Bakteriyalar keltirib chiqaradigan biozararlanishdan himoyalanish usullari”



Download 475,5 Kb.
bet26/32
Sana01.06.2022
Hajmi475,5 Kb.
#628253
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32
Bog'liq
Bakteriyalar keltirib chiqaradigan biozararlanishdan himoyalanish usullari

Teri xomashyosi va uni qayti ishlash. Teri xomashyosi - teri qoplamasi (teri to’qimasi) va jun qoplamasidan tashkil topgan, so’yilgan hayvon go’shtidan ajratib olingan terisidir. Yangi chiqarib olingan terining ichki (teri osti-yog) tomoni steril bo’ladi. Jun tomonida esa har 1 sm2 da 5 tadan 500 mln gacha mikroorganizmlar bo’lishi mumkin.
Terining ichki, eng biochidamsiz, tomoni mikroorganizmlar bilan zararlanishiga yo’l qo’ymaslik uchun, chiqarib olingan terini darhol konservastiya qilish lozim. Agar bu teri go’shtdan ajratib olingandan so’ng 2 soat tufayli mikroorganizmlar bilan zararlangan teri "bakterial" teri deb ataladi. Bakterial terining teriosti kletchatkasi tomoni shilimshiq bilan koplanadi, epidermis ko’chib, tuklari tushib ketadi, rangi o’zgaradi, noxush hid chiqaradi va mexanik mustahkamligi kamayadi yoki teri butunlay parchalanadi.
Chirishga qarshi yangi olingan teri uch usulda konservastiya qilinishi mumkin press-quruq, quruq-tuzli va nam-tuzli. Konservastiyaning press-quruq va quruq-tuzli usullari xomashyo namligini quruq natriy xlorid (osh tuzi) va natriy kremneftorid bilan ishlov berish vositasida 18-20% gacha tushirish, natijada bakteriyalar hayotchanligi va ularning proteolitik fermentlarining faolligini to’xtatishga asoslangan. Nam-tuzli konservastiya usulida teri yoyib qo’yiladi va u ichki (mezdra) tomonidan osh tuzi bilan tuzlanadi yoki osh tuzining to’yingan eritmasi bilan ishlaiadi va keyin taxlangan shtabellarda yana qo’shimcha tuz beriladi. Nam-tuzli usul qo’llanganida spora hosil qilmaydigan bakteriyalarning ko’pchiligi halok bo’ladi, qolganlari esa o’sish va rivojlanishdan keskin to’xtaydi.
Quruq tuzlashda natriy xloridning konservastiya qilish ta’siri uning teriga suvsizlantirish ta’siriga, nam tuzlashda esa - hujayralarga natriy xlorid diffuziyasi va osmos so’rilishi natijasida hujayra ichi jarayonlari to’xtatilishiga asoslangan. Ammo natriy xlorid mikroorganizmlardan to’la himoya qila olmaydi va hatto o’zi Actirobacter galophilum, Flavobacterium galophilum kabi galofil (tuzni sevadigan) va Bacillus subtilis, V. mesentericus kabi tuz ta’siriga chidamli bakteriyalar rivojlanishi uchun substrat bo’lishi mumkin. Bu bakteriyalar proteolitik faollikka ega. Ulardan himoya qilish uchun terini tuzlashda bakteristid sifatida natriy metabisulfat qo’shish tavsiya qilinadi.
Teri xomashyosidan tayyor teri mahsulotini olish ko’p bosqichli jarayondir va alohida bosqichlar bir necha etapdan tashkil topishi mumkin. Har xil etaplarda mikroorganizmlar terida o’sishi uchun qulay sharoitlar paydo bo’lishi mumkin. Teri bakteriyalar bilan zararlanish xavfi ilk namlantirish (otmoki) bosqichidayoq, terida tuz miqdori keskin kamayganda va teriga bakteriyalar tushib, o’sa boshlaganda paydo bo’ladi. Bunda zararlanish terining yuz tomonidan boshlanadi. Bu bosqichda ajratilgan 10 tur bakteriyalarning yarmidan ko’pi proteolitik fermentlar chiqargan. Bu bosqichda bakteristid sifatida natriy kremneftorid qo’llanadi.
Keyingi oxak suvida oshlash (zolenie) bosqichida teri, tolalar orasidagi oqsil moddalarini chiqarib tashlash va dermaning tolali strukturasini govaklash uchun, so’ndirilgan ohak bilan ishlanadi. Yangidan tayyorlangan ohak vannasida sporasiz bakteriyalar halok bo’ladi, sporalilari esa o’sish va ko’payishdan to’xtaydi.
So’ngra ustida tuklari bo’lmagan mol terilari oshlashdan oldin kulsizlantiriladi (obezzolivanie) va yumshatiladi. Bu bosqichda bakteriyalar o’sishi uchun qulay sharoitlar (36-38°C, pH 8) paydo bo’ladi, shu sababdan, biozararlanishdan saqlash uchun jarayonga ketadigan vaqt keragidan cho’zilib ketmasligini ta’minlash lozim.Yumshatuvchi suyuqlik tarkibiga bog`liq holda, bakteriyalarning Staphilococcus, Sarcina, Pseudomonas, Flavobacterium, Serratia va Bacillus turkumlari turlari ajratilgan.
Teri tayyorlashning keyingi - oshlash bosqichida biozararlanish xavfi kamayadi, chunki uninig birinchi etapi - pikellashda (sulfat kislotasi va natriy xlorid eritmasi bilan ishlov berishda) nordonlik keskin - pH 1 -2 gacha tushadi. Pikellash xomashyoni yumshatadi va bukiluvchanlik beradi hamda terini qisqa davr ichida saqlash va tashishga imkoniyat yaratadi. Keyingi jarayon - xromning asos sulfati vositasida xromli oshlash ham mikroorganizmlar faoliyati uchun noqulay bo’lgan (pH 2-3) sharoitda kechadi. Ammo teri yarimfabrikatini oshlash va undan keyingi etaplarda mikroorganizmlar bilan zararlanish xavfi umuman yo’q deb bo’lmaydi. Oshlovchi suyuqliklar va yarimfabrikat ustidan Leuconsiac mesenteroides, L. dextranicum, B.mesentericus bakteriyalarsh va Aspergillus niger, A. flavus, A. uniguis, A. terreus, Penicillium chrysogenum, P. cyclopium zamburuglari ajratilgan. Bu bosqichda biostid sifatida natriy pentaxlorfenolyat va xloramin B ishlatilishi mumkin biostid kiritish esa mahsulotni ishlagish davrida himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan.

Download 475,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish