Qog’oz va kitoblar. Tarkibida sellyuloza bo’lgan boshqa materiallar kabi qog`oz va kitoblar ham ularni tayyorlash va ishlatishning har xil bosqichlarida mikroorganizmlar bilan zararlanadi.
Sellyuloza-qog`oz zavodlarida yog`och parchalaridan 70-80°S daroratda qog`oz massasi tayyorlashning ilk bosqichlaridayoq termofil bakteriyadar tez rivojlanadi va texnologik jarayon buzilishiga olib keladi. Ularga qarshi kurashda qog`oz massasiga natriy pentaxlorfenolyat va bura qo’shiladi. Qog`oz tayyorlashda hosil bo’ladigan qog`oz pulpasida har xil mikroorganizmlarning murakkab to’dalari rivojlanadi. Bu bosqichda biozararlanish quyuq parchalar yoki shilimshiq paydo bo’lishi bilan ifodalanadi, natijada keyingi bosqichlarda qog`ozning sifati keskin pasayadi. Shilimshiq hosil bo’lishiga qarshi kalsiy dimetilditiokarbamat, katapin va boshka biostidlar samara beradi.
Qog`oz ishlab chiqarishning oxirgi bosqichlarida qog`oz massasi suvsizlantiriladi va qog`oz pog’nosi 120°S da quritiladi. Bu bosqichda qog`oz mikroorganizmlardan serillanadi. Qog`oz mashinalaridan chiqadigan qog`ozda mikroorganizmlar deyarli yo’q. Mikroorganizmlar qog`ozga tushishi ishlab chiqarishdan keyin - qog`ozni o’rash, tashish, saqlash, qayta ishlash va foydalanish paytlarida ro’y beradi. Odatda yangi, hali ishlatilmagan kitoblar ustida mikroorganizmlar juda oz bo’ladi. Ammo biroz vaqt ishlatilgach, zamburug` konidiyalarining,miqdori keskin oshadi. Kitobda konidiyalar o’sishi va zamburug`lar rivojlanishi qog`oz tarkibida 8-10% yoki ko’proq suv bo’lganida kuzatiladi. Bu binodagi havo nisbiy namligi 65% bo’lganiga tengdir. O’sish jarayonida zamburug`lar suvning qo’shimcha miqdorlari va metabolitlar ajratib chiqaradi. Zamburug`lar metabolizmi mahsulotlari orasida eng agressiv, qog`ozni kuchli emiruvchi va parchalovchi kimyoviy birikmalar sellyulolitik fermentlardir.
Qog’ozga gidrofoblik xususiyatlari bo’lgan polimer smolalar, masalan, polietilen bilan ishlov berish qog`ozni zamburug`lar zararlashidan fungistidlardan ham samaraliroq himoya qiladi.
Qog`oz va kitoblarni biozararlanishdan himoya qilish choralariga kitoblar saqlanadigan va ishlatiladigan binolarda kitoblar namlanishiga yo’l ko’ymaslik uchun, havoni kondistiyalash orqali optimal harorat va namlik rejimini ta’minlash; havoni changdan toza tutish, kerak bo’lsa, uni |filtrlash yoki ultrabinafsha nurlar bilan zararsizlantirish; boshqa sanitar-gigdenik tadbirlar qo’llash yordamida kitob va qog`ozlar ifloslanishi va zararlanishiga yo’l qo’ymaslik, qog`ozlar yoki zararlangan kitoblar ustiga biostidlar bilan ishlov berish yoxud antiseptik bilan ishlov berilgan qog`oz ishlatish kiradi. Bu maqsadda biostidlardan salistilanilid, natriy pentaxlorfenolyat, poligeksametilenguanidin va polietilenimin ishlatiladi. Biostidlar faqat boshqa sanitar-gigienik tadbirlar yordamida biozararlanishdan saqlash mumkin bo’lmagan sharoitlarda, masalan, issiq va nam tropik iqlimda qo’llaniladi.
Kitoblar va arxiv hujjatlarini restavrastiya kilishda fungistidlar, misol uchun, nipagin (n-oksibenzoy kislotasining metil efiri), n-oksidifenilmetan, n-xlor-t-kreozol, trilan va geksabutildistannokean) ham qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |