"bank ishi" kafedrasi


Lombard tashkilotlarining faoliyati



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/141
Sana15.06.2022
Hajmi3,89 Mb.
#675130
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   141
Bog'liq
Bank ishi ma\'ruzalar tòplami

Lombard tashkilotlarining faoliyati
va ular tomonidan bajariladigan operatsiyalar 
Markaziy bank Boshqaruvining 2003 yil 22 sentyabrdagi “Lombard tashkilotlarining 
faoliyati va operatsiyalarni amalga oshirish” 23/4-sonli qarori bilan tasdiqlangan tartibi 
asosida bajariladi. Ushbu tartib Adliya vazirligidan 1290-son bilan ro‘yhatga olingan. 
YUridik shaxs - litsenziya da’vogari, lombard tashkilotlari faoliyatini amalga 
oshirishga litsenziyani olish uchun litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim 
etadi: 
a) lombard tashkilotlarining faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish 
to‘g‘risida elektron arizani to‘ldirish yoki shaklni yuklab olish unda yuridik shaxsning 
nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili) va bank 
hisobvarag‘ining rekvizitlari ko‘rsatiladi; 
b) yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnomaning 
notarial tasdiqlangan nusxasi; 


46 
v) lombard tashkilotlarining boshqarish vakolatiga ega organ tomonidan 
tasdiqlangan bir yillik faoliyat uchun biznes-reja; 
g) muassislar ro‘yxati, quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda: 
Jismoniy shaxslar uchun: 
familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport ma’lumotlari, yashash joyining pochta 
manzili, telefonlari; 
faoliyat turi, ish joyi, lavozimi (agar ishlasa); 
lombard tashkilotlarining ustav fondidagi ulushi summasi, shu jumladan, ustav 
fondining umumiy summasiga nisbatan foiz hisobida; 
Yuridik shaxslar uchun: 
to‘liq nomi, pochta manzili va telefon raqamlari, to‘lov rekvizitlari; 
lombard tashkilotlarining ustav fondidagi ulushi summasi, shu jumladan, ustav 
fondining umumiy summasiga nisbatan foiz hisobida. 
Barcha muassislar (ham yuridik va ham jismoniy shaxslar) uchun ariza taqdim 
qilingunga qadar oxirgi besh yil mobaynida sud (jumladan, xo‘jalik sudi) yoki davlat 
organlari tomonidan bu shaxsga nisbatan qo‘llanilgan barcha huquqiy jazo choralari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 
d) lombard tashkilotlarining boshqaruv organlari tuzilmasi va shaxsiy tarkibi 
to‘g‘risida ma’lumotlar; 
e) naqd pul mablag‘lari va garovga olingan mulklarning saqlanishini 
ta’minlaydigan, maxsus jihozlangan xonalar (binolar) mavjudligini tasdiqlovchi 
ma’lumotlar; 
j) litsenziya da’vogarining lombard tashkilotlari shtatida baholash faoliyatini amalga 
oshirish huquqiga tegishli litsenziyasi bo‘lgan, maxsus kasbiy tayyorgarlikka ega hamda 
garovga qabul qilinayotgan qimmatbaho metal va qimmatbaho toshlardan yasalgan 
buyumlarni yoki ulardan foydalanib yasalgan antikvariat, qimmatli ashyolar va boshqa 
ko‘char mulk buyumlarini baholaydigan malakali mutaxassislar mavjudligi to‘g‘risida 
ma’lumot; 
z) litsenziya da’vogarning arizasini litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib 
chiqilishi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov topshiriqnomasining nusxasi. 
Lombard 
tashkilotlari 
ixtisoslashtirilgan 
tashkilot 
hisoblanadi. 
Lombard 
tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish funksiyasi adliya organlariga yuklangan. 
Lombard tashkilotlari adliya organlari tomonidan davlat ro‘yhatidan o‘tkazilganligi uchun 
qonun hujjatlarida to‘lov kunida belgilangan eng kam oylik ish xaqining 4 barobari 
miqdorida davlat boji undiriladi. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya 
talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun ariza berilgan kunda qonun hujjatlarida 
belgilangan bitta eng kam oylik ish haqi miqdorida yig‘im undiriladi. Lombard 
tashkilotlari faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berilganligi uchun 
to‘lov kunida qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish xaqining besh barobari 
miqdorida davlat boji undiriladi. 
Fuqarolardan shaxsiy iste’molga mo‘jallangan ko‘char mol mulkni qisqa muddatli 
kreditlarni ta’minlash uchun garovga qabul qilishga ixtisoslashgan tashkilotlar- litsenziyasi 
bo‘lgan lombard tashkilotlari tomonidan tadbikorlik faoliyati sifatida amalga oshirilishi 


47 
mumkin. Lombard tashkilotlarida ashyolarni garovga qo‘yish haqidagi sharnoma lombard 
tashkilotlari tomonidan garov pattasi berish yo‘li bilan rasmiylashtiradi. Garovga 
qo‘yilayotgan ashyolar lombard tashkilotlariga topshiriladi. Lombard tashkilotlari garovga 
qabul qilingan ashyolarni garovga qabul qilish paytida shunga o‘xshash va shunday sifatli 
ashyolarning narxlariga mos bahodagi to‘liq summasida o‘z hisobidan garovga qo‘yuvchi 
foydasiga sug‘urtalanishi shart. Lombard tashkilotlari garovga qo‘yilgan ashyodan 
foydalanish va ularni tasavvur etish xaqli emas. Lombard tashkilotlari ashyolarning 
yo‘qolishini yoki shikastlanishini engib bo‘lmas kuch oqibatida yuz berganligini isbotlay 
olmasa, garovga qo‘yilgan ashyolarning yo‘qolganligi yoki shikastlanganligi uchun 
javobgar bo‘ladi.
Lombard tashkilotlari faoliyatini amalaga oshirish uchun litsenziya olish to‘g‘risida 
ariza:
Yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, vakolatli shaxsning F.I.O., 
arizachining pochta manzili, STIR, indeks, telefon, faks, bank hisobvarag‘ining 
rekvizitlari. 
Basharti lombard tashkilotlarida ashyolar garovi bilan taminlangan kredit summasi 
belgilangan muddatda qaytarib berilmagan taqdirda lombard tashkilotlari notariyusning 
ijro yozuvi asosida imtiyozli bir oylik muddat o‘tgandan keyin garovga qo‘yilgan mol 
mulkni realizatsiya qilish uchun belgilab qo‘yilgan tartibda ushbu mol mulkni sotishga 
xaqli. SHundan keyin garovga qo‘yilgan mol mulkni realizatsita qilishdan tushgan summa 
talablarni to‘liq qanoatlantirish uchun etarli bo‘masa xam, lombard tashkilotlarining 
garovga qo‘yuvchiga talablari bekor bo‘ladi. Agar qarz va boshqa to‘lovlarni to‘lagandan 
keyin tushim summasining qoldig‘i bo‘lsa, u garovga qo‘yuvchiga qaytariladi. Lombard 
tashkilotlarda ashyolarni garovga qo‘yish to‘g‘risidagi shartnomaning garovga 
qo‘yuvchining xuquqlarini ushbu qonun yoki boshqa qonun va me’yoriy xujjatlar bilan 
unga berilgan xuquqlarga qaraganda cheklab o‘tadigan shartlari o‘z o‘zidan haqiqiy emas. 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish