Termiz muhandislik texnologiya instituti



Download 75,5 Kb.
bet1/4
Sana10.07.2022
Hajmi75,5 Kb.
#771953
  1   2   3   4
Bog'liq
Шартнома




TERMIZ MUHANDISLIK – TEXNOLOGIYA INSTITUTI
TALABALAR TURAR JOYINI IJARAGA BERISh TARTIBI
ShARTNOMASI №____

«____ » ______________ 2022 yil Termiz shahri


Termiz muhandislik- texnologiya instituti , bundan buyon «Ijaraga beruvchi» deb ataluvchi, direktor O‘.Ch.Axmedov Nizom asosida ish yurituvchi va bir tomondan _________________________ ___________________________, bundan buyon «Ijaraga turuvchi» deb ataluvchilar quyidagilar to‘g‘risida shartnoma tuzadilar:


1. ShARTNOMANING MAZMUNI

1.1.“Ijaraga beruvchi” “Ijaraga oluvchi”ga Termiz shaxar I.Karimov ko‘chasi 288 manzildagi TMTI talabalar yotoqxonasini ijaraga beradi, “Ijaraga oluvchi” esa ushbu “Ob’ekt”ni qabul qilib oladi va belgilangan ijara to‘lovini “Ijaraga beruvchi”ga to‘laydi.




2. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


2.1 «Ijaraga beruvchi» majburiyatlari:

Filial ma’muriyatining majburiyatlari:


- talabalar turar joyini tegishli choyshab, yostiq jildlari va boshqa zarur anjomlar bilan ta’minlash;
- talabalar turar joyida o‘tkaziladigan tadbirlar va madaniy-ommaviy ishlarni hamda sport musobaqalarini o‘tkazishni ta’minlash;
- talabalar turar joyini joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;
- talabalar turar joyida yashash sharoitlarini tegishli me’yorlar asosida jihozlar bilan ta’minlash;
- talabalar turar joyida faoliyat yurituvchi shaxslarni zaruriy ish o‘rinlari bilan ta’minlash:
- talabalar turar joyida yuzaga kelgan maishiy xizmat tizimidagi kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf qilish va qayta buzilmasligini oldini olishdan iborat.
2.2 «Ijaraga oluvchi» majburiyatlari:

- ichki tartib-qoidalariga qat’iyan amal qilish;


- ma’muriyat bilan tuzilgan o‘zaro mas’uliyat to‘g‘risidagi shartnoma qoidalariga rioya qilish;
- navbatchilik jadvaliga binoan xonalarda, qavat va kirish joylarida navbatchilik qilish, dam olish joylarida namunali tozalikni ta’minlash;
- gaz va elektr asboblaridan unumli foydalanish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish;
- yashab turgan xona va umumiy foydalanish joylarini har doim saranjom tutish;
- xonadoshlar va talabalar turar joyida yashayotgan talabalar bilan samimiy va ahil munosabatda bo‘lish;
- qavat va bo‘lim sardorlari, “Talabalar kengashi” raisi talablarini bajarish;
- Talabalar turar joyi va xonadagi mavjud hamma jihozlarni (shifoner, krovat, tumbochka, stol va h. k.) namunali tutish;
- talabalar turar joyi va xonadagi mebellarni, deraza va unga qo‘yilgan oynalarni sindirmaslik, eshik qulflarini talabalar turar joyi boshlig‘i ruxsatisiz almashtirmaslik;
- umumiy foydalanish joylariga o‘rnatilgan yoritgichlar, elektr va gaz plitalarini ehtiyot qilish, yuvinish xonasi, oshxona hamda ma’naviyat va ma’rifat xonalari jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish;
- elektr va gaz plitalaridan tejab foydalanish, qo‘lbola elektr isitgich asboblaridan foydalanmaslik;
- jadval bo‘yicha navbatchilik qilish, belgilangan muddatda qavatni hamda umumiy foydalanish joylarini (hojatxona, yuvinish xonalari, ovqat pishirish xonasi va boshqa) tozalash, maishiy chiqindilarni maxsus belgilangan joylarga o‘z vaqtida chiqarib tashlash;
- talabalar turar joyida o‘tkaziladigan hashar, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarida muntazam faol qatnashish;
- talabalar turar joyidan uzoq muddatga (yozgi va qishki ta’til, dam olish, amaliyot) ketishdan oldin xonadagi jihozlarni va xona kalitini talabalar turar joyi boshqaruv raisiga topshirish;
- bitiruv malakaviy ishlarini tugatgandan so‘ng yoki o‘qishdan chetlashtirish to‘g‘risidagi filial direktorining buyrug‘i chiqarilgan taqdirda xona va undagi jihozlarni bir hafta muddati ichida talabalar turar joyi boshqaruvi raisiga topshirish.
- talabalar kechki soat 22:00 dan kechikmay yotoqxonada bo‘lishlari shart.



Download 75,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish