"bank ishi" kafedrasi



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/141
Sana15.06.2022
Hajmi3,89 Mb.
#675130
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   141
Bog'liq
Bank ishi ma\'ruzalar tòplami

Jami 
32 
35 
34 
25 
27 
Jadval ma’lumotlaridan mikrokredit tashkilotlarining O‘zbekiston hududlari 
bo‘yicha olib qaraydigan bo‘lsak, jami soni bo‘yicha Toshkent shahri etakchilik qilmoqda, 
ya’ni 7 ta, undan keyingi o‘rinlarni Farg‘ona, Toshkent viloyati, Buxoro va Qashqadaryo 
viloyatlari egallaydi. Bunday holat mikrokredit tashkilotlarining respublika hududlari 
bo‘yicha nomutanosibligini hamda ushbu tashkilotlar faoliyati rivojlanmaganligi bildiradi.
Ma’lumki, mikrokredit tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
tegishli litsenziyasi asosida faoliyat ko‘satadi. Mikrokredit tashkiloti faoliyatini amalga 
oshirish uchun litsenziya olishga ariza topshiriladigan sanada tashkilot ustav fondining eng 
5
O‘zbekiston RespublikasiMarkaziy banki malimotlari asosida tuzildi. 


51 
kam miqdori faqat pul mablag‘laridan shakllantirilishi kerak. Mikrokredit tashkiloti 
faoliyat boshlaganidan keyin ustav fondiga miqdori mazkur tashkilot ustav fondi 
miqdorining yigirma foizidan oshmaydigan mol-mulkni kirim qilishga yo‘l qo‘yiladi. 
Kreditga, garovga olingan va boshqa jalb etilgan mablag‘lardan mikrokredit tashkilotining 
ustav fondini shakllantirish uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Litsenziya olish uchun mikrokredit tashkiloti ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin 60 
kundan kechiktirmay, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Markaziy bank yoki uning 
hududiy boshqarmasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak: 
- litsenziya berish to‘g‘risida ariza; 
- mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlari; 

mikrokredit tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida 
guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi; 
- mikrokredit tashkilotini boshqarish organlarining tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 
- mikrokredit tashkilotining ustav fondi shakllantirilganligini tasdiqlovchi bank 
hujjati; 
- litsenziya talabgorining ariza ko‘rilganligi uchun yig‘imi kirim qilinganligini 
tasdiqlovchi to‘lov topshiriqnomasining nusxasi. 
Taqdim etilayotgan, bir varaqdan ko‘p bo‘lgan barcha hujjatlar ip bilan tikilishi 
kerak. 
Litsenziya olishga barcha zarur hujjatlar ilova qilingan arizani Markaziy bank ariza 
va zarur hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab 30 kalendar kun mobaynida ko‘rib 
chiqadi. 
Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berilganligi to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan 
keyin Markaziy bank quyidagi hujjatlarni o‘z ichiga oladigan yuridik ishni 
rasmiylashtiradi: 
- litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza; 
- mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlari; 

mikrokredit tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi 
guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi; 
- mikrokredit tashkilotini boshqarish organlarining tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 
- mikrokredit tashkilotining ustav fondi shakllantirilganligini tasdiqlaydigan bank 
hujjati; 
- litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlaydigan hujjat; 
- litsenziya berish to‘g‘risida Markaziy bank Boshqaruvining qarori; 
- mikrokredit tashkilotining faoliyatini amalga oshirishga litsenziya. 
Mikrokredit tashkilotlarining filiallari Markaziy bankda hisobga qo‘ygan holda 
mikrokredit tashkilotini boshqarish oliy organining qaroriga ko‘ra barpo etiladi (yoki 
tugatiladi). 
Filialga uni barpo etgan mikrokredit tashkilotining mol-mulki beriladi. 
Mikrokredit tashkiloti quyidagi turlardagi mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishi 
mumkin: 
-
mikrokreditlar yoki mikroqarzlar berish; 
-
qarz majburiyatlarini sotib olish va sotish (faktoring); 


52 
-
mikrokredit tashkiloti lizing beruvchi sifatida ishtirok etadigan mikrolizing 
(moliya ijarasi); 
-
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish, 
shu jumladan iste’mol kreditlari berish. 
Mikrokredit tashkiloti mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa 
mikromoliyaviy xizmatlar kqrsatish bilan bog‘liq maslahat va axborot xizmatlari 
ko‘rsatishi mumkin.Mikrokredit tashkiloti qarz majburiyatlarini chiqarishga hamda yuridik 
va jismoniy shaxslardan omonatlar (depozitlar) qabul qilishga haqli emas. 
Mikrokredit 
tashkiloti 
quyidagilar 
hisobidan 
mikromoliyaviy 
xizmatlar 
ko‘rsatadi:o‘z mablag‘lari, shu jumladan olgan daromadlari;investorlar, shu jumladan chet 
ellik 
investorlar 
tomonidan 
investitsiya 
shartnomalari 
asosida 
berilgan 
mablag‘lar;banklarning 
kreditlari 
va 
davlat 
maqsadli 
jamg‘armalarining 
mablag‘lari;xalqaro moliya institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining, shu jumladan 
chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining grantlari va qarz mablag‘lari;qonun hujjatlarida 
taqiqlanmagan boshqa manbalar. 
Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini tahlil qilishda ularning avvalom bor aktiv va 
majburiyatlari va kapitalini o‘rganish muhim hisoblanadi.

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish