Bankning vazifalari
Ko‘pchilikning tasavvurida bankning iqtisodiyotda tutgan o‘rni faqatgina
omonatlarga mablag‘larni jalb qilish va kreditlar berishdan iboratdir. Lekin zamonaviy
banklar o‘zlarining raqobatbardoshligini saqlash va ja’miyatning talablarini qondirish
33
maqsadida yangi vazifalarni ham bajarishni o‘rganishi lozim. Bugungi kunda bu vazifalar
quyidagilardan iborat
Bankning hozirgi zamon vazifalari
t
/r
Banklarning
Roli
Izoh
1.
Vositachilik
Roli
jismoniy shaxslardan qabul qilib olgan mablag‘larni yangi
binolar, asbob uskunalar va boshqa ishlab chiqarish
vositalariga investitsiya qilish maqsadida kreditga oladigan
firma va korxonalar o‘rtasida vositachi vazifasini bajaradi.
2.
To‘lovlarni amalga
oshirishda ishti-
rokchilik roli
tovarlar, qimmatli qog‘ozlar va ko‘rsatilgan xizmatlar
uchun talabnomalar, majburiyatlar va cheklarni kliring
asosida o‘zaro surishtirishga asoslangan elektron to‘lovlar
orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib boradi.
3.
Kafolatchilik roli
bank kafolatchi sifatida tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar
uchun to‘lovlarni to‘lashga imkoniyati etmayotgan bank
mijozlari qarzlarini akkreditiv ochish yo‘li bilan yoki fak-
torning operatsiyalari orqali to‘laydi.
4.
Agentlik
(dallollik)
Roli
bank mijozlar mulkini boshqarish va himoya qilish,
mijozning topshirig‘iga binoan uning qimmatli
qog‘ozlarini muommalaga chiqarish va joylashtirish kabi
yumushlarni bajarishda agentlik vazifasini o‘taydi.
5.
Siyosiy yo‘li
ijtimoiy maqsadlarni hamda iqtisodiyotning rivojlanishini
ko‘zlab davlat tomonidan yuritilayotgan siyosatning
targ‘ibotchisi vazifasini bajaradi.
Bank o‘z faoliyati jarayonida quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi:
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning hisob varaqalarini
ochish va yuritish hamda hisob varaqlar bo‘yicha hisob-kitob qilish;
omonatlarni jalb qilish;
o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan o‘z nomidan kreditlar berish;
chet el valyutasini naqd pul va naqd bo‘lmagan pul shakllarida yuridik hamda jismoniy
shaxslardan sotib olish, sotish va ayirboshlash;
pul mablag‘lari veksellar, to‘lov va hisob-kitob hujjatlarini inkasso qilish;
uchinchi shaxs nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish;
uchinchi shaxs nomidan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish;
34
qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobni yuritish va saqlash, ularni
boshqarish va boshqa operatsiyalarni bajarish;
davlat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
kichik va o‘rta tadbirkorlikni kredit bilan ta’minlash;
trast xizmatlari - ishonch qog‘ozlar orqali mijozlar aktivlarini boshqarish;
faktoring xizmatlarni amalga oshirish;
moliyaviy lizingni bajarish;
iste’mol kreditini berish;
moliyaviy maslahat va axborot xizmatlarini bajarish;
naqd pul mablag‘larini boshqarish;
yuqori tavakkalchilikka ega kreditlar berish;
sug‘urta xizmatlarini sotish;
qimmatliklar bilan bo‘ladigan operatsiyalarda brokerlik xizmatlarini amalga oshirish;
investitsiya va boshqa xizmatlarni ado etish.
Barcha zamonaviy banklar muomalaga pul chiqaradilar va kredit beradilar, ya’ni qarz
oluvchining qarzini qaytarib berishi to‘g‘risida majburiyatini oladilar. Bu qanday amalga
oshiriladi?
Hozirgi vaqtda barcha yirik rivojlangan davlatlarda tovarlar va xizmatlar uchun
olinadigan haq asosan chek ko‘rinishida bo‘ladi.
CHek hujjatlarining ikki turi mavjud:
Birinchisi, mijozga kredit berilganda, u oddiy vekselga imzo chekadi va o‘z o‘rnida
bank unga talab qilib olinguncha depozit hisob varag‘ini ochadi. Qarzdorning oddiy
vekseli pul hisoblanmaydi, undan tovarlar va xizmatlar uchun to‘lov sifatida foydalanish
mumkin emas. Lekin bankning depoziti pul hisoblanib, undan mijoz xohlagan vaqtda
xohlagancha sarf qilishi mumkin. SHunday qilib, bank qarz berib, o‘z mijoziga depozit
ochib, muomalaga pul chiqaradi va mijoz undan erkin foydalana oladi.
Ikkinchidan, bank tizimidagi barcha banklar mijozlarga kreditlar berib, pul
ishlaydilar. Bu kreditlar boshqa banklarga depozit mablag‘ bo‘lib tushadi. Amaldagi
qonunchilikka ko‘ra, bank jalb qilgan depozitlarini kafolatlash uchun zaxiralar fondini
tashkil qiladi. SHunday qilib, har bir jalb qilingan depozit qo‘yilmasi zaxiralar hajmining
ortib borishini ta’minlaydi va bu mablag‘lar kredit sifatida ishlatilishi mumkin. Kreditlar
boshqa banklarga depozit ko‘rinishida oqib o‘tadi va yangi kreditlar berish imkoniyati
yuzaga keladi. Oxir oqibatda, banklarning kredit berish vazifasiga asosan, ularning depozit
hisob varaqalarida turgan pul mablag‘lari mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga katta
ta’sir ko‘rsatadi. Banklarning pul ishlash qobiliyatiga ega ekanligi ular faoliyatining davlat
tomonidan tartibga solib turilishining asosiy sababidir.
Banklarning o‘zaro kredit olishlaridan maqsad o‘z mablag‘larini to‘ldirish, ular
hisobidan ortiqcha kreditlar berish hamda qo‘shimcha daromad olishdan iboratdir.
Banklarning ana shu pul ishlash qobiliyati ularning davlat tomonidan qattiq nazorat
qilinishining asosiy sababidir.
Banklar faoliyatidagi xizmat turlarining ortib borishi va kengayishi yaqin kelajakda
ularning hozirgi banklarga qaraganda butunlay o‘zgarib ketishiga olib kelishi mumkin. Bu
o‘zgarishlarning sodir bo‘lishiga quyidagilar ta’sir ko‘rsatmoqda:
35
1.
Xizmat turlari va ularning sifatlariga bo‘lgan talabning ortishi. Ba’zi bir
zamonaviy banklar sug‘urta kompaniyalari faoliyatida ishtirok etish, sug‘urta savdosida
brokerlik qilish, loyihalarni investitsiyalash, qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan
operatsiyalarda brokerlik qilish, moliyaviy rejalashtirish, soliq tizimiga, xususiy
shaxslarga maslahatlar xizmatini taklif qilmoqdalar.
2.
Raqobatning o‘sishi. Banklar va bankdan boshqa moliya institutlari xizmat
turlarini kengaytirishi natijasida ular o‘rtasidagi raqobat kuchayadi. Bu raqobat kelajakda
banklarning xizmat turlarini yanada kengaytirilishiga olib keladi.
3.
Texnologiya
sohasidagi
o‘zgarishlar,
ya’ni
to‘lovlarning
yangi
integratsiyalashgan vositalarini yuqori sur’atlar bilan shakllantiradigan bank
operatsiyalarini kompyuterlashtirishning texnologik inqilobi.
4.
Banklarning xizmat ko‘rsatish doirasi va uning hududiy jihatdan kengayishi.
5.
Bankrotlik (inqiroz) xavfining ortishi va depozitlarning, sug‘urta tizimining
kuchsizlanishi, o‘sib borayotgan raqobat banklarning sinishiga olib keladi, bu esa
sarmoyalar bozorida va investitsiyalar sohasida yangi sharoitlarni vujudga keltiradi.
Mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi uchun banklar samarali faoliyat
ko‘rsatishlari lozim. CHunki, ular davlat korxonalarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-
quvvatlaydilar, xususiy shaxslarni moliyalashtiradilar va davlatning pul-kredit siyosatini
amalga oshishini ta’minlaydi.
Bu
o‘rinda,
banklarning
samarali
faoliyat
ko‘rsatishlarida
bank
boshqaruvchilarining tutgan o‘rni juda katta ekanligini esdan chiqarmaslik lozim. Bank
boshqaruvchilari quyidagi fazilatlarga ega bo‘lishi kerak:
professionalizm, ishga ijodiy yondoshish, qat’iylik, o‘ziga ishonch va ishga fidoyilik;
yangicha fikrlash, topqirlik, tashabbuskorlik va g‘oyalarni hayotga tatbiq eta olish
qobiliyati;
odamlarga ruhiy ta’sir ko‘rsata olish salohiyati;
chiqishimli bo‘lish va yutuqni hisob qilish;
hissiyotga berilmaslik va ruhiy zarbalarga chidash;
ochiq ko‘ngillilik, tadbirkorlik va yuz berayotgan o‘zgarishlarga oson moslashish;
vaziyatni boshqara olish va korporativ tuzilmalarda shaxsga xos g‘ayrat-shijoat ko‘rsatish;
o‘zini-o‘zi o‘stirishga va o‘zini safarbar etishga ichki ehtiyoj sezish;
serg‘ayrat va bardoshli bo‘lish;
o‘zini muvaffaqiyatli himoya qilishga moyillik va samarali hujumga o‘ta olish;
o‘z ishi va qabul qilingan qarorlari uchun mas’uliyatni his qilish;
jamoada va jamoa bilan ishlashga o‘zida ehtiyoj sezish.
Do'stlaringiz bilan baham: |