To’qimachilik tolasi va mahsulotlari. To’kimachilik materiallari qatoriga tola va iplardan tayyorlanadigan va to’qilmagan materiallar, trikotaj, namat, to’rlar, arqonlar va boshqalar kiradi. To’qimachilikda ishlatiladigan tolalar tabiiy (sellyuloza va oqsildan tashkil topgan), kimyoviy (sun’iy va sintetik) va mineral (asbest, bazal, shisha) tolalarga bo’linadi.
To’qimachilik materiallari va tolalarni mikroorganizmlar, hasharotlar, kemiruvchilar va boshqa biozararlanish qo’zg`atuvchilari shikastlaydi. Ularning biozararlanishga chidamliligi birinchi navbatda ularni tayyorlashda ishlatilgan tolalarning kimyoviy tarkibiga bog`liq. Ko’pincha tabiiy tolalar (paxta ipi, zig`ir tolasi va b.) asosida tayyorlangan to’qimachilik mahsulotlari biogen modda almashinuvida saprotrof hayot kechiruvchi va ularni o’zlashtiruvchi mikroorganizmlar bilan zararlanadi. Kimyoviy, ayniqsa sintetik to’qimachilik mahsulotlari ko’proq biochidamli, ammo biodestruktor mikroorganizmlar ularni o’zlashtirishga ham adaptastiya qiladi. Yuqori namlik va harorat mavjud bo’lgan va havo almashinuvi etarli bo’lmagan sharoitlarda mikroorganizmlar tola, mahsulot va buyumlarni ularni tayyorlash va ishlatishning barcha bosqichlarida, jumladan tolani; birlamchi ishlash – yig’ish, gazlama to’qish, bezash, saqlash, tashish va ishlatish jarayonlarida zararlaydi. Tola va mahsulotlar biozararlanishi tezligi va rivojlanishi tuproq va suv bilan kontakt bo’lganida, ayniqsa issiq va nam iqlimda kuchayadi.
Mikroorganizmlarga chidamsiz paxta tolalari va ip-gazlamalar biozararlanishdan himoya qilinishi zarur. Birinchi navbatda texnik to’qimachilik mahsulotlari - brezentlar, chodir (palatka) lar, soyabon (tent) lar, yelkanlar, baliqchilar to’rlari, arqonlar va buyumlarni o’rashda ishlatiladigan materiallar himoyalanishi darkor.
Tabiiy sellyuloza tolalari va mahsulotlari. Tarkibida tabiiy sellyuloza tolalari bo’lgan materiatlarga paxta ip gazlamalari, jun va ba’zi boshqa o’simliklar tolalari kiradi. Sellyulozaga eng boy tolalar - paxta tolalaridir. Uning tarkibida ogirligi bo’yicha 90% cha, lub – zig’ir va nasha tolalari tarkibida 70% cha sellyuloza bor. Ularning tarkibidagi boshka komponentlarning ba’zilari tola biochidamliligini oshiradi.
Chigitli paxta mikroorganizmlar bilan uni terib olish va saqlash paytlaridayoq zararlanadi. Tuproq bilan kontaktdagi va namligi oshgan paxta tezroq zararlanadi. Uni quritish samarali himoya qiladi; tarkibida 8% dan kam suv bo’lgan paxtada mikroorganizmlar o’smaydi.
Zigir, nasha va boshqa lub tolalari va ulardan tayyorlangan mahsulotlar tarkibida sellyulozadan tashqari 10% cha lignin hamda biroz mum va antibiotiklarning mikromikdorlari mavjud. Bu komponentlar sellyulozadan ancha chidamli va odatda lub tolalari chidamliligini ham oshiradi. Umuman olganda lub va paxta tolalarining chidamliligi bir xil hisoblanadi.
Sellyuloza tolalarining biochidamliligiga ularni tarkibida kraxmal, un, jelatin, smolalar va boshqa moddalar bo’lgan to’qimachilik mahsulotlariga mexanik, buklanishga va olovga chidamlilik bilan ta’minlovchi maxsus eritmalar - shlixta va appretlar bilan pardozlash kuchli ta’sir qiladi. Bu moddalarning ko’pchiligi
mikroorganizmlar o’sishi uchun yaxshi substrat hisoblanadi, shu sababdan tolalarni sayqallash va appretlash bosqichlarida ular zararlanmasligini ta’minlovchi sanitariya-gigiena va texnologiya tadbirlariga qatiy rioya qilish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |