"bank ishi" kafedrasi



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/141
Sana15.06.2022
Hajmi3,89 Mb.
#675130
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   141
Bog'liq
Bank ishi ma\'ruzalar tòplami

 
t/r 
Bank 
bo‘lmagan 
muassasalar 
Mashg‘uloti 
1. 
Ipoteka
Kompaniyalari 

tijorat maqsadida foydalaniladigan bino yoki yashash 
uylaridan samarali foydalanish uchun qisqa muddatli 
kredit berish bilan shug‘ullanadilar 
2. 
Faktoring
Kompaniyalar 

vaqtinchalik moliyalashni ta’minlash maqsadida (asosan 
debitorlar schyotidan) korxonalardan qisqa muddatli 
aktivlarni sotib oladilar 
3. 
Trast
Kompaniyalar 

korxona, xususiy shaxslar va zarar bilan ishlaydigan 
tashkilotlar mulklarini boshqaradi va ularni himoya 
qiladi. Mijozlarning qimmatli qog‘ozlarini xususiy 
investorlarga joylashtiradilar 
4. 
Ma’lumotlarni qayta 
ishlash 
kompaniyalari 

ma’lumotlarni kompyuter ishlab ularni uzatish bilan 
shug‘ullanishadi 
5. 
Sug‘urta 
kompaniyalari 

sog‘liqni va kishilar hayotini turli xavflar va baxtsiz 
hodisalardan sug‘urta qilish bilan shug‘ullanadi. SHu 
bilan bir qatorda ular bilan bog‘liq bo‘lgan kreditlarni 
beradilar 


31 
6. 
Qimmatli qog‘ozlar 
savdosi
bilan shug‘ulla-
nuvchi brokerlik 
firmalari 

opsion shartnomalari, valyutali moliyaviy fyucherslar, 
muomaladagi qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdisi 
bo‘yicha mijozlarning buyruqlarini bajaradilar 
7. 
Moliyaviy
masalalar bo‘yicha 
maslahat beruvchi
firmalar 

aktivlarni boshqarish va investitsiya masalalari bo‘yicha 
mijozlarga kiradilar 
8. 
Qimmatli
qog‘ozlarni tarqatish 
bilan
shug‘ullanuvchi 
firmalar 

davlat va munitsipal zayomlarni, korporatsiyalar aksiya-
larini, qimmatli qog‘ozlarni, korporatsiyalarning qarz 
majburiyatlarini, mijozlar schyotlari bilan ta’minlangan 
qim-matli qog‘ozlarni sotib oladi, shuningdek, yuqorida 
qayd qilingan qimmatli qog‘ozlarni investorlarga takroriy 
sotishni taklif qiladilar 
9. 
Moliyaviy
Kompaniyalar 

korxonalar va xususiy shaxslarga qisqa va uzoq muddatli 
kapital miqdorlarini aniqlash bilan shug‘ullanadilar 
10. Kredit kartochkalari 
bilan 
shug‘ullanuvchi 
kompaniyalar 

chakana savdo korxonalarini qo‘llab quvvatlash va 
xususiy shaxslarga qisqa muddatli kreditlar berish bilan 
shug‘ullanadilar 
11. Lizing
Kompaniyalari 

aktivlarni sotib oladi va muhtoj korxonalarga, xususiy 
shaxslarga ularni ijaraga beradi 
12. Sug‘urta
Agentliklari 

kredit yoki moliyaviy xizmatlar bilan bog‘liq bo‘lgan 
sug‘urta polislarini sotadilar yoki to‘la-to‘kis brokerlik 
va sug‘urtaviy xizmatlarni bajaradilar 
13. Ko‘chmas mulk 
operatsiyalari bilan 
bog‘liq xizmatlarni 
bajaruvchi firmalar 

ko‘chmas mulkni baholash va ular bilan bog‘liq bo‘lgan 
tijorat loyihalarni moliyalashtirish bilan shug‘ullanadilar 
14. Omonat, ssuda 
berish bilan 
shug‘ullanuvchi
assotsiatsiyalar 

asosan xususiy shaxslar va oilalarga omonat depozitlarga 
jamg‘ariladigan mablag‘lar rejalarini, shuningdek uy-joy 
qurish uchun kredit taklif qiladilar 


32 
80-yillarda qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi va brokerlik bilan keng faoliyat 
boshlagan «Meril Linch» va «Dreyfus korporeyshn» firmalari bank bo‘lmagan banklarga 
misol bo‘la oladi. 
Tovar-pul munosabatlarining vujudga kelishi va ularning rivojlanib borishi 
banklarning paydo bo‘lishiga asos soladi. O‘rta asrlarda banklar dastlab puldorlar 
tomonidan pulni qabul qilish va boshqa davlat shahar puliga almashtirib berish asosida 
kelib chiqqan. Keyinchalik puldorlar bo‘sh turgan mablag‘laridan foyda olish maqsadida 
qarz so‘ragan subektlariga vaqtinchalik foydalanishga bergan. Bu hol pul almashtiruvchi 
puldorlarning bankirlarga aylanishga olib kelgan. 
Dastlabki banklar jirobanklar nomi bilan XVI asrlarda (aniqrog‘i 1587 yilda) Florensiya 
va Venetsiyada kichik banklar vujudga kela boshlagan. Ular turli shaharlar va 
mamlakatlarning pul belgilarini almashtirishga ixtisoslashgan bo‘ladilar. Keyinchalik 
shunday banklar Amsterdamda (1605 y), Gamburgda (1618 y), Milanda, Nyurnbergda, 
Genuyada vujudga kelgan. Bu banklar asosan o‘z mijozlari-savdogarlarga xizmat 
qilishgan. Ular hisob-kitobni asosan naqd pulsiz amalga oshirishgan. 
Tarixda birinchi yirik bank 1694 yilda Angliyada tashkil etilib, unga davlat tomonidan 
banknotlar chiqarishga ruxsat berilgan. U bank aksiyador-emmission bank deb 
hisoblangan. Keyingi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, xususan, sanoatning rivojlanishi 
natijasida banklar boshqa mamlakatlarda ham tashkil qilina boshlanadi. 
Natural xo‘jalik munosabatlarining tugashi, savdo-sotiq munosabatlarining rivojlanishi 
pullik hisob-kitoblar olib borishiga, kreditning rivojlanishiga yo‘l ochdi. Ishlab 
chiqarishning rivojlanishi yollanma mehnatni borgan sari ko‘p jalb qilishga olib kelgan. 
g‘llanma mehnat uchun haqning pul shaklida to‘lanishi doimiy pul aylanishni yuzaga 
keltiradi. Pul aylanishi esa muayyan boshqaruvni talab qildi. Bu vazifani banklar bajara 
boshladi. 
SHunday qilib, banklar mablag‘larni yig‘ish va taqsimlash orqali ssuda kapitali 
harakatini boshqara boshladi. 
XX asrning boshlarida yirik Evropa mamlakatlarida o‘zining ko‘p filiallariga ega bo‘lgan, 
yirik sanoat monopoliyalari bilan uzviy bog‘liq faoliyat ko‘rsatayotgan banklar vujudga 
keldi. Bular jumlasiga xalqaro pul, hisob va kredit munosabatlarini olib boruvchi quyidagi 
xalqaro banklarni kiritish mumkin: 

Evropa rivojlanish va taraqqiyot banki; 

Xalqaro valyuta fondi; 

Xalqaro Moliya korporatsiyasi; 

Xalqaro hisob-kitoblar banki; 

Evropa investitsiya banki va boshqalar. 
Xorijiy banklar to‘liq yoki qisman chet el investitsiyalariga tegishli bo‘lgan banklar bo‘lib, 
ular o‘z faoliyatini mahalliy qonunlar doirasida olib boradi. Hozirgi vaqtda bunday banklar 
yirik banklarning sho‘‘balari sifatida faoliyat ko‘rsatadi. 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish