56
nobank kredit tashkiloti qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari
va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi tegishli
qarorlari asosida;
masofadan nazorat qilish natijalariga ko‘ra nobank kredit tashkilotlari moliyaviy
holatining barqaror emas deb topilishi va omonatchilar hamda kreditorlar manfaatlariga
xavf-xatar tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar mavjudligida;
qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risida Markaziy bankka kelgan ma’lumotlar
bo‘lganda.
Tekshirish muddati 30 kalendar kundan oshmasligi kerak. Rejadan tashqari
tekshirishlarda, istisno tariqasidagi hollarda Markaziy bank farmoyishi asosida bu muddat
ko‘pi bilan 30 kunga uzaytirilishi mumkin.
Nobank kredit tashkilotlarida tekshirishlar o‘tkazish
rejasi kalendar yili
boshlangunga qadar tuziladi va Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi.
Tekshirishlarni rejalashtirishda masofadan nazorat qilish natijasi bo‘yicha xulosalari
inobatga olinadi.
Nobank kredit tashkilotlari quyidagi huquqlarga ega:
-
tekshiruvchi mansabdor shaxslardan Markaziy bankning tekshirish o‘tkazish
to‘g‘risidagi farmoyishini hamda ularning xizmat guvohnomalarini ko‘rsatishni talab
qilish va tanishish;
-
tekshirish o‘tkazish uchun asosga ega bo‘lmagan shaxslarning tekshirish
o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaslik;
-
o‘z faoliyatlari tekshirilishi to‘g‘risidagi tegishli axborotga ega bo‘lish;
-
tekshiruvchi mansabdor shaxslardan tekshirish natijalari bo‘yicha tuzilgan hisobot
(dalolatnoma)ning bir nusxasini olish;
-
qonunda belgilangan tartibda tekshirish natijalari ustidan shikoyat qilish.
-
Nobank kredit tashkilotlari quyidagilarga majburdir:
-
tekshiruvchi mansabdor shaxslarga tekshirish o‘tkazish uchun barcha zarur shart-
sharoitlarni yaratish;
-
tekshirish boshlanish kunning o‘zidayoq nobank kredit tashkilotining kengashi
a’zolarini, ta’sischilarini o‘tkaziladigan tekshirish to‘g‘risida xabardor qilish;
-
tekshirish o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlarni taqdim etish.
-
Nobank kredit tashkilotlari qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan boshqa
majburiyatlarni ham olishi mumkin.
Nobank kredit tashkilotlarida o‘tkazilgan tekshirish natijalari bo‘yicha hisobot
(dalolatnoma) ikki nusxada tuziladi. Hisobotning (dalolatnoma) ikkala nusxasi ham
tekshiruvchi mansabdor shaxslar, tekshirilgan nobank kredit tashkiloti rahbari va bosh
buxgalteri tomonidan imzolanadi. Hisobot (dalolatnoma)ning bir nusxasi tekshirilgan
nobank kredit tashkilotida qoldiriladi. Tekshirish natijalari bo‘yicha tuzilgan hisobot
(dalolatnoma) Markaziy bankning tekshirish hisobotlarini ko‘rib
chiquvchi ishchi organi
tomonidan ko‘rib chiqiladi. Nobank kredit tashkilotida o‘tkazilgan tekshirish natijalari
bo‘yicha tuzilgan hisobot (dalolatnoma) Markaziy bankning roziligisiz oshkor qilinishi
mumkin emas.
57
Nobank kredit muassalari ustidan nazorat qilish, ular faoliyatida muayyan
cheklashlarni o‘rnatish iqtisodiy erkinlikka zid bo‘lgan holat sifa-tida qaralishi mumkin.
Lekin jahonning ko‘pgina rivojlangan davlatlarida banklar, shuningdek,
boshqa moliya
tashkilotlarining faoliyatlari ko‘p darajada davlat tomonidan tartibga solinadi. Boshqacha
qilib aytganda, hatto rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy sektor jiddiy
ravishda tartibga solinar ekan, o‘tish davrida buni to‘la oqlash mumkin.
To‘g‘ri, nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solishda haddan tashqari va
raqobatning rivojlanishiga xalaqit beradigan omilga aylanadigan chegarani belgilash oson
emas. SHuning uchun, jahonda umumiy qabul qilingan tamoyillar va qoidalar har bir
mamlakatda aniq vaziyat tahlilini hisobga olgan holda qo‘llaniladi.
U yoki bu nobank kredit tashkilotlarining faoliyatida
aniqlangan kamchiliklarni
tuzatishga majbur qilish uchun nazorat organi ixtiyorida ta’sir ko‘rsatish choralarining
muayyan to‘plami bo‘lishi kerak. Respub-likamizdagi yangi qonunlarimizga ko‘ra, turli
vaziyatlarda foydalanish mumkin bo‘lgan tabaqalashgan choralar majmui ko‘zda tutilgan.
Eng so‘nggi chora esa, ularga berilgan litsenziyalarni qaytarib olishdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2003-yil 23- sentyabrdagi 540-
sonli “Lombardlar tomonidan hisobot taqdim etish tartibi to‘g‘risida” Nizomiga muvofiq
Markaziy bank lombard tashkilotlardan xisobotlarni taqdim etish tartibi va muddatlarini
belgilaydi.
Lombardlar, ular tomonidan olib borilayotgan amaliyotlar hisobini xo‘jalik
sub’ektlari uchun o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan buxgalteriya hisobi standartlariga
muvofiq amalga oshiradilar. Lombardning buxgalteriya hisobi siyosati uning yuqori
boshqaruv organi tomonidan belgilanadi. Buxgalteriya hisobi va boshqa hisobotlar
ro‘yxati va shakli amaldagi qonunchilikka muvofiq o‘rnatiladi.
Lombardlar buxgalteriya hisobida va hisobotlar
tuzishda foydalaniladigan
hujjatlarning kat’iy hisobini yuritish va saqlanishini ta’minlashlari, shuningdek,
buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq shubhali qarzlarni qoplash uchun zahiralar
shakllantirishlari shart.
Lombardlar elektron va qog‘ozda ifodalangan ma’lumotlarini har chorakda, hisobot
topshiriladigan chorakning keyingi oyining 5-sanasidan kechiktirmay lombardning
joylashgan manzili bo‘yicha Markaziy bankning hududiy bo‘linmalariga hisobotlar taqdim
etadilar.
Qog‘ozda ifodalangan hisobotlar uch nusxada tayyorlanib, bunda ikki nushasi
Markaziy bankning lombard joylashgan hududdagi hududiy bo‘linmasiga taqdim etiladi,
uchinchi nushasi lombardda qoladi. Qog‘ozda ifodalangan hisobotlar lombardning birinchi
rahbari, imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi va
lombard muhri bilan tasdiqlanadi.
Lombardning joylashgan manzili bo‘yicha Markaziy bankning hududiy bo‘linmasi
lombardning qog‘ozda va elektron ko‘rinishda ifodalangan
tekshirilgan hisobotini bir
nusxasini, hisobot davridan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay, Markaziy bankka
yuboradi.
58
Lombard ushbu Tartibning 5-bandida ko‘rsatilgan hisobotlarni taqdim etilmaganlik
yoki muddatini buzganligi, shuningdek, to‘liq bo‘lmagan va ishonchsiz ma’lumotni
berganligi uchun qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatning barcha mintaqalarida nobank tashkilotlari
tarmog‘ini kengaytirish uchun iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratish,
ularning
resurs bazasini shakllantirishga ko‘maklashish va mustahkamlash maqsadida xalqaro
moliya instituti mablag‘larini jalb qilish hamda nobank kredit tashkilotlari faoliyatining
barqaror rivojlanishini ta’minlovchi va tartibga solishning samarali tizimini yaratish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: