"bank ishi" kafedrasi



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/141
Sana15.06.2022
Hajmi3,89 Mb.
#675130
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   141
Bog'liq
Bank ishi ma\'ruzalar tòplami

 
 
 
1-jadval 
Rossiya Federatsiyasi tijorat banklarining dinamikasi
13
 
Rossiya banklari 
0
1
.0
1
.2
0
0
8
0
1
.0
1
.2
0
0
9
0
1
.0
1
.2010
0
1
.0
1
.2011
0
1
.0
1
.2012
0
1
.0
1
.2013
0
1
.0
1
.2014
O‘zgarishi 
2013 y 
13
http://www.km.ru/economics. 


108 
1. Markaziy Federal 
okrugi 
632 
621 
598 
585 
572 564 547 - 17 
Moskva shahri 
555 
543 
522 
514 
502 494 489 - 5 
2. SHimoliy-
G‘arbiyFederal 
okrugi 
81 
79 
75 
71 
69 
70 
70 

3. Janubiy Federal 
okrugi 
118 
115 
113 
47 
45 
46 
46 

4. SHimoliy Kavkaz 
Federal okrugi 



57 
56 
50 
43 
- 7 
5. Privoljsk Federal 
okrugi 
134 
131 
125 
118 
111 106 102 - 4 
6. Ural Federal 
okrugi 
63 
58 
54 
51 
45 
44 
42 
- 2 
7. Sibir Federal 
okrugi 
68 
68 
62 
56 
54 
53 
51 
- 2 
8. Uzoq SHarq 
Federal okrugi 
40 
36 
31 
27 
26 
23 
22 
- 1 
Rossiya 
Federatsiyasi 
bo‘yicha jami 
1 136 
1 108 1 058 1 012 978 956 923 - 33 
Rossiya banklari soni 2014 yil boshiga 923 tani tashkil etgan. Bu avvalgi yilga 
nisbatan 33 taga kamayganligini ko‘rsatadi. Agar oxirgi 7 yilni tahlil qilsak, bu davrda 
Rossiya banklari 213taga qisqarganini ko‘rish mumkin. Agar 2007 yilda banklar soni 1136 
ta bo‘lgan bo‘lsa bugungi kunga kelib ular soni 923 taga tushib qolgan. RossiYA 
Federatsiyasidagi barcha banklarning asosiy qismi mamlakatning Evropa qismida 
joylashgan. Jami banklarning 46%i yirik banklarda iborat. Umuman, Rossiya bank 
tizimida ham banklarning yopilish va qo‘shib olish tendensiyasi namoyon bo‘lmoqda. 
Rossiya banklarini qo‘shish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, oxirgi bir necha yillar 
davomida bu jarayonga banklarning o‘zi bilan birga ularni tartibga soluvchi organlar ham 
tayyor emasligi ma’lum bo‘ldi. Banklarni qo‘shish, va qo‘shib olish borasidagi 
qiyinchiliklarga duch kelish mumkinligi ko‘pchilikning hayoliga ham kelmagan edi. Lekin 
bunday jarayon boshlangandan so‘ng bu yo‘lda juda ko‘plab muammolarga duch kela 
boshlandi, qanday natijaga erishilishi noaniq edi. 90-yillarda yirik banklar o‘rtasida 
banklarni qo‘shib olish “moda”ga aylangan edi.SHu davrda AQSHda banklarning qo‘shib 
olinishi juda rivojlandi, Evropada esa bunday qo‘shilish 1995 yillarda yuqori darajada 
bo‘ldi. 
1996-2001 yillarda dunyoda etakchi bo‘lgan, sanoati rivojlangan («yirik 10 ta lik») 
davlatlarda 34147 ta banklarni qo‘shish holatlari ro‘yhatdan o‘tkazilgan. 1990-95 yillarda 
19 996 ta banklarni qo‘shish holatlari bo‘lgan bo‘lib, bu jarayon deyarli 1.8 barobar 
oshganligini ko‘rsatadi. Lekin Evropada ham banklarni qo‘shish holatlari boshqarish 
bobida oson bo‘lmagan jarayon ekanligi, bank faoliyati to‘liq izga tushib ketishi 


109 
rahbarlarning professional etukligiga bog‘liqligini dastlab tushunib etilmagan. G‘arb 
davlatlarida banklarni qo‘shish natijalari statistikasi shuni ko‘rsatadiki, 60% qo‘shitlgan 
banklar qo‘yilgan mablag‘larni oqlamagan. Banklarning qo‘shilishidan so‘ng 1 yil 
o‘tmasdan banklar o‘zlarining 16-40% aksiyadorlarini yo‘qotar ekan. Oxirgi 20 yil ichida 
300 ta banklarning qo‘shilishi asosida yiriklashuvidan 3 yil o‘tgandan so‘ng banklar 
qo‘shilishining 57%i oldingi rivojlanish darajasida qolib, yana qaytadan bo‘linish ishlarini 
amalga oshirgan. 
Amerikaning FMCG-capital-strategies konsultatsion firmasi 400 ta banklarning 
qo‘shilish holatlarini tahlil qilib ularning 80%i omadsiz yakunlandganini ma’lum qildi. 
Uning asosiy sababi — pozitiv jixatdan samaradorligi yuqori baholangan va aksincha, 
negativ jixatdan samaradorligiga etarli darajada baho berilmagan. SHuning uchun 
banklarni qo‘shib olishda bir qator tavsiyalarni hisobga olish lozim. 
1. Bank biror bankka qo‘shilish haqida xulosaga kelgan bo‘lsa, avvalo o‘zining 
iqtisodiy holatini, o‘zining avzalliklari, taklif va talablarini to‘g‘ri baholab olishi lozim. 
Bankni qo‘shib olish bo‘yicha muzokaralar olib borishdan avval qo‘shilmoqchi bo‘lgan 
bankning holati to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishi kerak. 
2. Qo‘shilmoqchi bo‘lgan bankning moliyaviy holati va uning maqsadini tahlil 
qilish lozim. Bunda bankning o‘tgan davrdagi va kelajakdagi natijalari, yuksalish, baholar 
siyosati, iqtisodiy potensiali, bank xizmatlari bozorida uning o‘rnini o‘rganib chiqishi 
lozim. 
3. Qo‘shilayotgan ikkala bankning iqtisodiy, tashkiliy va strategik jihatdan bir-biriga 
mosligini o‘rganib chiqish banklar qo‘shilishining yana bir asosiy aspektlaridan biri bo‘lib 
hisoblanadi.
4. Qo‘shilayotgan ikkala bank o‘rtasidagi muzokaralarnining yo‘nalishi, sifati ham 
kelajakda qo‘shib olayotgan bankning faoliyatiga ta’sir qiladi.Muzokaralarda qatnashish 
uchun uzoqni ko‘ra bilgan rahbar muzokara guruhlarini tuzayotganda ushbu guruhga turli 
yo‘nalishdagi, jumladan, inson resurslari, kommunikatsiya texnologiyalar sohalaridagi 
ekspertlarni jalb qiladi.
5. Komanda tuzilgandang so‘ng bank qo‘shilish strategiyasi va tashkiliy rejalar 
ishlab chiqiladi. 
Depozitlarning sug‘urta tizimiga 2013 yil boshiga AQSHning 600ta banki a’zo bo‘lgan. 
Banklarning yopilishi kuzatilgan bo‘lsada, AQSH banklarining 2013 yil choragi natijalari 
bo‘yicha foydasi avvlgi yilga nisbatan 15,8% yuqori bo‘lgan.
Rossiya banklarining qo‘shilishi rivojlangan g‘arb davlatlaridagi qo‘shilishdan farq 
qiladi. SHu bilan birga ko‘p yillar davomida g‘arb davlatlarida yig‘ilgan boy tajriba hamda 
Rossiyada bir necha yillik tajribaga asoslangan holda bir qator hulosalar qilish 
imkoniyatini beradi. Bu hulosalar quyidagilar: 
Banklari qo‘shilishining muammoli yakunlanishi banklarni qo‘shib olishda ishtirok 
etayotgan yoki jarayonni boshqarayotgan shaxslarda bu sohada tajribaning yo‘qligi, 
tomonlarning kelajakdagi strategiya va rejalari mavjud emasligi, bank aktivlarning va 
kelajakdagi olinishi rejalashtirilgan natijalarning noto‘g‘ri baholanishi, qo‘shilayotgan 
yoki o‘ziga qo‘shib olinayotgan banklarning bir biriga monandligi, qo‘shilayotgan ob’ekt 
haqida to‘liq ma’lumotga ega emasligi qo‘shilayotgan banklarning kelajakdagi faoliyatiga 


110 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. SHu o‘rinda yana ta’kidlash lozimki, banklari qo‘shilishining juda 
katta riskli bo‘lib sanaladi. 
Tijorat banklari faoliyati yuqori darajadagi iqtisodiy risklar bilan chambarchas 
bog‘liq bo‘ladi. Banklar faoliyati asosan jalb qilingan mablag‘lar hisobidan amalga 
oshiriladi. SHunga ko‘ra banklar faoliyatida doimo likvidlilik riski, kredit riski va tizimli 
risk yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Tijorat banklarining bosh maqsadi - yuqori darajada 
foyda olishni ta’minlash, bu esa bankni yuqori daromadli, ayni vaqtda, yuqori riskli 
operatsiyalarni (kreditlar berish, tijorat qimmatli qog‘ozlarini sotishsotib olish 
operatsiyalari va h.k.) amalga oshirishni taqozo etadi. Bularning barchasi pirovard natijada 
banklar faoliyatida foydalilik va likvidlilik kategoriyalari o‘rtasidagi murakkab, ziddiyatli 
bog‘liqlikni yuzaga keltiradi.
Tijorat banklarining bankrot bo‘lishi aholining, korxona va tashkilotlarning pul 
mablag‘larini yo‘qotilishiga olib keladi. Ayniqsa, banklar tizimli bankrot bo‘lishi 
korxonalarning ommaviy tarzda bankrot bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Oqibatda, 
birinchidan, aholining, korxona va tashkilotlarning bank tizimiga bo‘lgan ishonchiga putur 
etadi. Ikkinchidan, jamiyatdagi ijtimoiy vaziyatni yomonlashuvi yuzaga keladi. 
Uchinchidan, hukumatning fiskal manfaatlariga ziyon etadi.
YUqorida bayon etilgan holatlar tijorat banklarining milliy iqtisodiyotda yuksak va 
ma’suliyatli mavqega ega ekanligidan dalolat beradi. SHu boisdan ular faoliyatini tartibga 
solish davlat iqtisodiy siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Barcha 
davlatlarda tijorat banklari faoliyatini makrodarajada joriy tartibga solish Markaziy bank 
tomonidan amalga oshiriladi. Markaziy bank banklar faoliyatini tartibga solish orqali 
moliya-bank tizimining yuqori darajadagi likvidliligini, banklarning to‘lovga qobilligini 
ta’minlaydi va bir vaqtning o‘zida o‘zluksiz faoliyat ko‘rsatadigan to‘lov tizimini yaratish 
orqali banklarning mijozlarini himoya qiladi.
SHu bilan birga, respublika bank tizimini xalqaro standartlarga mos ravishda 
takomillashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida 2013 yilning mart 
oyida Germaniya federal banki – «Deutsche Bundesbank» bilan hamkorlikdagi loyiha 
doirasida «Tizimli tavakkalchilik tahlili va makroprudensial nazorat» mavzusida amaliy 
hamkorlik o‘rnatildi. Xorijiy mamlakatlarda ko‘p yillardan beri nihoyatta katta ahamiyat 
berib kelinayotgan bu jarayon bizning Respublikamizda ham rivojlanib bormokda.
Lekin shunga qaramay ayrim tijorat banklari faoliyati ma’lum bir davrga kelib 
yomonlashishi yoki Markaziy bank talablarini bajarmaslik oqibatida yopilib ketmoqda. 
Banklar faoliyatining tahlili shuni ko‘rsatdiki, respublikamizda oxirgi 3 yil ichida 4 ta 
bank yopildi. Xuddi shunday tendensiya Rosssiya Federatsiyasi AQSH, Evropa davlatlari 
bank tizimida ham kuzatilmoqda.
Umuman, g‘arb mamlakatlarining iqtisodchi olimlari fikricha, banklarning 
qo‘shilishi, qo‘shib olinishi juda uzoq muddat davom etadigan jarayon bo‘lib, har doim 
ham ketgan harajatlar to‘liq qoplanib, rejalashtirilgan natijalarga erishib bo‘lmaydi. 
Amerikaning FMCG-capital-strategies konsultatsion firmasi 400 ta banklarning qo‘shilish 
holatlarini tahlil qilib ularning 80% i omadsiz yakunlandganini ma’lum qildi. Uning asosiy 
sababi - pozitiv jixatdan samaradorligi yuqori baholangan va aksincha, negativ jixatdan 
samaradorligiga etarli darajada baho berilmagan.


111 
Bizning takliflarimiz banklarni yopilishini kamaytirish va uning oldini olish bilan 
bog‘liq bo‘lib ular quyidagilardir: 
1. Bankning barqarorligini ta’minlashda bank boshqaruvi samaradorligi va iqtisodiy 
tamoyillarga amal qilish darajasini oshirish lozim. SHundagina bank barqaror moliyaviy 
institutga aylanadi. 
2. Bank biror bankka qo‘shilish haqida xulosaga kelgan bo‘lsa, avvalo o‘zining 
iqtisodiy holatini, o‘zining avzalliklari, taklif va talablarini to‘g‘ri baholab olishi lozim. 
Bankni qo‘shib olish bo‘yicha muzokaralar olib borishdan avval qo‘shilmoqchi bo‘lgan 
bankning holati to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishi kerak. 
3. Qo‘shilayotgan ikkala bankning iqtisodiy, tashkiliy va strategik jihatdan bir-biriga 
mosligini o‘rganib chiqish banklar qo‘shilishining yana bir asosiy aspektlaridan biri bo‘lib 
hisoblanadi.
4. Tijorat banklarini qo‘shish va tugatish mexanizmini soddalashtirish kerak. 
5. Bank tizimi barqarorligini xalqaro normalarga moslashtirish kerak, xususan, 
Bazel 3 talablarini bosqichma-bosqich joriy etish. 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish