O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAMANGAN MUHANDISLIK –TEXNOLOGIYA INSTITUTI ”Kimyo- texnologiya” fakulteti ”Kimyoviy texnologiya” kafedrasi ” Kimyo va neft-gaz sanoati jarayon qurilmalari” fanidan KURS LOYIHA Mavzu: “Uch bosqichli bug’latgich qurilmasini loyihalash” Bajardi: 9M-21 guruh talabasi Mo`hiddinov D Qabul qildi: T.f.d.dost Dehkanov Z
Reja: I.Kirish………………………..……………………………………………….. II. Asosiy qism. 2.1. Bug‘latish usullari ………………………………………………..…… 2.2. Uch bosqichli bug‘latish qurilmasi …………….……………….…….. 2.3. Uch bosqichli bug‘latkichlar tuzilishi va ishlash prinsiplari. ………… III. Xulosa. IV. Ilova. V. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish O’zbekiston Respublikasining innavatsion rivojlanishi ko’p jihatdan ustuvor sohalarni , jumladan kimyo, biokimyo, gaz va neft-kimyo sanoati (keyingi o’rinlarda – kimyo sanoati) taraqqiyotiga bevosita bog’liqdir. So’nggi yillarda sohada yaratilgan poydevor kimyo sanoati salohiyatini yaqin 3-5 yil davomida barqaror o’sish dinamikasini ta’minlay oladi. 2021-yildan boshlab, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishda asosan xususiy, shu jumladan xorijiy investorlar va texnologik sheriklarni jalb qilishni nazarda tutuvchi ”Kimyo va gaz kimyo sanoatida texnologik klastyerlarni yaratish bo’yicha ochiq hamkorlik dasturi” joriy etilgan. Neft-gaz sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim o’rin egallaydi. Ushbu sohada nafaqat energiya manbai, balki ko’plab tarmoqlar uchun zarur bo’lgan polimerlar, organik kimyoviy moddalar hamda azotli mineral o’g’itlarni ishlab chiqarishda asosiy xomashyo bazasi hisoblanadi.
II. Asosiy qism. 2.1. Bug‘latish usullari Sanoatda mavjud texnologiyalarda asosan quyidagi bug‘latish usullaridan foydalaniladi: - oddiy bug‘latish (uzlukli va uzluksiz); - ko‘p korpusli qurilmalarda bug‘latish (faqat uzluksiz); - issiqlik nasoslarini qo‘llab bug‘latish. Eritmalar va isituvchi bug‘ xossalariga qarab hamma 3 ta bug‘latish usullari vakuum va bosim ostida o‘tkazilishi mumkin. Issiqlik eltkich sifatida, deyarli har doim, to‘yingan suv bug‘i ishlatiladi. Kamdan - kam xollarda eritmalar elektr toki yoki oraliq issiqlik eltkichlari yordamida isitiladi. Oddiy bug‘latish. Issiqlik tejalishi katta ahamiyatga ega bo‘lmagan va unumdorligi kichik bo‘lgan qurilmalarda oddiy bug‘latishdan foydalaniladi. Undan tashqari, temperatura depressiyasi yuqori eritmalarnigina uzlukli ishlaydigan, bir korpusli bug‘latish qurilmasida amalga oshirish iqtisodiy jixatdan to‘g‘ri va maqsadga muvofiqdir. Uzlukli bug‘latishni ikki xil yo‘l bilan olib borish mumkin: boshlang‘ich eritmani dastavval yuklash va oz-oz miqdorda yuklash.