"bank ishi" kafedrasi



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/141
Sana15.06.2022
Hajmi3,89 Mb.
#675130
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   141
Bog'liq
Bank ishi ma\'ruzalar tòplami

Lombard tashkilotlari
, garovxona-garovga qo‘yilgan muayyan buyumlar evaziga 
ma’lum muddatga pul (mablag‘) berib turadigan tashkilot. Buyumning qiymati 
tomonlarning kelishuviga ko‘ra baholanadi, garovga qo‘yilgan buyum egasiga nomi 
yozilgan lombard tashkilotlari tilxati beriladi. Olingan pul o‘z vaqtida qaytarilmasa
qo‘yilgan buyum lombard tashkilotlari mulkiga aylanadi va lombard tashkilotlari 
qo‘yilgan buyumlarni sotishga haqdi. SHuningdek, lombard tashkilotlari qimmatbaho uy-
ro‘zg‘or buyumlarini saqlab berish uchun ham qabul qiladi. Lombard tashkilotlariga 
buyumlar faqat mablag‘ olish uchun emas, ba’zan mazkur buyumning ishonchli 
saqlanishini ta’minlash uchun ham qo‘yiladi. Buyumlarni garovga qo‘yib kredit berish 
birinchi marta 15-asrda Italiyaning Lombardiya viloyatidan chiqqan sudxo‘rlar tomonidan 
joriy etilgan ("lombard" so‘zi ham shundan kelib chiqqan). Lombard tashkilotlarning 
mijozlari bular-asosiy kredit bozorlaridan mablag‘ olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan 
hamda kreditni qaytarish salohiyati past bo‘lgan mijozlar hisoblanishadi
Mazkur nobank tashkilot ixtisoslashgan tijorat tashkilotsi bo‘lib, asosiy faoliyati 
fuqarolarning harakatdagi mulklari garovi ostida qisqa muddatli kreditlar berish va 
2
Karimov I.A. “Bosh maqsadimiz- iqtisodiyotimizda olib borayotgan islohotlarni va tarkibiy o‘zgarishlarni keskin 
chuqurlashtirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berishdir”. – T.: “O‘zbekiston”, 
2016. – 11b. 


38 
buyumlarni saqlash bilan shug‘ullanadi. Lombard tashkilotlari ixtisoslashganlik 
darajasiga qarab qimmatbaho metallar, maishiy vositalar, zargarlik buyumlari, soatlar, 
antikvar buyumlar, avtotransportlar va h.k ni garov sifatida qabul qiladi. Buyumlarning 
bahosi ikki tomonning kelishuvi asosida belgilanadi. Banklar-pulga muhtoj bo‘lganlarga 
mablag‘ (kredit) bermasligi tufayli, mijozlar Lombard tashkilotlariga murojaat qiladilar. 
Bunga sabab, banklar jismoniy shaxslarga kredit berishlaridan oldin mijozlarning kreditga 
layoqatlilik darajasi o‘rganiladi. Lombard tashkilotlarida esa mazkur kriteriya mavjud 
emas. 
Qarzdor o‘z buyumini qonunda yoki shartnomada belgilangan vaqt oralig‘ida 
qaytarib olishi mumkin. Bunda olingan qarz summasiga Lombard tashkilotlari tomonidan 
belgilangan foiz stavkalarini qo‘shish asosida qaytarib sotib olish summasi belgilanadi. 
O‘z vaqtida qaytarib olinmagan buyumlar savdo va auksionda realizatsiyaga qo‘yiladi. 
Garov evaziga kredit berish birinchi marta Fransiyadan XV asrda olib-sotarlar
tomonidan ta’sis etilgan. Ular Lombardiya shahridan bo‘lganlar, shu orqali «lombard» 
so‘zi kelib chiqqan. CHerkovlar aholini past tabaqali qatlamini pul bilan ta’minlash 
maqsadida, garovga buyum qo‘yish g‘oyasini ilgari surgan. Aynan cherkovlar ssuda 
stavkasini 5% gacha kamaytirishga muvaffaq bo‘lgan. Ilk lombard tashkilotlari uchun pul 
hayriya ishlari orqali to‘plangan. 
XVI asrda ilk bor munitsipial lombard tashkilotlari paydo bo‘ldi (Nyurnbergda). 
Ularning ham asosiy funksiyalaridan biri aholini past tabaqali qatlamini ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlashdan iborat bo‘lgan. Tilla taqinchoq bezaklari uchun berilgan pullar aholini o‘sha 
vaqtda ochlikdan, ochlik tufayli yuzaga keladigan o‘g‘irlik va qonun buzarliklardan saqlab 
turgan. O‘sha vaqtlarda xususiy lombard tashkilotlari o‘zining egasiga juda kata mablag‘ 
keltirgan, chunki hali lombard tashkilotlari faoliyati davlat tomonidan nazorat qilinmagan. 
Buning natijasida bu sohada o‘zboshimchalik hukm surgan. Lombard tashkilotlari egalari 
shunchalik ko‘p pul mablag‘iga ega bo‘lganidan, yuqori tabaqali shaxslar ham lombard 
tashkilotlari xizmatidan foydalanishgan. Hattoki, davlat boshliqlari harbiy faoliyatni 
amalga oshirish uchun lombard tashkilotlaridan qarz olgan. Ayniqsa bunda taniqli 
Prussiya podshosi Fridrix mashhur bo‘lgan. SHuningdek, Xristofor Kolumb 
ekspeditsiyasini amalga oshirish uchun Ispaniya qirolichasi o‘z tojini lombard 
tashkilotlariga qo‘ygan. Sekin-asta lombard tashkilotlari universal bo‘lib bordi… 
O‘rta Osiyoda 1913-yil 26-sentabrda Toshkent shahrida birinchi Lombard 
tashkilotlari ochilgan.
Garov predmeti jihatidan lombard tashkilotlari quyidagilarga bo‘linadi: 
1) Zargarlik buyumlari Lombardi - Garov sifatida turli xildagi zargarlik buyumlari, 
ya’ni qimmatbaho metallar, zeb-ziynatlar, qimatbaho toshlar, tilla idishlar va antikvar 
buyumlar qabul qilinadi. Ularning bahosi lombar ekspertlari tomonidan o‘rnatiladi. 
Aholiga qimmatbaho metal va toshlar evaziga yoki ularni saqlab bergani uchun qisqa 
muddatli qarz beradi; 
2) Avtolombard - Oxirgi yillarda eng mashhur Lombard tashkilotlari turlaridan 
hisoblanadi. Garov sifatida avtomobildan foydalaniladi. Uning xusiyati shundan iboratki, 
qarz oluvchi avtomobilining 90% miqdordagi summasini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Uning asosiy shartlaridan biri avtomobil qarz oluvchining shaxsiy mulki bo‘lishi kerak. 


39 
Lombard tashkilotlariga qo‘yish huquqini beruvchi shaxsdan ishonchnoma taqdim qilishi 
shart. Aholiga avtomobil evaziga qisqa muddatli qarz beradi; 
3) Maishiy vositalar lombardi - Garovga olinayotgan texnika sozlangan bo‘lishi 
yoki qayta ta’mirlash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. 
Bundan tashqari, u etarli darajada qimmatbaho va ayni vaqtda judayam kata hajmga 
ega bo‘lmasligi lozim. Lombard tashkilotlari hududida saqlash imkoniyati mavjud 
bo‘lishi kerak. 
1) Universal lombard tashkilotlar - Qonunchilik asosida turli xildagi buyumlarni 
qabul qiladi. Aholiga Qonunchilik asosida qisqa muddatli qarz beradi; 
2) Ixtisoslashgan lombard tashkilotlari- Bunda aynan bir turdagi tovarlarni qabul 
qilishni afzal bilishadi Masalan , faqat tilla va zargarlik buyumlari, qimmatbaho soatlar 
yoki antikvar buyumlar. Aholiga qonunchilik asosida aynan bir turdagi tovarlar evaziga 
qisqa muddatli qarz beradi; 
Faoliyati litsenziyalanganligi jihatidan: 
1) Litsenziyalangan lombard tashkilotlari 
2) Litsenziyalanmagan lombard tashkilotlari 
Qimmatbaho toshlar va metallar bn bog‘liq lombard tashkilotlari uchun litsenziya 
muhim hisoblanadi. 
Ma’lumki, 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish