"bank ishi" kafedrasi


sinergetik samaraga erishishga intilish



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/141
Sana15.06.2022
Hajmi3,89 Mb.
#675130
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   141
Bog'liq
Bank ishi ma\'ruzalar tòplami

sinergetik samaraga erishishga intilish
, ya’ni ikki 
yoki undan ortiq tashkilotlar aktivlarining o‘zaro bir-birini to‘ldirib boruvchi ta’siri va 
uning birgalikdagi natijasi bozorda alohida faoliyat yuritayotgan strukturalarning jami 
natijasidan yuqori bo‘lishiga erishish. Sinergatik samaraning kelib chiqishi quyidagilar 
bilan asoslanadi: 
-
masshtabni iqtisod qilish; 
-
o‘zaro bir-birini to‘ldirib boruvchi resurslarning birlashtirilishi; 
-
transaksion harajatlarning qisqarishi hisobiga pul mablag‘larini tejash; 


85 
-
bozordagi pozitsiyani mustahkamlash (monopoliyaga aylanish); 
-
harajatlarni tejash. 
Qo‘shilish va yutilishning sabablaridan yana biri boshqaruv sifati va samarasini 
oshirishga intilish hisoblanadi. Qoidaga ko‘ra, kam samarali va boshqaruv tizimi sust 
bo‘lgan banklar va kompaniyalar yutilishga yuz tutadi.
Soliq tizimi bilan bog‘liq sabablar ham ushbu jarayonlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi 
mumkin. YUtilayotgan kompaniya ma’lum bir soliq imtiyozlariga ega bo‘la turib, ba’zi 
sabablarga ko‘ra bu imtiyozlardan to‘la-to‘kis foydalanmayotgan bo‘lishi mumkin.
Pul mablag‘lari oqimlarini stabillashuv va risklarni kamaytirish bilan bog‘liq holda 
biznesni diversifikatsiyalash ham qo‘shilish va yutilishning sabablaridan biri hisoblanadi. 
Bank biznesida to‘xtaladigan bo‘lsak, foizli daromadlarga ma’lum bir davriylik xususiyati 
xos, shuning uchun “kredit” bank tomonidan daromadlarning asosiy manbaini komission 
to‘lovlar tashkil qilgan maxsus moliya muassasasiga ega bo‘lish daromadlilikka katta 
ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Ortiqcha resurslardan foydalanish imkoniyati ham muhim sabablardan biridir. 
Masalan, yirik moliyaviy resurslarga ega bo‘lgan, biroq ba’zibir sabablarga ko‘ra ularni 
joylashtirish imkoniyatlari chegaralangan hududda joylashgan hududiy bank milliy 
masshtabda faoliyat yuritayotgan yirik bank uchun yutilish ob’ekti sifatida qiziqish 
uyg‘otishi mumkin.
Mutaxassislar tomonidan qo‘shilish va yutilishning sabablari sifatida kompaniyaning 
bozor narxi va uni o‘rnini bosish bahosi o‘rtasidagi farq mavjudligi ko‘rsatiladi. Bank 
amaliyoti haqida gapiradigan bo‘lsak, ko‘p hollarda hududiy bankni sotib olib, uni filialga 
aylantirish “noldan” filial ochishdan ko‘ra arzonroq bo‘lishi namoyon bo‘ladi. YAna bir 
misol sifatida bank tomnidan protsessing kompaniyasini sotib olinishini ham keltirish 
mumkin. 
Asset-stripping (foyda olish maqsadida qismlarga bo‘lib qayta sotish uchun 
kompaniyani sotib olish) kabi yutilish sababi ham kompaniyani likvidatsion narxi uning 
bozor narxiga ko‘ra yuqoriligi hisobiga amaliyotda ko‘p uchrayotgan sabalardan biri 
ekanligi namoyon bo‘lmoqda.
Menejmentning shaxsiy sabablari ham mavjud: qo‘shilish va yutilishning bunday 
sabablari yuqori menejmentning motivatsiyasi kompaniya yoki bankning faoliyati 
natijalaridan ko‘ra ko‘proq uning masshtablariga qaratilgan vaqtda vujudga keladi. 
Ma’lumki, yirik kompaniya yoki bankni boshqarish albatta qiyinroq, ammo doim 
“boshqarish qiyinligi uchun kompensatsiya” degan savol tug‘iladi.
2.
Strategik jihatlar. 
Strategik jihatlar qo‘shilish va yutiish to‘g‘risida boshqaruv qarorlarini qabul qilish 
uchun asos hisoblanadi. Makroiqtisodiy sharoit va iste’molchilarning doimo o‘zgarib 
turuvchi va qiyinlashib boruvchi talablariga moslasha olish qobiliyati biznesni yashashi va 
rivojlanishining asosiy sharti hisoblanadi. Demak, agar kompaniya o‘z faoliyati 
chegaralarini kengaytirmasa, yoki doimo o‘zgarib turuvchi tashqi sharoitga moslasha 
olmasa, u o‘z kelajagini so‘rov beligisi ostiga qo‘yayotgan bo‘ladi. O‘sish va rivojlanishga 
intilish ko‘p hollarda u yoki bu biznesni yaratgan va rivojlantirgan tadbirkorlarning ta’siri 
ostida yanada kuchayadi. Ishbilarmon korxonaning ko‘lami ko‘pincha biznesning kuchli 


86 
tomoni sifatida qaraladi, bozorda etakchilik qilish, daromadlarning barqarorligi, malakali 
menejerlarni jalb qila olish imkoniyatlari bilan tenglashtiriladi. Tashqi aksionerlarga ega 
bo‘lgan kompaniyalar uchun dividendlar va bir aksiyaga to‘g‘ri keladigan foydaning 
o‘sishiga bo‘lgan talabning mavjudligi xosdir. Bu masalalar ham tashqi sharoit ham ichki 
omillar ta’sirida shakllanadigan strategiyada o‘z aksini topadi. Strategik opsiyalardan biri 
bo‘lib qo‘shilish va yutilish hisoblanadi.
YUtilish yoki qo‘shilish jarayoni muvafaaqqiyatli amalga oshirilishi uchun quyidagilar 
ishlab chiqilishi va amaliyotga tadbiq etilishi zarur: 
-
To‘liq shakllangan strategik fikrlash asosidagi strategik yondashuvlar; 
-
YUtilish jarayonini amalga oshirish tartibini tanlash va maqsadini tahlil qilish; 
-
Bitimni moliyaviy va tashkiliy jihatdan to‘g‘ri strukturaga keltirish; 
-
Bitim amalga oshirilgandan keyingi boshqaruv tartibi va chora-tadbirlari, shuningdek 
yutilayotgan kompaniyaning integratsiyasi jarayoni. 
Qo‘shilish va yutilishga nisbatan asosiy strategik yondashuvlar sifatida integratsiya va 
diversifikatsiyani ko‘rsatish mumkin.
YUtilish natijasida “yutayotgan” kompaniya yangi faoliyat turi bilan shug‘ullanishni 
boshlaydi (diversifikatsiya) yoki o‘zining an’anaviy biznesini yanada kuchaytiradi 
(integratsiya). Amaliyotda ushbu ikki jarayon o‘rtasidagi chegara deyarli sezilmaydi, 
chunki qo‘shilish yoki yutilish holatlari ham integratsiya ham diversifikatsiya 
elementlarini o‘z ichiga oladi. 
Ilmiy adabiyotlarda yutilish jarayoni vertikal va gorizontal turlarga ajratib ko‘rsatiladi. 
Vertikal integratsiyada yutayotgan kompaniya o‘zining ishlab chiqarish zanjirini 
kengaytiradi. Misol sifatida qog‘oz ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan o‘rmon sanoati 
bilan shug‘ullanadigan korxonani sotib olinishini keltirish mumkin. Bunday holatda 
“yuqoriga yo‘naltirilgan” integratsiya sodir bo‘ladi, chunki bu orqali kompaniya 
xomashyo manbalariga yanada yaqinlashadi. Agarda qog‘oz ishlab chiqaruvchi 
kompaniya kanselyariya tovarlari savdosi bilan shug‘ullanadigan do‘konlar tarmog‘ini 
sotib olsa, bunda “pastga yo‘naltirilgan” integratsiya kuzatiladi, chunki bunda yakuniy 
iste’molchiga yaqinlashish amalga oshiriladi. Vertikal integratsiyalashgan tashkilotlarga 
an’anaviy misol sifatida yirik neft ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni keltirish mumkin, 
ular neft etkazishdan boshlab to yoqilg‘ini o‘zlariga tegishli bo‘lgan yoqilg‘i quyish 
stansiyalari orqali realizatsiya qilishgacha bo‘lgan barcha operatsiyalarni amalga 
oshiradilar. Gorizontal integratsiyada yutuvchi kompaniya o‘zining ishlab chiqarish 
quvvatlarini oshiradi, texnologiyalarini takomillashtiradi va savdo tarmoqlarini 
kengaytiradi.
Qo‘shilish yoki yutilish strategiyasi bank rivojlanishining umumiy strategiyasi asosida 
ishlab chiqiladi. Ko‘rib chiqilayotgan qo‘shilish yoki yutilish kredit tashkilotining maqsad 
va vazifalariga qanchalik mosligi, bankning umumiy strategiyasi bilan to‘g‘ri kelishi 
hamda strategiyani amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga qo‘shilishi eng 
yuqori darajada baholanadi. Qo‘shilish va yutilish to‘g‘risida qaror qabul qilish jarayonini 
umumiy ko‘rinishini bankning strategik rejasining bo‘limlarini solishtirish orqali ko‘rish 
mumkin.

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish