinianiqlash 
imkonini bermasa, yangi vujudga kelgan yuridik shaxslar qayta tashkiletilgan bankning 
majburiyatlari yuzasidan uning kreditorlari oldida solidarjavobgar bo‘ladilar. 
Bankni qo‘shib yuborish tartibi.Qo‘shib yuborishda ishtirok etayotgan bank qo‘shib 
yuborish haqida shartnoma tuzadi, unda qo‘shib yuborish tartibi va shartlari, shuningdek 
har bir bank aksiyalarini yangi bankning aksiyalariga va (yoki) boshqa qimmatli 
qog‘ozlariga ayirboshlash tartibi belgilab qo‘yiladi. Har bir bankning Kengashi qo‘shib 
yuborishda ishtirok etayotgan Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishi hukmiga qo‘shib 
yuborish tarzida qayta tashkil etish to‘g‘risidagi, qo‘shib yuborish shartnomasini 
tasdiqlash haqidagi va o‘tkazish dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi masalalarni havola 
etadi. 
YAngi vujudga kelayotgan bank Ustavini tasdiqlash va Kengashini saylash qo‘shib 
yuborishda ishtirok etayotgan banklar aksiyadorlarining qo‘shma umumiy yig‘ilishida 
amalga oshiriladi. Aksiyadorlarning qo‘shma umumiy yig‘ilishida ovoz berish tartibi 
banklarning qo‘shib yuborilishi to‘g‘risidagi shartnomadabelgilab qo‘yilishi mumkin. 
Majburiyatlar o‘tkazish dalolatnomasiga muvofiq yangi vujudga kelgan bankga o‘tadi. 
Bankni birlashtirilish tartibi.Birlashtirilayotgan bank va birlashtirib olayotgan bank 
birlashish to‘g‘risida shartnoma tuzadilar, unda birlashishning tartibi va shartlari, 
shuningdek birlashtirilayotgan bankning aksiyalarini birlashtirib olayotgan bankning 
aksiyalari va (yoki) boshqa qimmatli qog‘ozlariga ayirboshlash tartibi belgilab qo‘yiladi. 
Har bir bankning Kengashi birlashishda ishtirok etayotgan o‘z bankining umumiy 
yig‘ilishi hukmiga birlashish tarzida qayta tashkil etish to‘g‘risidagi va birlashish 
shartnomasini tasdiqlash haqidagi masalani kiritadi. Birlashtirilayotgan bank Kengashi 
o‘tkazish dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalani ham Aksiyadorlar Umumiy 
yig‘ilishi hukmiga havola etadi. 
Banklar Aksiyadorlarining qo‘shma Umumiy yig‘ilishi Ustavga o‘zgartishlar va 
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Aksiyadorlarning qo‘shma Umumiy 
yig‘ilishida ovoz berish tartibi birlashish to‘g‘risidagi shartnomada belgilab qo‘yiladi. 
Bir bank boshqa bankga birlashganda o‘tkazish dalolatnomasiga muvofiq 
birlashtirilayotgan bankning barcha huquq va majburiyatlari qo‘shib olgan bankga o‘tadi. 


100 
Bankni bo‘lish tartibi.Bo‘lish tarzida qayta tashkil etilayotgan bankning Kengashi 
Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishi hukmiga bo‘lish tarzida bankni qayta tashkil etish 
to‘g‘risidagi, bu qayta tashkil etishning tartibi va shartlari xususidagi, yangi banklar tuzish 
hamda qayta tashkil etilayotgan bank aksiyalarini 
tuzilayotgan banklar aksiyalariga va (yoki) boshqa qimmatli qog‘ozlariga 
ayirboshlash tartibi to‘g‘risidagi masalalarni havola etadi. 
Bo‘lish tarzida qayta tashkil etilayotgan bank Aksiyadorlarining Umumiyyig‘ilishi 
bankni bo‘lish tarzida qayta tashkil etish to‘g‘risida, yangi bank tuzishhamda qayta tashkil 
etilayotgan bank aksiyalarini tuzilayotgan bankningaksiyalari va (yoki) boshqa qimmatli 
qog‘ozlariga ayirboshlash tartibi to‘g‘risidaqaror qabul qiladi. YAngi tuzilayotgan har bir 
bank Aksiyadorlarining Umumiyyig‘ilishi uning Ustavini tasdiqlash hamda Kengashini 
saylash to‘g‘risida qarorqabul qiladi. 
Bank bo‘linganda uning barcha huquqlari va majburiyatlari bo‘lish balansigamuvofiq 
yangi tashkil etilayotgan ikki yoki bir necha Bankga o‘tadi. 
 
Bankni ajratib chiqarish tartibi.Ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etilayotgan 
bankning Kengashi Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishi hukmiga ajratib chiqarish tarzida 
bankni qayta tashkil etish, ajratib chiqarishni amalga oshirishning tartibi va shartlari, yangi 
bankni tuzish, ajralib chiqayotgan bankning aksiya va (yoki) boshqa qimmatli qog‘ozlarini 
ayirboshlash imkoniyatlari va bunday ayirboshlash tartibi, bo‘lish balansini tasdiqlash 
to‘g‘risidagi masalani havola etadi.
Ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etilayotgan bank aksiyadorlari Umumiy 
yig‘ilishi bankni ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etish, ajratib chiqarishning tartibi va 
shartlari, yangi bankni tuzish, bankning aksiyalarini ajralib chiqayotgan bankning 
aksiyalariga va (yoki) boshqa qimmatli qog‘ozlariga ayirboshlash imkoniyatlari va bunday 
ayirboshlashni o‘tkazish tartibi, bo‘lish balansini tasdiqlash haqida qaror qabul qiladi. 
Bank tarkibidan bir yoki bir nechta bank ajralib chiqqanda ajratib chiqarish tarzida 
qayta tashkil etilgan jamiyat huquqlari va majburiyatlarining bir qismi bo‘lish balansiga 
muvofiq ularning har biriga o‘tadi. 
Qayta tuzilayotgan Bank Aksiyadorlarining Umumiy yig‘ilishi qayta tuzish to‘g‘risida, 
qayta tuzishni amalga oshirishning tartibi va shartlari haqida qaror qabul qiladi. Qayta 
tuzish jarayonida vujudga keltirilayotgan yangi yuridik shaxsning qatnashchilari 
o‘zlarining qo‘shma majlislarida uning ta’sis hujjatlarini tasdiqlash hamda qonun 
hujjatlarining talablariga muvofiq Boshqaruv organlarini saylash to‘g‘risida qaror qabul 
qiladilar. Bank qayta tuzilganida qayta tashkil etilgan bankning barcha huquqlari va 
majburiyatlari o‘tkazish dalolatnomasiga muvofiq yangi vujudga kelgan yuridik shaxsga 
o‘tadi. 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish