61
nusxada, ularning bittasi asl nusxa). Jismoniy shaxslarning imzolari va ta’sis
shartnomalarining nusxalari notarial idora tomonidan tasdiqlanadi (yagona muassislar
bundan mustasno);
2) muassislar tomonidan tasdiqlangan va bank kengashi raisi tomonidan imzolangan
bank ustavi (uchta asl nusxada);
3) ta’sis yig‘ilishining uch nusxada tayyorlangan bayonnomasi. Bu hujjatda bankni
tashkil etish, ustav kapitali miqdori, bank ustavi va biznes-rejani tasdiqlash, bank
kengashi, boshqaruvi va taftish komissiyasini saylash to‘g‘risidagi qarorlar bo‘lishi lozim.
Bayonnoma nusxalari bank kengashi raisi tomonidan tasdiqlanadi;
4) muassislar to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlar
5) tashkil etilayotgan bank ovoz beruvchi aksiyalarining
besh yoki undan ortiq
foiziga egalik qiladigan muassislar qo‘shimcha ravishda ariza taqdim qilingunga qadar
oxirgi besh yil mobaynida sud yoki davlat organlari tomonidan ularga nisbatan
qo‘llanilgan barcha jazo choralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Markaziy bank zarur hollarda
mazkur kichik banda keltirilgan ma’lumotlarni tashkil etilayotgan bank ovoz beruvchi
aksiyalarining besh foizidan kam bo‘lgan ulushiga egalik qiladigan muassislardan ham
talab qilishga haqli;
Bankni tashkil etish uchun dastlabki ruxsatni berish
Litsenziyalash departamenti bir oy muddat ichida muassislar taqdim etgan hujjatlar
to‘plamini mazkur Nizom talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadi.
Notarius tasdig‘idan o‘tkazilishi talab qilinmaydigan va hajmi bir varaqdan ko‘p
bo‘lgan hujjatlar alohida yig‘majild shaklida tikilgan bo‘lishi lozim.
Taqdim etilgan hujjatlar to‘plami to‘liq jamlansa va mazkur Nizom talablariga
muvofiq kelsa, Litsenziyalash departamenti Markaziy bankning
Kredit tashkilotlarini
ro‘yxatga olish va litsenziyalash komissiyasiga bankni ochish uchun dastlabki ruxsatni
berish to‘g‘risidagi masalani kiritadi, aks holda hujjatlar to‘plami qaytarish sababi va
qancha muddat ichida hujjatlarni takroran taqdim etish mumkinligi ko‘rsatilgan holda
qaytariladi.
Hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish uchun taqdim etish muddati o‘n besh ish kunidan
oshmasligi lozim. Ushbu muddatdan kechikib taqdim etilgan
hujjatlar yangidan taqdim
etilgan hisoblanadi. Muassislar tomonidan takroran taqdim etilgan hujjatlarni qayta ishlash
uchun ketgan vaqt hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun belgilangan muddatga kirmaydi.
Dastlabki ruxsatni berish to‘g‘risidagi qaror barcha zarur hujjatlar ilova qilingan
ariza taqdim etilgan kundan boshlab uch oydan kechikmagan muddatda qabul qilinadi.
Markaziy bankning dastlabki ruxsati muassislar moliyaviy imkoniyatlari va obro‘si,
biznes-reja, kapital tarkibi, moliya rejasi hamda tegishli bank binolari va jihozlari bilan
ta’minlash imkoniyatlarini baholash asosida beriladi.
Dastlabki ruxsat olinganidan keyin muassislar bankni ro‘yxatga olish va litsenziya
olish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy-texnik va boshqa tadbirlarni amalga oshiradilar. Bank
boshqaruvi raisi va bosh buxgalteri nomzodlarini tanlanib, Markaziy
bankning roziligini
olish uchun taqdim etiladi. Dastlabki ruxsatning olinishi litsenziya berilishini
kafolatlamaydi.
Markaziy bank tomonidan berilgan dastlabki ruxsat u olingan kundan boshlab olti
62
oydan oshmaydigan muddat davomida o‘z yuridik kuchini saqlab qoladi.
Quyidagi hollarda dastlabki ruxsat amal qilish muddatidan oldin bekor qilinishi
mumkin:
muassislar yoki bankning rahbar xodimlari tarkibida Markaziy bank talablariga
javob bermaydigan o‘zgarishlarning yuz berishi yoki yangi ishtirokchilar
va bankning rahbar xodimlariga beriladigan rezyume, shaxsiy balans qaydnomasi, biznes-
rejaning va yirik muassislar yoki rahbarlarga taalluqli bo‘lgan holatlarning o‘zgartirilgan
qismining taqdim etilmasligi;
bank mulkiy-huquqiy shaklining o‘zgarganligi, biznes-rejadagi
va kapitaldagi
muayyan tarkibiy o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi;
muassislar yoki ular bilan bog‘liq shaxslar moliyaviy ahvolining yomonlashishi;
bankni boshqarish xavfsiz va barqaror bo‘lmasligini ko‘rsatuvchi holatlarning
ma’lum bo‘lishi;
qonun hujjatlarini buzganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilganligining
aniqlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: