79
Tugatish jarayonining maqsadi bank omonatchilari va kreditorlari talablarini tezlik bilan
qondirishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 28 mart 1998 yildagi
tasdiqlangan “Tijorat banklarni qo‘shib yuborish tartibi” №396-sonli Nizomda keltirilgan.
Nizomga asosan banklarni qo‘shib yuborish deganda ikki yoki bir necha banklar
faoliyati to‘xtatilib, ularning huquq va majburiyatlarini berish yo‘li bilan yangi bankning
tashkil bo‘lishi tushuniladi.
Tijorat banklarni tugatish va qo‘shib olish sabablari juda ko‘p. Ularning eng
asosiylarigaMarkaziy bank tomonidan belgilangan talablarni bajara olmaslikni, kiritish
mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankitomonidan
tijorat banklarining ustav
kapitallarini shakllantirishlari bo‘yicha talablar, iqtisodiy me’yorlarga rioya qilish
bo‘yicha talablarni belgilab beradi. YUqorida aytib o‘tilganidek, O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy bankitomonidan tijorat banklarining ustav kapitallarini shakllantirishlari
bo‘yicha talablar qo‘yiladi, bunda banklar ustav kapitalining minimal darajasi belgilab
beriladi. Bu talab banklarning Bazel talablaridan kelib chiqib,
bank barqarorligini
ta’minlash, mijozlar oldidagi majburiyatlarini bajarilishini ta’minlash uchun oshirib
borilmoqda.
Tijorat banklari yangi tashkil bo‘layotganlarida belgilab berilgan minimal ustav
kapitali miqdorida sarmoya jamg‘arishlari lozim. Hozirgi kunda minimal ustav kapitali
miqdori tijorat banklari uchun 10.0 milion evroning so‘mdagi ekvivalentida, chet el
kapitali ishtirokidagi banklar uchun 10.0
million evroda, xususiy banklar uchun 5.0
million evroning so‘mdagi ekvivalentida qilib belgilangan. Keyinchalik aksiyalar
chiqarish yo‘li bilan boshlang‘ich ustav kapitali hajmini oshirish mumkin.
O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi tijorat banklarining ishonchli va riskdan holi
ravishda faoliyat yuritishlari uchun Markaziy bank tomonidan qo‘llaniladigan hamda
belgilangan tartibda o‘rnatilgan turli iqtisodiy normativlar mavjud. O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankitomonidan tijorat banklarining iqtisodiy me’yorlarga rioya
qilish bo‘yicha talablarni belgilaydi.
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonunning
52 -moddasiga muvofiq Markaziy bank banklar uchun majburiy bo‘lgan iqtisodiy
normativlarni, shu jumladan:
9
kapitalning monandlik koeffitsientini;
bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor
qarz oluvchilar guruhiga
tavakkalchilikning eng ko‘p miqdorini;
yirik kredit tavakkalchilik va investitsiyalarning eng ko‘p miqdorini;
likvidlilik koeffitsientlarini;
aktivlarni tasniflash va baholashga doir talablarni, shuningdek bunday tasniflar
asosida bankning operatsiya xarajatlari jumlasiga kiritiladigan chegirmalardan shubhali va
harakatsiz qarzlarga qarshi tashkil etiladigan zaxiralarni shakllantirishni;
qarzlarga doir foizlarni hisoblab chiqarish va ularni bank daromadlari
hisobvarag‘iga kiritishga doir talablarni;
9
“Ўзбекистон Республикаси Марказий банки тўғрисида”ги қонун. 1995 йил 21 декабрь
80
ochiq valyuta mavqei limitlarini belgilaydi.
Markaziy bank iqtisodiy normativlarning o‘zgarishi to‘g‘risida kamida bir oy oldin
e’lon qiladi. Xususan, banklardagi depozitlar bazasining
yanada mustahkamlanishi va
umumiy kapitalning oshirilishi banklarning kreditlash va investitsiyalash imkoniyatlarini
kengaytirib, bank aktivlari hajmining oshishiga imkon bermoqda.
Bugungi kunga kelib tijorat banklari yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha
ma’lum bir o‘rnatilgan talablar asosida faoliyat yuritadilar.
Kapital etarliligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha 3 ta normativ, likvidlilik ko‘rsatkichlari 1 ta
normativ, kreditorlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar bo‘yicha normativlar 3 ta normativ,
qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar bo‘yicha normativlar belgilab berilgan.
Normativlarning maksimal yoki minimal me’yori ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: