59
3-mavzu: Tijorat banklarini tashkil etishning huquqiy va iqtisodiy asoslari
Reja:
1.
Tijorat banklarifaoliyatini ni tashkil etishning huquqiy asoslari.
2.
Banklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziyalash tartibi.
3.
Tijorat banklarini ochish uchun ustav fondining minimal miqdori va uning
ahamiyati.
4.
Ustav fondini shakllantirish manbalari.
1. Tijorat banklari faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari.
Tijorat banklarining yuridik shaxs sifatida faoliyati omonatchilar,
kreditorlar,
umuman, davlat va jamiyat manfaatlariga jiddiy daxldor bo‘lganligi tufayli uning tashkil
topishi uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. SHu vaqt ichida bo‘lg‘usi ta’sischilar
o‘rtasida o‘zaro munosabatlar o‘rnatiladi, bank ustav kapitali uchun zarur bo‘lgan
mablag‘lar tayyorlanadi, rahbar shaxslar zarur hujjatlar tayyorlaydi, tegishli tekshiruvdan
o‘tkaziladi va hokazolar.
Tijorat banklarini tashkil etish va tugatishning huquqiy asoslari “Banklar va bank
faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda ifodalangan. SHu qonunning 2-bobi “Banklarni tashkil
etish va ular faoliyatini tugatish tartibi” deb nomlanib o‘z ichiga 13 modda(7-19
moddalar)ni oladi .
Banklar respublika hududida o‘z faoliyatlarini Markaziy bank tomonidan beriladigan
litsenziya asosida amalga oshiradilar.
Tijorat banklari tashkil etilishining huquqiy asoslari
bir nechta asosiy huquqiy
normativ hujjatlar asosida tartibga solinadi. Jumladan:
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolik Kodeksi” 1996.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tug‘risida”gi
qonun, 1995;
O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati tug‘risida”gi qonun, 1996;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki “Banklarni ro‘yxatga olish va ularga
litsenziya berish tartibi to‘g‘risida” № 22-sonli nizom, 1998.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki “Bank ustav kapitali miqdorini, aksiyadorlar
tarkibini, bank nomi va manzilini o‘zgartirish, ustavga kiritilgan o‘zgartirish va
qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” N 426 sonli nizom 1998;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki “O‘zbekiston respublikasi hududida chet el
banklari vakolatxonalarini ochish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish va akkreditatsiyalash
tartibi to‘g‘risida” № 241 – sonli nizom 1996 ;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki “Tijorat banklariga
chet el valyutasidagi
operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyalar berish tartibi” 31-sonli nizom
1998.
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»
qonun 1996
kabi hujjatlar orqali tijorat banklarining faoliyati asoslarini o‘rganish mumkin.
60
Qonunchilikka muvofiq tijorat banklari ustidan nazorat qiluvchi organ sifatida
Markaziy bank o‘z vazifalarini bajaradi. Unga ko‘ra Markaziy
bank moliya-bank tizimi
barqarorligini saqlab turish, omonatchilar, qarz oluvchilar va
kreditorlarning manfaatlari
himoya qilinishini ta’minlash maqsadida banklar, mikrokredit tashkilotlari lombardlar va
kredit byurolari faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi, shuningdek ular
tomonidan ichki nazorat qoidalariga hamda jinoiy faoliyatdan
olingan daromadlarni
legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq axborotni
maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish tartibiga rioya etilishi ustidan monitoring
hamda nazorat qiladi.
Banklarga litsenziya berish O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati
to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”, “Aksionerlik
jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlar va boshqa
qonunlari hamda bankka me’yoriy hujjatlarda belgilangan
talablar asosida amalga
oshiriladi.
Tijorat banklarini tashkil qilish 11 fevral 1999 yilda qabul qilingan “Banklarni
ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to‘g‘risida”gi 630-sonli Nizom asosida
olib borilar edi. Bu konunga 2009 yil 15 avgustda №703 son bilan uzgartirish kiritilgan va
xozirda banklar ushbu konun asosida tashkil etilmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: