"bank ishi" kafedrasi


Tijorat banklarini ochish uchun ustav fondining minimal miqdori va uning



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/141
Sana15.06.2022
Hajmi3,89 Mb.
#675130
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   141
Bog'liq
Bank ishi ma\'ruzalar tòplami

3.Tijorat banklarini ochish uchun ustav fondining minimal miqdori va uning 
ahamiyati. Ustav fondini shakllantirish manbalari. 
 
Bankning 
ustav 
kapitali 
bank 
muassislari 
va 
aksiyadorlarining 
pul 
mablag‘larihisobidan tashkil topadi. 
Kreditga va garovga olingan hamda boshqa jalb etilgan mablag‘lardan bank ustav 
kapitalini shakllantirishda hamda bank aksiyalarini sotib olishda foydalanish taqiqlanadi. 
Mazkur talabga zid holda ustav kapitaliga kiritilgan mablag‘lar egalariga qaytarilishi va 
shu vaqtning o‘zidayoq aksiyalar kelgusida sotish uchun bankka topshirilishi lozim. 
Alohida hollarda qonun hujjatlariga muvofiq bankning ustav kapitalini shakllantirish 
uchun byudjet mablag‘laridan foydalanilishi mumkin. 
Tashkil etilayotgan bank kapitalining etarlilik darajasini belgilashda quyidagilar 
asosiy omil hisoblanadi: 
Markaziy bank tomonidan belgilangan ustav kapitalining eng kam miqdori bo‘yicha 
talablarga muvofiqligi
bank kapitali, shu jumladan ustav kapitali miqdorini doimiy ko‘paytirib borishning 
rejalashtirilganligi; 
ko‘zda tutilayotgan daromadlar hamda fondlarni shakllantirish istiqbollari; 
muassislarning zarur hollarda qo‘shimcha kapital kirita olish qobiliyati. 
Bank ro‘yxatga olingunga qadar ustav kapitalini shakllantirish uchun muassislar 
tomonidan Markaziy bankda yoki rezident banklarning birida vaqtinchalik jamg‘arma 
hisobvarag‘i ochiladi. 
Bank ustav kapitalining belgilangan eng kam miqdori mazkur vaqtinchalik 
jamg‘arma hisobvaraqda muassislar tomonidan bankni ro‘yxatga olingunga qadar to‘liq 
shakllantirilgan bo‘lishi kerak. 
Ustav kapitalining eng kam miqdori quyidagi miqdorlarda belgilanadi: 
banklar uchun – 10 mln. evro ekvivalentida; 
xususiy tijorat banklari uchun – 5 mln. evro ekvivalentida. 
YAngi tashkil etilayotgan banklar uchun ustav kapitali eng kam miqdorining hisob-
kitobi Markaziy bank tomonidan valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, 
statistika va boshqa hisobotlarni yuritish uchun e’lon qilingan evro kursining muassislar 
tomonidan bank tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan (ta’sis yig‘ilishi o‘tkazilgan) 
kundagi kursidan kelib chiqqan holda milliy valyutada amalga oshiriladi. 
Bank ro‘yxatga olingandan keyin uning ustav kapitali miqdorida egasi yozilgan 
aksiyalar chiqariladi va ular muassislar o‘rtasida joylashtiriladi. 
Har qanday yuridik shaxs singari banklar ustaviga ega bo‘lishlari va o‘z ustavlari 
asosida faoliyat ko‘rsatishlari kerak. Bank ustavida quyidagi moddalar o‘z aksini topgan 
bo‘lishi kerak: 
-bankning (to‘la va qisqartirilgan) nomi va joylashgan (pochta) manzili; 
-bank ko‘rsatadigan operatsiyalari ro‘yxati; 
-ustav kapitalining miqdori, muassislar ro‘yxati va ularning ustav kapitalidagi 
ulushlarining taqsimlanishi; 


68 
-bankning boshqaruv organlari, ularni tashkil etish tartibi, ularning vakolatlari hamda 
vazifalari haqidagi ma’lumotlar; 
-bank auditi tartibi, shuningdek, buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq 
belgilangan hisobotlar va auditorlik dasturlarining maqsadlari ko‘rsatmalari. 
Bulardan tashqari bank ustavida boshqa qonun xujjatlarida nazarda tutilgan 
ma’lumotlar ham bo‘lishi kerak. 
Qonunda ko‘rsatilishicha, kreditga va garovga olingan mablag‘lardan va soliqqa jalb 
etilgan mablag‘lardan bankning ustav kapitalini shakllantirish mumkin emas. Ammo 
alohida olingan xollarda, qonunlarda ko‘rsatilgan bo‘lsa, byudjet mablag‘laridan 
foydalanishga ruxsat berish mumkin. 
Bank kapitalining eng kam miqdori bankni ro‘yxatga olgunga qadar uning 
muassislari tomonidan to‘lanishi kerak. Bu to‘lanishi kerak bo‘lgan mablag‘lar 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki boshqa banklarda ochiladigan jamg‘arma 
hisob varag‘iga o‘tkaziladi. Bank ustav kapitalining eng kam miqdori Markaziy bank 
tomonidan Tijorat banklari kapitalining etarliligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi 
nizomda (№949-sonli, 2000 yil 25 iyul) ko‘rsatib berilgan. 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish